Stories by Barno Narzullayeva on Medium
Ko'rinmas ammo kerakli muammo!
Men bu maqolamda nogironligi bor insonlarni hayotini o'rgan xolda, kichik bir muammo sabab yozmoqchiman.
Insoniyat yaralibdiki, Alloh har bir insonni har xil sinovlar bilan siylaydi. Ba'zilarni salomatlik bilan, ba'zilarni ota-ona bilan, ba'zilarni yetishmovchilik bilan, ba'zilarni do'stlar bilan... Guvohi bo'lamizki, umr davomida sinalmagan inson yo'q.
Shunday sinovlardan biri nogironlik...
Alloh suygan bandasiga dard beradi deyishadi.
Jismonan o'zgalar yordamiga muhtoj bo'lish bu judayam qiyin ahvol. Sababi, o'z ehtiyojlaringizni mustaqil xal etolmaslik bu qanchalar og'riqli. Ba'zan xattoki, oddiy yuz qo'lni yuvishga ham kimgadir ehtiyoj sezsangiz, ko'nglingiz qanchalik alamga to'ladi...
Atrofingizda turli xil jismonan kamchiligi bor insonlarni uchratasiz. Ko'pchilik borki, nogironlarni ko'rib o'zini ulardan olib qochadi, xuddi jirkangandek. Ishonavering, bunaqalar juda ko'p. Modomiki, o'sha nogironning ko'ngil daftariga nazar solsangiz qanchalik buyuk qalb egasi ekanligini anglaysiz. Lekin nima uchun, nogironlar sog'lom insonlardek teng xuquqga ega emas? Nega jamiyatimiz nogironlar uchun to'laqonli sharoit yaratishmayapti? Gohida shunday vaziyatlarga duch kelamizki, jismonan kamchiligimiz borligini xis ettirib qo'yishadi. Ya'ni demoqchimanki, Yurtboshimiz tomonidan nogironligi bor insonlar uchun imkoniyatlar yaratilishi haqida, qarorlar va topshiriqlar aytilyapti, ammo hammasi xalqqacha yetib kelmayapti, yo'l-yo'lakay g'oyib bo'lyapti. Mana masalan oddiy binolarni aytib o'tadigan bo'lsam, yaqinda bir ko'rgazmaga bordim, ishtirokchi sifatida. Ko'rgazma viloyatimizning yangi qurilgan 3-qavatli maktabida bo'layotgan ekan. Maktabga kirishdagi zinalarni oldida aravacha chiqish uchun maxsus yo'lak bor ekan. Bir xursand bo'ldim... Buni qarangki, ko'rgazma 3-qavatda bo'layotgan ekan. Ammo 3-qavatga chiqish uchun maxsus yo'lak yo'q ekan. Keyin to'rt kishi yordamida 3-qavatga chiqdik. Yaxshi insonlar ko'p, o'zlari yordam berishdi chiqishimga. Odamlarga malol keladi deb xijolat bo'ldim ozgina. Nega kirish oldidagi eshikda maxsus yo'lak bor, lekin ichkarida unaqa sharoit yo'q. Ahir uchinchi qavat xazilakam balandlik emas. Bunaqa ahvol bitta u maktabda emas, ko'p davlat muassasalarida shu ahvol. Qavatli binolarda kirishda maxsus aravachalar uchun yo'lak qilingan, lekin ichkarida unaqa sharoit yo'q. Aravachada kelgan odam, faqat eshikdan kirib, yana qaytib chiqmaydiku ahir?!
Toshkent shahriga ham ijodiy safarlarga ko'p borganman, poytaxtdagi sharoitlarni ko'rib juda xavas qilaman. Nogironligi bor insonlarga yaratilgan sharoitlar judayam yaxshi. Lekin nima uchun viloyat va tumanlarda shunaqa shaoitlar qilishmaydi? Nogironligi bor insonlar ham jamiyat a'zosi, ular ham davlatimiz uchun kerakli inson bo'lishni va odamlar orasida ishlashni xohlaydi. Shukrki, Yurtimizda imkoniyatlar, sharoitlar ham ko'p, bulardan unumli foydalanayapmiz. Qo'limizdagi hunarimiz orqali xalq bilan doim birgamiz. Bu kichik muammoni aytib noshukrlik qilmayapmiz, faqat bizdagi kechinmalarni, mana shunday kichik kamchiliklar ham yetarlicha ekanligini anglatib qo'yayapmiz. Bularni ham bartaraf etishsa, nur ustiga a'lo nur bo'lar edi. Nogironligi bo'lsada qalbi tetik insonlarimiz ko'p atrofimizda. Ammo ular o'zlarini xaqiqatdan nogiron deb xis etishadi, sababi atrofimizdagi ba'zi insonlar va sharoitlar tufayli o'zlarini chekkaga tortishga majbur... Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar bizlarga ham katta xursandchiliklar olib kelayapti. Ma'sul insonlarga kuch-quvvat tilaymiz!