Stories by Nuriddin Kamardinov on Medium
Global Korea Scholarship — Koreya hukumatining xalqaro talabalarni qoʻllab quvvatlash loyihasi. GKS doirasida koʻplab dasturlar mavjud. 2019-yildan boshlab esa “GKS for Central Asian Undergradute Students” yozgi taʼlim dasturini ham yoʻlga qoʻydi. Bu dastur Markaziy Osiyolik 80 ta talabaga yozgi taʼtilda oʻz bilim va koʻnikmalarini oshirish hamda Koreya madaniyati bilan tanishish imkoniyatini taqdim etadi. Agar dastur ishtirokchisiga aylansangiz, tashkilot sizni Koreyaga borish-kelish xarajatingizni, hamda 5 hafta davomida Koreyada turar-joy va ovqat bilan taʼminlaydi. Albatta, bu imkoniyatni qoʻlga kiritish hammaga ham nasib qilmaydi, ammo unchalik qiyin ham emas. Talab qilingan hujjatlarni yuborasiz va Skype orqali suhbatdan oʻtishingiz kifoya.
Endi oʻzimda qanday boʻlganini aytib bersam. GKS dasturiga ancha avval bir saytda koʻzim tushgandi lekin qiziqmagan edim. Ikki haftalar oʻtib “dedlayn” kunigina hujjat topshirishni qaror qildim. Kechgacha hammasini tayyorlab yubordim. Tez orada suhbatni vaqtini maʼlum qilib javob xati keldi. Suhbat kutganimdan qisqa, 5 daqiqagina davom etdi. Suhbatdan maqsad sizni ingliz tili bilimingiz darajasini aniqlash ekan. Uzoq kuttirib muvaffaqiyatli oʻtganim haqidagi xabar ham keldi. Vizani olgandan soʻng esa safarga tayyorgarlikni boshladim.
Qisqa satrlarda GKS menga qanday imkoniyatlarni taqdim etganligini sanab oʻtaman:
Birinchi marta samolyotda parvoz.
Janubiy Koreyaning 8 ta shahriga sayohat (Gumi, Kyonju, Degu, Paju, Pohang, Seul, Pusan, Yongdok).
Dengiz (bunga ortiqcha taʼrifni keragi ham yoʻq).
Balandligi boʻyicha jahonda 5-oʻrindagi Lotte World Tower minorasidan Seul shahrini tomosha qilish.
Dengiz sathidan 976 metr balandlikdagi togʻ choʻqqisiga chiqish.
Markaziy Osiyo, Janubi-Sharqiy Osiyo va Koreyalik doʻstlar orttirish.
Gumi shahridagi Samsung zavodi
5 hafta davomida esa quyidagilarni oʻrgandim:
Boshlangʻich darajada koreys tili.
3D modellar yaratish (KATIA va 3dMax dasturlarida).
Android ilova yaratish.
Arduino bilan ishlash va unga dastur yaratish.
DirectX orqali oʻyin yaratish.
Dron boshqarish.
Samolyotni boshqarish, haqiqiysida emas simulyatorda :)
Samolyotga oid bilimlar: taʼmirlash, parvozga tayyorlash va boshqa mayda-chuydalar.
Endi Koreya haqida 2 ogʻiz gap aytsam.
TABIATI
Koreyaga borishim bilanoq tabiati hayron qoldirdi. Hududining 80% togʻlar bilan qoplangan mamlakatda shaharlar va togʻlar qorishib ketgan. Togʻlar esa toʻliq daraxtlar bilan qoplangan, birorta ochiq joy koʻrinmaydi. Hamma joy yam-yashil. Katta shaharlarda esa daraxtlar siyraklashadi.
Togʻlar toʻliq daraxtlar bilan qoplangan
OB-HAVO
Havo-harorati namlik juda yuqori. Biz kabi quruq oʻlkalardan kelganlarga bu darrov sezilsa kerak. Yozda harorat biznikichalik baland boʻlmasa-da namlik sabab juda yoqimsiz issiq havo hosil boʻladi. Agar Koreyaga sayohat qilmoqchi boʻlsangiz yozda, ayniqsa avgust oyida bormaganingiz maʼqul.
Biz yozgi maktabni oʻtkizgan Kyongwoon universiteti kampusi
TAOMLAR
Hmmm… Kimga qanaqa. Masalan, menga yoqdi. Achchiq juda koʻp isteʼmol qilishadi. Agar achchiq taomlar bilan munosabatingiz yaxshi boʻlmasa koreys taomlarini tanlayotganda ehtiyot boʻling. Yana bir gap, ovqat tanlayotganda albatta tarkibini tekshiring, halol va haromni unutmang.
Koreya milliy oshxonasi (taomning nomi yodimda yoʻq)
XALQI
Koreyaliklarda sharq madaniyati sezilib turadi. Mehmondoʻstlik, xushmuomalalik kabi sifatlarga ega xalq doim yordamga shay. Ingliz tili bilan Seul, Pusan kabi katta shaharlarda qiynalmaysiz. Kichikroq shaharlarda ingliz tilini biladiganlar ancha kam. Lekin shunda ham Google translate orqali boʻlsa muloqot oʻrnatib, yordam beradiganlar topiladi.
Bularning barchasi 5 haftalik sayohatimning xulosalari xolos, va ularning ayrimlari haqiqatdan yiroq boʻlishi ham mumkin.
Maqolani yaxshi yangilik bilan yakunlamoqchiman. GKS bu yil 80 ta talabaga yuqoridagi imkoniyatlarni taqdim etan boʻlsa, kelasi yil buni 100–120 tagacha koʻpaytirmoqchi. Va bu imkoniyat sizga ham nasib qilishi mumkin. Rasmiy sayt, shuningdek grantlar va yozgi dasturlar haqidagi xabarlarni kuzatib borishni unutmang.
Agar dastur haqida yoki boshqa savollaringiz boʻlsa izohlarda qoldirishingiz mumkin.
P.S. Maqola 2019-yili yozilgan edi. Mediumga endi koʻchirdim.
Qisqa satrlarda HTML — 2. Asosiy tushunchalar
HTML — Web Hypertext Application Technology Working Group (WHATWG, ya’ni veb-gipermatn texnologiyalari ishchi guruhi) tomonidan yaratilgan standartdir. Bu guruh eng mashhur brauzer ustida ishlovchilardan tuzilgan. Oddiy qilib aytganda bu guruh Google, Mozilla, Apple va Microsoft tomonidan boshqariladi.
Dastlab HTML ga World Wide Web Consortium (W3C) tashkiloti mas’ul edi. Lekin ularning XHTML ga ko‘p urg‘u berishlari xato qarorligi ayon bo‘lgandan keyin, HTML nazorati WHATWG ga o‘tib ketdi.
XHTML haqida oldin eshitmaganlar uchun kichik hikoya. 2000-yillar boshida, barchamiz Web ning kelachagi XML bilan bog‘liq deb o‘ylardik. Shuning uchun HTML SGML ga asoslangan mualliflik tilidan XML standartiga o‘ta boshladi. Bu juda katta o‘zgarish edi. Biz endi ko‘proq qoidalarni bilishimiz, o‘rganishimiz kerak edi. Qoidalar esa qat’iyroq bo‘ldi. Lekin brauzer ishlab chiqaruvchilari bu yo‘l Web uchun noto‘g‘ri ekanligini anglashdi, va barini ortga qaytarishdi. Natijada biz hozir bilgan HTML5 paydo bo‘ldi.
W3C osonlikcha HTML nazoratini berib qo‘ymadi. Bir necha yil davomida 2 ta standart o‘rtasida raqobat ketdi, ikkisini ham maqsadi rasmiy standtartga aylanish edi. Nihoyat 2019-yil 28-mayga kelibgina W3C rasman mag‘lubiyatini tan oldi va WHATWG tomonidan yaratilgan HTML versiyani to‘g‘ri deb qabul qildi.
Yuqorida HTML5 deb aytib o‘tdim, keling endi HTML versiyalar tarixini ko‘rib chiqsak. Bilaman, bu biroz chalg‘ituvchi hikoya. Aslida hayotda juda ko‘p narsalar shunday, undan ko‘plab aktorlar ishtirok etadi. Lekin shu sababli ham u qiziq =)
HTML 1-versiyasi 1993-yilda e’lon qilindi. Havolada rasmiy RFC ni ko‘rishingiz mumkin.
1995-yil HTML 2, 1997-yil yanvar oyida HTML 3, o‘sha yil dekabr oyida esa HTML 4 ga ega bo‘ldik.
XHTML dan HTML5 o‘tishimiz uchun umumiy 20 yildan ortiqroq vaqt ketdi. HTML5 endi oddiy HTML emas. U barcha zamonaviy texnologiyalari to‘plamini o‘zida jamlangan. Misol qilib juda ko‘plab API va standartlarni sanashimiz mukin: WebGL, SVG…
Bu yerda tushunishingiz kerak bo‘lgan asosiy narsa shuki, HTML ni versiyasi yo‘q. Bu doimiy bor standart, xuddi CSS kabi. Biz uni 3-versiyasi deb atasakda, aslida bu alohida va mustaqil ishlab chiqilgan modullar jamlanmasi. JavaScriptda ham, har yili yangi versiya chiqsada, aslida ahamiyatga ega joyi faqat yangi mustaqil xususiyatlari xolos.
To‘g‘ri biz uni HTML5 deb ataymiz. 1997-yildan boshlab esa HTML4 deganmiz. Bu juda katta muddat, u xoh web bo‘lsin.
Bu yerda shu standart bilan to‘liq tanishishiz mumkin:
https://html.spec.whatwg.org/multipage.
HTML markerlash tili bo‘lib, web olami tuzilmasini yaratishda foydalaniladi.
HTML brauzerga turli yo‘llar bilan uzatiladi:
Yuborilgan so‘rov yoki sessiyadagi ma’lumotlarga bog‘liq ravishda server ilovasi orqali generatsiya qilinishi mumkin. Bunday server ilovalariga Rails, Laravel, Djangolar misol bo‘la oladi.
JavaScript orqali klient tomonning o‘zida generatsiya qilinishi mumkin.
Eng oddiy usul, shunchaki faylga saqlanib server orqali brauzerga uzatiladi.
Keling oxirgi holatni kengroq ko‘rib chiqamiz. Amaliyotda bu eng kam tarqalga usul bo‘lsada, bloklar yasalish asosini tushunib olish uchun muhim.
Konsepsiyaga ko‘ra HTML fayli .html yoki .htm kengaytmasiga ega bo‘ladi. Fayl teglardan iborat. Teglar esa kontentni o‘rab turadi va har bir teg o‘zi o‘rab turgan matnga qandaydir ma’no yuklaydi.
Keling buni misolda ko‘ramiz. Quyudagi HTML kodda p teg paragraf yaratadi:
Quyida esa, ul tegi tartiblanmagan ro‘yxatni va li tegi ro‘yxat elementlarini yaratadi:
HTML brauzerga kelgan payti, teglar interpretatsiyadan o‘tadi va brauzer har bir elementni vizual qoidalarga ko‘ra ifodalab beradi. Ba’zi qoidalar standrat holatda berilgan bo‘ladi, masalan, ro‘yxat qanday ifodalanishi yoki havola tagiga ko‘k rangda chizilishi. Boshqa qoidalar esa CSS orqali belgilanadi.
HTML taqdimot uchun emas. U elemetnlarni qanday ko‘rinishini emas, balki nima ekanligini ifodalash uchun foydalaniladi. Uning qanday ko‘rinishda chiqishiga brauzer mas’uldir. U bu ishni CSS ga qarab bajaradi.
HTML sahifa strukturasi
Keling birgalikda HTML sahifa yaratib ko‘ramiz.
Avval hujjat turini e’lon qilish bilan boshlanadi, bu bilan biz brauzerga bu HTML sahifa ekanligini va uning qaysi versiyasidan foydalanayotganligimizni ta’kidlaymiz.
Zamonaviy HTML quyidagi doctype dan foydalanadi
Keyin esa ochuvchi va yopuvchi tegga ega bo‘lgan html elementi keladi.
Ko‘plab teglar juft holatda: ochuvchi va yopuvchi tegi bilan keladi. Yopuvchi teg hamrohidan faqat / belgi orqali farq qiladi.
Ba’zi oz sonli teglar yopuvchi tegga ega emas. Chunki o‘zida hech qanday kontentni olib yurmaydi.
Ochuvchi html tegi sahifa hujjati turini e’lon qilgandan keyin keluvchi dastlabki teg bo‘lishi kerak. Uning yopuvchi tegi esa HTML hujjatdagi eng oxirgi teg bo‘lishi kerak.
html elementi ichida ikkita element keladi. Bular head va body elementlari.
head ni ichida biz web sahifa yaratish uchun kerak bo‘ladigan eng muhim ma’lumotlarni beramiz. Masalan, sarlavha, meta ma’lumot, va ichki yoki tashqi CSS, JavaScript. Aniqroq qililb aytganda sahifada ko‘rinish bermaydi-yu lekin brauzerga sahifani to‘g‘ri ko‘rsatishi uchun yordam beradigan narsalar (botlar ham bo‘lishi mumkin, masalan Google qidiruv boti) keladi.
body ichida esa sahifa kontenti keladi, ya’ni ko‘rinuvchi narsalar.
Teg va element
Men ba’zi o‘rinda teg, ba’zi o‘rinda element so‘zini qo‘llayapman. Bularning farqi nimada?
Element ochuvchi va yopuvchi tegga ega bo‘ladi. Quyidagi misolda biz p elementini yaratish uchun ochuvchi va yopuvchi tegdan foydalanamiz:
Demak, elementning tarkibi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
ochuvchi teg
matnli kontent
yopuvchi teg
Agar element yopuvchi tegga ega bo‘lmasa, u faqat ochuvchi teg orqali yoziladi va hech qanday matnli kontentga ega bo‘lmaydi.
Xulosa qilib aytganda, men element va teg so‘zlari orqali bir xil narsani ifodalayotgan bo‘laman, ochuvchi teg va yopuvchi teg birikmalari bundan mustasno.
Atributlar
Ochuvchi tegga biz atribut deb ataluvchi ma’lumotni biriktirishimiz mumkin.
Attribut sintaksisi kalit=”qiymat” ko‘rinishiga ega:
Siz shuningdek biitalik tirnoq — ‘’ ishlatsangiz ham bo‘ladi, lekin HTML da qo‘shtirnoqdan foydalangan ma’qul va bu shartli ravishda qabul qilingan.
Atributlar bir nechta bo‘lishi ham mumkin:
Ba’zi atributlar mantiqiydir, ya’ni kalit qiymatini kiritishni o‘zi yetarli:
Eng ko‘p foydalaniladigan atributlar class va id atributlaridir. Ularning maxsus vazifasi bor, shuningdek CSS va JavaScriptda sezilarli foyda beradi. Ularning o‘zaro farqi shundaki id unikal, butun sahifada takrorlanmas bo‘ladi. class esa aksincha bir necha marta turli elementlarda takrorlanishi mumkin. Yana bir farqi, id faqat bitta qiymatga teng bo‘ladi, class esa o‘zaro ajratilgan holda bir necha qiymatlarga teng bo‘lishi mumkin:
Class ning qiymatlarida so‘zlarni odatda chiziqcha - bilan ajratiladi, shartli ravishda shunday qabul qilingan.
Bular hozircha bilishingiz kerak bo‘lgan ikkita asosiy atributlardir. Ba’zi shunday atributlar borki, ular faqat biron-bir maxsus tegdagina qo‘llaniladi. Boshqa atributlar esa umumiyroq holda foydalaniladi. Hozir ko‘rganimiz class va id ham shunday toifaga mansub, shuningdek style atributi elementga ichki CSS qoidalarini qo‘shish uchun ishlatiladi.
Registr sezuvchanligi
HTML registr sezuvchan emas, ya’ni teglarni bosh harflarda ham kichik harflarda yozsa bo‘ladi. Avvalari bosh harflar yozish odatiy edi, lekin hozir kichik harflar bilan yozish urf. Bu ham shartli, albatta.
Odatda bunday yozamiz:
Bunday emas:
Bo‘sh satr
Juda muhim qismi: HTML da bo‘sh satrlar ahamiyatga ega emas. Bo‘sh satr qiymatdan olib tashlanadi.
Brauzer uchun
ham,
ham,
ham bir xil ma’noga ega.
Men sizga yaxshi tartiblangan, o‘qish uchun oson bo‘lgan sintaksisdan foydalanishni maslahat beraman.
Men odatda bunday ko‘rinishni afzal ko‘raman:
Matn paragrafi
Matn paragrafi
Eslatma 1: “HTML da bo‘sh satrlar ahamiyatga ega emas” jumlasi shuni anglatadiki, agar siz qo‘shimcha bo‘sh satr qo‘shmoqchi bo‘lsangiz, bu sizni asabingizni o‘ynashi mumkin. Shunday holatda CSS dan foydalanishni maslahat beraman.
Eslatma 2: Ba’zi maxsus holatlarda &nbsp dan foydalanishingiz mumkin; ushbu HTML entitisi (HTML entitilar haqida keyinroq batafsil tanishasiz) “non-breaking space” so‘zlari qisqarmtasidan olingan. Lekin meni fikrimcha buni ko‘p ishlatih yaxshi emas. Baribir CSS vizual efektlar uchun eng yaxshi yechim.
Bugundan boshlab sizlarga HTML qo‘llanmasini berib boraman. Bundan oldin JavaScript ni ham boshlagan edim. Lekin o‘ylab qarasam hali HTML haqida ham ko‘pchillik yetarlicha bilimga ega emas ekan. Shu qatori o‘zim ham.
Ushbu qo‘llanmani o‘sha bizga tanish bo‘lgan dastruchi, blogger, bir necha video darslar muallifi — Flavio Kopes yozgan. Agar ingliz tilini bilsangiz uning asl varinatini o‘qiganingiz ma’qulroq.
Bu turkumda qo‘llanmani to‘liq tarjimalarini bo‘lib, berib boraman. Keyinchalik esa hammasini jamlab pdf formatida ham taqdim etishni niyat qilganman.
Endi esa nega o‘zim yozmay tarjima qilyatganiga ma’lum qilsam. Birinchidan, bu kitobni kontenti menga juda ma’qul keldi. Qolaversa, Flavio Kopesni boshqa qo‘llanmalari bilan ham tanishganman. Uning qo‘llanmalari juda qulay tartiblangan. o‘zim bunday darajadagi qo‘llanma yozishim uchun esa anchagina katta tajriba va vaqt kerak bo‘ladi. Vaqt esa kutib turmaydi. Shuning uchun sizlarga tezroq yetkazib berish niyatida tarjima yo‘lini tanladim. To‘g‘ri, tarjima bo‘yicha ham tajribam ko‘p emas. Lekin bu yangi qo‘llanma yozishdan osonroq =)
So‘z boshi, muallifdan
Men bu kitobni HTML ni qisqa vaqt ichida o‘rganishingiz, shuningdek HTML ni biroz mukammal qismlari bilan tanishib olishingiz uchun yozdim.
HTML (Hyper Text Markup Language — Giper matnli markerlash tili) Web olamining eng asosiy quyi blogi hisoblanadi.
HTML rasman 1993-yili yaratilgan va o‘sha davrdagi oddiy matn ko‘rinishidan hozirgi mukammal Web ilovalar ko‘rinishigacha yetib keldi.
Bu qo‘llanma keng auditoriyaga mo‘ljallangan.
Dastlab yangi boshlayatganlar uchun afzalliklari: men HTML ni noldan boshlab qisqa lekin mufassal tarzda tushuntirganman, shuning uchun kitobdan HTML asoslaridan boshlab o‘rganish uchun foydalanishingiz mumkin.
Professionallar uchun: ko‘pchilik HTML ni o‘rganish ikkinchi darajali deb hisoblaydi. Aslida shunday ko‘rinadi xolos. HTML dagi ba’zi narsalar ko‘pchilik uchun tushunarsiz yoki mavhum. Men ham bundan mustasno emasman. Men bu qo‘llanmani avvalo o‘zimni tushunchamni ortirish uchun yozganman, chunki biror narsani tushuntirishdan oldin o‘zim uni yaxshilab anglab olishim kerak.
Siz HTML bilan har kuni to‘qnash kelmasangiz ham, HTML ni qanday ishlashini o‘rganib qo‘yishingiz sizni ba’zi bosh og‘riqlaridan saqlab qoladi. Bunday muammoga asosan, vaqt o‘tishi bilan o‘rganib olarman deydiganlar duch keladi.
Flavio
Menga quyidagi email manzilim orqali bog‘lanishingiz flavio@flaviocopes.com, yoki meni Twitterdan topishingiz mumkin @flaviocopes.
Shaxsiy saytim: flaviocopes.com
Muqaddima
HTML Web olamining asosi. U oddiy va cheklovlarga ega bo‘lishiga qaramay, u o‘zida tengi yo‘q kuchni mujassamlashtirgan. Bu esa dunyo bo‘ylab dasturchi, dizayner, yozuvchi, kabi shaxslarga hujjatlar, ilovalarni tayyorlashda qo‘l kelmoqda.
Men HTML haqidagi birinchi kitobim — “Ochib berilgan HTML” ni 1997-yili chiqargandim. U juda katta edi, sahifalari ko‘p edi.
Oradan 20 yildan ko‘proq muddat o‘tdi, HTML esa haligacha Webning asosi bo‘lib kelmoqda. Shu davrda uning asosida bir qancha kichik o‘zgarishlar bo‘ldi xolos. To‘g‘ri, biz ko‘roq semantik teglarga ega bo‘ldik, taqdimot HTML endi muammo emas, diazaynni esa CSS o‘z bo‘yniga oldi.
HTML ning muvaffaqiyati oddiylikda.
U XHTML orqali XML ga qo‘shilishga qarshilik qildi, chunki ko‘pchilik uchun bu murakkablik tug‘dirardi. HTML bu ishni bizga yana boshqa xususiyat — “keshirish” ni taqdim etish uchun amalga oshirdi. Bu shunday qoidalarki, ularni o‘rganib olganizdan so‘ng, o‘zizni ancha erkin hiz qilasiz.
Brauzerlar bardoshliroq bo‘lishni va HTML ni foydalanuvchilarga qo‘lidan kelgancha tez taqdim qilishni boshladi.
Eng muhimi Web olami bir ishni to‘g‘ri qildi: hech qachon o‘zining oldingi holatiga muvofiqlikni o‘zgartirmadi. Agar siz oldingi, masalan 1991-yil yozilgan HTML hujjatlarni ko‘rsangiz, ular deyarlik bugungi kodlarimizdan farq qilmaydi.
Bizga hattoki birinchi yaratilgan web sahifa ham ma’lum:
http://info.cern.ch/hypertext/WWW/TheProject.html
Bu sahifani kodini ko‘rsangiz ham bo‘ladi, aytganchi, shu xususiyati uchun Web va HTML ga minnatdorchilik bildirishimiz kerak. Ya’ni siz istalgan sahifani HTML kodini olib, ko‘rishingiz mumkin.
Buni oddiy holat deb o‘ylamang. Men boshqa hech qaysi platformada bunday xususiyatni ko‘rmaganman. Har bir brauzerda maxsus dasturchilar oynasi mavjud bo‘lib, u bizga dunyoning istalgan qismida yozilgan sahifani HTML kodga o‘girib beradi, va siz bundan ilhom olishingiz mumkin.
Agar HTML siz uchun yangilik bo‘lsa, bamolol shu kitobdan o‘rganishni boshlashingiz mumkin. Agar siz tajribaga ega bo‘lsangiz, kitob sizga bilimingizni oshirishga yordam beradi.
Men 20 yildan ortiq tajribaga ega bo‘lsamda, qo‘llanmani yozish davomida juda ko‘p narsani o‘rgandim. Ishonchim komilki, siz ham o‘ziz uchun qandaydir yangilik topasiz. Yoki yodingizdan ko‘tarilgan nimanidir eslaysiz.
Har qanday holatda ham, kitobning maqsadi sizga naf keltirish. Umid qilamanki, u buni uddalaydi.
Qisqa satrlarda JavaScript — 3. O’zgaruvchi, tip va ifodalar.
Manba Unsplash
O‘zgaruvchilar
Indentifikatorga biriktirilgan literal o‘zgaruvchi deb ataladi, ulardan dasturning keyingi qismida foydalanishingiz mumkin.
JavaScriptda o‘zgaruvchilarga hech qanday tip biriktirilmaydi. Biron-bir tipdaqi qiymatni o‘zlashtirgandan so‘ng o‘zgaruvchiga boshqa tipdagi qiymatni bersangiz hech qanday xatolik yuz bermaydi va o‘zgaruchi yangi tipni o‘zlashtirib oladi. Shuning uchun JavaScriptni ba’zida tipizatsiyaga ega emas deyishadi. Ammo bu mutlaqo noto‘g‘ri, JavaScript tipizatsiyaga ega va u “dinamik tipizatsiya” qoidalari asosida ishlaydi.
O‘zgaruvchidan foydalanish uchun uni avval e’lon qilish kerak. JavaScriptda buni 3 xil usulda amalga oshirish mumkin: var, let yoki const kalit so‘zlari orqali. Bularning har biri turli maqsadlarda ishlatiladi.
var orqali e’lon qilish
ES2015 gacha var o‘zgaruchini e’lon qilishning yagona yo‘li bo‘lgan.
var a = 0
Agar var so‘zini qo‘yishni unutsangiz, siz e’lon qilinmagan o‘zgaruvchiga qiymat berayotgan bo‘lasiz va natija siz kutgandek bo‘lmaydi. Zamonaviy muhitlarda yoki strict rejimi yoqilgan bo‘lsa, yuqoridagi holatda xatolik yuz beradi. Eski muhitlarda (yoki strict rejimi o‘chirilgan bo‘lsa), o‘zgaruvchini initsializatsiya qiladi va global obyektga biriktirib qo‘yadi. Qo‘shimcha ma’lumot uchun, initsializatsiya — o‘zgaruvchiga dastlabki qiymatni o‘zashtirish jarayoni.
o‘zgaruvchini e’lon qilganda uni initsializatsiya qilmasangiz, u undefined qiymatini o‘zlashtiradi va unga yangi qiymat bermaguningizcha bu holatni saqlab turadi.
var a // typeof a === ‘undefined’
Bir o‘zgaruvchini bir necha marta e’lon qilishingiz mumkin, bunda oldingisi inkor qilinadi:
var a = 1
var a = 2
Bir qatorda bir nechta o‘zgaruvchilarni e’lon qilishingiz ham mumkin:
var a = 1, b = 2
Dasturlashda “scope” tushunchasi mavjud, o‘zbek tiliga ko‘rinish sohasi deb tarjima qilsak bo‘ladi (IMHO). Ko‘rinish sohasi deganda o‘zgaruvchi ko‘rinadigan va foydalansa bo‘ladigan dastur qismi tushuniladi.
Funksiyadan tashqarida var orqali e’lon qilingan o‘zgaruvchi global obyektga biriktiriladi va global ko‘rinish sohasiga ega bo‘ladi. Bunday o‘zgaruvchidan dasturning istalgan qismida foydalanishingiz mumkin. Agar var orqali funksiya ichida e’lon qilsangiz, o‘zgaruvchi funksiyaga biriktirladi va u faqat funksiya ichida ishlaydi, funksiya parametri kabi.
Agar funksiya ichida global obyektdagi o‘zgaruvchi bilan bir xil nomdagi o‘zgaruvchi e’lon qilsangiz, funksiya ichidagi ustunlikka ega bo‘ladi va global o‘zgaruvchini inkor qilib yuboradi.
Shuni ta’kidlash muhimki, { } qavslar bilan ajratilgan blok yaratganiz bilan ko‘rinish sohasi (scope) yaratilmaydi. Funksiya yaratganingizdagina ko‘rinish sohasi yaratiladi, chunki var blok ko‘rinish sohasiga ega emas, balki funksiyaviy ko‘rinish sohaga ega.
Funksiya ichida e’lon qilingan o‘zgaruvchi funksiya bo‘ylab istalgan joyda ishlatilishi mumkin. Hattoki, funksiya ohirida e’lon qilsangiz ham funksiya boshida undan foydalanish mumkin, chunki JavaScript kodni bajarishdan oldin barcha o‘zgaruvchilarni yuqoriga ko‘chiradi. Lekin chalg‘ib ketmaslik uchun o‘zgaruvchini funksiya boshida e’lon qilganingiz ma’qul.
let orqali e’lon qilish
Yuqorida aytganimizdek, var blok ko‘rinish sohasiga ega emas. Bu muammoni hal qilish uchun ES2015 da let qo‘shilgan. let orqali e’lon qilngan o‘zgaruvchining ko‘rinish sohasi faqat o‘zi e’lon qilgan blokka hamda undagi ichki bloklargagina tegishli.
Zamonaviy dasturchilar, asosan, let dangina foydalanishmoqda, va var dan butunlay voz kechishmoqda.
Yana bir farqi, funksiya tashqarisida let orqali e’lon qilganizda, var dan farqli o‘laroq o‘zgaruvchini global o‘zgaruvchiga aylantirmaydi.
const orqali e’lon qilish
var yoki let yordamida e’lon qilingan o‘zgaruvchilar keyinchalik qiymatini o‘zgartirishi mumkin. const da e’lon qilingan o‘zgaruvchi initsializatsiya qilingandan keyin boshqa o‘zgarmaydi va uning qiymati o‘zgarmas qiymatga aylanadi, ya’ni konstantaga.
const a = ‘test’
a const ga istalgan literalni biriktirish mumkin. Yana bir jihati: agar a konstantaga obyekt biriktirilgan bo‘lsa, undagi funksiyalari orqali obyekt qiymatlarini o‘zgartirsa bo‘ladi.
const ko‘rsatkichni o‘zgartirmaslikni ta’minlaydi. Shuningdek, let kabi blok ko‘rinish sohasiga ega.
Zamonaviy dasturchilar dastur davomida o‘zgarmaydigan o‘zgaruvchilarni const da e’lon qilishni ma’qul ko‘rishadi, chunki bu keyiknchalik uchrashi mumkin bo‘lgan xatoliklarni oldini oladi.
Tiplar
Siz JavaScriptni tipizatsiyaga ega emas deb eshitgan bo’lishingiz mumkin. Oldin ham ta’kidlaganimdek, bu mutlaqo noto’g’ri. JavaScript tipizatsiyaga ega, va aynan “dinamik tipizatsiya” xususiyatida ishlaydi. Bu degani, siz bir o’zgaruvchiga istalgan turdagi tipni o’zlashtirishingiz mumkin. JavaScriptda ikki xil tiplar mavjud: oddiy va murakkab tiplar.
Oddiy tiplar
Oddiy tiplarga quyidagilar kiradi:
Sonlar
Qatorlar
Mantiqiy tiplar
Shuningdek, ikkita maxsus tiplar ham mavjud:
null
undefined (noaniq)
Keling, har birini alohida ko’rib chiqamiz.
Sonlar
JavaScriptda sonlarning faqat bir turi mavjud, bu ham bo’lsa haqiqiy sonlardir.
Sonli literallar raqam ko’rinishida dasturda yoziladi va qanday yozilishiga qarab butun yoki haqiqiy sondagi literal bo’lishi mumkin.
Butun sonlar:
20
546984621654984
0xCC // 16 lik son
Haqiqiy sonlar:
3.14
.1234
5.2e4
Qatorlar
Qator bu belgilar ketma-ketligidir. Dastur kodida qator literali orqali ifodalanadi va qo’shtirnoq — “” yoki tirnoq ‘’ belgilari bilan yopiladi.
‘qator’
“matn”
JavaScriptda qatorlarni bir necha qatorda ifodalash uchun \ belgidan foydalaniladi.
“Hammasi bir \
qator”
Shuningdek, \ belgidan qator orasida ‘’ yoki “” dan foydalanish uchun qo’llash mumkin. Bu yuqoridagi belgilarni qatorni ochib-yopuvchi begilardan ajratib turadi.
‘O\’zbekiston’
Qatorlar + operatori orqali birikishi mumkin.
Qator shabloni
ES2015 da qo’shilgan bo’lib, qatorlar bilan ishlashda yangi imkoniyatlar taqdim etadi.
Qatorda ${ } orasiga ifoda berib, shablon yaratib ketish mumkin. Masalan, shablonlarsiz:
var a = 5
var b = 10
console.log(‘Ko\’paytma ‘ + (a * b) + ‘ ga teng.’)
// Ko’paytma 50 ga teng
Xuddi shuni shablondan foydalanib yozamiz:
var a = 5
var b = 10
console.log(‘Ko\’paytma ${a * b} ga teng.’
// Ko’paytma 50 ga teng
Mantiqiy tip
if, while kabi tekshiruvchi operatorlar dastur jarayonida mantiqiy tiplardan foydalanadi.
Mantiqiy qiymat ifodani faqat aniq rost yoki yolg’onligida emas, balki rostr yoki yolg’onga yaqin ekanligiga qarab ham aniqlab oladi. Masalan, quyidagi qiymatlarning barchasi yolg’onga yaqin bo’lgani uchun false qiymati olinadi:
0
-0
NaN
undefined
null
‘’ // bo’sh qator
Qolgan barcha holatlarda true olinadi.
null
null hech qanday qiymat yo’qligini bildiruvchi maxsus qiymat.
Bu qiymat deyarli barcha dasturlash tillarida uchraydi. Masalan Pythonda None shaklida uchraydi.
undefined
undefined o’zgaruvchini initsializatsiya qilinmaganligi va qiymat noaniq ekanligini bildiradi.
Funksiyaning qaytaruvchi qiymati bo’lmaganda undefined qaytaradi. Shuningdek, funksiya parametri mavjud bo’lsa, lekin funksiya chaqirilganda unga qiymat yuborilmasa, funksiya parametrlarni undefined holatiga o’tkizadi.
Qiymatni undefined ekanligi quyidagicha tekshiriladi:
typeof var === ‘undefined’
Murakkab tiplar
Yuqorida sanab o’tilgan tiplardan boshqa hammasi murakkab tiplar hisoblanadi. Bular funksiyalar, massivlar va obyektlar. Har birining o’ziga xos jihatlari bor, shuningdek ular obyektni xususiyatlariga ham egalik qiladi.
Ifodalar
Dasturiy kodning yangi qiymat yaratuvchi qismi ifoda deb ataladi.
JavaScriptda ifodalarni bir necha turlari mavjud.
Arifmetik ifodalar
Sonlarni hisoblashda foydalaniluvchi ifodalar kiradi:
1 / 2
i++
i -= 2
i * 2
Qator ifodalari
Qatorlar ustida bajariladigan ifodalar
‘Bu ‘ + ‘qator’
s += ‘qator’
Birlamchi ifodalari
Bu turga ko’rsatkichlar, literallar va konstantalar kiradi:
6
2.06
‘bu nimadir’
true
this //joriy obyekt
undefined
i
Shuningdek, ba’zi kalit so’zlari
function
class
function* //funksiya generatori
yield
yield* //boshqa generator yoki iteratorga yo’naltiradi
async function* //asinxron funksiya ifodasi
await
() //guruhlash
Massiv va obyekt initsializatsiya ifodalari
[] //array literal
[1, 2, 3]
{a: 1, b: 2}
{a: {b: 1}}
Mantiqiy ifodalar
Mantiqiy ifodalar operatorlar yordamida mantiqiy qiymatni hosil qiladi
a && b
a || b
!a
Chap-tomon ifodalari
new // konstruktordan yangi model yaratadi
super // ota konstruktorni chaqiradi
…obj
Xususiyatga murojat ifodalari
object.property
object[property]
object[‘property’]
Obyekt yaratish ifodalari
new object()
new a(1)
Funksiya ta’rifi ifodalari
function() {}
function(a, b) { return a * b }
(a, b) => a * b
a => a * 5
() => { return 5 }
Funksiya chaqiruv ifodalari
a.x(5)
window.resize()
Bu ma’lumotlar sizlarni qo’rqitib yubormasin, yana. Maqolaning keyingi qismlarida yuqoridagi ifodalarning har biriga alohida to’xtalib o’tishga harakat qilamiz. Bizni kuzatib boring.
Qisqa satrlarda JavaScript — 2. JavaScriptning leksik tuzilishi
Qisqa satrlarda Javascript turkumini davom ettirgan holatda sizlarga JavaScriptning leksik tuzilishi haqida ma’lumot beramiz va uning tashkil qiluvchi elementlarini alohida ko’rib chiqamiz. Bular: yunikod (unicode), nuqtali vergul, bo’sh maydon (probel, tabulyatsiya, yangi qator), registr sezuvchanligi (case sensitivity), kommentariya, literal, identifikator, kalit so’zlar.
Yunikod
JavaScript yunikod da yozilgan. Yunikod belgilar standarti bo’lib, hozirda foydalanilayotgan dunyo tillarining belgilarini o’zida jamlagan. Hozirgi kunda eng ko’p foydalanilayotgan standart hisoblanadi. Bu degani siz o’zgaruvchilaringizni nomlayotganda istalgan belgidan foydalishiz mumkin: arab harflari yoki xitoy iyerogliflari, hattoki emojilardan ham foydalana olasiz :) Lekin identifikatorlarni tanlayotganda ba’zi qoidalarni unutmaslik kerak, bu haqida keyinroq.
Nuqtali vergul
Ko’pincha JavaScript kodlarida siz nuqtali vergulni uchratgan bo’lsangiz ajab emas. Ammo nuqtali vergulsiz ham kodingiz ishlashi mumkinligini o’ylab ko’rganmisiz. JavaScriptda nuqtali vergul majburiy emas. Siz bemalol ularni yozmasdan ketishingiz mumkin. JavaScript bu borada sizga tanlash imkonini beradi va bu o’zingizning kod yozish uslubingizga bog’liq.
Bo’sh maydon
JavaScriptda bo’sh maydonlar ma’noga ega emas. Shuning uchun probellardan va bo’sh qatorlardan istalgancha foydalanishngiz mumkin. Muhimi kodingiz ravon va tushunarli bo’lishi kerak. Lekin bunday ko’rinishda kod yozishingiz ham yaramaydi:
return
variable
yoki yangi qatorlarni qavslardan boshlamagan ham ma’qul. Garchi bu holatda dasturingiz ishlasa ham, siz “toza kod” qoidalarini rioya qilmagan bo’lasiz.
Registr sezuvchanligi
Bizga case sensitivity nomi bilan tanish bo’lgan atamani, to’g’risi o’zbek tilida uchratmagan edim va qo’limdan kelgancha tarjima qildim: registr sezuvchanligi. Registr sezuvchanligi — bosh va kichik harfni farqlashni anglatadi. JavaScript ham ushbu xususiyatga ega, ya’ni value va Value o’zgaruvchilari boshqa-boshqa ma’lumotni saqlaydi.
Kommentariyalar
JavaScriptda ikki xil ko’rinishda kommentariya qoldirishingiz mumkin:
/* */ — bir necha qatorlarni ifodalasa bo’ladi
// — o’zidan o’ngda turgan barcha belgilarni va faqat bitta qatorni kommentariyaga oladi
Literallar
Literal deb dastur kodlarida foydalaniladigan qiymatlarga aytiladi. Misol uchun, son, qator, mantiqiy ifoda yoki massiv, obyekt kabi murakkab konstruksiyalar.
6
‘Test’
true
[‘a’, ‘b’]
{name: ‘The Alchemist’, author: ‘Paulo Coelho’}
Identifikatorlar
Identifikator — o’zgaruvchi, funksiya, obyektni nomlash uchun foydalaniladigan belgilar ketma-ketligi. Identifikator tanlayotganda harf, $ yoki _ belgilari orqali boshlash mumkin, shuningdek raqamlardan ham foydalansa bo’ladi, ammo boshida emas. Yunikodda foydalanganligi uchun istalgan belgidan foydalansangiz bo’ladi, avval ham taʼkidlaganimdek, emojilardan ham 😉
$ belgisi odatda DOM elementlarini ifodalayotganda ishlatiladi. (DOM haqida keyinroq batafsil ma’lumot beramiz)
Kalit so’zlar
JavaScriptda quyidagi kalit so’zlar mavjud bo’lib, ulardan identifikator sifatida foydalana olmaysiz:
abstract**, arguments, await*, boolean**, break, byte**, case, catch, char**, class*, const, continue, debugger, default, delete, do, double**, else, enum*, eval, export*, extends*, false, final**, finally, float**, for, function, goto**, if, implements, import*, in, instanceof, int**, interface, let*, long**, native**, new, null, package, private, protected, public, return, short**, static, super*, switch, synchronized**, this, throw, throws**, transient**, true, try, typeof, var, void, volatile**, while, with, yield.
* — ECMAScript 5 va 6-versiyalarida yangi qo’shilgan so’zlar
** — ECMAScript 5 va 6-versiyalarida olib tashlangan so’zlar. Hali barcha brauzer ham ushbu versiyani qo’llab quvvatlamasligi mumkin, shuning uchun bu so’zlardan foydalanmaslik tavsiya etiladi.
Ha aytganchi, ECMAScript va uning versiyalari haqida batafsil keyinroq ma’lumot beramiz.
JavaScript yetakchi dasturlash tillaridan biri. Hozirda ushbu til brauzerdan tashqarida ham keng qoʻllanilmoqda. Soʻngi yillarda Node.js ning yaratilishi esa Java, Ruby, Pyhton va PHP kabi anʼanaviy server tillarining hukmronligiga chek qoʻydi. Shu jihatlarni inobatga olib biz sizga Javascript haqida “Qisqa satrlarda JavaScript” turkum maqolalarini taqdim etmoqdamiz. Maqolalarni yaratishda mashhur dasturchi, blogger Flavio Copes tomonidan yaratilgan qo’llanmani asosiy manba sifatida foydalandik. Qoʻllanmada 80/20 qoidasiga rioya qilingan, yaʼni vaqtingizning 20% ini sarflab, materialning 80% ini oʻrganishingiz mumkin. Shu jihati meni o’ziga rom etdi desam ham bo’ladi.
Izoh sifatida aytib qoʻyishim kerakki, terminlarni tarjima qilganda tushunmovchilik boʻlmaslik uchun asl holini qavsda berim ketdim.
Kirish
Javascript yetakchi dasturlash tillaridan biri hisoblanadi.
20 yil oldin, kamtarona va oddiy til sifatida yaratilgan.
Web brauzer toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻllab quvvatlaydigan birinchi va hozirda, yagona script tili boʻlib kelmoqda.
Dastlab, hozirgidek qudratli emas edi, asosan, DHTML nomi bilan maʼlum boʻlgan kulgili animatsiyalar ;) yaratishda foydalanilgan.
Web platformalarga talab ortishi Javascriptga ham rivojlanish masʼuliyatini yukladi. Undan eng keng tarqalgan ekotizimlardan birining ehtiyojlarini qondirish talab qilinardi.
Dastlab, koʻp qismlari brauzer API lari orqali ishlaydigan platforma sifatida tanishtirilgan boʻlsa-da, keyinchalik katta tezlik bilan rivojlanib ketdi.
Node.js yaratilgandan keyin Javascriptdan brauzerdan tashqari joyda ham keng miqyosda foydalanila boshlandi.
Hozirda, Javascript desktop ilovalar, maʼlumotlar bazasi kabi turli xil ishlanmalar, hattoki, mobil va TV ilovalar ishlab chiqarish uchun ham foydalanilmoqda. Shunday qilib, brauzer uchun yaratilgan kichkina til hozirda, eng kuchli dasturlash tillaridan biriga aylandi.
Javascript xususiyatlari:
yuqori pogʻonali: oʻzi ishlayotgan qurilmaning tafsilotlarini eʼtibordan chetda qoldirishga imkon beruvchi abstraktlari mavjud. Xotirani avtomatik boshqaradi, yaʼni xotirani keraksiz maʼlumotlardan tozalab turadi (garbage collector). Shunda siz xotira haqida bosh qotirmasdan, asosiy eʼtiborni kodga qaratib, istalganingizcha konstruksiya yaratishingiz — oʻzgaruvchilar va obyektlardan foydalanishingiz mumkin;
dinamik: statik dasturlash tillaridan farqli oʻlaroq, dinamik dasturlash tillari, asosan amallarni dasturning ish jarayonida (runtime) bajaradi, statik esa, kompilyatsiya vaqtida. Buni oʻziga yarasha yaxshi va yomon tomonlari mavjud, yaxshi tomoni dinamik yozish (dynamic typing), tipsiz muvofiqlashtirish (late binding), akslantirish (reflection), funksional dasturlash, obyektni ish jarayonida oʻzgartirish (object runtime alteration), tashqi funksiyaga murojaat (closure) kabi koʻplab xususiyatlardan foydalanish imkoniyatini beradi;
dinamik tipizatsiya (dynamically typed): oʻzgaruvchi tip talab qilmaydi. Istalgan vaqtda oʻzgaruvchiga yangi tipdagi maʼlumotni oʻzlashtirish mumkin, misol uchun string tipidagi oʻzgaruvchiga int ni oʻzlashtirisha olasiz;
noqat’iy tipizatsiya (weakly typed): obyektlar tip oʻzlashtirmaydi, bu esa ikki xil tip ustida amal bajarish imkoniyatini taqdim etadi. Bu sifat moslashuvchanlik xususiyatini oshiradi, ammo tip xavfsizligi va tipni tekshira olish imkoniyatini yoʻqqa chiqaradi;
interpretatsiya: JavaScript interpretatsiyalanadi, yaʼni dastur ishga tushishidan oldin C, Java dasturlash tillari kabi kompilyatsiyadan oʻtishi talab qilinmaydi. Amaliyotda esa, brauzer JavaScriptni ishga tushirishdan oldin kompilyatsiya qiladi, lekin orada qoʻshimcha jarayon yuz bermaydi;
Multi-paradigma: ushbu til Java kabi obyektga yoʻnaltirilgan, yoki C kabi imperativ dasturlash paradigmasiga boʻysunmaydi. Istasangiz prototip yoki yangi klass sintaksisidan (ES6 dan boshlab) foydalanib obyektga yoʻnaltirilgan dasturlashdan foydalanishingiz mumkin, istasangiz funksional dasturlang, hattoki imperativ paradigmadan ham foydalanishingiz mumkin.
Hayron boʻlishingiz mumkin, JavaScriptni Java bilan nima aloqasi bor deb. JavaScript tarixiga toʻxtaladigan boʻlsak, til yangi yaratilgan vaqtda Java mashhurlikka erishib boʻlgan edi. Mashhur nom muvaffaqiyat keltiradi deb oʻylashgan yaratuvchilar. Shuning uchun yangi tilga turtki berish maqsadida Java soʻzini qoʻshib qoʻyishgan.
Hozircha shu. Kelgusi maqolalarda JavaScriptni har bir jabhasiga alohida to’xtalib o’tamiz.