Stories by Ikboljon Sobirov on Medium
Shaxsiylashtirilgan tibbiyot (personalized/precision medicine) esa bunga yechim beradi.
Bu yondashuv genomika, proteomika, metabolomika, radiomika kabi shaxsiy ma’lumotlardan foydalanib, har bir insonning biologik o‘ziga xosligini chuqur tahlil qiladi.
Shundan so‘ng bemorlar biologik xususiyatlariga ko‘ra guruhlarga ajratilib, ularga maqsadli terapiyalar — masalan, gormon terapiyasi, immunoterapiya yoki gen asosidagi davolar — tanlanadi.
Maqsad — to‘g‘ri bemorga, to‘g‘ri vaqtda, to‘g‘ri davoni qo‘llash orqali davolash samaradorligini oshirish va nojo‘ya ta’sirlarni oldini olish.
Oxford, UK
29 October 2025
PhD o‘zi zarurmi? — Rasm ChatGPT bilan yaratildi
Mendan juda ko‘p “PhD qilaymi?” deb so‘rashadi. Mening javobim deyarli har doim bir xil: Yo‘q. Faqat meni ishontira olsangizgina bu qaroringizni qo‘llab quvvatlayman. Bu keskin raddiyadek tuyulishi mumkin, lekin gap shundaki, juda ko‘p odamlar PhD’ni noto‘g‘ri sabablar uchun boshlashadi.
Ba’zilari buni magistraturadan keyingi tabiiy qadam deb o‘ylashadi, boshqalari esa ism oldiga “Dr.” unvonini qo‘shish istagida bo‘lishadi yoki shunchaki hayotlarida nima qilishni bilishmaydi. Bu sabablardan hech biri PhD uchun yetarli emas.
PhD — bu shunchaki navbatdagi bir diplom emas, balki yuqori darajadagi chidamlilik, sabr va intellektual mehnat talab qiladigan yo‘l. Bu jarayon uzoq davom etadi, ko‘pincha yolg‘iz holda ishlashga majburlaydi va muvaffaqiyatsizlik, o‘ziga ishonchsizlik va original tadqiqot yaratish uchun doimiy bosim ostida bo‘lishni anglatadi. O‘qish va imtihonlar bilan tugaydigan darajalar farq qilib, PhD aniq strukturaga ega emas va muvaffaqiyat kafolatlanmagan. Yillar davomida muayyan muammolar ustida ishlashingiz mumkin, lekin oxirida gipotezangiz noto‘g‘ri chiqishi yoki kimdir sizdan oldin shu mavzuda maqola chop etgan bo‘lishi mumkin. Misol uchun, kechagi kuni bir yarim yildan beri eksperiment qilib ketayotgan o‘rtog‘imning eksperiment natijalari noto‘g‘ri chiqdi va £8000 qiymatga ega qilingan ish bekor bo‘ldi. Qayta bajarish kerak endi.
Bu vaqt ichida hayot o‘z yo‘lida davom etaveradi. Industriya yoki biznes yo‘lini tanlagan tengdoshlaringiz esa o‘z karyerlarida ilgarilab, moliyaviy erkinlikka erishib, o‘z sohalarida yetakchi bo‘lish uchun zarur ko‘nikmalarni oshirib borishadi. Shu yerda imkoniyat xarajati (opportunity cost) degan tushuncha kerak bo‘ladi. Har bir PhD’ga sarflangan yil — bu ko‘proq maosh olish, hayotni moliyaviy mustahkamlash va amaliy tajriba orttirish imkoniyatini qo‘ldan boy berish degani.
Agar PhD sizning kelajakdagi maqsadlaringiz uchun aynan kerak bo‘lmasa va uni hech qanday boshqa yo‘l bilan o‘rnini bosa olmasangiz, bu qurbonlikka arzimaydi.
Shunday bo‘lsa-da, ayrimlar uchun PhD haqiqatdan ham to‘g‘ri qaror bo‘lishi mumkin. Agar sizni biror tadqiqot savoli qiynayotgan bo‘lsa va bunga mutlaqo berilib ketgan bo‘lsangiz, agar bu bosqichdan o‘tish siz orzu qilgan kasbiy yo‘l uchun zarur bo‘lsa, masalan, ilmiy tadqiqotchi yoki professor bo‘lishni istasangiz, unda bu qarorni o‘ylab ko‘rish maʼqul. Lekin faqat istakning o‘zi yetarli emas. Siz bu yo‘lning qiyinchiliklari, moliyaviy va psixologik yo‘qotishlari, noaniqliklari bilan rozi bo‘lishingiz kerak. Agar hamma jihatlarini hisobga olib, baribir bu yo‘ldan boshqa tanlovingiz yo‘qligini his qilsangiz, unda bu haqiqatan ham siz uchun to‘g‘ri qaror bo‘ladi.
PhD uchun hujjat topshirishdan oldin, o‘zingizga bir savol bering: “Men bu ishni qilishim kerakligini qanday isbotlay olaman?” Agar aniq, asosli dalillar keltira olsangiz, bu yo‘ldan borish kerak. Aks holda, PhD qilmang.
Oxford, UK
9 March 2025
Telegram | YouTube | Telegram AI | Instagram
My story of coming to the University of Oxford for my PhD to study Artificial Intelligence in Medical Sciences
Oxford shaharchasi (yuqoridan koʻrinishi) — Rasm Twitterdan olindi
Hikoyani ushbu rasmdagi juda chiroyli shaharchadan boshlasam. Oxford shaharchasi — oʻzida tarix go’zalligining birini namoyon eta oladigan, oʻzidan minglab, millionlab yetuk olimlar, davlat liderlari va dunyoda iz qoldirgan insonlarni chiqargan shaharcha. Qay sohani aytmaylikki, aynan oʻsha sohada yangiliklar oʻchogʻi. Albatta, shahar haqida gapirganda Oxford Universiteti (University of Oxford) haqida aytib oʻtmaslikning iloji yoʻq. Times Higher Education Oxford Universitetini yillar davomida eng birinchi oʻrinda eʼtirof etib kelmoqda. Universitetni qoʻshimcha tanishtirishga hojat ham yo’q (barchaga maʼlum).
Endi, men bu hikoyaga qanday kirib kelaman? Shukrki, menga ushbu universitet oilasining bir a’zosi boʻlish nasib etdi. Hozirda Oxfordda Tibbiyotda Sunʼiy Intellekt (Artificial Intelligence in Medicine) bo’yicha DPhil (doktorantura) qilmoqdaman.
Hikoyaning boshiga qaytadigan boʻlsak, asli Andijonda tugʻilib, boshlangʻich ilmlarni oʻsha yerda olganman. 2015-yil Toshkentdagi Xalqaro Westminster Universitetida toʻliq grant (scholarship) yutib, oʻqishni boshlaganman. Kelajakda oʻzimni qaysi sohada koʻra olishimni oldindan bilar edim, va shu bois, Biznes Axborot Tizimlari (Business Information Systems) fakultetiga qoʻshildim. Bakalavr hayotim juda maroqli va hikoyalarga boy boʻlgan.
Westminster Universiteti (eski binoning orqa tarafdan koʻrinishi) — Rasm Wikipediadan olindi
Oʻqishni muvaffaqiyatli (first class honors) tamomlab, magistratura qilish ilinjida turli xil oʻqishlarga topshirishni rejalashtirdim. Rasmiy oʻqishdan bir yillik dam olish va magistratura uchun yetarlicha tayyorgarlik koʻrish maqsadida ish qidira boshladim. Sohadan ham, joylashuvidan ham uzoqqa bormadim; oʻzimizning Westminsterda Yordamchi Ilmiy Tadqiqotchi (Research Assistant) lavozimida ish boshladim. Yordamchi sifatida boʻlganim uchun koʻp ham hissa qoʻsha olmagan boʻlsam-da, birinchi marta ilmiy maqola yozishni tajribamdan oʻtkazdim (maqolani oʻqimoqchi boʻlsangiz).
Magistratura qilish uchun asosiy eʼtiborni Amerika va Angliyaga qarayotgan bir vaqtimda, ikkala tarafga ham yoʻllar yopila boshladi. Amerikadan bir nechta universitetlardan oʻqish uchun takliflar qoʻlimda edi. COVID-19 sababidan u yerga borish rejalari oʻzgarib, yoʻlimning keyingi qismi Abu Dabida davom etdi.
MBZUAI (old tarafdan koʻrinishi) — Rasm GlobeITFactorydan olindi
Yangigina ochilgan Mohamed bin Zayed University of Artificial Intelligence (MBZUAI) qabul xati bilan aloqaga chiqishdi. Koʻp oʻylantirgan qarorlarimdan biri boʻlgan edi. Tavakkal qilib, olgʻa boraverdim (albatta, ular taklif etayotgan toʻliq grant, oylik stipendiya va bir qancha moliyaviy va ijtimoiy afzalliklari oʻziga jalb etgan edi ham). U yerda Kompyuter Koʻrishi (Computer Vision) sohasida ilm oldim. Bu soha Sunʼiy Intellekt soyaboni ostidagi sohalardan biri hisoblanadi. Magistratura hayoti juda yoqimli, foydali va esda qoladigan tarzda oʻtdi, va ushbu qarorni qilganimdan koʻnglim juda toʻq edi. Koʻplab ilmiy maqolalar chop etdik, yutuqlarga erishdik va oʻzimizning kelajagimiz uchun zamin yarata oldik. Oʻqishimiz yakuniga yaqin, Oxford hikoyamizga qo’shiladi.
Oxfordga birinchi marta 2022-yilning yoz boshida tashrif buyurdim. Visiting Fellow (tashrif buyurayotgan tadqiqotchi) rolida yoz davomida oʻz ilmiy amaliyotimni oʻtkazdim. U yerdagi jamoaga qilgan ishlarim maʼqul kelgani sababli, Ilmiy Tadqiqotchi (Research Fellow) holatida ishimni onlayn davom ettirdim. Abu Dabiga qaytib, magistraturani muvaffaqiyatli tamomladim (CGPA 3.84). Qiziq boʻlsa, bitiruv marosimini toʻliq holda ushbu YouTube havola orqali koʻrishingiz mumkin. Shu vaqt davomida, Oxfordga (va yana bir necha yuqori oʻrindagi oʻqishlarga) PhD/DPhil qilish uchun hujjatlarimni topshirdim.
Birga ishlab kelayotgan jamoamiz Tibbiyot Ilmlari (Medical Sciences) boʻlimidan boʻlgani uchun, ular o’sha boʻlimga qoʻshilishini qoʻllab-quvvatladilar. Oʻzim esa, Komputer Ilmi (Computer Science) boʻlimi bilan boʻlishni xohlagan edim. Shu bilan, 2023 Kuz semestri uchun ikkala fakultetga ham hujjat topshirdim va ikkalasidan ham qabul xatlarini oldim. Lekin, ikkisi ham hech qanday grant taklif qilmayotgan edi (yaʼni, toʻliq pul toʻlab oʻqishimni soʻrashayotgan edi). Biroz oʻylantiradigan holat. Bir necha grantlar uchun topshirilgan holatlardan raddiya ham olgan edik. Albatta, toʻliq grant olish, oʻqishga toʻliq eʼtiborni qaratishga imkoniyat yaratib beradi.
Funding qidirib, bir necha grantlarga urinib koʻrdik. Buning hikoyasi ikki xildagi toʻliq grant va 2024 Qishki semestrga qoldirilgan oʻqish bilan tamomlandi. Grantlarning ikkisi ham nimalarni oʻz ichiga olish jihatidan deyarli bir xil. Biri, Oʻzbekistondagi yuqori oʻrindagi oʻqishlarga kirganlar uchun davlat tomonidan ajratiladigan El-yurt Umidi Foundation (EYUF) bo’lsa, yana biri, noodatiy boʻlgan universitet va tashqi kompaniya birgalashib taklif qilayotgan grant edi. Bu “industrial funding” nomi bilan mashhur. Ikkisidan birini tanlash kerak edi… (Davomi bor)
Bu hikoyada xuddi barchasi xamirdan qil sugʻurgandek koʻrinsa-da, aslida ortida juda koʻp past-balandlarga, oq-qoralarga, yengil va ogʻir kunlarga boy boʻlgan, deya olaman. Undan tashqari, ortida juda koʻplab insonlarning mehnat-mashaqqatlari, yordamlari, yoʻnaltirishlari yotadi. Ularning bariga oʻz minnatdorchiligimni izhor etgan holda, ushbu hikoyada ularni nomma-nom sanab oʻtmayman. Alohida hikoya qilishga munosib.
Hurmat bilan,
Ikboljon Sobirov
Oxford, UK
15 Jan 2024
Telegram | YouTube | Telegram AI | Instagram