Stories by Ismigul Sayfullaeva on Medium
Bolaligimizni o’g’irlamang!
XXI asr yangi texnologiyal ar asri. Bugungi kunda har bir insonda android telefonlar, televizorlar hamda kompyuterlar mavjud. Bu qurilmalardan kundalik turmushimizda, har kuni foydalanamiz, kerakli ma`lumotlarni olamiz, o`qiymiz, o`rganamiz yoki farzandimizga ovunchoq sifatida qo`liga tutqazamiz. Albatta inson o`qib-o`rganishi, biron narsaga intilishi, o`zi uchun kerakli hayotiy tajribalarni, osongina kichkina qurilmalar orqali online tarzida orttirishi yaxshi albatta. Lekin, yoshiga to`lmagan yoki bog`cha yoshidagi farzandimiz, qo`liga telefon tutqazishimiz yaxshimikin? Farzandimiz, telefon ekranini barmoqlari bilan o`ynasa yoxud biron o`yinni yoki videoni tomosha qilsa xursand bo`lamiz va o`z-o`zidan “Hozirdan telefon nimaligini biladiya, bizni davrimizda bunday texnologiyalar bo`lmagandi”, deb qo`yamiz. Ertaga buning keltirib chiqaradigan oqibatlarini bilib-bilmay qo`liga tutqazishimiz to`g`rimikan? Bir o`ylab ko`rdingizmi, farzandimizning eng quvnoq, beg`ubor, unutilmas eng shirin davrini, bolani ovutish yoki bizga halaqit qilmasligi uchun qandaydir telefonga yoki televizorga bog`lab qo`ymayabmizmikan?
Ma`lumotlarga qaraganda 3 yoshdan 5 yoshgacha bo`lgan davrda, bolalar har qanday yangi ma’lumotni tezda qabul qilar ekan va yodda saqlab qolarkan. Bilamizki, ular uchun olam turli yangiliklarga, bilimlar va g‘aroyibotlarga boy. Afsuski, hozirgi davrda ko`pchilik ota-onalar farzandlarini telefon, kompyuter o`yinlari bilan band bo`lib qolganiga beparvolik bilan qarayotganiga guvoh bo`lamiz. Bolalar bilan birga o`ynaydigan ularning vaqtini maroqli, qiziqarli o`tkazish mumkin bo`lgan o`yinlar borligini unutib qo`yishmoqda. Biz ota-onalar farzandimiz bizga halaqit qilmasa, telefon yoki televizor ko`rib o`tirsa bo`ldi, faqat harhasha qilmasa deymiz. Bir yoshli bola ham telefondagi o`yin nima ekanligini biladi. Lekin jajji go`dak, uning qanchalik zarar ekanligini bilmaydi. Undan tarqalayotgan radiatsiyani bilib, yig`lamasa bo`ldi deya qo`liga tutqazamiz. Oxir-oqibat, farzandlarimiz turli virtual o`yinlarning quliga aylanib qolayotganini sezmay qolyabmiz.
Aslida bolaning bevosita shaxs sifatida rivojlanishida turli virtual o`yinlardan ko`ra, o`zining o`rtoqlari bilan o`ynab, muloqot qilish mumkin bo`lgan har xil rivojlantiruvchi, harakatli o`yinlarni o`ynash maqsadga muvofiqdir.
Bunday o`yinlar bolalarni jismonan tetik, baquvvat o`stirish bilan birga, ularning diqqatini, tafakkurini, nutqini, mantiqiy fikrlashini, dunyoqarashini ham rivojlantiradi. Bundan tashqari o`yinlarda jajji insonning barcha sezgi organlari ishtirok etadi, mayda qo`l motorikasi rivojlanib, nutqi ravonlashadi. Virtual olam esa bolaga bunday imkoniyatlarni bera olmaydi. Virtual o`yinlarning ijobiy tomonidan ham, uning keltirib chiqaradigan salbiy tomonlari ko`proqdir. Misol sifatida “ko`k kit”o`yinini aytishimiz mumkin. Bolaning bir joyda muttasil, qimirlamasdan, butun e`tiborini, diqqatini faqat o`sha o`yinga qaratishi, atrofidagi insonlarga befarq bo`lib qolishiga, jaxldor, ruhiyatining buzilishiga sabab bo`lmoqda. Bola faqat kimlarnidur otib o`ldirish yoki virtual olamdagi mushukchani yoxud kuchukchani ovqatlantirish, uning ehtiyojlarini qondirish bilan cheklanib, unga bevosita bog`lanib qolmoqda. Bu o`yinlar bolani sehrlab, oxir-oqibat ovutuvchi vosita sifatida yana qo`liga tutqazishga to`g`ri kelmoqda. To`g`ri, bolaning aqliy salohiyatini oshiruvchi foydali virtual o`yinlar ham mavjud. Lekin bu o`yinlarni ham bolaning yoshini hisobga olgan holda, 20-25minutga rag`batlantiruvchi vosita sifatida bersak, mening nazarimda to`g`rib o`lar edi.
Aslida bola bilan iloji boricha ko‘proq vaqt o‘tqazish, hech bo`lmaganda kuniga bir soat ajratib suhbatlashish orqali uni yanada yaxshi tushunish, uning hayol dunyosiga sayr qilishingiz mumkin. Har qanday bola o`yinni juda yaxshi ko`radi, shunday ekan bola bilan ko`proq turli harakatli, mantiqiy fikrlashni oshiradigan, uning xotirasini, dunyoqarashini, diqqatini shakllantiradigan o`yinlarni o`ynash juda muhim. A.P.Usova shunday degan edi: “Bolalar hayoti va faoliyatini to`g`ri tashkil etish-ularni tarbiyalash demakdir. Bolalarning tarbiyalanishining o`yin shakli shuning uchun ham samarali natija beradiki, o`yinda bola yashashni o`rganmaydi, balki o`z hayoti bilan yashaydi”. Haqiqatda, o`yin bolalar uchun haqiqiy hayotdir. Shunday ekan jajji farzandlarimizga ko`proq e`tiborliroq bo`laylik. Ularni virtual olamga bog`lamasdan, ko`proq mavjud dunyo bilan tanishtirib, Vatanga kerakli inson bo`lib voyaga yetishida yordam beraylik.
Biz ham ta`lim olishga haqlimiz
Bundan ikki yil muqaddam, men ishlagan respublika nogironlar kollejiga, bir ayol o`z farzandini olib keldi. Ko`rinishidan o`rtahol, lekin ziyoli ekanligi ko`rinib turardi. Oliy ma`lumotli- defektologlar sifatida, bu ayolni va ularning farzandi ya’ni qizi bilan suhbatlashdik. Suhbatdan shu ma’lum bo`ldiki, qizning eshitishida nuqsoni bor ekan.Qizning onasi, qizim zaif eshituvchi quloq oldidan gapirganda eshitadi, deya bizga ma’lumot berdi. Ammo, qizga gapirganimizda biron narsa, eshitish tugul, labdan o`qish qobiliyatiga ham, ega emasligi ma’lum bo`ldi. Ammo qizning onasi, qizim eshitadi deya qaysarlik qilar edi. Qizdan so`ralgan oddiy savollar orqali, uni qay darajada taxsil olganini bilmoqchi bo`lganimizda esa qiz, 19 yil davomida hech qanday ta’lim olmagani va bizning bironta ham gapimizga tushunmayotganligi, aniq ko`rinib turgan haqiqat edi. Shunda biz qizning onasiga qizingizni kollejga qabul qila olmaymiz, chunki shu paytgacha qizingizga, daktil alifbosi ham, imo-ishora tili ham, o`rgatilmagan. Bizning kollejda darslar bevosita imo-ishora tilida olib boriladi. Qizingiz, qanday qilib darslarni o`zlashtiradi? O`zi qaysi maktabda o`qigan, deya so`raganimizda, qizning onasi: “qizimni maktabga bermaganman, uyda katta qildim, odamlarga ko`rsatishdan qo`rqardim, ko`chaga chiqarmadik do`st- birodarlar qo`ni-qo`shnilarning gap so`zlaridan qo`rqardik . Bu kollejda qizlarni hunarga o`rgatarkan, yoshi ham 22 ga to`lib qoldi. Uzatishimiz kerak. O`ziga o`xshagan bironta kar uchrab qolar, zora baxtini topib ketar, deb olib kelgan edik….”- dedilar.
Bo`lib o`tgan suhbatdan, ochig`i juda ta’sirlandim. Kimni ayblashni bilmasdim. Bu ayol, chekka qishloqdan bo`lsa ham mayli edi, yoki bironta viloyatdan kelgan, bo`lsa ham mayli edi, u yerda karlar maktabi yetishmaydi, yoki tumanda bitta desak bo`lar edi. Lekin Azim Toshkentning qoq markazida turadigan bu ayol nega o`z farzandini, uy qamog`iga mahkum qildi? Nega? 22 yil odamlardan yashirib keldi Nega? Bunga qizning ota-onasi aybdormi yoki biz jamiyatmi? Axir Toshkentda bunday maktablar yetarli edi-ku. Qolaversa, O’zbekistonda umumiy o’rta ta’lim majburiy ekan, aqliy noqisligi bo’lmagan bu bola nega ta’lim olmadi? O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 41-moddasida: “Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul ta`lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi.”, deyilgan, yoki O`zbekiston Respublikasining nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to`g`risidagi qonunning 4-bobida ham nogironlarning ta`lim olishi, ularni kasbga tayyorlash, uyda ta`lim olishlari haqida yetarlicha ma`lumot berilgan hamda bevosita qonun bilan belgilangan. Shu qonunning 20-moddasida nogiron bolaning oiladagi ta`limi haqida yozilgan bo`lib, bunda nogiron bolaning ixtisoslashtirilgan ta`lim muassasalarida, ta`lim olish imkoni bo`lmagan taqdirda ota-onaning istagi hisobga olingan holda uyda amalga oshiriladi, deb yozilgan.
Nahot ota-onasi shuncha yil o`tib endi qiziga hunar o`rgatgisi kelib qoldi.. Axir odamlar qizining ustidan bir kun kular, ikki kun kular, lekin butun umr ustidan kulmaydi-ku. Ota-onalardagi uyat va qo`rquv xissi, bolam kulgi bo’lmasin deb, uyda yashirib o’tirishlari aslida bolalarga ko’proq zarar yetkazishini, ularga ta’lim bermaslik orqali, farzandlarining butun umrini barbod qilayotganini, bu kimlarningdir kulishini oldini olishdan ko’ra kattaroq yo’qotish bo`layotganligini tushunib yetishlari darkor.
Agar, chet elda nogiron bola tug`ilgan oilalarni olib qarasak ularda bizdagi mavjud vaziyatlarning mutlaqo teskarisiga guvoh bo`lamiz. Ular imkoniyati cheklangan farzandini jamiyatga uyg`unlashishiga o`z qobiliyatidan kelib chiqqan holda, bevosita rivojlantirishga, aslida ular ham sog`lom bolalar singari, oddiy bola ekanligiga, uyda qamab o`tirmasdan atrofdagi insonlarga ko`rsatish orqali yordam beradi, ko`maklashadi.
Yuqoridagi vaziyatlarga juda ko`p duch kelganim bois, bunga qandaydir amaliy yechim topish kerak degan fikrga keldim. Biz insonlarning “bolam nogiron bo`lsa, ko`chadagi bolalar ustidan kuladi, haqorat qiladi, bolamga achinish ko`zi bilan qaraydi ”kabi fikrlar ota-onalarning miyasiga o`rnashib qolgan. Mana shunday fikrlar yuzaga kelmasligi uchun har bir bola maktabda majburiy ta`limni vaqtida olishi uchun ham mening nazarimda ushbu tushuntirish-tashviqot ishlarini olib borish kerak, deb hisoblayman. Buning uchun:
Avvalo, jamiyatimizda nogironlikni oldini olish va sog`lom turmush tarziga rioya qilgan holda farzandlarni katta qilish tog`risida, ota-onalar bilim ko`nikmalariga ega bo’lishi talab etiladi.
Nizomiy nomidagi TDPU ning “Defektologiya” fakultetida, yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda “ko`ngilli yoshlar” guruhini tashkil qilish
Ushbu guruh a`zolari dastlab Toshkent shahridagi maktab va mahallalarda “nogironlik” haqida mab`lumot berib, ularni ko`rganda ularga yordam qo`lini cho`zish( ko`chada avtobusga chiqishga yordam berish, yo`ldan o`tkazish, magazindan xarid qilishga ko`maklashish va b.q) to`g`risida tushuntirish ishlarini o`tkazish
Mahallalarda nechta xonadonda nogiron yoxud imkoniyati cheklangan shaxs istiqomat qilishi, ularning nechtasi ta`lim olayotganligi va nechtasi uyda ekanligi haqida ma`lumot to`plash.
Bundan tashqari “ko`ngilli yoshlar” safini kengaytirish, turli viloyatlar tuman va chekka qishloqlarda ham bunday guruxlarni tashkil etish va faoliyatini kengaytirish.
Nogiron bolalari bor oila farzandlarining ta’lim olishi to`g`risida tushuntirish ishlarini o`tkazish kabi shunga o`xshash ishlar olib borilsa maqsadga muvofiq bo`ladi deb hisoblayman.
Yuqorida ko`rsatilgan ishlar amalga oshirilsa jamiyatimiz hayotida sag`lom farzandlar tug`ulishi, nogironlikning oldi olinishi yoki alohida yordamga muhtoj bolalar ta’lim olishiga va kasb-hunar egallashiga imkon yaratilgan bo`lar edi.
Bugungi taraqqiyot davrida yashar ekanmiz jamiyatimizda imkoniyati cheklangan farzandlarning tug`ulishi juda achinarli va o`ta dolzarb masaladir. Bunday bolalarning maxsus ta’lim maskanlarida ta’lim-tarbiya olishi o`z navbatida o`z-o`ziga xizmat ko`rsatish, ma’lum kasb – hunar ko`nikmalarini egallash va jamiyatda o`z o`rniga ega bo`lishning kafolatidir.
Biz ham ta`lim olishga haqlimiz
Bundan ikki yil muqaddam, men ishlagan respublika nogironlar kollejiga, bir ayol o`z farzandini olib keldi. Ko`rinishidan o`rtahol, lekin ziyoli ekanligi ko`rinib turardi. Oliy ma`lumotli- defektologlar sifatida, bu ayolni va ularning farzandi ya’ni qizi bilan suhbatlashdik. Suhbatdan shu ma’lum bo`ldiki, qizning eshitishida nuqsoni bor ekan.Qizning onasi, qizim zaif eshituvchi quloq oldidan gapirganda eshitadi, deya bizga ma’lumot berdi. Ammo, qizga gapirganimizda biron narsa, eshitish tugul, labdan o`qish qobiliyatiga ham, ega emasligi ma’lum bo`ldi. Ammo qizning onasi, qizim eshitadi deya qaysarlik qilar edi. Qizdan so`ralgan oddiy savollar orqali, uni qay darajada taxsil olganini bilmoqchi bo`lganimizda esa qiz, 19 yil davomida hech qanday ta’lim olmagani va bizning bironta ham gapimizga tushunmayotganligi, aniq ko`rinib turgan haqiqat edi. Shunda biz qizning onasiga qizingizni kollejga qabul qila olmaymiz, chunki shu paytgacha qizingizga, daktil alifbosi ham, imo-ishora tili ham, o`rgatilmagan. Bizning kollejda darslar bevosita imo-ishora tilida olib boriladi. Qizingiz, qanday qilib darslarni o`zlashtiradi? O`zi qaysi maktabda o`qigan, deya so`raganimizda, qizning onasi: “qizimni maktabga bermaganman, uyda katta qildim, odamlarga ko`rsatishdan qo`rqardim, ko`chaga chiqarmadik do`st- birodarlar qo`ni-qo`shnilarning gap so`zlaridan qo`rqardik . Bu kollejda qizlarni hunarga o`rgatarkan, yoshi ham 22 ga to`lib qoldi. Uzatishimiz kerak. O`ziga o`xshagan bironta kar uchrab qolar, zora baxtini topib ketar, deb olib kelgan edik….”- dedilar.
Bo`lib o`tgan suhbatdan, ochig`i juda ta’sirlandim. Kimni ayblashni bilmasdim. Bu ayol, chekka qishloqdan bo`lsa ham mayli edi, yoki bironta viloyatdan kelgan, bo`lsa ham mayli edi, u yerda karlar maktabi yetishmaydi, yoki tumanda bitta desak bo`lar edi. Lekin Azim Toshkentning qoq markazida turadigan bu ayol nega o`z farzandini, uy qamog`iga mahkum qildi? Nega? 22 yil odamlardan yashirib keldi Nega? Bunga qizning ota-onasi aybdormi yoki biz jamiyatmi? Axir Toshkentda bunday maktablar yetarli edi-ku. Qolaversa, O’zbekistonda umumiy o’rta ta’lim majburiy ekan, aqliy noqisligi bo’lmagan bu bola nega ta’lim olmadi? O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 41-moddasida: “Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul ta`lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi.”, deyilgan, yoki O`zbekiston Respublikasining nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to`g`risidagi qonunning 4-bobida ham nogironlarning ta`lim olishi, ularni kasbga tayyorlash, uyda ta`lim olishlari haqida yetarlicha ma`lumot berilgan hamda bevosita qonun bilan belgilangan. Shu qonunning 20-moddasida nogiron bolaning oiladagi ta`limi haqida yozilgan bo`lib, bunda nogiron bolaning ixtisoslashtirilgan ta`lim muassasalarida, ta`lim olish imkoni bo`lmagan taqdirda ota-onaning istagi hisobga olingan holda uyda amalga oshiriladi, deb yozilgan.
Nahot ota-onasi shuncha yil o`tib endi qiziga hunar o`rgatgisi kelib qoldi.. Axir odamlar qizining ustidan bir kun kular, ikki kun kular, lekin butun umr ustidan kulmaydi-ku. Ota-onalardagi uyat va qo`rquv xissi, bolam kulgi bo’lmasin deb, uyda yashirib o’tirishlari aslida bolalarga ko’proq zarar yetkazishini, ularga ta’lim bermaslik orqali, farzandlarining butun umrini barbod qilayotganini, bu kimlarningdir kulishini oldini olishdan ko’ra kattaroq yo’qotish bo`layotganligini tushunib yetishlari darkor.
Agar, chet elda nogiron bola tug`ilgan oilalarni olib qarasak ularda bizdagi mavjud vaziyatlarning mutlaqo teskarisiga guvoh bo`lamiz. Ular imkoniyati cheklangan farzandini jamiyatga uyg`unlashishiga o`z qobiliyatidan kelib chiqqan holda, bevosita rivojlantirishga, aslida ular ham sog`lom bolalar singari, oddiy bola ekanligiga, uyda qamab o`tirmasdan atrofdagi insonlarga ko`rsatish orqali yordam beradi, ko`maklashadi.
Yuqoridagi vaziyatlarga juda ko`p duch kelganim bois, bunga qandaydir amaliy yechim topish kerak degan fikrga keldim. Biz insonlarning “bolam nogiron bo`lsa, ko`chadagi bolalar ustidan kuladi, haqorat qiladi, bolamga achinish ko`zi bilan qaraydi ”kabi fikrlar ota-onalarning miyasiga o`rnashib qolgan. Mana shunday fikrlar yuzaga kelmasligi uchun har bir bola maktabda majburiy ta`limni vaqtida olishi uchun ham mening nazarimda ushbu tushuntirish-tashviqot ishlarini olib borish kerak, deb hisoblayman. Buning uchun:
Avvalo, jamiyatimizda nogironlikni oldini olish va sog`lom turmush tarziga rioya qilgan holda farzandlarni katta qilish tog`risida, ota-onalar bilim ko`nikmalariga ega bo’lishi talab etiladi.
Nizomiy nomidagi TDPU ning “Defektologiya” fakultetida, yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda “ko`ngilli yoshlar” guruhini tashkil qilish
Ushbu guruh a`zolari dastlab Toshkent shahridagi maktab va mahallalarda “nogironlik” haqida mab`lumot berib, ularni ko`rganda ularga yordam qo`lini cho`zish( ko`chada avtobusga chiqishga yordam berish, yo`ldan o`tkazish, magazindan xarid qilishga ko`maklashish va b.q) to`g`risida tushuntirish ishlarini o`tkazish
Mahallalarda nechta xonadonda nogiron yoxud imkoniyati cheklangan shaxs istiqomat qilishi, ularning nechtasi ta`lim olayotganligi va nechtasi uyda ekanligi haqida ma`lumot to`plash.
Bundan tashqari “ko`ngilli yoshlar” safini kengaytirish, turli viloyatlar tuman va chekka qishloqlarda ham bunday guruxlarni tashkil etish va faoliyatini kengaytirish.
Nogiron bolalari bor oila farzandlarining ta’lim olishi to`g`risida tushuntirish ishlarini o`tkazish kabi shunga o`xshash ishlar olib borilsa maqsadga muvofiq bo`ladi deb hisoblayman.
Yuqorida ko`rsatilgan ishlar amalga oshirilsa jamiyatimiz hayotida sag`lom farzandlar tug`ilishi, nogironlikning oldi olinishi yoki alohida yordamga muhtoj bolalar ta’lim olishiga va kasb-hunar egallashiga imkon yaratilgan bo`lar edi.
Bugungi taraqqiyot davrida yashar ekanmiz jamiyatimizda imkoniyati cheklangan farzandlarning tug`ilishi juda achinarli va o`ta dolzarb masaladir. Bunday bolalarning maxsus ta’lim maskanlarida ta’lim-tarbiya olishi o`z navbatida o`z-o`ziga xizmat ko`rsatish, ma’lum kasb – hunar ko`nikmalarini egallash va jamiyatda o`z o`rniga ega bo`lishning kafolatidir.