Stories by Asilbek Jahonov on Medium
Bugun mobil olamda Android qurilmalaridan foydalanish juda ommalashdi. Bu Android ilovalarini eng yaxshi uslublar asosida ishlab chiqishni taqozo etadi. Keling, ushbu dasturiy ta’minotni ishlab chiqishda nimalarni e’tiborga olish kerakligini ko’rib chiqamiz.
Shunchaki kodni yozishning o’zi yetarli emas, uni samarali yozish haqiqiy mashaqqatdir.
-Kod sifatiga e’tibor bering
Agar kodingni san’at deb hisoblasak, dasturchi to’g’ri koding qilayotgan bo’lsa, bu unga o’zgacha zavq bag’ishlaydi. Bundan tashqari, qanday kod yozishingiz sizni qanday dasturchi ekaningizni ko’rsatadi. Kod sifati har doim muhim. Uzun kod yozish bu gohida oqilona qadam emas, bu nafaqat xatoliklar kelib chiqish ehtimolini oshiradi, balki ko’p vaqtni oladi va ko’p murakkabliklarni keltirib chiqaradi.
-Dizayn Patternlardan foydalaning
Dizayn patterlar dasturiy ta’minotni loyihalashda tez-tez yuzaga keladigan muammolarga yechimlarni taqdim etadi. Muammoga yechim bo’lishdan tashqari, dasturchilar o’rtasidagi muloqotga yordam beradi, chunki jamoaviy ishlashda patternlar ishni oson kechishiga yordam beradi. Hozirda Androidda MVC, MVP, MVVM, MVI, Clean Architecture va h.k bir qancha arxitektura patternlari bor. Tanlov paytida, siz eng yaxshi arxitekturani emas, loyihangizga ko’proq mos tushadigan arxitekturani tanlashingiz kerak. Shunday qilib, siz tanlagan arxitektura loyihangiz talablariga javob bersa, standart kod yozish ko’rsatmalariga rioya qilsangiz va “clean” kod yozsangiz, hech qanday arxitekturaning yomon tomoni yo’q.
- UX — juda muhim
Foydalanuvchining ilovangiz bilan muloqoti juda muhim. So’nggi paytlarda mobil qurilmalarda yaxshi UX ga bo’lgan talab ortib borayotgani hammamizga ayon. Keling, ilovalarimizda UX ni yaxshilash uchun e’tibor berishimiz kerak bo’lgan ba’zi jihatlar bilan tanishamiz:
Ajoyib UI&UX dizayn:Ilovaning foydalanuvchilarga qulayligi va foydalanish tajribasi(experience) UI&UX dizayndan boshlanadi. Google Material Design tamoyillariga mos keladigan ilova ishlab chiqish juda muhim.
Ilova konfiguratsiya o’zgarishlarini ko’rib chiqish:Konfiguratsiya o’zgarishlari — ko’pchilik Android dasturchilarining og’riqli tomoni. Telefonni aylantirib, ekran orientatsiyasi o’zgartirilganda, Android mavjud activitylar va fragmentlarni destroy qilib qayta yaratadi. Bu dastur resurslarini yangi konfiguratsiyaga muvofiq qayta yuklash uchun amalga oshiriladi va asosan ilovani qayta ishga tushurishga o’xshab ketadi. Ushbu holat yomon UX uchun misol bo’lib, natijada ko’plab foydalanuvchilarni yo’qotishga olib keladi. Google tomonidan 2017-yilda arxitektura komponentasi sifatida viewModel taqdim etildi, ushbu yordamida konfiguratsiya o’zgarishlari muammosini osongina hal qilsangiz bo’ladi. ViewModel o’zining butun hayot sikli(lifecycle) davomida foydalanuvchi interfeysi bilan bog’liq ma’lumotlarni saqlash va boshqarish uchun mo’ljallangan. Uning yordamida ma’lumotlaringiz konfiguratsiya o’zgarishlarida o’chib ketmaydi.
-Agile(epchil) bo’ling
Agile loyihani ishlab chiqish metodologiyasi mobil ilovalarni ishlab chiqishda boshqa anʼanaviy yondashuvlarga nisbatan bir qancha muhim afzalliklarni taqdim etadi. Bu developement va mijozlar guruhlari o’rtasidagi muloqotni osonlashtiradi va barcha manfaatdor tomonlar o’rtasida doimiy va samarali hamkorlikni ta’minlaydi. Agile modeli mijozlar uchun ilovani yaratish jarayonining to’liq shaffofligini ta’minlaydi va developer teamga mijozlarning fikr-mulohazalarini ilovalarni ishlab chiqish jarayonining o’zida inobatga olib ketish imkonini beradi. Bu loyiha mijozning qarashlariga mos kelishini ta’minlaydi. Loyihani kichikroq modullarga yoki sprintlarga bo’lish bir nechta jamoalarga ilovani ishlab chiqish jarayonini tezlashtirishga yordam beradi, shuningdek keyingi etaplarda yordam berishi uchun real foydalanuvchilardan tezroq feedback olishga yordam beradi.
-Resurslardan foydalanishda ba’zi jihatlarni inobatga olish kerak
Styles dan foydalaning: Loyihada styles dan to’g’ri foydalanishi kerak. Ilovadagi aksariyat matn kontentlari uchun umumiy style dan foydalanish ishni osonlashtiradi.
TextViewlar uchun:
android:layout_width=”wrap_content”
android:layout_height=”wrap_content”
android:text=”@string/price”
style=”@style/ContentText” />
Siz yagona styles.xml faylidan foydalanishingiz shart emas. Uni “style.xml”, “styles_home.xml”, “styles_item_details.xml”, “styles_forms” kabi qismlarga bo’lsangiz bo’ladi.
Ranglarni to’g’ri nomlang: colors.xml faylida ranglarni e’tibor bilan nomlash ranglarni qayta nomlash va o’zgartirishni osonlashtiradi, shuningdek, nechta turli ranglardan foydalanilganligini bilishni soddalashtiradi.
Bunday nomlash xato:
To’g’ri nomlash:
Dimen lardan foydalaning: marginlar, paddinglar, font o’lchamlariga xuddi ranglarga o’xshab maxsus nom bering. Bu orqali o’lchamlarning takrorlanishidan saqlanishingiz mumkin.
-O’z HTTP clientingizni yozish o’rniga OkHttp clientdan foydalaning
Serverga so’rov jo’natishda o’z http clientingizni yozib o’tirishga hojat yo’q, bu borada bir qancha tayyor yechimlar mavjud. Samarali so’rovlarni ta’minlash uchun stack ni OkHttp ga asoslashni, xavfsizlik nuqtai nazaridan Retrofitdan foydalanishni maslahat beraman. Agar Retrofitdan foydalanayotgan bo’lsangiz rasmlarni yuklash va keshlash uchun Picasso ishlatgan yaxshi. Chunki Retrofit, Picasso, OkHttp lar bitta kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan, bir-birini yaxshi to’ldiradi, muvofiq holda samarali ishlaydi. Glide kutubxonasi rasmlarni yuklash va keshlashdan tashqari animatsion GIFlar, qirrasiz yumaloq rasmlarni yuklash uchun ham qo’l keladi.
-Ilova xavfsizlik jihatidan zaif bo’lmasligi kerak
Dasturchi qanaqa ilova ishlab chiqishidan qat’iy nazar, ilova xavfsizligiga e’tibor qaratishi lozim. Ilovangizda kompaniya va foydalanuvchilarning juda ko’plab shaxsiy ma’lumotlari bo’ladi. Masalan, to’lov ma’lumotlari orasida uy manzili, telefon raqamlari, kredit karta raqamlari kabi himoya qilinishi kerak bo’lgan bir qancha muhim ma’lumotlar mavjud. Agar ilovangiz xavfsiz bo’lmasa foydalanuvchilar uni ishlatishdan xavfsiraydilar. Shuningdek, u kompaniyangiz brendiga jiddiy ta’sir ko’rsatadi hamda oldingi mavqeyini tiklash oson bo’lmaydi. Shuning uchun, maxfiy ma’lumotlarni himoya qilish uchun ehtiyot choralarini ko’rish: shifrlash, 2FA(Two-Factor Authentication) kabi taktikalardan foydalanish zarur.
-Ilova testlar yordamida tekshirilishi kerak
A/B teslari: Xavfsizlikni yaxshilash, yangi xususiyatlarni joriy etish yoki funksionallikni kengaytirish uchun qilinadigan ilova yangilanishlari har bir ilovani ishlab chiqish jarayonining ma’lum bir hayot sikli hisoblanadi. Ilovada katta o’zgarish bo’lganda uni birdan release ga chiqarish yaxshi ish emas. Uni oldin kichikroq auditoriya bilan A/B testingdan o’tkazish, so’ng release ga chiqarish kerak. Progressive release — agile metodologiyasining bir turidir, chunki u release jarayonidagi xavflarni bartaraf etadi. Natijalarni qo’yilgan vazifadan ustun qo’yadi. Shunda butun jamoa har bir release ortidagi yuqori darajali biznes maqsadni anglaydi. Bu dasturchilar jamoasiga muayyan foydalanuvchi auditoriyasiga o’ziga xos funksionallikni chiqarishga imkon beradi hamda mahsulotning bozorga chiqish vaqtini tezlashtiradi.
Maqola ushbu link asosida tarjima qilindi.