Stories by Jaloliddin Esonboyev on Medium
Bu maqolani yozish oson bo’lmadi. Ko’pchilikning maslahati bilan oxiri yozishga qaror qildim. Oldinroq Linkedin’da ham post yozgandim. Lekin u yerda ham to’liqroq yoza olmadim. Va oxiri “We’ll die anyway” degan fikr orqali ushbu maqolani yozmoqdaman. Menda katta auditoriya bor, va umid qilamanki, foyda keltirishi mumkin. (Eslatib o’taman, voqealar 2023-yil, 25–31-may oralig’ida bo’lgan)
Xo’sh boshladik. IT sohasi vakili sifatida birinchi marta o’zimni axmoqdek his qildim. Maqola davomida “chiroyli” aldanganim va zamonaviy firibgarlardan qanday qilib qochish mumkinligi haqida bilib olasiz. Zero, musulmonlar taqdirga iymon keltirishlari farzdir.
Hammasi shundan boshlandi:
Behance Jobs’dan skrinshot
1. Dastlabki jarayon
Ish qidirayotganim uchun shu vakansiya bo’yicha Telegramdan yozdim. Men yozgan shaxs o’zini “Motion Recruitment” kompaniyasidagi Recruiter deb tanishtirdi. Uni Linkedindan tekshirib ko’rdim, haqiqatga yaqindek keldi: Professional rasm, ish joylari va boshqalar. Keyin juda oddiy ish uchun $7.000 berishini aytdi. (O’zi shu joydayoq ishonishim kerak emasdi.) Ishni tugatdim va berilgan email’dan jo’natdim.
2. Pulni qabul qilish
Ayni shu joyi muhim. Pulni kartadan yoki bank hisobga emas, qandaydir online saytga yubordi. (P.S. U real pul emas). Uni yechib olishga esa depozit pul yuborishim shart. Juda ma’nosiz yo’l. Lekin ishondim. Oyim, dadam, amakim, Azimjon aka, Feruz akalarning gapiga ishona olmadim. Ha, bu haqiqiy scam edi.
O’sha vaqtda iTechArt’dan ketayotgan edim. Ba’zi yig’gan pulim bor edi. Chunki vizamning javobini kutayotgandim. Xato qildim, va shu depozit uchun pul yubordim.
Batafsil yozmayman, lekin barchasi ishonarli edi. Haqiqiy shartnoma tuzildi, AQSH’dagi haqiqiy bankdan pul yubordi, haqiqiy odam bilan gaplashyapman… Illuziya! Can you imagine that??????
Okay, okay. Endi avjiga keldik. Pul yuborishni boshladim. Bir paytning o’zida 3 ta odam bilan gaplashyapman (technically): Telegramdagi Kelly, WhatApp’dagi bank xodimi va pul yuborilgan saytdagi chatdagi support. Ular aytdiki, qancha ko’p depozit summa yuborsam, shuncha tez jarayon hal bo’ladi. Va shu joyda scamming’ning eng muhim funksiyasi ishladi: Odamni shoshiltirish. Ha, men ham shoshildim…
Boshlanishiga $50 yubordim. Lekin bo’lmadi. Keyin $278. Keyin $508. Keyin $250……. Ha, uxladim. Umumiy $1100 yaqin pul sarfladim. Nima deb nomlashni o’zingiz bilasiz.
3. Scamming tartibi
Bu scamming yo’li menga juda yoqdi. Deyarli PERFECT!
Ishni bajardim. Vazifa juda va juda oson edi
Shartnoma tuziladi va Sizga bank orqali pul yuborishadi.
Keyin esa fake vebsayt orqali pulni yechib olishingizni aytishadi
Lekin bu uchun siz depozit yuborishingiz kerak.
Tepada ko’rganingizdek, men $8000 pulni $1000 depozit bilan ham ololmadim va bu aniq isbotlandi.
Sizni shoshirishadi. Haqiqiy odam ekanliklarini da’vo qilishadi
Oldindan pul so’rashsa, ishonmang!
Hech kimga ishonmang.
4. Motion Recruitment kompaniyasi
Email orqali gaplashganimizda bir kichik narsani payqamapman. Bu email adressdagi kichik xato. Ya’ni bu haqiqiy kompaniya emaili emas edi.
Keyin esa Linkedinda post yozdim va kompaniyani ham aybladim. Afsuski, xato qilibman.
Keyin esa o’sha bank va Wise supportdan pulni qaytarish mumkinligi haqida so’radim. Imkonsiz ekan. Bilgandim o’zi.
Pastdagi screenshot’da esa barcha email’lar
Xulosa yo’q. Sarlavhaning o’zidanoq xulosa ma’lum.
Shu joyida maqola tugamoqda. Yana nimadir esimga kelsa, qo’shib qo’yishim mumkin. O’sha vaqtda men bilan birga bo’lganlarga rahmat!!!
Polshaga kelganimga 5 oydan oshdi. Shundan beri eng ko’p ishlatgan so’zlarim: Dzień dobry (Xayrli kun), Dobry (Yaxshi), Dziękuję (Rahmat), Czy mówisz po angielsku? (Inglizchada gaplashasizmi? 😂)
Eng yoqqan rasm shu: Quyosh, daryo, va tabiiy kulgu
1. Muqaddima
Meni bilmaganlar uchun qisqacha ma’lumot: Dizayner va talabaman, 20 yosh, single 😂. Ushbu maqolada esa shu paytgacha bo’lgan barcha taassurotlarim va tajribalarim bilan bo’lishmoqchiman. Demak, maqola katta bo’lishi, va chet elga chiqish niyatida bo’lganlar uchun foydali bo’lishi maqsad qilingan. Let’s go!
2. Dastlabki rejalar
Maktab va litsey vaqtlarida chetga ketish orzuyim bo’lganligini eslolmayman. 2022-yil boshidan boshlab bu xohish paydo bo’ldi. Siyosiy vaziyatlar tufayli bu maqsad biroz susaydi va yetarlicha pulim ham yo’q edi. Ilk rejalar Polshadagi 2 ta universitet: PJAIT (Polish-Japanese Academy of Information Technology) va Vistula University edi.
Lekin yoz oxirida rejalar o’zgardi. Chexiyadagi universitetga topshirishga qaror qildim. Uydagilarga yaxshilab tushuntirdim. Rozi bo’lishdi. Oktyabr oxirida MUP (Metropolitan University Prague) ga topshirdim. Yo’nalish — Xalqaro Aloqalar: Yevropa o’qishlari. Shartnoma (Tuition fee) — 2500 yevro.
Qisqa qilib aytsam, 8 oy vizani kutdim va 2023-yil, iyulda rad javobi chiqdi 😐. Bu paytda universitetda online o’qidim va ishlab pul yig’ishga harakat qildim. Taqdir ekan, rad javobidan keyin darhol Vistula Uni. ga o’qishimni ko’chirdim. Polsha elchixonasidan vizaga topshirish uchun 3 hafta oldindan joy oldim. 2 haftada javobi chiqdi: 11-sentyabrda topshirib, 27-sentyabrda vizamni oldim. 6-oktaybrda esa Polshaga yetib keldim. Ha aytgancha, barcha jarayonni o’zim 100% qildim, hech qanday agentliklarsiz. Pastda esa qilgan rejalarimning ba’zilari:
Davlatlar va universitetlar ro’yxati. 10.10.2022
Polshadagi shaharlar bo’yicha kichik fikrlarimni bo’lishmoqchiman. Polshada bir nechta katta shaharlar bor: Varshava, Poznan, Vrozlav, Gdansk, Krakov va boshqalar. Hammasi ham yaxshi joylar, lekin baribir o’zim Varshavani tanlagan bo’lardim har doim.
3. Visa
Men talabalar topshiradigan — National visaga topshirdim. Taxminan shunaqa hujjatlar talab qilinadi. Qisqacha tartib: 1. Universitetga topshirish va o’qishga qabul qilinganlik haqida hujjatni olish. 2. Hujjatni olish bilan darhol Toshkentdagi Polsha elchixonasidan hujjatlarni topshirish uchun joy olish. Elektron pochta orqali hujjatlar yuboriladi, asosan 2–3 hafta oldindan joy berishadi. 3. Kerakli hujjatlarni tayyorlash. 4. Hujjatlarni tayyorlab, o’sha kuni vaqtli borish. Va albatta, hujjatlardan nusxalar olishni unutmaslik. 5. Hujjatlar topshirilgandan so’ng 2 hafta kutiladi.
Intervyu jarayonida, asosan, 2–3 ta kichik savollar berishadi. Vahimali joyi yo’q. Lekin Chexiya elchixonasida intervyu 1 soat bo’lgandi 🤯. Xonadan terlab chiqqandim. Xullas, Chexiya variant emas ))
Visa 1 yil uchun beriladi. Polshaga kelganingizdan keyin karta pobyta’ga topshirasiz. U ham juda ishkal jarayon 🥲.
4. Universitet
Universitet tanlash eng muhim ish. Jarayonni ancha oldindan boshlash kerak. Bunda har kimning o’z xohishi bo’lishi va o’zi internetdan izlanishi zarur. Bir nechta faktorlar muhim: Universitet darajasi (ranking), fakultet, qaysi tilda o’qish, universitet haqida talabalar fikrlari va albatta, shartnoma summasi. Polshaga kelishni xohlaganlar uchun o’zim taklif qiladigan universitetlar:
Warsaw University (Uniwersytet Warszawski)
Collegium Civitas
Vistula University
University of Economics and Human Sciences (VIZJA)
PJAIT
Yana 2 ta universitet qiziq tuyildi: Academy of Fine Arts in Warsaw (ASP Warszawa) va Fryderyk Chopin University of Music. Lekin bilishimcha, bularda o’qitish polyak tilida.
Men yashaydigan mahalla
Shuningdek, Vistulada bo’lgan bir nechta muammolarni aytib o’tishim zarur. Asosiy yomon tomoni — agar sizda qandaydir muammo bo’lsa, nuqul birovga yuborishga harakat qilishadi. Bitta misol: Men o’qishimni ko’chirganim uchun fanlarimda farqlar bor. O’qish oktyabr boshida boshlangan va menda fanlar jadvali mavjud. Lekin “Planning department” mening jadvalimni noyabr oyi oxirida o’zgartirib tashladi. Hech qanday xabarsiz, shunchaki 😐. Sabab — oldingingi universitet va Vistuladagi fanlar farqlari. Ok, bu tushunarli, lekin nega semestr o’rtasida???
Jahlim chiqdi, shuncha vaqt o’qigan fanlarimni ko’pi yo’q va notanish fanlar o’zidan-o’zi qo’shildi. Birinchi borib “Reception” dan so’radim. Ular fakultet dekaniga email yozishni aytishdi. Yozdim. Javob yo’q. Keyin “Planning department” ga chiqdim. Ular o’zlariga ishni olmasdan, dekanatga yuborishdi. Dekanatdan esa hech qanday javob ololmadim. Ular rektorga email yozishni aytishdi. WTF ??? Uzr 😐
Eh mayli, deb, uni ham yozdim. Dekanat “100% javob keladi sizga” deb aytishgandi. Mana necha oydirki hali ham javob yo’q. Yaxshiyamki, rektor bizga bitta fandan dars berardi. O’zidan borib so’rab oldim. Hozirgi jadvalim bilan davom etishimni aytdi. Shunday qilib, nimadirlar bo’lib ketdi. Xudoga shukr, bu sessiyani hech qanday yiqilishlarsiz tugatib oldim.
Shu vaqtgacha universitetning 2 ta tomoni yoqdi: Bufetda shirin ovqat tayyorlashadi va namoz o’qishga yaxshi sharoit bor. Bo’ldi 😂. O’qish ham uncha yomon emas, harakat qilsangiz bo’ladi. Yo’nalishim “Xalqaro Aloqalar” (International Relations) bo’lganligi uchun darslardagi asosiy mavzu jahonda bo’layotgan mojarolar haqida bo’ladi. Bunda shaxsiy fikrlar emas, balki vaziyatga professionalroq yondashib, faktlar bilan gapirish foyda beradi. Aks holda emotsiya bilan gapirganlaringiz o’zingiz va boshqalar uchun ham foydasiz.
Kutubxona
5. Nostrifikatsiya
Polshaga kelganingizdan so’ng, O’zbekistonda o’qilgan litsey / kollej / maktab hujjatini Polshadagi “Kuratorium Oświaty” (Ta’lim kengashi) tasdiqlashi kerak. Kerak bo’ladigan hujjatlar: Passport, diplom, fanlar ro’yxati (Curriculum), apostil, apostilning polyak tiliga tarjimasi (sworn translation), tarjimaning elchixonadan tasdiqnomasi. Barchasining originali va kopiyalari bo’lishi kerak.
Kelganingizdan taxminan 1 oy o’tib, saytdan hujjatlarni topshirish uchun joy olishingiz kerak. Navbat juda katta, shu sababli 2–3 oy oldindan olish kerak.
Polyak tiliga qilingan har qanday tarjimaning to’g’riligini Polshadagi O’zbekiston elchixonasi qilib beradi. Lekin $40 ga! Murojaatchilar uchun bu jarayon maksimum qiyin qilingan 🙂. Bankka borib, dollarda to’lashingiz kerak. Buyoqda bir dunyo oson yo’llar turganda aynan shunaqa qilishingiz zarur. Yaxshiyamki, men aytishnikman :). Shundoqqina Revolut’dan yubordim. Lekin ko’pchilik buni tushunmaydi va ko’p ovora bo’lishadi.
Bu summaning o’zi ham juda qiziq. Nega aynan shunday katta summa? To’g’ri, servis ko’rsatishyapti, lekin xuddi shu servisni ko’rsatayotgan Kuratorium Oświaty bir tiyin ham olmadi. Shunaqa holatlarda odamning jahli chiqadi. Hech bo’lmasa talabalar uchun kichikroq summa ham emas 😐. Polshadagi eng zo’r tomonlardan biri — talabalar uchun chegirmali summa bo’ladi. Ko’pincha -50%. Ehhh…
Xullas, men nostrifikatsiya uchun hammasini to’g’ri qilayotgan edim. Lekin bir muammo chiqib qoldi. Diqqat, e’tibor bering! Kelgunimgacha hech kim menga “Curriculum” ni olishni aytmagan, bu haqida ma’lumot ham yo’q! Curriculum’da — litsey / maktabda o’qigan fanlaringiz va mavzulari bo’lishi kerak. Inglizcha original va polyakchaga tarjima. Buni kech bildim. Keyin uni O’zbekistondan olib keltirdim. Hujjatlarni topshirdim va 27-fevral kuni nostrfikatsiyani muvaffaqiyatli qabul qilib oldim.
Visa uchun qilingan hujjatlar
6. Ish topish
Eng qiyin jarayonlardan biri shu bo’ldi. Vakansiyalar ko’p emas, borlari ham shunchaki ochib qo’yilgan. Kelganimdan beri faqat frilans loyihalarda ishlayapman. Siyosiy vaziyat ham iqtisodga ta’sir qilgan va ko’p dizaynerlar ishsiz, taxminan 50–60%.
7 ta kompaniya bilan intervyular bo’ldi. Hammasidan yiqildim. Sabablarni aytish niyatim yo’q, ayniqsa raqobat bunga kuchli ta’sir qilmoqda. Agar sharqiy Yevropadagi siyosiy vaziyatdan xabardor bo’lsangiz, nima demoqchiligimni tushundingiz.
Kelganimdan keyin bir nechta dizayn community’larga qo’shilishga harakat qildim. Bulardan asosiysi — Warsaw Design Community. Bir necha marta tashrif buyurdim va ancha tanishlar orttirdim. Shuningdek, Locals’dagi ba’zi tadbirlarga ham qatnashib turaman.
7. Til va madaniyat
Buyerdagi odamlar ham o’zimiz kabi. Faqat boshqa tilda gaplashishadi 😄. Polyak tilini o’rganish uncha qiyin emas, grammatika deyarli rus tilidek bir xil. Faqat ko’proq shug’ullanish kerak. Polshaning eng zo’r tomonlaridan biri — yoshlar va ayniqsa, kattalar ham inglizchada gaplasha olishadi. Hech bo’lmaganda Google Translate bilan muammoni hal qilaman ))
Madaniyatlar ham har xil, lekin qiziq. Muzeylar, parklar ko’p. Ijtimoiy hayot O’zbekistondan ancha yaxshiroqdek tuyiladi. Buyerda qushlarni quvlashmaydi shekilli, kaptarlar odamlarning orasida ham yuraveradi.
Palace of Culture and Science — Centrum
Shuningdek, 2 oy ping-pongga qatnashdim, ancha texnikalarini o’rganib qoldim. Menga juda yoqdi. Hayot boshqacha tuyilyapti. Instagramda ham ba’zi video va rasmlarim bor — https://www.instagram.com/jaloliddeeen/.
8. Xulosa
Komfort zonadan chiqish ko’p narsani talab qiladi: Qat’iyatli bo’lish, halol ovqatlanish, moliyaviy savodxonlik, til hamda qoidalarni bilish va boshqalar. Biroq haqiqiy rivojlanish bo’ladi. Uydan, vatandan uzoqda bo’lish boshqacha tuyg’u. Bilmadim, qanchalik o’zgaraman bir necha yildan so’ng… Lekin hozirgi hayotim uchun roziman. O’zim xohladim, harakat qildim, yordam berishdi va o’ylaymanki, qisman uddaladim.
Asosiy maqsadim dizayner sifatida katta kompaniyalarda ishlash, sport bilan yaxshiroq shug’ullanish va dunyo kezish. Bu vaqt davomida esa hayotdan zavqlanish kerak. Ha oson emas, lekin imkonsiz ham emas.
Maqolani o’qiganlarga rahmat. Savollar bo’lsa yozib qoldirishingiz mumkin. Cheers 💪
14:28. 29.02.2024. Varshava, Polsha.
2–4 — dekabr kunlari Toshkentdagi Akfa Universitetida bo’lib o’tgan “Startup Weekend Tashkent 2022” xakatonida qatnashdim. Ushbu maqola orqali — xakatonlarda qatnashish bo’yicha bir nechta maslahatlar berishga va tajribam bilan ulashishga harakat qilaman.
Kichik konkursdan lavha
1. Maqsad
Deyarli hech qanday maqsadsiz bordim. Har doimgidek yangi odamlar bilan tanishish, yangi bilimlar olish edi, niyatim. Oxirgi kunda esa to’g’ri ish qilganimga 50% amin bo’ldim. Keling, ba’zi jihatlarni aytib o’taman.
2. Xakaton haqida
“Startup Weekend” beshinchi marta Toshkentda o’tkazildi. Xakatonda 54 soat davomida g’oyangizni — MVP mahsulot darajasiga olib chiqishingiz mumkin. Bunda sizga jamoangiz va tajribali mentorlar yordam berishadi.
1-kuni bir nechta interaktiv o’yinlardan so’ng 40 dan ortiq g’oyalar tinglandi (Pitches). To’g’risi deyarli hech qaysisi menga ma’qul kelmadi. Ko’p g’oyalar juda xom. Ba’zilari chet eldagi mahsulotlar bilan 1:1 edi. Qanday muammoni yechishayotgani ham noma’lum. Keyin esa qisman xohlab, bir jamoaga qo’shildim.
Ushbu xakaton organizatsiy tomonlama juda sifatli va ajoyib tayyorlanibdi. Barcha sharoitlar qilingan. Organizatorlarga katta rahmat!
Ikkinchi kun barcha 17 ta jamoa — o’zlari tanlagan auditoriya bilan suhbatlashishlari (Moderated user interviews) va ularning muammolarini aniqlashlari kerak edi. Uchinchi kunda esa jamoalar loyihalarni prezentasiya qilib berishdi.
Jamoaviy ishlash jarayoni
3. Jamoa va bizning loyiha
Jamoamizda 3 ta dasturchi, 1 ta marketolog va men - dizayner bor edi. Jamoa nomi — “Parked”. Loyihamiz — Toshkent shahridagi avtoturargohlar (Parkovka) uchun B2B platforma yaratish edi. Ishni birinchi bo’lib tadqiqotlar o’tkazish va raqobatchilarni o’rganishdan boshladik.
4. Intervyular va natijalar
Shaharlardagi tirbandliklar va mashinalarni parkovka qilishdagi muammolar ko’p. Lekin uning “haqiqiy” muammo ekanligini bilmasdik. Buning uchun, albatta, foydalanuvchilar bilan intervyular o’tkazish kerak edi. Menda bu bo’yicha tajriba bo’lganligi uchun intervyularni o’zim o’tkazdim. Bunda 6 ta haydovchi bilan gaplashdik, bir jamoa a’zosi menga yordam berib turdi.
Haydovchilar bilan intervyular
Natijalar:
1. Parkovkalarni qidirishga o’rtacha 10–15 daqiqa vaqt ketadi.
2. Parkovkalarda joy bor yoki yo’qligini deyarli oldindan bilib bo’lmaydi.
3. Joy topilmasa, uzoqroq joyga qo’yishga majbur bo’linadi, bu esa vaqtning va ortiqcha asab ketishiga sabab bo’ladi.
Afsuski, ushbu ma’lumotlarni ishlata olmadik. Tahlil qilib chiqishga vaqt yetishmadi. MVP ning texnik implementatsiyasi 1-o’rindagi prioritetga qo’yildi.
5. Dizayn va prezentasiya
Birinchi user flow chizdik, so’ngra sketch va UI dizaynga o’tdik. Vaqt cheklanganligi uchun juda tez harakat qilishga harakat qildik. Dizayn tayyor bo’lganidan so’ng prezentasiya ustida ishladik va final pitch uchun tayyorlandik. Jamoa yetakchisining o’zi prezentasiya qilib berdi.
Qoralamalar va UI dizayn
6. Bollar, Biz Yutdik!
Juriylarning qaror chiqarishiga 1 soatcha vaqt ketdi. Undan ko’ra, ballarni hisoblab beruvchi app qilsak bo’lmasmidi, deb ham o’ylab qoldim :)
Oxiri taqdirlash boshlandi. Birinchi bo’lib biz — “The Best Customer Validation” nominatsiyasi bo’yicha taqdirlandik. Hammasi foydalanuvchilar bilan real hayotda va haqiqatdan ham yaxshi intervyular o’tkazganimiz sababli bo’ldi, deb o’ylayman. Bunday nominatsiya borligini bilmasdim ham. Asosiysi, bizga ishonishdi va bizni loyiq deb topishdi! Juda xursand bo’ldim.
Jamoviy rasm
7. Xulosa
Jarayondan zavqlandim. Lekin ishlash jarayonida jamoada bir kelishmovchilik kelib chiqdi. Ba’zi sabablarga ko’ra oxirgi kun men va dizayn prioritetdan tushib ketdik. Bunday bo’lishi kerak emasdi. Chunki MVP da dizayn juda muhim rol o’ynaydi. Juda xafa bo’ldim. Lekin endi kech edi. Baribir faol bo’lishga harakat qildim. Men uchun 1-xakaton bo’lganligi uchun ba’zi narsalarni o’rgandim:
— Jamoa tanlashda adashmang, jamoa — g’oyadan muhim;
— Jamoaga hissa qo’sha olishingizga ishonsangiz, o’z kuchingizni ko’rsating;
— Sizga yuklatilgan vazifani yaxshi bajarishga harakat qiling;
— Agar jamoada lider bo’lsangiz, hammani teng ko’ring;
— Ish davomida hadeb asabiylashavermang va vaqtni to’g’ri taqsimlang.
Sizlarni ham shunga o’xshash xakaton va boshqa IT tadbirlarda doimiy qatnashib turishni maslahat beraman. O’qiganingiz uchun Rahmat :)
Shu yil boshidan beri ishdan tashqari turli xil shaxsiy loyihalarim ustida ishlab kelmoqdaman. Ba’zilarini portfolioyimda ko’rishingiz mumkin.
Rasm manbasi
Avgust oyining boshida ko’zi ojiz insonlar uchun mobil ilova ustida ishlashni boshladim. Men 100% ko’rish qobiliyati bo’lmagan (Totally blind people) va har qanday yoshdagi insonlarni o’zim uchun asosiy auditoriya sifatida tanladim.
1. Dastlabki jarayon
Imkoniyati cheklangan insonlar uchun qilingan loyihalarda ishlagan dizaynerlarni ADPListdan qidira boshladim va Motorola Solutions kompaniyasida ishlagan Stephen Kay’ni topdim. Stiven shu kompaniyada Design Accessibility bo’yicha ishlagan ekan. U menga dastlabki tadqiqotlarni o’tkazish va ko’zi ojiz insonlar bilan bo’ladigan suhbatlarga tayyorgarlik ko’rishga yordam berdi.
Statistikaga ko’ra, O’zbekistonda 75 000, dunyoda esa 43 mln ko’zi ojiz insonlar bor (2021-yil ma’lumoti). Qo’shimcha ma’lumotni shu yerda o’qishingiz mumkin.
ADPListdagi suhbat
2. Tadqiqot va suhbatlar
Bu loyihani shunchaki portfolio uchun emas, balki haqiqatdan ham ishga tushirmoqchi edim. So’ngra muammolarni aniqlashga kirishdim. Dastlab, “O’zbekiston ko’zi ojizlar jamiyati markaziy boshqarmasi” ga, so’ngra “Ko’zi ojizlar maktab-internati” ga bordim. 5 nafar ko’zi ojiz insonlar bilan suhbatlashdim. Suhbatlar davomida bir nechta muammolarni aniqlashga harakat qildim.
Ular bilan suhbat odatiy emas, biroz qiyinroq bo’ldi. Biz har kunlik ishlatadigan barcha ilovalarni ular ham muammosiz ishlatishar ekan. Ya’ni, iOS telefonlardagi “Voice Over”, Android telefonlardagi “Talk back” orqali. Bu haqida uncha ko’p ma’lumotim yo’q edi boshida. Android telefonlarda bu funksiya qanday ishlashini shu link orqali ko’rishingiz mumkin.
“Talk back” va “Voice Over” dan rasmlar
3. Boshqa alternativ ilovalar
Ko’pgina ilovalarni sinab, ishlatib ko’rdim. Ko’plaridagi interfeys — biz har doim ko’rib o’rgangan ilovalar kabi. Suhbatlarda shu haqida ham so’radim va o’sha ilovalarni, asosan, zaif ko’ruvchilar (Visually impaired) ishlatishar ekan. Zaif ko’ruvchilar yoki ranglarni ajratishda nuqsoni bor insonlarga bu unchalik qiyin emas.
Ilovalarni faqatgina ingliz tilida ishlatishingiz mumkin. Lekin ular orasida “Be My Eyes” ilovasi sifat va qulaylilik tomondan menga juda yoqdi. Ilova haqida: https://youtu.be/6GRfFuWsjNU
Hozirgi vaqtda ushbu ilova orqali 450 mingga yaqin ko’zi ojiz insonlar va 6 mln ga yaqin volontyorlar foydalanishadi.
“Be My Eyes” va Google Play’dan rasmlar
4. Muammolar va Yechim
Suhbatlardan so’ng 2 asosiy muammo aniqladim: qog’ozlar, hujjatlar, shtrix kodlar, elektron yozuvlar va shunga oid boshqa narsalarni tez o’qish (chunki hamma hujjatlar Brayl yozuvida emas, tabiiyki) va yo’llardagi holatlar.
Yo’llarda ko’pgina qiyinchiliklar mavjud. Masalan, Toshkentdagi hamma yo’llarning chetida ko’zi ojizlar uchun 5–10 sm lik kichik to’siqlar mavjud emas (Masalan, metroning chetidagi kichik to’siqlar kabi). Shuningdek, yo’llarning chetidagi ariqlarga va “stalba”larga urilib ketish ehtimoli yuqori.
Bir nechta tadqiqotlar va suhbatlardan so’ng kichik ilova uchun yechim keldi. Bunda foydalanuvchi ilovaga kiradi va volontyor bian bog’lanadi. Ilova orqali ko’chalarda yurish, svetorforlardan o’ta olish, shtrix kodlar, qog’ozlarni tezda o’qiy olish imkoniyati paydo bo’ladi. Bunda inson faktori ishtirok etadi va ko’ngilli sifatida ko’zi ojiz insonlarga yordam berishlari mumkin. Oddiy qilib aytganda “Be My Eyes” ning o’zbek tilidagi analogi. Sun’iy intellekt (Artificial Intelligence) yordamida ovozli yordamchi funksiyasini ham qo’shsa bo’ladi (Xuddi, Yandex Taxi’dagi ovozli yordamchidek), lekin o’zbek tilida sintezator mavjud bo’lmagani sababli bu yechim ham reallikdan biroz uzoqroq tuyildi.
Lekin “Be My Eyes” ilovasi juda ko’plab tillarda, jumladan, o’zbek tilida ham ishlatishingiz mumkin ekan. Buni keyinroq bilib qoldim. 2–3 marotaba o’zbek volontyorlar bilan gaplashib ham ko’rdim. Ancha yaxshi ishladi.
Shundan so’ng ilova uchun loyihani shu joyida to’xtatishga qaror qildim. Chunki tayyor mahsulot ishlamoqda va asosiysi o’zbek tilida ham ishlatsa bo’ladi! Faqatgina buni aholi orasida rivojlantirish zarur. Yangi ilovani realizatsiya qilish esa ko’p vaqt va mablag’ oladi.
Rasm manbasi
5. Qo’shimcha fikrlar
Suhbatlar natijasida O’zbekistondagi ilovalarning texnik holatini ham yaxshi o’rgandim. Ba’zilari ko’zi ojizlar uchun qulay, lekin ko’pi esa yo’q. Bir joydan ikkinchi joyga borish uchun — Yandex Taxi, muloqot uchun — Telegram, to’lov qilish uchun — Click Evolution (75% insonlar) ishlatishlari ma’lum bo’ldi.
Eng katta muammo esa — ilovalardagi dizayn holati. Gap shundaki, ko’pgina ilovalar qulay (accessible) emas. Interfeysda grafik elementlar ko’p bo’lgani uchun “Talk Back” yoki “Voice Over” lar grafikani o’qiy olmaydi va katta noqulaylik keltirib chiqaradi. Ba’zi yangilangan ilovalardagi texnik holatlar ham ko’zi ojizlarga noqulay. Lekin Click ilovasi bundan mustasno. Ya’ni Click’dagi yangilanishlardan so’ng deyarli muammo kuzatilmas ekan. Ajoyib :)
Bu yerda esa ko’zi ojizlar uchun qilingan ba’zi uskunalar va loyihalarni ko’rishingiz mumkin.
6. Xulosa
Loyihani oxirigacha tugata olmagan bo’lsam ham, jarayondan mazza qildim. Jarayon — natijadan muhimroq ekan. Har holda urinib ko’rdim va o’zim uchun tajriba orttirdim. Insonlar uchun dizayn tayyorlash kerak. Va ularning muammolarini yechishga harakat qilish kerak. Shundagina yaxshi tajriba ortadi.
Agar sizda tajriba kam bo’lsa yoki ishlaringizni portfolioga qo’ya olishga ruxsat bo’lmasa, shaxsiy loyihalar ustida ishlashni maslahat beraman.
E’tiboringiz uchun rahmat!
Dizayn sohasiga endi kirib kelayotgan insonlarda doimiy beriladigan savol shu. Ushbu maqolada shu savolga javob topishga harakat qilib ko’ramiz.
P.S. Keyingi qatorlardagi “dizayner” so’zi faqatgina shu 3 ta soha egalariga tegishli.
Dizayn solution ustida ishlayotgan men🤓:
1. Kichik tarix.
Ko’p dizaynerlarning fikriga ko’ra, “User experience” atamasining “otasi” Donald Norman hisoblanadi. U ushbu atamani birinchi bo’lib ishlatgan. Uning bu haqidagi maqolalari ko’p. Shuningdek, “Design of everyday things” kitobini o’qishni maslahat beraman.
Uzoq yillardan beri shu sohada ishlayotgan mentorlarim aytishardi: “Taxminan 10–15 yil oldin faqat 2 ta tushuncha bo’lardi: Web dizayn va Usability”. Yillar davomida bu tushunchalar sayqallanib, hozirgi kunda juda ko’p kasb egalariga bo’lingan: UX dizayner, UX researcher, UX architect, UX writer, UI dizayner, Product dizayner, Design Consultant… va hokazo. Undan tashqari esa har bir kompaniyaning o’z “Career growth framework” lari bor. Ya’ni bu har bir kompaniyada har xil jarayon.
2. Dizaynerlarning bundan tartiblanishidan maqsad nima?
3. Ularning vazifalari qanday?
Shunga ko’pchilik e’tibor bermaydi. Xayolimda umumiy dizaynerlarni 2 turga ajrataman doim: 1. Biznes va foydalanuvchilarning muammolarini yechish uchun ishlaydigan dizaynerlar. 2. Ko’proq UI dizaynga fokus qiladigan dizaynerlar. Aslida kompaniyalar ham muammolarni yechish uchun dizayner qidirishadi. 10 dan ortiq xalqaro kompaniyalarning intervyu jarayonlarida qatnashib shuni tushundim. UI dizayn bo’yicha “monster” bo’lsangiz ham muammoni yechish jarayonlariga to’g’ri yondasha olmasangiz, afsuski, ular uchun qiziq kandidat emassiz.
O’zingiz uchun yaxshi kompaniya tanlash ham muhim. Men, asosan, kompaniyalarni 3 turga ajrataman: 1. Product-based company — bunda siz aniq UX dizayn bo’yicha savol va topshiriqlarga tayyor turishingiz kerak. 2. Outsource company — Asosan, frilansda ishlab, mijozlarga xizmat ko’rsatishadi. 3. Startuplar — Siz, ko’pincha,dizaynning har bir qismlariga javobga bo’lasiz.
Nodir Xalilovning shu mavzu haqidagi fikri.
4. Xalqaro va katta kompaniyalarda ishlamoqchiman, nima qilishim kerak?
Tasavvur qiling, siz Yevropadagi bir kompaniyadan 1-intervyu uchun taklif oldingiz. Undan muvaffaqiyatli o’tdingiz. Keyingi intervyularda esa siz bilan 30 daqiqadan — 2 soat davomida topshiriqni yechishingiz, yoki Texnik intervyuda qatnashishingiz zarur. Shaxsan o’zim, 2-intervyudan hech qachon o’ta olmaganman. Ajoyib statistika🥲. Demak, ko’proq UX ga fokus qilishingiz kerak🙂
O’zingizni qanday atashingiz har doim ham muhim emas. (Masalan UX dizayner). Asosiysi, qilayotgan ishingiz odamlarning qanday muammosini yechishi, yoki o’sha muammoning ta’sirini kamaytirishini o’ylashingiz kerak.
Whiteboard Challenge intervyuda qatnashayotgan men😎:
5. Ko’proq muammolarni yechadigan dizayner bo’lmoqchiman, qayerdan o’rgansam bo’ladi?
Bilmayman. Lekin O’zbekistondan topishingiz, menimcha, ilojsiz. Boshida 5–6 oy teoriyani va 1–2 ta dasturlarni o’rganib, so’ngra, 6–12 oy mentoringiz bilan amaliyot qilishingiz kerak. Mahsulotlar ustida ishlaydigan kompaniyalarga amaliyotga borishingizni tavsiya qilardim. Lekin amaliyot imkoniyatlari bor mahalliy kompaniyani topishingiz ham deyarli ilojsiz 🙂.
Shuningdek, shaxsiy loyihalaringiz ustida ishlasangiz ham ancha foydali. Qo’shimchasiga ingliz tilini o’rganib, ADPListda sessiyalar uyushtirsangiz ham bo’ladi. Asosiysi maqsad qo’yish va doimiy harakatda bo’lish!
It doesn’t matter that much to show a really good UI, excellent animated interactions or a complex IA map if how and why you reached these deliverables is not clear. Even more, if they had no noticeable impact or results in the end, why show them at all? What’s the point of good design if not to solve problems?
Daniel Fosco, Sr. Product designer at Miro
E’tiboringiz uchun rahmat :)
Yosh dizaynerlar bilan jamoaviy ish qurish uchun Design Sprint-dan qanday foydalanganmiz haqida
Har kuni bir xil o’tayotgan kunlarning birida Super Dispatch kompaniyasidagi Frontend dasturchi — Durdona Bahronova Instagram orqali menga yozdilar:
Rostdan ham bunday taklif qilishlarini kutmagandim. Men mentor-assistent bo’lib ushbu dasturda qatnashishga rozi bo’ldim. Umumiy 5 ta yo’nalishda 100 nafar qiz tanlab olingan edi. Tadbirga D. Mamataliyev, N. Iminohunov, S. Kaziyeva, L. Hamidov va boshqa tajribali insonlar ham kelgandi.
ICT4Girls haqida: Ushbu dastur orqali zamonaviy kasblarga qiziqqan qizlar uchun turli xil workshoplar va tadbirlar tashkillashtiriladi. IT sohasida yigitlar ko’p lekin juda ham salohiyatli qizlar ham bor. Shunday qizlardan biri — Mushtariy Sharifova.
Ushbu tadbirga “Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi” va “Swiss Embassy” homiylik qilar ekan. Men bilan birgalikda Azizbek Matchanov (Senior Product designer @ Super Dispatch) ham mentor edilar. Organizatorlar va mentorlar bilan 2–3 marotaba online meeting’lar bo’ldi. Azizbek aka bilan workshoplar uchun AJ&Smart tomonidan takomillashtirilgan “Design Sprint 2.0” mavzuni tanladik. Ushbu sprintlar orqali har qanday g’oyani 4 kunda test qilsa bo’ladi.
“Design Sprint” dastlab Google Ventures’da ishlagan dizayner — Jake Knapp tomonidan asos solingan. Uning versiyasida 5 kunda, AJ&Smart’ning versiyasida esa 4 kunda g’oyani test qilib ko’rsa bo’ladi.
Taxminan 1,5 soatlik yo’ldan keyin 24-mart kuni “Charos residence”ga yetib bordik va 2 kun shu sprintlar bo’yicha workshoplar o’tdik. Bizning guruhda 20 ta qiz bor edi. Va ko’pchilikning fikriga ko’ra, eng interaktiv va qiziqarli workshoplar bizniki bo’ldi.
Azizbek aka tanlangan mavzu bo’yicha “User mapping” ni tushuntirmoqdalar.
Guruhdagi qizlar “Web dizayn” yo’nalishini tanlashgandi. Ko’pchiliklari hali bu soha bo’yicha ma’lumotga ega emasdilar. 2-kuni qizlar sketchlar va 1 dona sahifaning UI dizaynini chizishlari kerak edi. Men: “Qizlar qila olishmasa kerak, chunki bu vazifalar ularga qiyinlik qiladi” — deb Azizbek akaga 2–3 marta aytdim. Lekin unday bo’lmadi. Men kutganimdan ancha yaxshi ishlar qilishdi.
Mobil ilovadagi imkoniyatlarni aniqlab, ovoz berish jarayonidan.
Qizlarning ishidek, men ham bunday sketchlar chizolmasligim aniq😂. Sketchlar juda “toza” va ajoyib tayyorlangandi. Shuningdek, ular jamoaviy ishladi va bir-birlarini to’ldirishdi.
2-kuni ilovaning 1 dona sahifasini figmada UI dizaynini chizish kerak edi. Hamma noutbukda chizdi. Shundan so’ng 1 qiz kontekstda g’olib bo’lishi kerak edi. Kunning oxirida hamma ishlarni yig’ib, boshqa dizaynerlarga ko’rsatdik. Hammasi adolatli bo’ldi. 10 ta tajribali dizaynerlar ovoz berishdi. Men ham ovoz berdim :).
Ketishdan oldin rasmga tushgandik :)
Workshoplarimizning 3-kunida qizlar taqdirlandi va “ICT4Girls” camping dasturi yakunlandi. Azizbek Matchanov bilan yonma-yon ishlab mazza qildim. Savollarimga javob topdim va ko’p maslahatlar oldim. Shuningdek, bir nechta dizaynerlar, organizatorlar bilan birgalikda “Board game” o’ynadik. Oldin o’ynamagandim, menga yoqdi😁.
Bizning workshop 100% ingliz tilida bo’ldi. Qizlardan ko’pchiligi rus va ingliz tillarida juda yaxshi gapirishini ko’rib hayron qoldim. Ba’zilarini hatto fluent darajada deb ham o’yladim :).
Qatnashuvchilarning fikrlari
Ha, men ham mazza qildim, men uchun ancha yaxshi tajriba bo’ldi. 1-marta mentor bo’ldim :)
Xulosa:
Ijtimoiy tarmoqlarda faol bo’ling, bu aniq foydali.
Qachonki bir narsani boshqaga o’rgatsangiz, shunchalik bilimingiz mustahkamlanadi.
Til o’rganing, har doim kerak bo’ladi
Agar recruiter intervyudan keyingi gapni “Thank you…” deb boshlasa, qolganini o’qimaganingiz yaxshi. Yana yuragingiz og’rimasin deyman-da🥲
24-may kuni Ispaniyaning “eDreams Odiego” kompaniyasining recruiter’i menga yozdi:
Meni 1-intervyu —“Phone screening” intervyuga taklif qilishdi. Recruiter’ning o’zi yozishi bu juda ham yaxshi holat. Kompaniya haqida o’rganib chiqdim, mahsulotlari va jamoasi menga yoqdi. Kompaniyada bir nechta “sub-brand” lar ham bor ekan. Bir qiziq ishni qildim: Mobil ilovasini yuklab oldim va foydalanuvchi samalyotlar uchun buyurtma qoldiradigan 2 ta sahifasini redizayn qildim. Bunda ko’proq UI qismiga e’tibor berdim. Interfeysni yanada soddaroq qilishga harakat qildim va 1-intervyu paytida qilgan ishlarimni tushuntirib berdim. Bu ularga yoqdi. Men esa xursand :)
Men tayyorlagan redizayn
“Phone screening” intervyudan o’tdim va meni “Whiteboard Chellange meeting” ga taklif qilishdi:
Recruiter yozgan xabar
“Whiteboard Challenge” haqida oldin eshitmagan edim. Menda 1 hafta vaqt bor edi. ADPList platformasi orqali 3 ta mentor bilan mock-intervyu qilish uchun ularga yozdim. Bir mentor bilan “Whiteboard challenge” ning umumiy mohiyati va tartibi haqida gaplashdik. Yana boshqa mentor bilan esa 1 soat davomida mock-intervyu qildik va mening xatolarimni aytdi. To’g’risi 1-intervyu uchun qiyin bo’ldi, biroz stress va tushkunlik bo’ldi. Vazifani tushunmadim. Keyin esa mentorning o’zi biroz yordam berdi. Har holda uddaladim. Shuningdek, 2 ta o’zbek UX/UI dizaynerlar bilan ham mock-intervyular qildik. Bu menga ozgina bo’lsa ham yordam berdi.
“Whiteboard Challenge” ga iloji boricha qattiq tayyorlandim. Chunki hech qachon 2-intervyudan o’ta olmaganman. Taxminiy savollarni va mening taxminiy ish jarayonim qanday bo’lishini qog’ozlarga yozdim, chizdim.
Men oldindan tayyorlagan ba’zi narsalar
Shuningdek, vazifaga yaxshiroq tayyorlanish uchun bir nechta dizaynerlar bilan Artiom Dashinkyning “Solving Product Design Exercises” kitobini sotib oldik. Kitobdan to’liq foydalanishga vaqtim yetmadi. Lekin ichida juda ko’p foydali ma’lumotlar bor ekan
“Whiteboard Challenge” ham boshlandi. Vazifa — yangi funksiyani mahsulotlarga qo’shish va muammoni aniqlab, yechim berish edi. Menga aniq muammo berilmagani uchun nima qilishni bilmay qoldim. Berishim kerak bo’lgan savollar ham yaxshi foyda bermadi. Ikkilandim va ishni noto’g’ri boshladim. Buni ular ham sezishdi. O’zim xohlagan narsa — hamma fikrimni va ideyalarimni gapirdim. Hali to’liq muammoni aniqlamasdan turib “Assumptions” ga o’tib ketdim. Orada “The double diamond” va “Retention metric” larni ham qo’shdim. Bekor qilibman. Men uchun zararga ishladi. Lekin rostdan ham ba’zi kichik muammolarni aniqladim. Lekin bu yetarli bo’lmadi. Intervyudan so’ng charchaganimni his qildim. Vazifadan uncha qoniqishmaganliklarini intervyu davomida ham biroz sezdim.
Intervyu natijasi haqidagi xabar
Juda ko’p xato qilganimni shu xabardan so’ng yanada tushundim. Mayli bu ham yaxshi tajriba.
Xulosa:
Qandaydir loyiha ustida ishlayotganingizda faqatgina UI qismga emas, balki foydalanuchilarning muammolarni yechishga harakat qiling.
Bunday intervyulardan rad javobi ko’p kelishi mumkin. Bunga tayyor turing. Tushkunlikka tushib qolish hech gap emas.
1-intervyu uchun kompaniya bilan bog’liq qandaydir ishni ko’rsatsangiz o’zingiz uchun katta yordam bo’ladi.
Intervyuga tayyorlanishdan oldin mentoringiz bilan tayyorlaning, bu, albatta, yordam beradi.
Intervyu paytida hayajonlanmang, qiyin vazifa berilishiga tayyor turing.
Ko’p intervyulardan keyin Farhod Saydullayev (Product design lead @ Safenetpay) bilan shu to’g’risida gaplashgandim. Mendagi yagona muammo bu — tajriba ekanligini aytgandilar. Demak, ko’proq tajriba oshirishim va o’rganishim kerak.
Rasm manbasi
2022-yil boshida chet elga ko’chib ketishga (Relocation) qaror qildim. Agar raqam bilan aytadigan bo’lsak — 1500 ga yaqin vakansiyalarga topshirdim. Juda ham ko’p rejection’lar (kompaniyalardan rad javobi)oldim. Ushbu maqolada men bilan intervyu bo’lgan 5 ta kompaniya haqida yozmoqdaman va ulardan oxirida rejection olganman.
Agar sizning portolio va CV (resume)yingiz Recruiter yoki HR menejer jarayonidan o’tsa, sizga gmail orqali yozishadi va “Phone screening” intervyuga taklif qilishadi. Bugun aytmoqchi bo’lgan 5 ta kompaniyalar bular: EPAM systems (Polshadagi ofisi, UX/UI dizayner), 10Clouds (Polsha, UX dizayner), Keboola (Chexiya, UX dizayner/Researcher), Sabo Mobile IT (Germaniya, Senior UX/UI dizayner), Perlego (Buyuk Britaniya, Growth Product dizayner).
Bulardan faqatgina EPAMni tanishingiz mumkin, lekin qolganlarida ham ajoyib mahsulotlar va loyihalar ustida ishlashadi. Intervyudan oldin kompaniya haqida o’rganib chiqdim. Kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi profillar, ishlayotgan xodimlarni ko’rib chiqdim. Bu har doim foyda beradi.
1.EPAM systems (Polsha) — Pozitsiya aniq ko’rsatilmagandi
Fevral oyining oxirida (2022) Linkedinda EPAMning recruitorini ko’rib qoldim va bannerda “Relocation to Poland” deb yozilgandi. So’ngra darhol Telegramdan unga yozdim. So’ng recruiter meni intervyuga taklif qildi. Relocation qoidalari haqida batafsil tanishtirdi, hattoki “Ingliz tilingni yaxshila, senda muammolar bor ekan” — deya 2–3 marta qattiq ta’kidladi. Just respect! U bilan 1-suhbatni o’sha kuniyoq qildik. Bu bosqichdan o’tdim va meni “Texnik intervyu” ga taklif qildi. Unda Head of Design bilan gaplashdim. Afsuski, bu bosqichdan o’ta olmadim. Endi 6 oydan keyingina topshira olaman🥲
2. 10Clouds (Polsha) — UX dizayner pozitsiyasi
UX dizayner pozitsiyasiga topshirish qiyinroq nisbatan. Chunki portfolioda yaxshigina case-study’lar bo’lishi kerak. Kompaniya juda ajoyib edi. Har tomonlama menga yoqdi. 1-intervyudan o’tdim. Meni Junior Talent Acquisition intervyu qildi. 2-intervyu uchun esa “Home task assignment” berdi. Juda qiynaldim. Prezentasiya qilgandim, lekin vazifaning asosiy ma’nosini yaxshi tushunmagan ekanman. Lekin menga vazifa “tricky” bo’lib tuyildi keyin. Bilmadim, lekin bundan ham o’ta olmadim. Juda ham sodda joylarda xato qildim, o’ylasam yuragim og’riydi🥲
3. Keboola (Chexiya) — UX dizayner/Researcher pozitsiyasi
Ajoyib product company ekan. Recruiter men bilan Seattle, WA dan turib bog’landi. Kechqurun 11 da gaplashdim u bilan🥲. American english’ni tushinishim qiyin bo’ldi. 2–3 marta “Can you repeat” deyishga majbur bo’ldim. Omadni qarangki, bunda 1-intervyudan ham o’ta olmadim🙂
4. Sabo Mobile IT (Germaniya) — Senior UX/UI dizayner pozitsiyasi
Jamoa juda kichkina edi. Lekin yaxshi mahsulotlar ustida ishlashar ekan. Agar shu kompaniyaga ishga kirganimda yagona dizayner bo’lardim. 1-intervyudan osongina o’tdim. Keyin Test task berishdi. Nemis kompaniyasi bo’lgani uchun “Automotive dashboard design” vazifasini berishdi. Bunda ham yaxshigina qiynaldim. Baribir taskni yaxshiroq bajargandim. Lekin oddiy sabablar bilan reject berdi. Ozgina jahlim chiqdi.
5. Perlego (Buyuk Britaniya) — Growth Product dizayner pozitsiyasi
Menga atmosferasi eng yoqqan kompaniya shu edi. Recruiter kompaniyaning kelajak rejalari aytganida yanada qiziqishim ortdi. Recruiter men bilan British english’da gaplashdi, biroz qiynaldim. Menga Growth departamentda ishlash juda-juda qiziq tuyilgandi. 1-intervyudan so’ng “Business metrics” ga oidroq video yozishni vazifa qilib berdi. (Shunaqa metric borligini keyin bildim🥲). Ha, bilganingizdek, bundan ham o’ta olmadim :(
Xulosa:
1. O’zbekistonda olgan design bilimingiz xalqaro bozorda -1 ga teng bo’ladi🙂. Ya’ni ko’proq mahsulotdagi muammolarga yechim topish haqida o’ylash zarur.
2. Intervyular to’liq ingliz tilida bo’ladi, tilni yaxshilab o’rganing.
3. Intervyu jarayonlari hamma kompaniyada har xil, shuning uchun yaxshilab tayyorlaning.
4. Negadir, mendan hech kim diplom so’ramadi… Qiziq 🥲
“Fail often — fail fast” — Don Norman