Stories by Jamshidbek Odilov on Medium
en.as.com
“Har bir odamga hurmat bilan boqing, ular shunga loyiqliklari uchungina emas, avvalo siz inson ekanligingiz uchun” Konfutsiy.
Futbolda shunday bir to’qnashuv borki, butun dunyo futbol muxlislari ushbu to’qnashuvni intizorlik bilan kutadi, hatto futbolga umuman qiziqmaydiganlar ham. Bu har doim eng ko’p muhokama qilinadigan, hammani o’ziga rom eta olgan to’qnashuv, Real Madrid va Barselona to’qnashuvi ya’ni El Klassiko.
El Klassiko. Foto: marca.com
Ushbu jamoalar to’qnash kelganda butun dunyo ahli teng ikkiga bo’linadi. Bu kunda barcha narsalar unutiladi, bu kunda boshqa barcha o’yinlar ikkinchi darajaliga aylanadi, barchaning diqqati faqat va faqat shu o’yinga qaratiladi.
Chunki El Klassiko shunchaki oddiy bir futbol o’yini emas, bu dunyoning eng buyuk ikki jamoasi to’qnashuvi va siyosiy ahamiyatga ega bo’lgan qarama-qarshilik. Bu har doim Ispaniyadan mustaqil davlat bo’lib chiqishni istagan Kataloniya vakili Barselona va Qirollik klubi nomini olgan Real Madrid to’qnashuvi.
Bu jamoalar qaysi turnirda, qanday bosqichda to’qnash kelishlaridan qat’iy nazar, ushbu o’yinga mavsumning eng muhim o’yini sifatida qaraladi.
Uchrashuvdan so’ng mazkur o’yingacha jamoalarning qanday holatda yetib kelganidan, turnir jadvalida nechanchi o’rinda ketayotganidan, so’ngi mavsumda qo’lga kiritilgan sovrinlardan qat’iy nazar barchasi unutiladi va uchrashuvda g’olib bo’lgan jamoa va uning futbolchilari ko’klarga ko’tariladi, mag’lub jamoa esa aksincha.
Shubhasiz, El Klassiko futbolning bezagi, lekin shu bilan birga janjallar va haqoratlar o’chog’i hamdir.
E’tibor berganmisiz, mazkur jamoalar to’qnashuvidan so’ng ijtimoy tarmoqlar mag’lub jamoa va uning muxlislari ustidan kulish maqsadida yaratilgan karikaturalarga va muxlislar tomonidan bildirilgan haqoratli kommentlarga to’lib ketadi. Maqsad bitta, raqib jamoa va uning muxlislari ustidan kulish. Eng daxshatlisi bundaylarning aksar qismini futbolni umuman tushunmaydiganlar tashkil qiladi. Ularga qaysi jamoa yutgani muhim emas, ularga boshqalar ustidan kulish muhim. Zotan qaysi jamoada qaysi futbolchilar to’p surishini bilishmaydi ham. Qayerlardandir bir-ikkita futbolchilar ismi qulog’iga chalingan xolos.
E’tiborli tomoni shundaki, El Klassiko oldidan ikki jamoa Prezidentlari birga tushlik qilishadi. Bu an’anaga aylangan. O’yin boshlanish arafasida maydonga chiqib kelayotgan futbolchilar bir-biri bilan quchoqlashib ko’rishadilar va o’yindan so’ng ham qanday natija bo’lganidan qat’iy nazar o’zaro do’stona munosabatini saqlab qoladilar hamda bir-biri bilan futbolka almashadilar, murabbiylar esa ajoyib o’yin bilan bir-birini tabriklab qo’yishadi.
Muxlislarchi?! Muxlislarda butkul aksi yuz beradi: haqoratlar, so’kinishlar, ziddiyatlar, janjallar… Bunday voqealar asosan shu ikki jamoa muxlislari orasida kuzatiladi. Boshqalar orasida ham kuzatiladiku deyishingiz mumkin. Qaysidir ma’noda to’g’ri, lekin El Klassiko mashmashasi boshqa masala. Har doim ayni savollar ustida tortishuvlar yuzaga keladi. Real Madrid kuchlimi yoki Barselona? Messi kuchlimi yoki Ronaldo?
Foto: omarmomani.blogspot.com
Foto: omarmomani.blogspot.com
Mayli hamma o’zi yoqtirgan jamoaga muxlislik qilaversin. Lekin raqib jamoa ustidan, uning futbolchilari va muxlislari ustidan kulishning nima keragi bor? Bundan nima naf? Bundan qanday zavq olish mumkin?
Eng yomoni, ana shu biz ustidan kulayotganlar orasida biz uchun qadrli insonlar ham bor. Axir qaysidir yaqin insonimiz Barselonaga, qaysidir biri esa Real Madridga, yana qaysidir biri esa boshqa bir jamoaga muxlislik qiladi.
Shunday ekan, bizni umuman tanimaydigan futbolchilar, jamoalar sabab boshqalar ustidan kulishni bas qilaylik. Muxlislik madaniyatini shakllantiraylik. Muxlislikni fanatizmga aylantirmaylik. Boshqalarni hurmat qilishni o’rganaylik. Ularni fikrini hurmat qilishni o’rganaylik.
Har bir inson shaxs sifatida hurmat qilinishga loyiq va hurmat qilinishi shart. Insonlar ustidan kulish, haqoratlash va ularning shaxsiyatiga teguvchi so’zlar ishlatish aslo mumkin emas va insoniylik jihatidan mutlaqo noto’g’ri.
Dunyodagi barcha insonlar bir xil fikrlamaydi, ular turli did va dunyoqarash sohiblari. Hamma, har doim ayni bir vaziyat yuzasidan aynan bir xil fikrda bo’lmaydi, hamma ayni bir jamoaga muxlislik qilmaydi. Agar ikki inson turlicha fikr egasi bo’lsa, qarama-qarshi tomon noto’g’ri fikrlaydi va uning ustidan kulish kerak degani emas. Biz bilan bir xil fikrlamaydigan yoki ayni bir jamoaga muxlislik qilmaydigan insonlarni, ularni qanday fikrlashidan va qaysi jamoaga muxlislik qilishlaridan qat’iy nazar haqoratlashga haqqimiz yo’q. Bu hech qaysi bir insoniylik mezonlariga to’g’ri kelmaydi. Biz qaysi jamoa muxlisi ekanligimizdan qat’iy nazar eng avvalo inson ekanligimizni unutmasligimiz lozim.
Hurmat (“Respect”). Foto: twitter.com/playerssayings
Barcha muxlislar o’zi yaxshi ko’radigan va muxlislik qiladigan jamoasining o’yinini ko’rib zavq oladi. Boshqa jamoalar qanchalik zo’r o’ynamasin ular uchun eng kuchli jamoa bu o’zi muxlislik qiladigan jamoa bo’lib qolaveradi. Hamma o’zi yoqtirgan jamoaga muxlislik qilaversin va biz muxlislik qiladigan jamoalar har doim g’alaba qozonaversin!
Forca Barca! Hala Madrid!
Muxlislik va o’zaro hurmat was originally published in "Sahar" maktabi blogerlari on Medium, where people are continuing the conversation by highlighting and responding to this story.