Stories by Janob Musayev on Medium
You only fail when you stop trying
Microsoft suhbatidan muvaffaqiyatli o’ta olmaganim hikoyasi
∘ 1-qism: Kutilmagan taklif, tavakkal va natija
∘ 2-qism: Qo’rquv, hayajon, harakat va natija
∘ 3-qism: Tebranishlar, mas’uliyatsizlik, hafsala pir bo’lishi va natija
Microsoft suhbatidan muvaffaqiyatli o’ta olganim hikoyasi
∘ 4-qism. Singan umidlar tiklanishi, stress va natija
∘ 5-qism. Jamoa tanlash, kelishuvlar va kechikayotgan “offer”
∘ 6-qism. Kutilgan kutilmagan jamoa
∘ 7-qism. Uzoq kutilgan onlar
Sarlavhadan yakuniy natija ma’lum bo’lsa ham, Microsoftdan taklif xati olish jarayoni salkam 4 oy davom etgani sababli (22-iyundan 8-oktabrgacha) butun jarayonni qismlarga bo’lib batafsil aytib bermoqchiman.
Microsoft suhbatidan muvaffaqiyatli o’ta olmaganim hikoyasi
1-qism: Kutilmagan taklif, tavakkal va natija
Iyun oyida, aniqrog’i 22-iyun kuni Linkedindan bir recruiter yozib qoldi. Ochib qarasam, Microsoftdan qiziqish bilidirishibdi (Azure Networking team), yana rosa mening darajamga mos (Software Engineer II) taklif ekan.
Aslida o’sha vaqtlarda aktiv tarzda ish izlamayotgan va Mastercarddagi ishimdan (deyarli) hech qanday shikoyatim yo’q bo’lsa ham, “Microsoftku, qani sinab ko‘raylik-chi, o’zi o’ta olarmikanman?” degan o’y bilan ilk telefon suhbati uchun vaqtni tanladim.
Phone Interview
MAANG an’analariga sodiq holda birinchi bosqich tanishuv suhbati bo’ldi (1-bosqich). Tajriba, qiziqishlar va nima uchun Microsoftda ishlamoqchi ekanim haqidagi odatiy savollar so’raldi. Ochig’i boshida telefon intervyu bosqichidan ham o’ta olmasam kerak deb o’ylagandim. Sababi suhbatda o’zimni kelajakda Software Engineeringdan ko’ra ko’proq Product Managementda ko’rishimni, Networking sohasida esa deyarli tajribam yo’qligini aytdim.
Bu bosqichdan o’tish uchun rostdan astoydil harakat qilmadim. Shunchaki savollarga boricha javob berdim. Shunday bo’lsa ham 2–3 kun o’tgach keyingi bosqich — onlayn coding topshiriq uchun taklif keldi.
Online Coding Task: Codility
Topshiriq bo’yicha Codility platformasida 2 ta masalani ishlash kerak ekan (2-bosqich). Uni 7 kun ichida istalgan vaqtda ishlash mumkin. Tayyorgarlik ko’rish uchun o’zining darslari va namuna topshiriqlari berilgan.
Muammo shundaki, mening algoritm va ma’lumotlar tuzilmalari bo’yicha bilimim MAANG darajasida kuchli emas. Buni ochiq tan olaman. Leetcodeda ham hozirgacha 39 ta (!) masala ishlagan ekanman. Eng oxirgisi bir yil oldin :)
Shu sababli, 7 kun davomida yuqoridagi masalalardan iloji boricha ko’prog’ini ishlab, bir qator mavzularni qaytarib olishga harakat qildim. Faqat masalalarni shunchaki ishlashga emas, o’ylash jarayonimni yozib keyin yechimga o’tishni mashq qildim. Xuddi jonli coding interview kabi.
Muddatning eng oxirgi kuni o’tirib 2 ta masalani ishladim va natija o’zim kutganimdan ko’ra yaxshiroq bo’ldi. Sababi yechimlarim ham to’g’ri, ham ancha optimal holatda ekanini sezdim. Afsuski, yakuniy javoblarning to’liq tahlili menga ko’rinmas ekan.
Aytganimdek, 3–4 kun o’tib asosiy bosqich — 3 raundli texnik intervyuga taklif keldi.
Asosiy 3 bosqichli texnik intervyu — tayyorgarlik
Avvaliga recruiterlar bilan intervyu qanday o’tishi haqida suhbatlashib olish uchun vaqt tanlash taklifi keldi. Undan 3–4 kun o’tib esa, asosiy intervyular taklifi. Yakunda oldingi va bu bosqich orasida taxminan 10 kun vaqtim bor edi.
Intervyu 3 bosqichi esa har biri 45 daqiqadan bo’lgan OOP, System Design va albatta Coding qismlardan iborat ekan.
MAANG intervyulariga yillab tayyorlanib yurgan odamlar ko’ziga qanchalik xunuk ko’rinsam ham aytaman — mendagi System Design bo’yicha bilim ham eng boshlang’ich darajada edi. Qisqacha tushuntirilsa, System Design va uning asosiy 2–3 ta komponentlari nimaligini bilardim va bo’ldi.
Coding intervyu uchun hamma mavzularini o’qib, ehtimoliy hamma masalalarni ishlab chiqish uchun oylab vaqt ketishi mumkinligini o’ylab “Bir hafta faqat System Design o’qiyman. Keyin 1–2 kundan OOP va Codingni qaytarib olaman. Qolgani tavakkal” dedim-da tayyorgarlikni boshladim.
Aytganimdek 5–7 kun davomida System Design o’qidim. Boshida Educative.io dagi System Design Interview Prep Crash Course materiallarini 2–3 kun o’qib chiqdim. Keyin Design Gurus saytidagi Grokking the System Design Interview kursiga duch kelib qoldim. Solishtirib ko’rsam, Design Gurusdagi ham ancha tartibli, ham yaxshi yetkazib berilgan ekan. Keyinchalik ham baribir ishlataman deb subscription sotib olib tayyorgarlikni shu yerda davom ettirdim.
Orada Azimjon bilan gaplashib mentorlik sessiyasini band qildim. Mening holatimda mock qilish ko’pam foydali bo’lmasligini bilib, asosan men e’tibor bermayotgan jihatlar, tayyorgarlik va intervyu uchun maslahatlar oldim. Bir soatli sessiya sehrli tarzda meni suhbatga tayyor qilib qo’ymasligini bilsam ham, Azimjon bergan maslahatlar ancha foydali bo’ldi.
2-qism: Qo’rquv, hayajon, harakat va natija
Asosiy intervyuga bo’lgan tayyorgarlik oxirgi kunlarida qo’rquv darajasidagi ikkilanish paydo bo’ldi. Hattoki intervyuga kirgim kelmayotgani haqida deyarli tug’ishganlardek qadrdon bo’lib qolgan do’stim Azamatjonga ham aytdim. Butun jarayonda o’zimdan ham ko’proq ishonib qo’llab-quvvatlab turgani uchun esa unga alohida rahmat. Shunday qilib intervyu kuni ham yetib keldi.
OOP | OOD
Birinchi intervyu nisbatan eng osoni — Object Oriented Design edi (3-bosqich). Suhbat oluvchi odam ham uni zo’r olib bordi. Avvaliga o’zi, jamoa va loyiha haqida ma’lumot berdi. Keyin intervyu faqat nazariy bo’lishini aytdi.
Asosiy savol esa “Remote virtual mashinalarni boshqaruvchi dasturni OOP prinsiplariga ko’ra loyihalab ber” edi. O’zi jamoa ham aynan shu mahsulot — Azure SDN ustida ishlaydi. Savolga OOP 4 ta eng asosiy prinsiplari barchasini ishlatib javob berdim. Ba’zi joylarda o’zi qo’shimcha savollar berib, yo’naltirib turdi.
Javoblarim mukammal bo‘lmasa-da, interviewerga juda ma’qul keldi. Keyin “Qiyin topshiriqqa kreativ yechim bergan holating haqida aytib ber” deb so’radi. Unga ham STAR usulida yaxshi javob berdim.
System Design
Aytganimdek, eng qiyin va eng muhim raund shu edi (4-bosqich). Tabiiy ravishda uni 10 yillik tajribaga ega Senior System Engineer oldi. Bu yerda ham savol ishga mos bo’ldi: “Remote IoT qurilmalari ishini monitor qiladigan va boshqaradigan tizim loyihasini tuzib ber”
Omadim kelib shunga o’xshash savolni Educative kursida ko’rgan edim. Iloji boricha o’sha yerdan esimda qolgan narsalar bilan javobimni shakllantirishga harakat qildim
Kutilmagan tarafi “Loyihani o’zingga qulay narsada chizib ko’rsataver” deb qoldi. Men bunga uncha tayyor bo’lmaganim uchun Google Slidesda ishlatdim va bu sal noqulay bo’ldi
Chizgan loyiham va bergan javoblarim mukammal javoblardan ancha uzoqdaligiga qaramay, umumiy tasvirni yarata oldim. Oxirida networking sohasida bilimim kuchli emasligini aytib qo’ydim bir qator. Ochiq yuz bilan bo’lmasa ham, buni to’g’ri qabul qildi
Suhbat so’nggida “Loyihada xatolik chiqqan holat va uni qanday hal qilganing haqida aytib ber” degan behavioural savolga STAR usulida javob berdim
Coding
Men uchun eng hayajonli bosqich eng oxirida edi (5-bosqich). Intervyu olayotgan dasturchi nisbatan yoshroq, ammo kamgap ekan. O’zini qisqacha tanishtiriboq masalaga o’tdi (bu yaxshi aslida). Suhbat oldi hech qanday NDA-peNDAga qo’l qo’ymaganim sababli bemalol Leetcodedagi Jump Game III nomli savol tushdi deb ayta olaman :)
Savolni o’qib chiqishim bilan ichimda “Aniq rekursiya bilan ishlanadigan allambalo masala. Endiyam yetib keldimov” degan o’y o’tdi. Chunki aytganimdek, menda algoritm va ma’lumotlar tuzilmalari haqida yaxshi nazariy bilim bo’lsa ham amalda ular bilan ko’p ishlamaganman. Lekin shoshilmasdan, hayajonlanmasdan, intervyudan oldin o’zim uchun yozib olgan qadamlar bilan masalani ishlashni boshladim.
Avvaliga yaxshilab o’qib chiqdim, berilgan misollarni va mendan nima so’ralganini tushunib oldim. Keyin sekin-asta xayolimga kelgan narsalarni aytib ularni yozishni boshladim:
— Rekursiya bilan ishlanadi
— DP adashmasam (adashgan ekanman, DFS ekanini keyin bildim)
— Base case istalgan qadamda 0 da ekanimiz bo’ladi (yo’l topilgan holat)
— Aks holda o’ngga yurib ko’ramiz. Faqat chegaradan chiqib ketmaslikni tekshirish kerak
— Chapga ham xuddi shu ishni qilamiz
— Agar qaysidir holatda oldin kelgan joyimizga qaytib kelib qolsak, demak yo’l yo’q
— Demak yurgan yo’limizni ham saqlab ketish kerak
Interviewer oxirgi 2 ta qadamim to’g’riligiga ikkilanib turganimni ko’rib “To’g’ri o’ylayapsan” deb sal yordam berib yubordi. Keyin kod yozishga kirishdim. Va eng qizig’i yozgan kodim bittada to’g’ri ishladi. 2–3 ta test bilan tekshirib ko’rdi.
Keyin esa “True False o’rniga, nechta yo’l borligini qaytar-chi?” deb savolni sal murakkablashtirdi. Vaqt oz qolganligi sababli yechimni topa olmadim. Lekin bu juda salbiy rol o’ynamadi.
Shunday qilib asosiy intervyu o’z nihoyasiga yetdi. Suhbatda o’zimga OOP qismi uchun 5, System Design uchun 3 va Coding intervyu uchun 4+ baho bergan bo’lardim.
Uch-to’rt kun o’tib esa “Further Prep :)” sarlavhasi bilan yakuniy bosqichga email keldi.
3-qism: Tebranishlar, mas’uliyatsizlik, hafsala pir bo’lishi va natija
Rekryuterlar orasidagi “koptok”
So’nggi 6-bosqich haqida aytishdan oldin butun bosqichda rekruyterlar bilan bo’lgan holatni aytib bermoqchiman.
Linkedindan yozgan rekruyter meni asosiy suhbat bosqichigacha kuzatib bordi. U bosqich haqida ma’lumotni esa umuman boshqasi berdi. Shundan keyin men bilan Senior Recruiter ishlashini aytishdi. Lekin asosiy bosqich emaili yana umuman boshqasidan keldi. So’nggi bosqich oldidan tayyorgarlik emaili bo’lsa, yana o’sha Seniordan, ammo unga bo’lgan invitation esa yana boshqasidan keldi. Xullas, butun jarayon davomida kamida 5 ta rekruyter orasida sakrab yurdim va tabiiyki menda“Jarayonga kim o’zi javobgar?” degan savol tug’ildi.
So’nggi jarayonga tayyorgarlik emaili
O’sha senior rekruyter menga yakuniy bosqich AA intervyu bo’lishini va unda Microsoft asos kompetensiyalari bo’lgan kollabratsiya, natijalar uchun ishlash, mijozga fokus qilish kabi allambalolarga e’tibor qaratilishini aytib email yubordi.
Men ham tabiiy ravishda “Ha, demak, texnik intervyular tugabdi. Buyog’iga jamoa va loyiha haqida suhbat bo’ladi. Ularga qanchalik mosligim tekshiriladi” deb o’yladim va behavioural interviewga bo’lgan tayyorgarlik kabi tayyorgarlikni davom ettirdim.
Intervyu rasmiy taklifida bo’lsa rekruyterdan tashqari bir nom bor edi. Linkedindan ko’rsam, u 20 yillik tajribaga ega va butun faoliyatida Microsoftda ishlab kelayotgan Senior Software Engineering Manager ekan.
Men ham “Suhbatga tayyorgarlikda nima maslahat berasiz? Nimani kutay?” degan javob yubordim. Rekruyterdan esa tabiiyki javob kelmadi.
Yakuniy suhbat
Suhbatga boshlanganda esa rekruyterlardan hech kim kirmadi. Faqatgina o’sha Senior Menejer 5 daqiqa kechikib ko’rinish berdi. O’zini juda qisqacha tanishtirgandan keyin “O’zing haqingda aytib ber” dedi. Men ham o’zimni tanishtirdim. “O’zi bundan oldin texnik intervyu bo’ldimi?” degan savolni eshitganimda esa ichimda “Qoyil. Hammasi tushunarli” degan o’y o’tdi xolos.
Keyin esa “Biror oxirida muvaffaqiyatsizlikka uchragan loyihang haqida aytib ber” dedi. Men ham o’xshamagan emas-ku, lekin jarayon davomida ancha qiyinchilikka uchragan, endi dasturlashga kirib kelganimda 70% ishni o’zim qilishga majbur bo’lgan, lekin yakunda zo’r natijalar ko’rsatgan Chakana.uz loyihasi haqida aytdim.
To’lov tizimida uchinchi tomon xizmatidan foydalanmaganimiz, to’g’ridan to’g’ri Uzcard va Humo tizimiga ulanganimiz, u yerda xavfsizlik borasida ancha qiyinchilik bo’lgani haqida aytayotgan paytim suhbat texnik tomonga burildi. Qanday qilib bitta tranzaksiya qayta takrorlanmasligini oldini olganimni so’radi. Lekin real javobim unchalik qoniqtirmadi shekilli, ideal holatda qanday bo’lishi kerakligini tasavvur qilib javob berdim.
Kutilmagan burilish
Shundan keyin umuman kutilmagan joyidan Codility linkini berib “Design a Web Crawler” degan savolga javob berishimni aytib qoldi. To’g’risi, bu narsaga ruhan ham, boshqa tomondan ham tayyor emasdim. Bundan tashqari web crawler deganda faqat qaysidir veb sahifadagi ma’lumotlarni crawl qiladigan skriptni tushunardim.
Tabiiyki tushuncham yo’q narsani loyihalashda ham muammolar bo’ldi. Berilayotgan savollarga to’g’ri javob berish tugul, gap nimada ekanini aniq bilmadim. Keyinroq bilsam, u mendan ma’lum bir web saytlarni emas butun boshli internetni crawl qilib indekslovchi Google crawleri kabi narsani so’ragan ekan.
Suhbat so’nggida bu sohada tajribam yo’qligini, shunga javoblarim uni qoniqtirmagan bo’lishini tushuntirishga harakat qildim. U janob bo’lsa yuzini bujmaytirib, “Yaxshi sendagi o’ylash jarayonini ko’rdim” deb, bergan savolimga ham zo’rg’a javob berib suhbatni yakunladi.
Suhbatdan keyin rekruyterga noto’g’ri ma’lumot va mas’uliyatsizliklaridan ko’nglim qolgani haqida email yuborib qo’ydim va tabiiyki javob kelmadi. Hozir ham status “Intervyu bosqichida” bo’lgani bilan buyog’iga kutish foydasiz ekanini tushunish mumkin.
Yuqoridagi 3 ta qismni avgust boshlarida Telegramdagi @Janob_Musayev kanalimda aynan yuqoridagi tarzda yozgan ekanman. Shundan bir haftacha o’tib, 15-avgust kuni kutganimdek “We decided not to proceed with your application” degan email keldi. Shunday qilib salkam bir yarim oy va 6ta turli bosqichdan keyin Microsoft suhbatidan muvaffaqiyatli tarzda o’ta olmadim…
Microsoft suhbatidan muvaffaqiyatli o’ta olganim hikoyasi
4-qism. Singan umidlar tiklanishi, stress va natija
Bo’lgan voqealar, birga o’tgan kunlar va xotiralar endigina unutilib, yaralar bitib, sekin-asta o’z hayotimda davom etishni o’rgangan kunlarim birida… Yo’g’e hazillashdim, juda unchalik siqilganim yo’q :)
Xullas, salkam bir oy o’tib 11-sentabr kuni yana Microsoft rekruyterlaridan “Application Update — Next Steps” degan email oldim. Unda mening rezyumim bilan jamoalardan biri qiziqayotgani aytilgandi. Menda esa o’sha paytdagi holat tahminan shunaqa ko’rinishda edi:
Emailda unga qo’shimcha tarzda kichik bir muammo borligi aytilgandi… Ya’ni mendan coding intervyu olgan odam feedbackni standardlar bo’yicha bermaganligi sababli intervyuni shu qismini qayta olishlari kerak ekan 😐
Yana bu intervyuni o’tkazish uchun faqat erta yoki indin kunidagi bo’sh vaqtlardan birini tanlashim kerakligini aytishdi. Ichimda “Kelib-kelib coding intervyuni ham shunaqa qilasizlarmi?” dedimda, lekin noiloj 2 kundan keyingi kunni tanladim.
So’nggi coding intervyudan keyingi 40 kundan oshiq vaqt davomida esa yana tayyorgarlikni tashlab qo’yganim uchun bu safar holatim yana ham yomonroq edi deyishim mumkin. Lekin “Nasib bo’lsa bo’lib ketadi. Buyog’i tavakkal” dedimga intervyuga qo’ldan kelgancha tayyorgarlikni boshladim. Shu oraliqda internetda Microsoft suhbatlarida so’ralgan deyilgan oson darajadagi savollardan 10 tacha ishlab sal qo’limni qizdirib va eng muhimi Leetcodedagi ishlagan masalalarim sonini naqd 49 taga (!!!) yetkazib qo’ydim.
Intervyuni bu safar o’zi Ispaniyalik bo’lgan dasturiy muhandis oldi (7-bosqich). Avval o’zini, jamoasini va suhbat jarayonini batafsil tanishtirdi. Keyin esa Codilityni ochib undan qanday foydalanish haqida ham oldin hech qaysi intervyu oluvchi qilmagan tarzda tushuntirib o’tdi.
Berilgan savolni ko’rgandan keyin esa hayolimga birinchi bo’lib “Nimaga bu darajada oson?!” degan o’y keldi. Chunki u yerda mendan berilgan matndan birinchi qaytarilmagan belgini topish so’ralgandi. Lekin tezda o’zimga kelib nima o’ylayotganim haqida gapirishni boshladim. Masalani ikki xil: oddiy va optimalroq yo’lda yecha olishimni va ulardan biri oddiy ikkitalik takrorlash O(n²) bo’lgan yechim va ikkinchisi HashMap ma’lumotlar tuzilmasidan foydalangan holda O(n) yechim bo’lishini aytdim.
“Qaysi birini batafsil ko’rsatay?” degan savolimga “Optimaliga o’taver” degan javob olganimdan keyin u yerda qilmoqchi ishlarimni qadamma-qadam tushuntirishni boshladim. Orada intervyu oluvchi “Qadamlaring haqida umumiyroq gapirib ketaver” deb fikr bildirdi. Shundan keyin sal tezlashdim va yechim implementatsiyasiga o’tdim.
Ishimda Java va o’zimdagi loyihalarda PHP ishlatishimni, lekin intervyularda Pythondan foydalanishimni aytib (nima uchunligini bilsangiz kerak) yechimni yoza boshladim. Orada Pythondagi tayyor “Counter funksiyasidan foydalana olamanmi?” degan savolimga unda yechim juda oddiy bo’lib qoladi deb ruxsat bermadi. Lekin usiz ham yechimni bemalol yoza olishimni bilardim.
Yechimni yozib bo’lganimdan keyin uni jonli ishlatib ko’rish so’ralmadi ham. Uning o’rniga yozgan yechimim uchun qanday testlar yozishim haqida chuqurroq savol-javoblar bo’ldi. Agar shu yechimim boshqa tillarda (masalan Java) yozilganda nimalar o’zgarishini so’radi. Hammasiga juda to’liq bo’lmasa ham javob berdim.
Shundan keyin yana bir masala ko’rsatib uning yechimini og’zaki tushuntirib berishimni lekin yechim yozish shart emasligi aytildi. Unda “Queue ma’lumotlar tuzilmasini Stek yordamida implementatsiya qilish” so’ralgandi. Avvaliga queue va stek farqi o’zi nimada ekanligi tushuntirdim, keyin esa yechimni qanday o’ylaganim haqida aytdim (keyin bilsam 2 ta stek ishlatish haqida aytmagan ekanman).
Bu yerda ham qo’shimcha tarzda agar shunday kutubxona qo’limga tushib qolsa, uni qanday tekshirim haqida savollar berildi. Chegaraviy holatlar, tezkorlik va xotirani hisobga olib javoblarni aytdim. Keyin o’ylasam turli xil ma’lumotlar tipi bilan ishlashi haqida indamagan ekanman.
Shundan so’ng mendagi savollarni eshitib, suhbat yakunlashdi. Ichimda esa “Nahotki bu safar o’xshagan bo’lsa?!” degan ovoz yangrab turgandi.
5-qism. Jamoa tanlash, kelishuvlar va kechikayotgan “offer”
Jamoa tanlash suhbati
Oradan 5 kun o’tib “Senga qiziqayotgan jamoa menejeri sen bilan suhbatlashib ko’rmoqchi ekan” degan email oldim (8-bosqich). Men esa ichimda tabiiyki “Yana qanaqa subaaaaat!!!” deb baqirishga tayyor edim.
Lekin nimayam qilardim deb vaqt tanladim va suhbatga kirdim. Yaxshiyamki, suhbat oluvchi boshidanoq bu suhbat shunchaki men qaysi jamoaga eng mos kelishim haqida bo’lishini aytdi va shundan keyin yengil tortdim. Keyinroq bilsam bu aslida “Team Fit Call” ekan.
Menejer suhbatni juda ochiq yuz bilan olib bordi va suhbat davomida Microsoftning Dublin ofisidagi turli jamoalar va ular nima ishlar bilan shug’ullanishini tushuntirdi. Keyin shulardan qaysi biri menga ko’proq yoqqani haqida so’radi. Men ham javob berishdan oldin o’zimning tajribam, loyihalarim va qiziqishlarim haqida batafsil aytib berdim va ko’proq mijoz bilan yaqinroq ishlashni (customer facing applications) xohlashimni aytdim.
Menejer meni tushunganini va deyarli hamma mahsulotlar yakunda mijoz uchun bo’lishini aytdi. Qo’shimchasiga “Sun’iy intellekt bilan bog’liq jamoalarga va’da berolmayman. Hali juda noaniq va ishlashga bo’lgan talab juda yuqori bo’lgan soha” dedi. Men ham tabiiyki bunga umid qilmayotgandim. Shundan keyin meni suhbatlardan muvaffaqiyatli o’tganim bilan tabriklab suhbatni yakunladi.
Men esa ichimda “Nahotki?!” dedimda, lekin sabr bilan yakuniy taklifni kutishga qaror qildim.
Kelishuvlar qong’irog’i
Shundan 2 kuncha o’tgandan keyin rekruyter men bilan telefon orqali gaplashmoqchi kerakligini yozdi (9-bosqich). Bo’sh vaqtimni aytganimdan keyin o’sha vaqtda telefon qilib, menga qaysi darajada taklif berishmoqchi ekanini va mendagi kutilma qanday ekani haqida ma’lumot va savollar berdi.
Aytishi bo’yicha mening darajam Microsoftdagi L60 ga to’g’ri kelar ekan. Bu esa strong junior degani ekanligini tushuntirdi va eng qiziq savol “Qancha oylik kutyapsan?” deb so’radi. Men ham aniq son aytmasdan o’zim Glassdordan topgan ma’lumotlar bo’yicha interval aytdim. Rekruyter “Yaxshi. Qo’limdan kelgancha sen bittada qabul qiladigan qilib taklif yuborishga harakat qilaman” dedi.
Keyin bilsam, men L60 (Software Engineer I) emas L61 (Software Engineer II) oyliklari intervallarini aytib yuboribman. “Ishqilib bu salbiy ta’sir qilib qolmasinda” deb o’ylab ham qoldim. Lekin “Ko’p bo’lsa, kamroq taklif qilishadida” deb ishlarimda davom etdim.
Lekin oradan 5 kundan ko’proq o’tsa ham taklifdan darak bo’lavermadi
6-qism. Kutilgan kutilmagan jamoa
Jamoa menejeri bilan suhbat
Shundan 4–5 kun o’tib meni yana bir, bu safar bo’lajak menejerim bilan suhbatga taklif qilib email yozishdi (10-bosqich).
Hali taklif olmaganim uchun bu suhbat ham balki yakuniy natijaga ta’sir qilib qolar, unda ham texnik bo’lmasa ham mantiqiy savollar so’rab qolishi mumkindir deb o’ylab unga ozroq tayyorgarlik ko’rdim.
Tayyorgarlik davomida Fermi masalalari degan qiziq masalalar haqida ham o’rganib oldim. Lekin suhbatda bunaqa savol so’ralmadi.
Suhbat aytilganidek bo’lajak menejerim bilan bo’ldi. Suhbatda o’zini tanishtirdi, men haqimda so’radi va jamoaning joylashuvi haqida aytdi. “Jamoamiz ishlaydigan loyiha Microsoft Copilot bir moduli” deganda ichimda “Woooow” deb yubordim. Chunki o’tgan suhbatda aytilganidek umuman buni kutmayotgandim. Suhbat yakunida bo’lajak menejerim “Offer olganing bilan yana bir bor tabriklayman” dedi men esa tashimda “Rahmat” deb ichimda esa “Qani? Qani o’sha offer men ham bir ko’ray?” deyotgandim :)
Eng qiziq tomoni suhbatdan 2 kun oldin kanalimda “Copilot haqida birinchi taassurot” deb post yozgandim. Bir kun oldin esa Chempionlar Ligasidagi Copilot reklamalarini ko’rib “Microsoft endi asosiy fokusini Copilotga qaratibdida” deb o’ylagandim.
Shunday qilib o’zim kutgan jamoaga kutilmagan tarzda qo’shilishim ma’lum bo’ldi )
7-qism. Uzoq kutilgan onlar
Oradan yana salkam 10 kechayu, 10 kunduz o’tib 8-oktabr kuni va nihoyat “There’s an important update in your application” degan email keldi. Yangilik nima ekanligini bilganim uchun qilayotgan ishimni tugatib qo’yib portalga kirishga qaror qildim.
Mendan ko’ra rekruyter sabri chidamadi shekilli 5 daqiqa o’tmasdan telefon qildi va keyingi qilish kerak bo’lgan ishlarni tushuntirdi :)
Portalga kirib qarasam, men adashib so’rab qo’ygandan ham ko’proq qilib taklif yuborishibdi. “Yaxshiyam adashib ketganim” dedim o’zimga 😁
Shunday qilib salkam 4 oy davom etgan, 10 ta turli bosqichlar va haqiqiy emotional rollercoaster bo’lgan jarayondan keyin va nihoyat
Microsoftdan offer oldim!
Telegram: https://t.me/janob_musayev
Mundarija
Bank schyot o’zi nima
Bank schyotni kim va nima uchun talab qiladi
Bank schyot talablari turlari
3.1 Moliyaviy hisobot (Financial statement)
3.2 Yopiq bank hisob raqami (blocked account)
Boshqa yana qanday yo‘llar bor
Qaysi davlatlar bank schyot talab qilmaydi
Hisob raqamdan tashqari yana qanday xarajatli hujjatlar talab qilinadi
5.1. Sug‘urta
5.2. Kontrakt to‘lovi tasdig‘i
Chet elda o’qishni istaganlar ulardan “bank schyot” talab qilinishi haqida eshitgan bo’lishlari aniq. Bugungi maqolamizda “bank schyot” o‘zi nima, nima uchun talab qilinishi va undan tashqari viza olishning qanday yo‘llari borligi haqida gaplashamiz.
Bank schyot o‘zi nima
Xalq tilida “bank schyot” deb yuritiluvchi bank hisob raqami — bu istalgan bankdan ochilgan siz uchun maxsus bo’lgan raqam bo’lib, uni shunchaki aynan o’sha bankdagi sizning raqamli hamyoningiz deyish mumkin. Odatiy hamyon kabi bank hisob raqami asosiy vazifasi — bu sizning pulingizni saqlash hisoblandi. Bundan tashqari banklar pul aylanmasida pul qaysi “hamyon”dan chiqib qaysi biriga borib tushayotganini doimiy saqlab boradi.
Shu sababli hisobida pul yo‘q bo‘lgan hisob raqami huddi bo’sh hamyon kabi egasidan boshqa hech kimga kerak ham, qiziq ham emas )
Buni yaxshi tushunib olgandan keyin endi chetda o’qish uchun nima uchun “bank schyot” talab qilishi haqida gaplashsak bo’ladi
Bank schyotni kim va nima uchun talab qiladi
Bank hisob raqami, aniqroq aytadigan bo‘lsak bank hisob raqamida ma’lum miqdorda pul mavjud bo’lishi o’sha davlatga viza olish talabi hisoblanadi va bu talabni viza olayotgan davlatingiz elchixonasi nazorat qiladi. Shu sababli bu talab va summa davlatdan-davlatga qarab farq qiladi.
Odatda universitetlar bu narsa bilan qiziqmaydi va deyarli ishi ham bo’lmaydi. Universitetlarni asosiy qiziqtiruvchi narsa — bu kontrakt to’lovini to’lashingiz yoki siz uchun kimdir bu ishni qilishi. Odatda ular viza ololmay qolgan taqdiringizda siz to’lagan kontrakt to’lovini to’liq qaytarib beradi. Albatta, bu narsa ham har bir universitet va davlat o’z qonun-qoidalaridan kelib chiqadi.
Eng muhim joyi elchixona uchun hisob raqamingizdagi pullardan zarracha foyda yoki zarar yo’q. Ular rasmiy belgilab qo’yilgan viza to’lovidan boshqa sizdan hech qanday pul olishga haqqi yo’q va bunday qilishmaydi ham.
Bu talab qo’yilishidan asosiy maqsad — bu o’sha davlatga borgandan keyin reja qilingan muddat ichida o’zingizni ta’minlay olishingizni tekshirish hisoblanadi. Oddiy qilib tushuntirsak, ular chetga borganingizdan keyin ko’chada, och qolib ketishingizdan xavotir olishadi. Albatta, bu holat yuz bergan taqdirda ham ular va O’zbekiston elchixonasi sizni katta ehtimol bilan tashlab qo’yishmaydi. Lekin bu ularga ortiqcha ish bo’ladi va buni xohlashmaydi.
Shu sababli bank hisob raqamida talab qilinadigan summa shunchaki osmondan olinmaydi, aksincha o’sha davlatda bitta odamning o’rtacha bir yillik xarajatlariga to’g’ri keladi.
Qisqa qilib aytsak, chetga o’qishga ketishdan oldin bank hisob raqamingizda haqiqatdan ham yetarli pul bo’lishi faqat sizning foydangiz uchun ishlaydi.
Bank hisob raqamidagi pullar nima uchun talab qilinishi tushunib olgandan keyin, talablar turlari haqida gaplashishimiz mumkin.
Bank schyot talablari turlari
Turli xil davlatlar o’z qonun-qoidalaridan kelib chiqib bu davlatda o’qimoqchi bo’lgan talabaning moliyaviy holatini (bank hisob raqamida yetarli mablag’ borligini) turli yo’llar bilan tekshirishi mumkin.
Talablarning asosiy 2 ta turi mavjud:
Talaba o’zining yoki ota-onasi nomidagi bank hisob raqamida yetarlicha pul mavjudligi to’g’risida moliyaviy hisobot (Financial/Bank statement)
O’sha davlat bankida ochilgan yopiq hisob raqamida belgilangan summa bo’lishi
E’tiborli jihati, elchixonalar bu ikkisini bir vaqtda talab qilmaydi. Ya’ni sizga talabga qarab yoki unisi yoki bunisi kerak bo’ladi.
Odatda ko’p davlatlar talabadan viza uchun moliyaviy hisobot va Germaniya kabi ba’zi davlatlar yopiq bank hisob raqami talab qiladi.
Moliyaviy hisobot (Financial statement)
Moliyaviy hisobot talabini tushuntirishda biz Koreya davlatini misol qilib olamiz. Koreya Universiteti saytida berilgan ma’lumotga ko’ra Koreya davlatida o’qish uchun 21 ta davlat fuqarolaridan (O’zbekiston ham ular ichida) moliyaviy hisobot talab qilinadi. Ushbu talab bo’yicha potensial talabalar bank hisob raqamida kamida $20,000 (kontrakt to’lovi ham shuning ichida) bor ekanini oxirgi 3–4 oy ichida olingan hisobot (statement) orqali ko’rsatishlari kerak.
Ko’pchilik xabari borligi sir emas, talabalar bu kabi hisobotni boshqa odamlardan pul olib vaqtinchalik o’z hisoblariga qo’yish orqali olishlari mumkin. Lekin bu usul qonuniy tomondan ham 2-qismda aytib o’tilgan sababga ko’ra ham tavsiya etilmaydi!
Yana bir bor eslatib o’tishimiz kerak, yuqoridagi son va talablar turli davlatlar uchun turlicha bo’lishi mumkin. Bu talablarni aniqlashda elchixona yoki o’sha davlatdagi universitetlar berib boradigan ma’lumotlardan foydalanishingiz mumkin.
Yopiq bank hisob raqami (Blocked bank account)
Germaniyadagi ko’p universitetlarda kontrakt yo’q yoki nisbatan ancha past bo’lishiga qaramay, ular viza uchun maxsus talab qo’yishgan.
Har yili Germaniya xalqaro talabalar bu davlatda o’qish uchun bir oyda o’rtacha qancha mablag’ ketishini hisoblab chiqadi va ushbu summani 12 oyga ko’paytirgan holda talab etilgan minimum mablag’ni belgilaydi. 2023-yil 1-yanvar uchun ushbu mablag’ bir oy uchun €934 va bir yil uchun €11,208 etib belgilangan.
Talaba Germaniya banklaridan birida yopiq hisob raqami ochishi va yuqoridagi bir yillik minimum summa bilan to’ldirishi kerak. Talaba Germaniyaga borgandan keyin esa unga har oy bu summadan maksimum bir oylik miqdor olishga ruxsat beriladi.
Aynan shu sabab, bu talabdan “aylanib” o’tib bo’lmaydi. Lekin boshqa tarafdan bu talabaning moliyaviy xavfsizligini juda yaxshi ta’minlaydi.
Eng muhim eslatma!
Bank hisob raqami viza uchun moliyaviy asos keltirishning yagona yo’li emas! Quyida yana qanday usullar bor ekanini ko’rib chiqamiz.
Boshqa yana qanday yo’llari bor
Odatda bank hisob raqamida pul bo’lishdan tashqari yana ikki xil usulda moliyaviy talabni bajarish mumkin:
O’sha davlatda doimiy yashovchi odam sizni otaliqqa olishi
Ota-onangiz sizni ta’minlashi haqida xat/hujjat
To’liq moliyalashtiriluvchi grant yutish
O’sha davlatda doimiy yashovchi odam sizni otaliqqa olishi
Bu usul odatda Yevropa davlatlari uchun ishlaydi. Bunda o’qishga bormoqchi bo’lgan davlatingizda doimiy yashovchi biror kim sizning moliyaviy xarajatlaringizga javobgar bo’lishga rozi bo’lib elchixona nomiga xat yozishi kerak bo’ladi. Bu haqida to’liqroq Germaniya vizasi misolida o’qishingiz mumkin.
Viza moliyaviy talabidan parcha
Ota-onangiz sizni ta’minlashi to’g’risida xat/hujjat
Bu viza olishning yana bir turi bo’lib, afsuski bu usul boshida gaplashgan moliyaviy hisobotdan unchalik farq qilmaydi. Chunki baribir sizning ota-onangiz nomidagi bank hisob raqamida yetarlicha pul borligini ko’rsatish kerak bo’ladi. Bu yopiq bank hisob raqami ochish uchun alternativ bo’la oladi.
To’liq moliyalashtiriluvchi grant yutish
Va nihoyat, eng ishonchli lekin oson bo’lmagan usullardan biri — bu o’sha davlatdagi o’qishingizdagi kontrakt va xarajatlarni to’liq qoplovchi grant yutish. Bu kabi grantlarga:
DAAD
Chevening
Fulbright
GKS
Erasmus Mundus grantlari
Irlandiya Hukumati granti
Turkiya Burslari va shu kabi boshqa grantlar misol bo’ladi.
Ko’proq grantlar bilan ushbu havolada tanishingiz mumkin!
Qaysi davlatlar bank schyot talab qilmaydi
Qisqa qilib aytganda O’zbekiston fuqoralari vizasiz (study visa) borib o’qishi mumkin davlatlar uchun moliyaviy hisobot talab qilinmaydi. Bularga misol qilib Rossiya, Qozog’iston, Qirg’iziston va Tojikistonlarni keltirish mumkin.
E’tibor bering, O’zbekiston fuqarolari ba’zi davlatlarga vizasiz sayohat qilishlari mumkin, lekin doimiy yashash va o’qish uchun viza so’ralishi mumkin! Bunday davlatlarga Turkiya misol bo’la oladi.
Turkiyaga sayohat qilish uchun O’zbekiston fuqarolariga viza talab qilinmasa ham, o’qish uchun talab qilinadi!
Hisob raqamdan tashqari yana qanday xarajatli hujjatlar talab qilinadi
Chet elda o’qish vizasi olishda moliyaviy hisobotdan tashqari yana ikkita moliyaviy hujjatlar talab qilinadi.
1. Kamida bir yillik sug’urta.
Bunda kamida bir yillik sog’lik sug’urtasini ko’rsatish kerak bo’ladi. Bu holatda borayotgan davlatingizdagi sug’urta servislardan foydalanish tavsiya etiladi. Ular bizdagi sug’urtalardan biroz qimmatroq (odatda $300–400), lekin ularning servisidan foydalanganda chet eldagi ko’rsatilgan tibbiy xizmatlardan pul to’lamay foydalanishingiz mumkin. Sug’urtani o’zimizdan rasmiylashtirgan holatingizda esa, oldin o’z yoningizdan pul to’lab keyin chekni sug’urta firmasiga yuborishingiz va ular shu summani hisobingizga o’tkazib berishlari kerak bo’ladi. Albatta bu narsa har bir sug’urta kompaniyasidan aniqlashtirilishi kerak.
To’liq moliyalashtiriluvchi grantlar sug’urtani ham qoplashi mumkin (har doim emas lekin)!
2. Kontrakt to’lovi tasdig’i
Viza olish uchun yana bir kerakli hujjat bu o’quv kontrakt miqdorining eng kamida ko’rsatilgan miqdorini to’lagan bo’lishingiz kerak. Bu miqdor foizlarda yoki aniq summalarda berilishi mumkin. Ushbu talab ham davlatlarga qarab farq qiladi.
Grant yutgan taqdiringizda bu narsa tabiiy ravishda istisno qilinadi!
Irlandiya hikoyalari. 1-qism
Irlandiya — bu O’zbekiston uchun hali unchalik yaxshi “kashf” qilib ulgurilmagan davlat. Ya’ni bu yerga o’qish, ishlash va yashash uchun juda kam o’zbeklar tashrif buyurishadi. Buning asosiy sababi menimcha bu davlat haqida va unda o’qishning foydali tomonlari haqida ko’pchilik bilmasligida.
Shu sababli, Irlandiya hikoyalari seriyam birinchi qismini Irlandiyada o’qish uchun eng top 5 ta sabab bilan boshlamoqchiman.
Yevroittifoqdagi yagona ingliz tili native bo’lgan davlat
Bu faktni eshitib birinchi hayolingizga Angliya yoki Skandinaviya davlatlari kelishi mumkin. Lekin hozirda Angliya, aniqrog’i Buyuk Britaniya, Breexit sabab Yevroittifoq tarkibida emas. Skandinaviya davlatlari uchun esa ingliz tili native hisoblanmaydi.
Lekin, afsuski Irlandiya Shengen hududiga kirmaganligi va O’zbekiston fuqarolari Yevropa uchun baribir alohida viza olishlari kerakligi sabab, birinchi sabab unchalik kuchli sabab emas.
Yevropa “Silikon Vodiysi”
Irlandiyaning oxirgi yillardagi soliq siyosati va imtiyozlari sabab bu mamlakat katta tex kompaniyalar ofislari uchun asosiy nishonlardan biriga aylangan. Hozirda Irlandiyada Google, Amazon, Apple, Facebook, Salesforce, Accenture va shu kabi yuzlab tex kompaniyalar ofislari mavjud. Bu esa o’z navbatida karyera imkoniyatlarini oshiradi.
To’liqroq ro’yxat bilan quyidagi havolada tanishishingiz mumkin. https://www.top1000.ie/industries/technology
Eng yaxshi Britaniya alternativi
Eng birinchi navbatda aytish kerak bo’lgan narsa — bu Irlandiya Britaniya yoki aniqrog’i Birlashgan Qirollik (UK) tarkibiga kirmasligi va to’liq alohida davlat ekanligi. Lekin shunga qaramasdan ular bir-biriga geografik, madaniy va ta’lim jihatidan juda yaqin.
Albatta, top universitetlar va umumiy reytinglarda Irlandiya Britaniyaga teng kela olmaydi. Lekin shunga yarasha bu yerdagi kontrakt narxlari Britaniyadan ko’ra pastroq yuradi.
Bundan tashqari Irlandiya vizasini olish uchun talablar Britaniya vizasini olishdan ko’ra yengilroq.
Quvnoq va ochiq odamlar
Irlandiya xalqi boshqa Yevropa xalqlariga qaraganda xalqaro talabalarga nisbatan ancha ochiq. Shaxsan o’zim, Germaniya, Britaniya va boshqa Yevropa davlatlarida o’qigan tanishlar bilan gaplashdim va ularga Irlandiyadagi muhit va odamlar ko’proq yoqqanini aytib berishdi.
Bunga, menimcha, asosiy sabab Irlandiyaning jahondagi umumiy neytral siyosatida. Bu davlat menga siyosiy pozitsiyasidan Kanada va Avstraliyani eslatib yuboradi. Tinch, boshqalar ishiga aralashavermaydigan lekin bir vaqtning o’zida ekologik harakatlarda juda aktiv bo’lgan kichik davlat.
Tabiat va iqlim
Irlandiyaga kelish oldidan shaxsan meni eng qiziqtirgan narsalardan biri bu uning tabiati bo’ldi. Irlandiyada shaharlar unchalik katta emas va shundoq shahardan tashqariga chiqish bilan yuqoridagi kabi ajoyib tabiat manzaralarini topish mumkin. Hattoki shahar ichida ham yetarli darajada ko’l, daryo va bog’larni topsa bo’ladi.
Irlandiya iqlimi, ayniqsa men o’qiyotgan Cork shahri juda yomg’irli hisoblanadi. Lekin boshqa tomondan havo harorati butun yil davomida 10–20 darajada mo’tadil saqlanib turadi. Bu narsa issiqqa ham sovuqqa ham yo’q bo’lgan odamlar uchun ayni mos keluvchi havo.
Yuqorida Irlandiyada o’qish uchun o’zim e’tibor bergan eng asosiy sabablarni keltirib o’tdim. Albatta, bu kichik davlatda o’qish davomida siz bundan ko’ra ko’proq foyda olishingiz mumkin.
Telegram: https://t.me/musayev_blogi | https://t.me/soyabonli_safar
Blog yuritish va til o‘rganish (IELTS). Qanday qilib blog yuritish IELTSga tayyorlanishda yordam berishi mumkin?
Blogerlik avval va hozir
O‘tgan 2–3 yil ichida tilimizga va hayotimizga blog, bloging va ayniqsa bloger so‘zlari jadallik bilan kirib keldi. Men ham blog yuritishni boshlaganimga 2 yildan oshibdi. 2019 yil blog yuritishni endigina boshlagan paytim, aytish kerakki, odamlarda bu borada tasavvur umuman boshqacha edi.
O‘sha paytda (balki hozir ham) blogerlar siyosiy darajaga chiqib ketgan, ko‘pchilik ularni muammolarni hal qiluvchi najotkor sifatida ko‘rishardi. Menga ham bir necha marta odamlar muammolarini yozib hal qilishda yordam so‘raganlari esimda. Tabiiyki, yordam bera olmaganman. Baʼzida meni Shuhrat Musayev bilan adashtirishlariga esa zo‘rg‘a chidardim.
Bugunga kelib, nazarimda chin maʼnodagi blogerlar soni ancha ko‘paydi. O‘z sohasining mutaxassislari, faol yoshlar, umuman o‘zida jurʼat va kuch topa olgan odamlar bu borada o‘zlarini sinab ko‘rishyapti.
Bloging o‘zi nima?
“Blog yuritish yaxshimi?” savolga javob berishdan oldin bloging o‘zi nima ekaniga kichik taʼrif berib o‘tsam. Bloging — bu istalgan auditoriya to‘plash mumkin bo‘lgan joyda odamlar bilan shaxsiy tajriba, bilim va fikrlarini ulashish va ularning doimiy o‘quvchilari bo‘lishi. Buning uchun jurnalistlik diplomi talab qilinmaydi, lekin o‘ziga yarasha ko‘nikmalarga ega bo‘lish kerak. Agar kimdadir blog yuritishga xohish bo‘lsa uni albatta qo‘llab quvvatlagan bo‘lardim.
Blog yuritishdan qanday foyda olasiz
Ko‘p odamlar uchun blog — bu kundalik, yaʼni unda sizning xotiralaringiz yig‘iladi. Xotiralar esa inson uchun eng qadrli narsalardan;
Blog uchun post yozish davomida fiklaringizni to‘g‘ri tartiblash va yetkazishga o‘rganasiz (asta-sekin);
O‘zini hurmat qilgan blogerlar, postlarda adabiy va xatosiz yozishga harakat qiladi. Sizga ham bu narsa professional faoliyat yoki o‘qish davomida juda asqotadi.
Agar blogda o‘z bilim va tajribalaringiz bilan ulashayotgan bo‘lsangiz, bu narsa sizni yanada kuchli mutaxassisga aylantiradi
Albatta, sizdagi auditoriya yetarli darajada katta bo‘lsa unda buning orqasidan moddiy daromad ham olishingiz mumkin. Lekin buning uchun uzoq vaqt, mehnat va mablag‘ ham talab qilinishini unutmaslik kerak.
Blog yuritishda nimalar qilmagan maʼqul
Shunchaki haypdagi yoki odamlarni tez jalb qiladigan mavzularni olib shu orqali blog yuritmang. Bunday kanallar (ularni blog demagan bo‘lardim) shunchaki odamlarning vaqtini o‘g‘irlaydi xolos. Agar maqsadingiz pul topish bo‘lmasa, bunday qilmang.
O‘zingiz yaxshi tushunmagan yoki sizning fikringiz hech kimga qiziq bo‘lmagan sohalarda yozmaganingiz maʼqul. Masalan, siyosat, turli ijtimoiy jarayonlar, tezkor yangiliklar va hokazo. Ochig‘ini aytsam bu narsa huddi qichqirishga urinayotgan jo‘jaxo‘rozni eslatadi menga. Yaxshisi aniq mavzularni tanlangda faqat shular doirasida yozing. Keyinchalik balki asta-sekin bu doirani kengaytirarsiz
Mavzularni, boshqa joylardagi blogga tegishli bo‘lmagan narsalarni, shaxsiy qiziqishlaringiz va hayotingiz hammasini aralashtirib blogni “shakarop” qilib tashlamang. Bu narsa ochig‘i blogni xunuk qilib qo‘yadi.
Kam yozsangiz ham foydali yozing. Bu maslahat qaysidir maʼnoda oldingising davomi. Blogda kuniga 8 ta narsa chiqishi shart emas, eng saralari chiqsa kifoya.
Bor eʼtiboringizni blogga qaratib, asosiy o‘qish yoki ishdan qolib ketmang. Blog — bu aksariyat hollarda hobbi, hobbi esa tabiiyki bo‘sh vaqtda qilinishi kerak. Blog sizga o‘z ishingizdan ham ko‘proq daromad olib kelmasa albatta
Blogingni til o‘rganish (IELTS)ga nima aloqasi bor?
Suhbatda aytganimdek, ko‘p hollarda ingliz tilidagi muammolar ona tilidagi muammolarga kelib taqaladi. Yaʼni o‘z tilingizda fikringizni chiroyli va tartibli yetkazishni o‘rganmasdan turib chet tilida buni qilish juda qiyin. Foydalar qismidagi 2,3-qismda aytganimdek bloging sizdagi shu muammolarni hal qilishga yordam beradi. Bu narsa ayniqsa Writingda sizga qo‘l keladi (tajribadan o‘tgan)
Nimadan boshlash uchun maslahat kerakmi?
Blogingda menimcha eng qiyini — bu to‘g‘ri mavzu tanlash. Mavzu tanlashda eng oson yo‘li o‘zingiz bilgan va boshqalarga bo‘lisha oladigan qobiliyat yoki bilim doirangizni tanlash. Til o‘rganish bo‘ladimi, matematika, iqtisod, kitob o‘qish, ovqat pishirish, sport yoki fitnes maslahatlarmi farqi yo‘q. Muhimi biror sohada odamlarga ulashish darajasida bilimga ega bo‘lish
Biror narsani chiqarsammi yo‘qmi deb ko‘p ikkilanib hijolat bo‘lmang (albatta u agar yomon narsa bo‘lmasa). Haqiqiy bahoni faqat o‘quvchilar beradi va ko‘p hollarda o‘ylangan narsangizni ular juda yaxshi qabul qilishi mumkin.
Odam soniga eʼtibor bermang. 100 ta odam balki kam ko‘rinar lekin shuncha sondagi omma oldida nutq so‘zlashni tasavvur qilib ko‘ring. Blog ham shunday aslida.
Bonus
Ham bloging ham qilib ham IELTSga tayyorlanmoqchi bo‘lganlar uchun blog yuritishga yaxshi g‘oya: Writing II dagi tez-tez tushadigan mavzularni va yaqin kunlarda tushgan savollarni toping hamda ularga yozish mumkin bo‘lgan idealarni yozib chiqing. Avval o‘zbek tilida keyin yoniga chiroyli inglizcha tarjimasini ham qo‘shishingiz mumkin. Sifatli yurita olsangiz juda tez auditoriya yig’ishingiz mumkin. Shuni qildim deb kelsangiz, albatta blogda tavsiya qilib beraman.
#bloging #interesting #IELTS
Telegram: @musayev_blogi
“Telefoningni shunchaki o’ynashni bas qil, o’zing yangi o’yin yarat” — Barak Obama
Universitetga “Dasturiy injiniring” yo’nalishiga o’qishga kirib hayotimni dasturlashga bog’laganimdan beri, mendan eng ko’p so’ralgan savollardan biri bu “Qanday qilib dasturchilikni o’rgansam bo’ladi?” degan savol bo’lsa kerak. Bu savolga javob berish biroz murakkabligi bois, men bugun o’zim shu kungacha dasturlashni o’rganish uchun bosib o’tgan yo’lim va buning uchun qancha xarajat ketishi haqida gapirib bermoqchiman.
Albatta, hali o’zimni kuchli dasturchi hisoblamaganim bois buni o’zingiz uchun qat’iy qoida emas, shunchaki bir namuna sifatida qabul qilishingizni xohlardim!
Birinchi yil “Dasturlash asoslari yili”
Dasturlash haqida haqiqiy tasavvurni universitetga kirganimdan keyin olganman. Ungacha Informatika testini yechish uchun o’rganilgan Paskalni aytmasa menda dasturlash haqida aytarlik tushuncha yo’q edi. Lekin, menda matematika va mantiq bo’yicha yaxshigina asos bor edi.
Ilk o’rgangan dasturlash tilim C++ bo’lgan, ko’pchilik qatori. Universitetdagi ilk darslardan C++ kompilyatorlarini qanday o’rnatishni va boshlang’ich tushunchalarni olganman. Bu bosqichda umuman qiyin joy yo’q.
1. C++ asoslari.
Dasturlashni o’rganish bo’yicha eng birinchi qo’llanmam, bu Qudrat Abdurahimovning “C++ da dasturlash asoslari video kursi” bo’lgan. Deyarli butun yil shu video kursni o’rganish va undagi masalalarni bitta-bitta erinmasdan ishlab chiqish bilan o’tgan. Aslida bu vaqt me’yoridan ko’proq bo’lsa ham, ketgazgan vaqtimga achinmayman. Chunki bu narsa keyinchalik ham juda katta foyda bergan. Shunindek bu kurs dasturlashni o’rganishda foydalangan o’zbek tilidagi manbalarimning birinchisi va oxirgisi bo’lgan.
Video kurs linki: http://dastur.uz/cpp-dasturlash
Hozirgi vaqtda narxi: 175 000 so’m
Dasturlash kurslarida: 2–3 oyda o’tiladigan kontentni o’z ichiga oladi.
2. Online contestlar
Birinchi yil dasturlash asoslaridan tashqari turli xil online contest saytlarida masalalar ishlash bilan ham o’tgan. Bunday masalalar mantiqiy fikrlashni oshirishga va boshqalardan ko’ra yaxshiroq dasturchi bo’lishda shubhasiz yordam beradi. Aslida haligacha Algoritmlar va ma’lumotlar tuzilmalarini zo’r bilmasligimdan biroz afsuslanaman. Lekin, men bilgan kuchli dasturchilar online contestlarga “o’ta berilib ketish”dan ehtiyot bo’lishni tavsiya etishgan. Demak,
Men foydalangan manbalar:
- TATU Urganch filali Algo sayti (http://algo.ubtuit.uz/). Hozigi vaqtda O’zbekistondagi bunday saytlar ichida birinchi raqamli deb atalishga arziydi.
- TATU ACM sayti (http://acm.tuit.uz/) hozirgi vaqtda ishlamaydi. O’rniga FCoders (https://fcoders.uz/) saytini tavsiya qilishim mumkin.
- Boshqa Ingliz tilidagi online contestorlar haqida oldingi maqolamda yozganman.
Narxi: tekin
Demak, birinchi yil shunday o’tgan. Universitet birinchi kursi ishlari bilan band bo’lib juda ko’p narsa o’rganib yubormaganman. Ammo yaxshi poydevor qurib olganman deyishim mumkin.
Ikkinchi yil “Dasturlashga chuqurroq kirish”
Ikkinchi yil dasturlashni chuqurroq o’rganish bilan o’tgan deyishim mumkin. Bu yilda asosiy o’rgangan tilim Java bo’lgan. Bundan tashqari SQL, Visual C++ va C# tillari bilan ozroq tanishib, ularda kichik dasturchalar ham yozib ko’rganman.
3. Java Core (chuqurlashtirilgan)
Keyingi foydalangan asosiy manbam — bu Udemy saytidagi Java bo’yicha eng yaxshi reytingga ega bo’lgan kurs “Java Programming Masterclass for Software Developers” bo’lgan. Muallifi Tim Buchalka bo’lgan bu kursni o’z ishining ustasi tomonidan yaratilgan shedevr deyish mumkin. Kurs nisbatan katta va mening ko’p vaqtimni olgan, lekin Java asoslarini ipidan-ignasigacha tushuntirib tashlagan. Hozirda Javada yoki Androidda ishlamasam ham bu ketkazgan vaqtimga umuman achinmayman.
Video kurs linki: https://www.udemy.com/java-the-complete-java-developer-course/
Hozirgi vaqtda narxi: $13.79
Dasturlash kurslarida 4–5 oyda o’tiladigan kontentni o’z ichiga oladi.
4. Dasturlash mantig’i
Dasturlashni o’rganish bo’yicha hozircha o’qigan yagona kitobim — bu “Programming Logic and Design, Comprehensive” (Joyce Farrel). Bu kitobni o’qib chiqib, aslida uni dasturlashga endigina kirib kelayotgan barcha yosh dasturchilar o’qib chiqishi kerak ekan degan xulosaga kelganman. Kitob qaysidir dasturlash tili sintaksisiga yo’naltirilmagan, balki u yerdan qanday qilib mantiqli, tartibli va boshqalar uchun ham tushunishga oson bo’lgan kod yozish haqida ilk tushunchalarni o’rganish mumkin. Busiz esa hech qachon professional dasturchi bo’la olmaysiz.
Kitob linki: https://books.google.co.uz/books?id=8Kf5DQAAQBAJ&printsec=frontcover&source=gbs_ge_summary_r&cad=0#v=onepage&q&f=false
Narxi: Men bergan linkda elektron varianti tekin ekan (o’zim ham hayron bo’ldim)
5. SQL asoslari
Universitetning ikkinchi bosqichi davomida SQL asoslarini ham o’rganganman. Aniq qaysi manbadan o’rganganim hozir esimda yo’q. Shuning uchun o’zim hozirda eng yaxshi deb bilgan manbani ulashaman. W3Schools sayti nafaqat SQL balki boshqa tillarni o’rganish uchun ham ajoyib manba, lekin u yerda real loyihalar (kichik bo’lsa ham) ustida ishlanmagani sababli, u yerdagi ma’lumotlarni amaliyotda qo’llash biroz qiyinroq bo’lishi mumkin.
Manba linki: https://www.w3schools.com/php/default.asp
Narxi: O’rganish tekin, sertifikat olish bitta yo’nalish bo’yicha bitta imtihon narxi $95 (ajoyib yondashuv, hurmat qilaman)
Ikkinchi bosqich oxirida JavaFX yordamida 5–6 ta local Desktop dasturlar yaratdim. Ular unchalik katta bo’lmasa ham, lekin ishtiyoq bilan qilingandi va shu orqali qo’shimcha o’rgangan narsam ham ko’p bo’ldi.
Shundan so’ng asosiy vaqtimni ingliz tilimni yaxshilash va IELTS imtihonlari uchun tayyorgarlikka sarfladim. Taxminan bir yil vaqtim ketdi. Lekin shu orada ham kuniga 2–3 soatdan bo’lsa ham dasturlashni o’rganishga vaqt ajratdim.
Uchinchi yil “Professional dasturchilik sari”
Haligach o’zimni “professional” dasturchi deb atolmasam ham, lekin uchinchi yil bu maqsad sari yo’lning boshlang’ich qismi bo’ldi deb aytishim mumkin.
6. Linux OS asosiy tushunchalari
Keyingi faoliyatim Linux OS bilan bog’liq bo’lishini his qilgan holda uning asoslarini o’rganib qo’yishga qaror qildim. Buning uchun Udemy kursi bo’lgan “Learn Linux in 5 Days and Level Up Your Career” kursini tanladim. Kursdan keyin Sistem administratori bo’lib qolmaysiz, lekin Linux OS muhiti haqida tasavvur hosil qilib olish va undagi asosiy kommandalarni o’rganish uchun yetarli.
Kurs linki: https://www.udemy.com/course/learn-linux-in-5-days/
Narxi: O’rtacha $13 atrofida bo’ladi.
7. Git va Github asoslari
Istalgan dasturchining eng asosiy yordamchilaridan bo’lgan Gitni o’rganish men uchun keyingi qadam bo’lgan. Yana o’sha Udemy kurslariga murojaat qilganman. Bu safargi “Git Going Fast: One Hour Git Crash Course” menga tekinga tushgan.
Kurs linki: https://www.udemy.com/course/learn-linux-in-5-days/
Narxi: Men tekin olganman, hozirda $20 atrofida (arzonlashishi mumkin).
8. HTML & CSS
Qaysi yo’nalishni tanlash haqidagi uzoq o’ylanishlardan keyin Web dasturlash sohasini tanlashga qaror qildim. Shundan keyin (3-bosqichga kelib!!!) Web dasturlash asosi bo’lgan HTML & CSS ni o’rganishni boshladim. Bu texnologiyalar va JavaScript haqida ilk tushunchalarimni olgan kurslar umuman boshqa edi, lekin keyinroq Front End bo’yicha boshqa ajoyib manba topdim. Shu sababli birdaniga shularga o’tib ketmoqchiman. TraversyMedia nomli sayt va YouTube kanal yurituvchi Brad Traversyning dars o’tish uslubi ham, chiroyli ingliz aksenti ham juda yoqib qoldi. Hozirda ham uning, aynan, HTML & CSS kursini ko’rib Front End bo’yicha bilimlarimni mustahkamlab olyapman.
Kurs linki: https://www.udemy.com/course/modern-html-css-from-the-beginning
Narxi: Yuqoridagi linkdan kirsangiz $10, aks holda $19
9. OOP ga yo’naltirilgan PHP asoslari
Nima uchun Javani tashlab PHPga o’tganim bu alohida mavzu bo’lgani uchun bunga ko’p to’xtalmayman. Lekin, PHP ni o’rganishda Java bo’yicha bilimlarim juda ham qo’l kelgan. Bir oyga qolmasdan PHP asoslarini ham, uning OOP qismini ham ko’rib chiqdim. Kichik dasturcha ham yaratdim. Bunda yuqoridagi Brad Traversyning “Object Oriented PHP & MVC” kursi qo’l kelgan. Shu orada do’stimdan qanday qilib Linuxda Apache serverini ham o’rnatib, unda Virtual host orqali PHPda yaratilgan saytlarni local tarzda ishga tushirishni ham o’rganib oldim.
Kurs linki: https://www.udemy.com/course/object-oriented-php-mvc/
Narxi: Yuqoridagi linkdan kirsangiz $10, aks holda $19
10. Yii2 frameworki
Web dasturlash uchun asos bilimlarni 3–4 oyda o’zlashtirib olgandan keyin, jiddiyroq mavzularga o’tish vaqti kelgandi. Yii frameworkini o’rganishdagi birinchi qo’llanmam “Фреймворк YII2 с Нуля до Профи” (WebForMyself.com) kursi bo’lgan. Nega birdan ruscha? Chunki bu framework borasidagi eng yaxshi kurslar ruslarga tegishli. Kursdan ko’p narsa o’rganganman va shuni aytishim mumkin: Bu kurs boshlovchilar uchun juda zo’r, lekin o’ta professional darajaga olib chiqish uchun kamlik qiladi.
Kurs linki: https://www.udemy.com/course/yii2-wfs/
Narxi: $19
Albatta, yuqoridagi yo’l bu dasturchi bo’lishning yagona yo’li emas. Men o’z bosib o’tgan yo’limni, shunchaki kimgadir foydasi tegib qolar degan umidda ulashdim. Yuqoridagi sanagan kurslar esa, men o’rgangan narsalarning hammasi emas! Men faqat eng asosiylarini keltirib o’tdim. Bu yerda ba’zi narsalar ortiqcha bo’lishi mumkin, lekin yaxshi dasturchi bo’lish uchun, odatda, bundan ham ko’proq narsa talab qilinadi.
Yuqoridagilardan ko’rib turibsizki, men online kurslarni yoqtiraman, lekin ularning tekinlaridan emas pulliklaridan foydalanishga harakat qilaman. Negaligi haqida keyinroq batafsil gapirishga harakat qilaman. Hozircha hisob kitob qiladigan bo’lsam, hozirgacha bo’lgan manbalar umumiy $100 atrofida ekan. Menimcha 3 yil uchun juda ham arzon.
Albatta, men shu joyda to’xtab qolmoqchi emasman va keyingi postda sizlar bilan yaqin kelajakda o’rganmoqchi bo’lgan narsalarim haqida gapirib beraman.
Maqolani do’stlaringizga ham ulashing va ularni majburlab meni kanallarimga a’zo qiling. Mediumda akkauntingiz bo’lsa, 50 marta qarsak ham chalib tashlang :-).
Fikr bildiring, tanqid qiling va izoh qoldiring!
Telegram kanalim: https://t.me/qudratxoja_musayev
YouTube kanalim: https://www.youtube.com/channel/UCCvxS_ZtCf67_bQd6Q_qEaw
O’zi aslida nima qilish kerak
Kichik birlikni o’rganish uchun, katta birlikka…
Til o’rganishda bir qoidani esdan chiqarmaslik kerak:
Kichik birlikni o’rganish uchun, doimo bir daraja katta birlikka murojaat qilish kerak.
Bu qoidani o’zim bilgan ingliz tili misolida tushuntirishga harakat qilaman. Ingliz tilida i harfi qanday talaffuz qilinishini bilasiz to’g’rimi? To’g’ri yakka holatda [ai] ko’rinishida. Lekin, interesting so’zidagi ikkala i ham qanday o’qiladi: oddiygina [i].
Aytmoqchi bo’lganim ingliz tilida (rus tilida ham) tovushlarning to’liq to’g’ri talaffuzini o’rganish uchun alifbo kamlik qiladi. Shu tovush ishtirok etgan so’zlar talaffuzini o’rganish kerak.
So’zlarni o’rganish uchun esa, uning individual holatdagi ma’nolari kamlik qiladi. Ularni to’g’ri va joyida ishlata olish uchun ular ishtirokidagi so’z birikmalari (collocations) ni o’rganish kerak.
So’z birikmalarini to’g’ri ishlatishni o’rganish uchun ular ishtirok etgan gaplarni ko’rib chiqish kerak. (Albatta, yodlash shart emas)
Hattoki, til uchun gap ham oxirgi nuqta emas. Aynan qaysidir jumlalar va gaplarni to’g’ri ishlata olish uchun ular ishtirok etgan dialoglarni o’qib ko’rish mumkin. Masalan, “You’re welcome!” iborasini qanday holatlarda ishlatish mumkinligiga qiziqib ko’ring.
Lug’at daftar tutishning konservativ usuli
Lug’at daftaringizni tutish usulingizni o’zgartiring!
Men sizga taklif etmoqchi bo’lgan uslub qiyin va u odatiy uslubdan 2–3 marta ko’p vaqt olishi mumkin. Lekin samarasi odatiy usuldan 5–6 marta ko’p bo’lishi aniq va siz bir so’zni qayta-qayta yodlashga to’g’ri kelmasligingiz ehtimoli yuqori. Bu usul so’zni shunchaki passiv so’z boyligingizga emas, aktiv
so’z boyligingizga qo’shilishiga ham yordam beradi. Demak, lug’at daftaringiz tahminan quyidagi ko’rinishda bo’lishi kerak:
Rasmni ko’rib qo’rqib ketmang. Bilaman u yerda ma’lumot juda ko’p. Lekin, odatiy lug’atda sizga so’zni eslatib turuvchi faqat bitta ko’rsatkich bo’lsa, bu yerda naqd 5ta. Bu usul men o’zim o’ylab topgan qandaydir “innovatsion” usul emas, aksincha o’ta konservativ usul. Lekin bu usulni ham Oxforddagilar va boshqa til o’rganish eksportlari tavsiya etgan.
Albatta, bu yerda ba’zi narsalarni (so’z turkumi, sinonimlar, so’z darajasi) yozish yoki yozmaslik ixtiyoriy bo’lsa ham, men ularni iloji boricha qo’shib borishni tavsiya etgan bo’lardim. Ayniqsa so’z sinonim va antonimlarini yozish orqali siz bir paytning o’zida shu so’zlar bilan ham tanish bo’lib borasiz.
So’z birikmalari va gaplarga kelsak, ular juda ham muhim. Chunki aynan ularni ko’rish, o’rganish orqali siz yangi so’zni to’liq o’rganib, vaqti kelganda ishlata olishingiz mumkin.
Albatta, “Buuuncha narsani qayerdan olamiz?” deb so’rashingiz mumkin. Shu yerda ham ustozim Abdulla Umixanovning gapini eslab o’taman:
“Eng yaxshi lug’at bu bir tilli lug’at!”
Bir tilli lug’at — bu “ingliz-ingliz”, “rus-rus” ko’rinishidagi lug’at. Ya’ni unda so’zning ma’nosi o’sha tilda izohlab beriladi. Bunday lug’atning yaxshi tarafi sizning miyangiz to’liq o’sha tilga sozlanib oladi va uyoqdan buyoqqa sakramaydi.
Albatta, bunday lug’atga boshlang’ich (beginner) darajadan to’liq o’tib ketib bo’lmaydi. Siz buning uchun bazaviy (kamida 1000–2000 ta) so’z boyligini yig’ib olishingiz kerak. Lekin, bunday lug’atdan sinonim, so’z birikmalari va misollarni topishda har doim foydalanish mumkin.
O’zim foydalanadigan lug’atlarning online variantlarini taklif qilishim mumkin: Longman Dictionary va Oxford Dictionary. Bu lug’atlardan yuqorida sanab o’tgan barcha narsani topishingiz mumkin.
Shu o’rinda yana bir qiziq joyi bor. E’tibor bergan bo’lsangiz men so’z talaffuzini qo’shmaganman. Chunki hozirda bu narsani keraksiz deb hisoblayman. To’g’ri talaffuz emas, albatta, uni yozish keraksiz. Sababi ingliz tilidagi so’zlarning transkripsiyasini to’g’ri o’qish uchun ham undagi belgilar qanday to’g’ri talaffuz qilinishini bilish kerak )). Buning o’rniga yana o’sha online lug’atlarga murojaat qiling. U yerda kichikkina karnay belgisi bor. Shundoq bossangiz so’zni chiroyli qilib o’qib beradi. Ikki uch marta eshitib o’rganib olish mumkin. Ba’zi lug’atlarda ham britancha, ham amerikancha varianti bor. Buyog’i sizning tanlovingiz.
Yuqoridagi usulga qo’shimcha tavsiyalar:
Ingliz tilida bazaviy so’z miqdori 3000 ta. Bu IELTSdan 7 olish uchun kamlik qiladi, lekin ingliz tilini bemalol tushunib unda gapirishni boshlashga yetadi. Har holda Oxforddagilar shunday deb hisoblashadi. Men esa ularga ko’p e’tiroz bildirmoqchi emasman )). Ular bu so’zlar ro’yhatini ham tuzib qo’yishgan. O’zim ham shu ro’yhatdan boshlaganman. Lekin, “an’anaviy” usulda va ikki martalab yodlab chiqishga to’g’ri kelgan. To’g’risi o’sha vaqtda yozayotgan narsalarimni bilmaganimga afsus qilaman.
Bir kunda koooo’p so’z yodlashga harakat qilmang. Men maksimum 20 ta yodlashni tavsiya etaman. 3000 ta so’z uchun ko’p vaqt ketadi deb o’ylaysizmi. Har kuni 20ta so’z yodlang, to’xtovsiz, HAR KUNI!. Xoh u yakshanba bo’lsin, xoh bayram, xoh tug’ilgan kuningiz bo’lsin. Unutmang “Tez — bu sekin, ammo to’xtovsiz”.
So’z ishtirokidagi 2 ta gapni lug’atdan ko’chirishingiz mumkin. Lekin bundan tashqari hayolda yana 2 ta 3 ta gap tuzib ko’ring. Hafta davomida o’rgangan so’zlaringizdan foydalanishga harakat qiling. Bu aktiv lug’atni oshiradi.
So’z yodlash uchun “Mana endi so’z yodlayman” deb alohida vaqt ajratib o’tirish shart emas. Kunlik so’zlaringiz yozilgan varoqni oldingizda olib yuring. Yo’ldagi, avtobusdagi, biror nimani kutayotgan vaqtingizdan unumli foydalanib ularni yodlang. Faqat yo’ldan o’tayotganda ehtiyot bo’ling )). Men o’zim ham shunday qilardim.
Kino ko’rish masalasi
Ingliz tilida kino ko’rish yoki musiqa eshitishga qarshi emasman. Bu narsalarni o’ta zerikkan vaqtingiz qilishingiz mumkin. Lekin, men samaraliroq usullar tavsiya qilmoqchiman.
Kino emas, multfilm ko’ring. Nega? Sababi multfilmlar bolalar uchun ishlanadi va u yerda tushunarliroq til ishlatiladi, jargonlardan qochiladi. Agar multfilm ham tushunarsiz bo’lsa, uning yosh darajasini pasaytiring. Shunda til darajasi ham yana ham soddalashadi. Boshlang’ich va o’rta darajadagi o’rganuvchilar uchun ayni muddao. Keyinchalik asta-sekin darajani oshirib boraverasiz. Ha aytgancha, men kinodan ko’ra multfilm ko’rsam mazza qilaman ))
Musiqa emas, audio kitob tinglang. Bu narsa hatto multfilm ko’rishdan ham ko’ra foydaliroq. Chunki audio kitob eshitish uchun alohida vaqt ajratish shart emas. Biror ish qilayotib ham eshitish mumkin. Muntazam audio kitob eshitish bir oy ichida sizning eshitib tushunish qobiliyatingizni sezilarli darajada oshirishiga men kafil. Har holda menda shu narsa sezilgan. Va albatta, kitob musiqadan ko’ra ma’noliroq bo’ladi.
Buning uchun lelang.ru saytini tavsiya qilaman. U yerda kitoblar Starter darajadan boshlab, Advanced darajagacha bor. 6 xil darajada. Men eng boshidan boshlaganman. Sizga ham shuni tavsiya qilaman. Ha aytgancha, bu saytda ingliz tilidagi kinolarni ham, multfilmlarni ham topishingiz mumkin, subtitrlari bilan. Hammasi tekin.
Bundan boshqa tavsiyalarim ham ko’p ekanku, hammasini aytib qo’ysam keyingi safarga hech narsa qolmay qolar ekan. ))
Yakuniy xulosa:
“Nimanidir bilaman deb hisoblashdan oldin yana bir o’ylab ko’ring. Odatiy lug’at daftar tutish uslubidan voz keching. Aktiv so’z boyligingizni passiv so’z boyligingizga yaqinlashtirishga harakat qiling. Audio kitob eshiting. Zeriksangiz multfilm ko’ring (chet tilida albatta). Shoshilmang, lekin to’xtovsiz o’sib boring.”
Bundan ham muhimi:
Maqolani do’stlaringizga ham ulashing va ularni majburlab meni kanallarimga a’zo qiling. Mediumda akkauntingiz bo’lsa, 50 marta qarsak ham chalib tashlang :-).
Fikr bildiring, izoh qoldiring, tanqid qiling!
Telegram kanalim: https://t.me/qudratxoja_musayev
YouTube kanalim: https://www.youtube.com/channel/UCCvxS_ZtCf67_bQd6Q_qEaw
Ingliz tilini o’rganishni boshlagan paytimdagi birinchi qo’shimcha dars esimda. Birinchi darsda bizga ustozim, Abdulla Umixanov, “To be” mavzusini tushuntirishni boshlagan. Tabiiyki, guruhdagi ko’pchilikning bundan ensasi qotgan. Chunki ko’pchiligimizga bu mavzu tanish edi. Ya’ni, biz bu mavzuni “bilar” edik. Ustozim ham buni sezib bizga qarab shunday degan:
“Bilaman, ko’pchiligingiz “Obbo, yana shu “To be”ni o’tamizmi?! Bu mavzuni bilamizku, boshqa narsa o’tsak bo’lmasmikun?!” deb o’ylayabsizlar. Lekin “bilish” bu biror narsani o’rganishning eng birinchi bosqichi, ya’ni piramidaning eng tagi” deb, doskaga mana bu rasmni chizgan:
“Sizlarning “bilaman” deganingiz bu hali endi boshlang’ich payt. Sizlar faqat “am, is, are” nima ekanligini bilasizlar. Lekin, testda shu mavzuda xato qilmasligingizga ishonasizlarmi? Yoki gapirayotganda, o’ylanmasdan shu 3 tasidan birini tanlay olasizlarmi? Bular “tushunish” bilan “ishlata olish” bosqichlari. Ho’p, endi kim “To be” mavzusini bilaman desa qo’l ko’tarsin” deb ustozim o’z gapini tugatdi. Tabiiyki, hamma jim va biz boshida nazarimizga ilmagan mavzumizni astoydil o’rganishga kirishganmiz.
O’sha kuni men o’zim uchun darsdan katta saboq olganman “Biror narsani bilaman deb nazarga ilmaslik, bu shu narsani hech qachon to’liq o’rganmaslikka va uni ishlata olmaslikka eng asosiy sababchi bo’lar ekan”.
Qisqa hikoyam ham yaxshigina cho’zilib ketdi. Endi asosiy qismga o’tamiz. Men bugun sizlarga til o’rganishdagi, aniqrog’i so’z boyligini oshirishdagi ba’zi bir xatolar haqida va ularga o’zim to’g’ri deb bilgan maqbul yechimlar haqida aytib bermoqchiman.
Undan oldin esa sizlarga Passiv va Aktiv so’z boyligi nima ekanligi haqida ozgina tushuntirib o’tsam. Busiz mening gaplarimni yaxshi tushunmasligingiz mumkin.
Passiv va Aktiv so’z boyligi nima?
Inson biladigan har qanday tildagi (o’z ona tilida ham, horijiy tilda ham) so’z boyligi ikki turga bo’linadi: passiv va aktiv.
Passiv so’z boyligi — bu biror tildagi siz ma’nosini biladigan, lekin amalda (so’zlashishda va yozishda) kam qo’llaydigan yoki umuman qo’llay olmaydigan so’zlaringiz.
Aktiv so’z boyligi esa — bu shu tildagi siz kundalik hayotda (so’zlashishda) va yozishda bemalol qo’llay oladigan so’zlaringiz.
Qisqa qilib aytadigan bo’lsak, passiv so’zlar — bu o’qish va eshitishda (reading and listening) tushuna oladigan so’zlaringiz bo’lsa, aktiv so’zlar yozish va so’zlashishdagi (writing and speaking) so’z boyligingizdir.
Har doim aktiv so’z boyligi passiv so’z boyligining bir qismi bo’ladi. Huddi quyidagi rasmda tasvirlangandek:
Image source: Learning A Foreign Language — Romain Pellerin’s Blog
Yuqorida aytganimdek bu narsa, hatto, odamning o’z ona tilisiga ham tegishli. O’rganilgan horijiy tildan yagona farq odamning o’z ona tilidagi aktiv so’z boyligi bilan passiv so’z boyiligining orasidagi farq minimal holatda bo’ladi. Yuqoridagi va pastdagi rasmlar kabi deb tasavvur qilishingiz mumkin:
Passiv va aktiv so’z boyligi orasida doimo farq bo’lishi bu tabiiy holat. Lekin,
Horijiy tilni bilish darajangiz qanchalik ko’p so’z bilishingiz bilan emas, balki aynan passiv va aktiv so’z boyligingiz orasidagi farqni qay darajada minimallashtira olganingizga qarab belgilanadi!
Horijiy tildagi kino ko’rgan bilan u tilda gapirib qolmaysiz!
Yuqoridagi gapimdan keyin menga e’tirozlar bilan hujum qilishdan oldin, iltimos, maqolani oxirigacha o’qib chiqing.
Juda ko’p holatlarda til o’rganayotgan odamlar faqatgina passiv so’z boyligini oshirishga e’tibor qaratadi. Buni atayin qilishmasa ham, ular qo’llaydigan “an’anaviy” usullarning ko’pchiligi shunga xizmat qiladi. Natijada esa, yillab biror tilni o’rgangan bilan uni qo’llashda doimo ikkilanish va to’xtalish kuzatiladi. Hozir shu usullar va ularning ba’zi salbiy jihatlari haqida gapirib o’tmoqchiman.
Birinchi navbatda, biz so’z yodlash uchun tutadigan “an’anaviy” lug’at daftarlarga e’tibor bering
Image source: Basic French Vocab | Language Exchange Amino
Tillarga emas, daftardagi usulga e’tibor qarating: faqat so’z — uning tarjimasi. Bu deyarli hammamiz ishlatadigan usul (shu qatori qachonlardir men ham). So’zni yozib, uning yoniga tarjimasini yozib, shu bilan uni yodlab yuraveramiz. Bu usulning bir nechta salbiy taraflari bor:
Birinchidan, bunda siz bitta so’zni bir necha marta yodlashingizga to’g’ri kelishi mumkin. Sababi sizga so’zni ko’rganingizda uni esga soluvchi faqat bir narsa — uning tarjimasi bor xolos. Agar siz so’z tarjimasini eslay olmasangiz, butunlay so’z haqida ma’lumot yo’q degani. Vaqt o’tishi bilan esa bu bittayu-bitta ko’rsatkichning ham esdan chiqish ehtimoli yuqori.
Ikkinchidan, bu usul sizni maqolam boshida aytib o’tgan “bilaman” deb ataluvchi boshi berk ko’chaga olib kirib qo’yadi. Ya’ni siz biror so’zni yodlaysiz, uni ko’rganda ma’nosini ham eslay olasiz, lekin ishlata olmaysiz, yoki xato ishlatasiz. Bundan ham yomoni siz o’sha so’zni qaytarib chiqishni istamaysiz. Bu so’zni ko’rganingizda miyangizda “Bu so’zni bilamanku” degan hayol sizni to’xtatib qolaveradi. Oxir oqibat yakuniy natija yaxshilanmay qolaveradi.
Bu usuldagi uchinchi muammoni misol bilan tushuntiraman. Ingliz tilida tish so’zining tarjimasini bilasizmi? Ha to’g’ri tooth. Olmoq so’ziningchi? Ha topdingiz, take. Xo’sh endi savol: tish oldirmoq ingliz tilida qanday bo’lishini bilasizmi? Take tooth? Get tooth? Yoki sal grammatik jihatdan to’g’irlab Get a tooth taken mi? Aslida tish oldirmoq ingliz tilida have a tooth out bo’ladi. Menimcha muammoni tushundingiz. Siz yuqoridagi holatda horijiy tildagi so’zlarni individual holatda o’rganasiz. Lekin, so’zlar tilda hech qachon yolg’iz ishlatilmaydi.
2. Horijiy tilda kino ko’rish yoki musiqa eshitishga kelsak. Bu narsalarni foydasiz deyishdan yiroqman. Bular sizning eshitib tushunish, talaffuz qobiliyatlaringizni shubhasiz oshiradi. Lekin, bular ham, asosan, sizning passiv so’z boyligingiz oshishiga xizmat qiladi. Endigina til o’rganishni boshlagan, hali bazaviy so’z boyligi ham kam bo’lgan odamga esa bu narsalardan oladigan foydasi juda ham kam bo’ladi. Har holda bu darajadagi o’rganuvchilar alohida o’tirib kino ko’rish uchun sarflangan 2 soatni foydaliroq va samaraliroq usullarga sarflashlari mumkin.
Yaxshi “an’anaviy” usullar va ulardagi muammolarni bilib oldik. Endi men sizlarga til o’rganishda o’z tajribamdan kelib chiqqan tavsiyalarimni bermoqchiman.
O’zi aslida nima qilish kerak
Maqola uzun bo’lib ketgani uchun Medium meni yozishga qo’ymayapti. Shuning uchun 2–qismda ko’rishamiz ))
Ungacha maqolani boshqalar bilan ulashib, telegram blogimga ularni ham a’zo bo’lishga majburlab turinglar :-)
Telegram kanalim: https://t.me/qudratxoja_musayev
YouTube kanalim: https://www.youtube.com/channel/UCCvxS_ZtCf67_bQd6Q_qEaw
“Sharing is caring”
Image source: VideoBlocks
“Imkoniyatlar har kuni ham uchrayvermaydi, shu sababli ular uchragan payt ularni ushlab qola bilish kerak” — Audrey Hepburn
Avvalambor bu maqolani o’qib turgan barchaga Assalomu alaykum. Bu maqola mening shaxsiy maqolalarim turkumidan eng birinchisi, kelajakda doimiy rivojlanib borish uchun, iltimos albatta izohlaringizni qoldiring.
Bu maqolani o’qiyotgan ekansiz, katta ehtimol bilan men haqimda bilasiz, shuning uchun o’zim haqimda yana gapirib o’tirmayman. Agar hali ham bilmasangiz, https://t.me/qudratxoja_musayev/7 bu yerda batafsil yozib o’tganman.
Bugun sizlarga chet elga grantlarni qayerlardan topish mumkinligi va o’zim asosan qaysi manbalar va usullardan foydalanishim haqida gapirib bermoqchiman.
Boshladik…
Hali endi IELTS imtihonlariga tayyorlanib yurgan va birinchi marta chetda o’qish xohishi tug’ilgan paytlari bunga moliyaviy tomondan imkonim bo’lmagan, faqatgina qandaydir grant yutish orqali chetda o’qish imkoniyati paydo bo’lishini yaxshi bilardim. Shundan keyin shu kabi grantlarni qidira boshladim. Boshida kimdan so’rashni, qayerdan qidirishni bilmaganman. Googleda soatlab u sahifadan, bu sahifaga o’tib yurardim. Hozirgi paytga kelib qo’limda ancha-muncha yaxshi manbalar yig’ilib qoldi. Ular haqida qo’ldan kelgancha gapirib beraman.
Online resurslar
Agar chet elda o’qish uchun faqat o’qish joyingiz tomonidan beriladigan imkoniyatlarni qidirsangiz deyarli hech narsa topolmasligingiz mumkin. Grantlarni izlash uchun eng yaxshi joy bu internet. Bu yerda imkoniyatlar siz tasavvur qilgandan ham ko’p. Shunchaki o’zingizga mosini topa olsangiz kifoya.
Global resurslar
Opportunities Corner. Men hozircha bilgan manbalar ichida eng yaxshisi, bu yerda istalgan yo’nalishda grantlar topishingiz mumkin: o’qish, stajirovka, internship, fellowship, exchange, conference. Eng asosiysi kontent juda boy.
OYA Opportunities. Bu saytni yaqinda uchratib qoldim. Bu yerda ham e’lonlar ko’pligi qiziqtirdi.
YouthOp. Huddi yuqoridagi saytlarga o’xshash.
Bu uchchala sayt ham eng avvalo, yaxshi tashkil qilingani va ko’p ma’lumotlar borligi bilan e’tiborimni tortgan. Bitta kamchilik tarafi, bu yerdagi ba’zi e’lonlardagi grantlarga O’zbekistondan hujjat topshirib bo’lmaydi. Chunki bu saytlar global miqyosda ishlaydi.
O’zbekistondagi resurslar
O’zbekcha sifatli manbalar ko’p emas. Lekin qidirsangiz topish mumkin. Men o’zim bilgan ikkitasini keltirib o’taman:
Grants and opportunities kanali. Ko’pchilik bu kanal haqida hali bilmasa kerak. Bu kanal yangi ochilganiga qaramasdan menga faoliyati juda yoqyapti. Bitta kamchilik sifatida kontent faqat inglizchada ekanligini ko’rsatish mumkin. (Albatta, chetga chiqmoqchi bo’lgan odamga bu muammo bo’lmasligi kerak)
Grantlar.uz sayti va telegram kanali. Bu saytni juda ko’pchilik yaxshi biladi. Juda uzoq vaqtdan beri ishlab keladi. Yaponiyaga yutgan grantimni shu yerdan topganman. Lekin oxirgi paytlar reklama juda ko’payib ketgani yoqmayapti. Bundan tashqari eng yaxshi grantlarni premiumga (pulli) qismga joylashtirishadi. Albatta, ular ham ishlariga yarasha foyda ham olishlari kerak.
Foydali tavsiyalar
Bu men grantlarni topishda foydalanadigan online resurslar edi. Bundan tashqari yana qanday manbalar va usullar borligi haqida ham o’z maslahatlarimni aytib o’tmoqchi edim.
Har bir universitetning xalqaro aloqalariga javob beruvchi xalqaro bo’limi bor. Agar siz universitetingizdagi alohida grantlar haqida ma’lumot olmoqchi bo’lsangiz, shu yerga murojaat qilishingiz mumkin. Tortinmang, u yerdagilarni bo’sh vaqtini topib albatta o’zingizga kerakli ma’lumotlarni oling.
TATU talabalari uchun , bizning universitet xalqaro bo’limi sahifasi:
https://tuit.uz/uz/xalqaro-aloqalar-bolimi
va bizdagi talabalar almashinuvi (exchange) bo’yicha ma’lumotlar sahifasi: https://tuit.uz/en/exchange-programs.
Bo’lim boshlig’i Javlon aka Abdujalilov juda ham samimiy odam.
Do’stlaringiz bilan ma’lumot almashib turing. Grant topish uchun bir o’zingiz harakat qilsangiz, bu ham qiyin ham zerikarli bo’lib qolishi mumkin. Shuning uchun shunday qiziqishi bor do’stlaringiz bilan doimiy manbalar almashib turing.
Oldin grant yutganlardan maslahat oling. Agar sizda oldin grant yutgan tanishlaringiz bo’lsa, bu juda yaxshi imkoniyat. Ulardan ham maslahatlar so’rang. Ular qanday qilib bunday grantlarni topgani va jarayon haqida maslahat oling.
Boshqa manbalar
Albatta, men sanab o’tgan manbalar va resurslar bu dengizdan tomchi. Bundan tashqari UGRAD (exchange program), Fulbright, DAAD, Erasmus+, El-yurt umidi (magistr) kabi bizning va boshqa mamlakatlarning mashhur government scholarshiplari mavjud. Bular haqida ham alohida internetdan topib o’qib ko’ring.
Eslatma: Bu jarayonda qiyin ish grantlarni topishda emas, balki ularning ichidan o’zingizga mosini ajratib olib shunga hujjat topshirish uchun kuch topa olishda.
Maqola haqidagi fikrlaringizni kutib qolaman. Agar maqoladan foydali narsa topgan bo’lsangiz, albatta uni boshqalarga ham ulashing.
Telegram kanalim: https://t.me/qudratxoja_musayev
YouTube kanalim: https://www.youtube.com/channel/UCCvxS_ZtCf67_bQd6Q_qEaw
“Sharing is caring”
Source: medium.com
“Rekursiya nimaligini tushunish uchun oldin rekursiya nimagligini tushunish kerak” — Stephen Hawking
Rekursiya bilan tanishish uchun kichik hikoyacha ham o’qib oldik. Endi uning ta’rifi, qanday ishlatilishi va o’zi nima uchun u kerakligi haqida ham gaplashamiz.
Rekursiya ta’rifi
Ta’rif: Funksiya o’ziga o’zi to’g’ridan-to’g’ri yoki qandaydir vosita orqali murojaat qilish jarayoniga rekursiya deyiladi va bunday funksiya rekursiv funksiya deb ataladi.
Hikoyadagi misolga qaytadigan bo’lsak, Abdullajon u yerda summa() nomli funksiya natijasini hisoblash uchun unga bir necha marta qayta murojaat qilishiga to’g’ri keldi. Aynan shu narsa rekursiyaning mohiyatini tashkil qiladi.
Lekin, shunchaki ta’rif yordamida to’g’ri va xatosiz ishlovchi rekursiv funksiya tuzish qiyin, buning uchun rekursiv funksiyaning asosiy shartlarini yaxshi bilish kerak.
Rekursiyani to’g’ri tashkil qilish shartlari
Har qanday to’g’ri tuzilgan rekursiya asosini ikkita shart tashkil qiladi.
Rekursiya asos sharti
Funksiyaning o’ziga o’zgartirilgan argument bilan murojaat qilish.
Rekursiv funksiya qaysidir vaqtga kelib o’ziga murojaat qilishni to’xtatishi kerak bo’ladi. Aynan shu narsani rekursiya asos sharti ta’minlab beradi. Hikoyamizdagi misolga qaytadigan bo’lsak, Abdullajon summa() funksiyasiga bir necha marta murojaat qildi va oxirida funksiyaga keluvchi arrayda faqat bitta element qolganda to’xtadi. Bu masala uchun arrayda yagona element qolishi asos shart bo’lib xizmat qiladi va shu yerga yetganda dastur to’xtashi kerakligini bilib oladi. Rekursiv funksiya tuzishda asos shartni to’g’ri qo’yish juda ham muhim hisoblanadi. Hali bunga yana to’xtalamiz.
Keyingi shartda o’zgartirilgan argument deganda, odatda masala boshidagi argumentdan kichikroq argument tushiniladi (ba’zi hollarda kattaroq bo’lishi mumkin). Misolimizda, Abdullajon har safar summa() funksiyasiga murojaat qilganda undagi array hajmini bittaga kamaytirib bordi. Bu narsa ham juda muhim, chunki bir xil argument bilan qayta-qayta murojaat qilinganda yoki argument notog’ri o’zgartirilganda funksiya o’zini cheksiz marta chaqirishiga to’g’ri kelib qoladi. Bu haqida ham batafsil yana gaplashamiz.
Nima uchun rekursiya kerak
Aslini olganda, har qanday rekursiv ishlangan masalani iterativ usulda ishlash mumkin va buning aksi ham to’g’ri.Buning ustiga rekursiv yechim har doim xotiradan qo’shimcha joy talab qiladi.
Shunday ekan, nima uchun unda rekursiya kerak? Albatta, buning yetarlicha sabablari bor:
Rekursiya deyarli hamma joyda ishlatiladi. Ya’ni, lo’nda qilib aytganda undan qochib qutilishning iloji yo’q. Harakat qilib ko’rish esa qimmatga tushishi aniq )
Ba’zi holatlarda rekursiv yechim ancha soddaroq. Ayniqsa, ba’zi masalalarning iterativ yechimi juda ham uzun bo’lib ketishi mumkin. Rekursiya esa kodni bir necha barobar qisqartirib berishi mumkin.
Aksariyat tuzilmalar va algoritmlarni rekursiyasiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Tree, Graph, Heap, QuickSort, MergeSort, … Bu ro’yhatni juda uzoq davom ettirish mumkin. Ayniqsa, murakkab tuzilmalar bo’lgan Tree va Graphlarda rekursiya har qadamda uchraydi. Dasturchilikni esa ularsiz tasavvur qilib bo’lmaydi, bu esa o’z o’rnida rekursiya qanchalik muhimligini belgilab beradi.
Rekursiya funksional dasturlashning asosiy elementlaridan hisoblanadi. Hali funksional dasturlash haqida eshitmagan bo’lsangiz u haqida ma’lumot axtarib o’qib ko’rishni maslahat beraman. Bir so’z bilan aytganda, hozirda dasturlash sohasi jadallik bilan funksional dasturlash paradigmasi tomon ketmoqda (Go va Scala yorqin namunalar).
Yana bir qiziq ma’lumot, shunday dasturlash tillari borki ularda umuman takrorlanish operatorlari yo’q va bu borada butunlay rekursiyaga tayanadi. Haskell va Erlang shular jumlasidan.
Albatta, bularning barchasi rekursiyani takrorlash operatorlaridan butunlay ustunligini anglatmaydi. Aslida, ko’p hollarda dasturchilar rekursiya ishlatishdan qochishadi. Buning asosiy sabablari esa:
Rekursiya har doim xotiradan qo’shimcha joy talab qiladi. Bu haqida Call stack mavzumizda gaplashamiz.
Rekursiv yechimda xato qilib ehtimoli yuqori. Avval ham aytganimizdek, rekursiya juda ham chalg’ituvchi. Shu sababli, uni ishlatishda osongina xato qilib qo’yish mumkin.
Rekursiv yechimni xatosini topish qiyin. Bunday masalalarda xato qilib qo’yish ehtimoli yuqori bo’lishi bilan birga uni topib to’g’irlash ham qiyin bo’lishi mumkin. Buning asosiy sababi, bunday yechimlarni tasavvur qilib olish (hayolan debug qilish) juda qiyin.
Rekursiv algoritmning murakkabligini hisoblash ko’pincha juda murakkab. Hattoki, ba’zan to’g’ri yechimni yozishning o’zi ham kam bo’lib qolishi mumkin. Chunki, uni iterativ yechim bilan solishtirishda uning murakkabligini hisoblash kerak bo’ladi. Rekursiv algoritmlarda bu ko’pincha juda murakkab va yaxshigina matematika talab qiladi.
Bu darsimizda sizlar bilan rekursiya haqida umumiy va uning avfzalliklari va kamchiliklari haqida haqida gaplashdik. Umid qilamizki, bu narsalar sizni cho’chitib qo’ymadi.
Eng muhimi, hozir sizdan bu mavzuni to’liq tushunish talab qilinmaydi. Shunchaki hozircha qandaydir tasavvur va bilimga ega bo’lish va keyinchalik ularni rivojlantirib borish yetarli!
Va vanihoyat keyingi darsimizda, birinchi rekursiv funksiyamizni yozib ko’ramiz.
Maqolani foydali deb hisoblasangiz uni do’stlaringizga ham ulashing!
Manba: @AlgorithmUz telegram kanali
YouTube kanalimiz: Algorithms Uzbekistan
“Eng yaxshi reklama — bu mamnun mijoz tomonidan qilingan reklama” — Philip Kotler
Source: medium.com
“Rekursiya nimaligini tushunish uchun oldin rekursiya nimagligini tushunish kerak” — Stephen Hawking
Rekursiya — bu dasturlashning eng chalg’ituvchi bo’limlaridan, shuning uchun ham uni tushunishga va undan to’g’ri foydalanishga ko’pchilik qiynalishi aniq. Lekin, rekursiya dasturlashning eng murakkab masalalarining asosi hisoblanadi, shuning uchun ham uni yaxshi tushunish va to’g’ri ishlata olish juda ham muhim.
Rekursiya nimaligini tasavvur qilish uchun, oddiy hikoya tarzida misol keltirmoqchiman.
Kichik hikoya…
Abdullajon, yosh va qobiliyatli dasturchi. Bir kuni uning ustozi unga bir oddiy masala berdi. Butun sonlardan iborat array elementlari yig’indisini topish. Lekin, bitta shart buni takrorlanish operatorlaridan foydalanmagan holda amalga oshirish kerak.
Abdullajonni bu masala juda o’ylantirib qo’ydi, chunki u qanday qilib takrorlanishlarsiz buni qilishni bilmasdi. U 3 kun o’ylagandan so’ng quyidagi fikr hayoliga keldi.
Image source: Being The Parent
Abdullajonda [10, 20, 30, 40] array bor va u qo’shish amalini bemalol ishlatishi mumkin.
Abdullajon o’yladi, agar masalni quyidagi ko’rinishda yozsa ham uning natijasi o’zgarmaydi 10 + [20, 30, 40]. Bunda unga o’ng tarafdagi array yig’indisi kerak bo’ladi.
[20, 30, 40] array yig’indisi 20 + [30, 40] bilan bir xil. Huddi shunday ishni [30, 40] array bilan ham qilish mumkin, ya’ni uning yig’indisi 30 + [40] ga teng.
[40] arrayda esa bittagina element bor uning yig’indisi esa tabiiyki o’sha element o’ziga teng.
Demak, Abdullajon [40] array elementlari yig’indisi 40 ga teng ekanligini biladi. Bu bilan u 30 + [40] ni 70 ekanligini, buni bilgan holda esa 20 + [30, 40] = 20 + 70 = 90 ekanligini va shunday qilib yakunda natija 100 ekanligini topishi mumkinligini bildi.
Abdullajon, ustoziga o’z yechimini ko’rsatganda ustozi uni Rekursiya nima ekanligini tushunib yetgani bilan tabrikladi.
Rekursiyaning rasmiy ta’rifi va uni o’rganish nima uchun muhimligi haqida keyingi darsda gaplashamiz.
Maqolani foydali deb hisoblasangiz uni do’stlaringizga ham ulashing!
Manba: @AlgorithmUz telegram kanali
YouTube kanalimiz: Algorithms Uzbekistan
“Eng yaxshi reklama — bu mamnun mijoz tomonidan qilingan reklama” — Philip Kotler