Stories by Khumoyun Inoyatov on Medium
Ishga kirmasangiz ham, ish joylari topib suhbatlardan o‘tib turinglar deb ko‘p qaytaraman va shu suhbatlar paytida ko‘p beriladigan savollardan biriga javob berishni sizlarga o‘rgatmoqchiman. Bu savollarga javoblar suhbatdan o‘tayotgan kompaniyangizning ko‘pincha katta kichikligiga va mahsulot yoki outsource kompaniyasiligiga bog‘liq bo‘ladi.
1-holat. Agar siz outsource kompaniyasida ishlasangiz, yangi ish, mahsulot kompaniyasi bo‘lsa qanday javob beriladi:
Bilasizmi, outsource kompaniyasida ishlaganingizdan keyin, aniq qaysi kompaniyani qaysi loyihasi ustida ishlaganingizni aytib bo‘lmaydi va shu o‘rinda mana bu loyihaga katta hissa qo‘shganman deb baralla ayta olmaysiz. Undan tashqari outsource kompaniyalarida ishchilarga munosabat qimmatli ishchi sifatida emas, pul keltiruvchi resurs sifatida qaraladi. Shuning uchun ham mahsulot kompaniyasida ishlab, shu mahsulotni/loyihani qurilishiga o‘z hissamni qo‘shmoqchiman va kelajakda bu qilgan ishlarim haqida gapira olishni xohlayman. Shunga mahsulot kompaniyasida ishlamoqchiman.
2-Holat. Agar siz mahsulot kompaniyasida ishlab, outsource kompaniyasiga suhbatdan o‘tayotganingizda nima deyiladi:
mahsulot kompaniyasida (mening kompaniyamda), ko‘pincha aniq bir qo‘yilgan maqsadlar yoki talablar yo‘q, biznesning qaysi oqimga yurishiga qarab siz ustida ishlayotgan ishingiz bir oydan keyin kerak bo‘lmay qolishi mumkin. Oursourse kompaniyalari esa B2B ishlagani uchun, ish qilinish paytida ko‘p talablar oldindan kelishib olingan bo‘ladi va qanday ketma ketlikda bajarilishi ham aniqroq bo‘ladi. Undan tashqari, outsource kompaniyalarida vaqti vaqti bilan loyihalarni almashtirish uchun imkoniyat bor. Masalan men 6 oy bir loyiha ustida ishlaganimdan so‘ng, yangiroq va boshqa staskdagi loyihada ishlamoqchi bo‘lsam mahsulot kompaniyasida bunday qilib bo‘lmasligi uchun outsourceni sinab ko‘rmoqchiman.
3-Holat. Kichik outsource kompaniyasidan, kattaroq outsource kompaniyasiga o‘tilayotgan bo‘lsa nima deyiladi:
Hozirgi ish joyimni ish strukturasi sizlarniki bilan bir xil bo‘lgani uchun aniq bir sabab keltirishim qiyin bo‘ladi. Lekin sizlarni kompaniyangiz haqida izlanib ko‘rdim va shunga amin bo‘ldimki, men bu ish joyida ko‘proq tajriba orttira olaman. Biz outsource bo‘lsa ham, asosan kichik bizneslar bilan ishlaymiz, sizlarni hamkorlik qiladigan kompaniyalaringizni ro‘yhatini ko‘rdim, forumlarda muhokama va izohlarni o‘qidim, sizlarda ko‘proq tajriba orttira olishga ko‘zim yetgani uchun o‘zimni sinab ko‘rmoqchiman.
4-Holat. Katta outsource kompaniyasidan kichik outsource kompaniyasiga ishga o‘tmoqchi bo‘lsangiz, nima deyish mumkin:
Katta kompaniyada sizga ko‘proq resurs sifatida qarashadi va sizni kompaniya ichida o‘sishingiz yoki o‘zingizni qanday his qilayotganligingiz haqida kamdan kam qiziqishadi. Kichik kompaniyalarda esa, xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, ishchilarni har qanaqasiga motivatsiyasini ushlab turish va jamoada do‘stona munosabatlarni shakillantirishga ishchilarni ko‘proq “ardoqlashadi”. Baʼzida katta kompaniyada, siz katta bir mexanizmdagi vint vazifasini ham bajara olmasligingiz mumkin. Shunga kichikroq bo‘lsa ham o‘zimni muhimroq his qila oladigan kompaniyaga o‘tmqochiman.
5-Holat. Bir mahsulot kompaniyasidan ikkinchi mahsulot kompaniyasiga o‘tilayotgan bo‘lsa nima deyiladi:
Sizlarni qilayotgan loyihalaringizga juda ham qiziqishim baland, bu loyiha/yo‘nalish haqida juda ham ko‘p izlanib ko‘rdim va hozirgi kompaniyamdan ko‘ra, sohaga ko‘proq qiziqqanim uchun ularga qaraganda sizlarga ko‘proq foydali bo‘la olaman (Buning uchun albatta loyiha/soha/yo‘nalish bo‘yicha rostdan ham izlanib olib borish kerak bo‘ladi).
So‘zma so‘z meni yozganlarimni qaytarish kerak emas, lekin namuna sifatida ishlatilsa tog’riroq bo’ladi. Shu paytgacha o‘tgan texnik bo‘lmagan suhbatlarimda eng oson javob beradigan savollarimdan biri shu bo‘lgani uchun siz do‘stlarim bilan ulashdim keldi, sizlar ham qolganlar bilan ulashing 😉.
Agar post yoqgan bo’lsa 👏🏻 “clap” tugmachasini bosib qo’yishni yoddan ko’tarmang.
Telegram kanal:
Khumoyun Codes
Kuni kecha EPAM kompaniyasiga ishga kirganimga bir yil bo’libdi. Aniqroq aytsak, 7-May 2021-yil, kompaniya ofisiga shartnomani imzolashga borgan edim. Bir yil ham mana bir pasda o’tib EPAM Uzbekistanda, nisbatan “old school” jamoasining a’zosi bo’ldim. Xosh, shu bir yil ichidagi taasurotlar qanday bo’ldi va nimalarni boshdan otkazdim?
Kompaniyaga ishga kirdingiz degani, ishlab keta olasiz degani emas!
Ya’ni “outsource” va “outstaff” prinsiplari bo’yicha ishlashni boshlaganingizdan keyin, siz hali loyihaga ishga olinishingiz kerak, loyiha esa umuman boshqa kompaniya degani, bu kompaniyada sizga oxshagan EPAMning boshqa dasturchilari bo’lishi mumkin yoki siz umuman bir o’zingiz EPAM kompaniyasidan birinchi dasturchi bo’lishingiz mumkin. EPAM kompaniyasining rasmiy ma’lumotlariga asoslanadigan bo’lsak, 35+ davlatdagi, 60+ ofislardan birida ishlaydigan hamkasbingiz bilan bir loyihada ishlashingiz mumkin. Loyihaga qoshilish uchun ushbu loyihada ishlaydigan boshqa dasturchilar tomonidan otkaziladigan suhbatdan muvaffaqiyatli o’tganingizdan keyingina, siz o’z ishingizni boshlaysiz. Agar kirish suhbatidan o’tib, loyiha suhbatidan o’tolmasangiz, sizga yana cheklangan imkonlar berilib, har bir “qovun tushirilgan” suhbatdan keyin sizga biriktirilgan RM (Resource Manager) siz bilan xato va kamchiklar ustida ishlaydi. Lekin bu imkoniyatlar tugab qolishi mumkin va shu asosda siz bilan imzolangan shartnoma bekor qilinishi mumkin. AMMO! Bu juda ham kam holatda bo’ladi va sizning o’sishingiz va ko’rsatkichlaringizga bog’liq. Kompaniya o’zidan-o’zi ishchilarini qo’yib yubormaydi.
Loyiha va uning jamoasi bilan chiqishib ketish
Yuqorida aytilganidek, sizning hamkasblaringiz boshqa davlatlardan bo’lishining ehtimolligi katta. Ammo, O’zbekistonning vaqt mintaqasidan katta farq qilmaydigan boshqa davlatdagi jamoa/loyihaga qo’shilasiz (e.g. Russia/Ukraine/Georgia and etc.) Bu sizning ishingiz unumdorligi va kechasi ishlab, kunduzi uhlashingizga tog’ri kelib qolmasligini o’ylab qilingan. Bundan tashqari, jamoa a’zolari boshqa millat vakillari bo’lganidan keyin, ular bilan chiqishib ketishingiz kerak. Siz faqat toza “o’zbekcha” jamoada ishlab yurgan bo’lsangiz, sizga bu holat ba’zi bir qiyinchiklarni olib kelishi mumkin. Bu holatda ham sizga RM yoki PM (Project Manager) yordam berishi mumkin. Lekin umuman olganda sizni soft-skillaringizni ustida siz bilan birga RM ko’proq ishlashi kerak (Albatta bunga zaruriyat bo’lsa). Masalan mening holatimda, mening RMim o’zining qimmatli maslaxatlarini berib, hozirgi holatimga olib keldi. Ya’ni “ruslashgan” muhitda qanday ishlash kerak, hamkasblarga qanday muomila qilish kerak va qanday gaplashish kerak. Uning menga bergan eng katta maslahati hamkasblar orasida “На ты”, sensirab gaplashishni o’rgatdi va bunga o’rganishimga meni majburladi. Qanday qilib deysizmi? Sansirashni mendan boshla degan holatda 😅. Rus tilim ancha yaxshi (accent bilan gapirishimni hisobga olmasa), ja ona tilmdek gapira olmasam ham, fikrimni bemalol ifodalab tushuntirib bera olaman. Lekin buni o’zi ba’zida kamlik qildi va jamoa bilan kirishib ketish uchun RMimning maslahatlariga quloq soldim. Bu albatta, birinchi bo’lib xato ustida ishlashdan boshlandi, men birinchi loyihamda jamoa bilan yaxshi chiqishib keta olmadim, ikkinchisida esa, maslahatlarga quloq solgan holatda, hudoga shukur maza qilib ishlab yuribman.
Ishchining hayotida, RMning o’rni
RM (Resource Manager) — sizning kompaniyada eng “yaqin” insoningiz. Ya’ni sizning muammolaringizni hal qilishga yordam beradigan, yo’l-yo’riq ko’rsatadigan, o’sishingizga yordam beradigan va siz bilan yoki sizda bo’layotgan muammolarni hal qiluvchi inson. Mening kompaniyaga ishga kirganimdagi eng katta yutuqlarimdan biri, juda ham tajribali dasturchi va inson qo’liga tushganim deb o’ylayman. Shu 1 yil davomida, mening o’sishimga yordam bergan ham RMim desam notog’ri bo’lmaydi. Ayniqsa “corporate culture” ya’ni kompaniya qadriyatlarini o’rganish va unga moslashishga menedjerimdan yordam oldim. Undan tashqari, men ham RMlar maktabini bitirib, o’zimni RM sifatida sinab ko’rdim va hozirda 6 kishiga RMlik qilmoqdaman. Bu soxada hali ko’p narsalarni o’rganishim kerak, lekin hozir 8 oy davomida yig’gan tajribam kundalik hayotda ham yordam bermoqda. Kompaniyaga ishga kirgan yangi kadrlarning asosiy muammosi aynan shu RMning kimligi va uning o’rnini bila olmaslikda bo’ladi. Chunki, sizda qanday muammo bo’lmasin, birinchi o’rinda RM bilan maslahatlashish kerak. Muammolardan tashqari esa, RM sizga darajangiz va yo’nalishingizga qarab, sizning keyingi qadamlaringiz uchun maslahatlarini beradi va PDP (Personal Development Plan — Shaxsiy O’sish Rejasi)ni tuzishga ko’maklashadi. Hozirgi men uchun tuzilgan rejaga asosan, men tez orada Seniorlikga ko’tarilish imthonidan o’tib, lavozimim oshishi kerak. Ammo bu jarayondan o’zim bir oz qo’rqib turibman. Hudo hohlasa kuzgacha rejani amalga oshirish kerak.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, kompaniyadigi sizni “tutingan akangiz” bu sizning RMingiz bo’ladi va har qanday holatda unga suyanishingiz mumkin.
Katta kompaniyadigi kichkina ishchi
Yuqorida aytib o’tilganidek, sizning asosiy jamoangiz O’zbekistondagi ofisdan bo’lmasligini imkoniyati katta. Shuning uchun ham, siz hamkasblaringiz bilan yelkama yelka turib, ular bilan tanishib do’st bo’lib ishlamaysiz. Bu nafaqat EPAM, balki umuman barcha katta kompaniya ishchilarida kuzatiladigan holat. Shuning uchun, ishchilar o’zlarining qiziqishlari va dunyo qarashlariga qarab bo’linib guruhlanishadi. Undan tashqari, kompaniyada korporativ ruhni oshirish uchun, ora-orada “team-building” va bayramlarga atalgan yig’ilishlar o’tkazilib turiladi. Masalan, fudbol, tog’u-toshlarga chiqish, kemping va hkz. O’zingiz o’ylab ko’ring, kompaniyaning bir ofisini o’zida 400 kishi ishlasa va bu son kundan kunga oshsa, ularni qanday qilib yig’ish mumkin? Xatto eng katta to’yxonada ishchilarni yig’ishning ham jismonan iloji yo’q 😅. Shuning uchun bu holatni EPAM kompaniyasining muammosi emas, katta kompaniyalarning “minus” tomoni deb hisoblaymiz. O’zingizni kompaniyada yolg’iz his qilmasligingiz uchun, yuqorida aytib o’tilgan ishdan tashqari “activity”larda faol bo’lishingiz kerak. Barchasi o’zingizga bog’liq.
Ishdan tashqari nimalar bilan shug’illanish mumkin?
Sizni vaqtincha loyihangiz bo’lmasa yoki ishdan tashqari bosh vaqtimni ajrata olaman desangiz, loyihalarga suhbatdan o’tishdan tashqari siz har xil qo’shimcha vazifalar bilan shug’illanishingiz mumkin.
Masalan, kanalimni oldindan kuzatib borsangiz RS (Rollling Scopes) School online dasturlash maktabida dars berganim haqida postga ko’zingiz tushgan bo’lishi mumkin. Bu ham qo’shimcha vazifa sifatida olingan mashg’ulot edi. Undan tashqari, middle yo senior pozitsiyasida ishlashingizga qarab, bosqichdan bosqichga o’tayotgan hamkasblaringizni o’zingizning stackingiz bo’yicha savol javob qilib suhbatdan o’tkazishingiz mumkin. Buning uchun oldin o’zingiz huddi shunday suhbatdan muvaffaqiyatli o’tgan bo’lishingiz kerak. Yoki kompaniyaga intern (a.k.a student) lavozimda olingan insonlar uchun o’zingizning stackingiz bo’yicha dars berib o’quvchilaringizni darajasini oshirishga yordam berishingiz mumkin. Yana bir qo’shimcha mashg’ulot, bu kompaniya haqida bilimlarni, universitet va institutlarda o’tkaziladigan maxsus sessiyalarda gapirib beruvchi speaker sifatida qatnashishingiz mumkin. Bular orasiga RMlikni ham qo’shish mumkin.
Agar siz kamida Senior darajasida bo’lsangiz, rasmiy interview oluvchilar kursini bitirib chiqib, kompaniyaga kirish interviewlarini ham olishingiz mumkin.
Yuqorida keltirib o’tilgan deyarli barcha mashg’ulotlar uchun yilda bir marotaba oylik ish haqidan tashqari bonus ham belgilanishi mumkin. Xullas qilaman desangiz ish ko’p, agar faqatgina o’zingizni ishingiz bilan shug’illanmoqchi bo’lsangiz ham sizga hech kim qo’shimcha ishni qilgin deb aytmaydi. Barchasi o’zingizga bog’liq. Lekin qo’shimcha vazifalar, huddi o’yinlardagi qo’shimcha missiyalardek gap, asosiy syujetga ta’sir qilmaydi, lekin yoqimli bonus va konikmalarga ega bo’lish mumkin. 🙂
Agar post yoqgan bo’lsa 👏🏻 “clap” tugmachasini bosib qo’yishni yoddan ko’tarmang.
Telegram kanal:
Khumoyun Codes
Maktabni bitirganimga keyingi yil 10 yil bo’lar ekan! 😱
Bugun ko’pgina bloglarda kim qachon maktabni bitirgani haqida yozayapti. Men ham an’anaga sodiq qolib va vahimaliroq eshtilsin deb ’Keyingi yil 10-yil bo’lar ekan’ deb yozgim keldi 😅.
Men maktabni bitirishim menga hech qanday hissiyot olib kelmagan, ko’plar maktabni bitirganda qisman depressiyaga tushib qoladi. Do’stlaridan, shuncha yil birga o’qib katta bo’lgan sinfdoshlaridan ajralyotganligiga. Balki men 2 ta maktabda o’qiganimga shunday bo’lgandir, lekin bu voqea men uchun muhim bo’lmaganligi aniq. Yaqin sinfdosh do’stlarim bilan bir mahalla bir ko’chada turganimizga, ulardan ajralganday ham tuyilmagan. Maktabga qaraganda litsey va universitetni bitirishimda ko’proq nimadandir ajralganday his qilganman o’zimni. Chunki, maktabdagi sinfdoshlaringiz bilan bir sinfda o’qib do’st bo’lishga qandaydir ma’noda majbursiz. Lekin o’zingizni tanib, hayotdan va odamlardan nimani hohlashingizni anglab yetganingizda orttirgan do’stlaringizdan sizning hayotingizga ko’proq ta’sir o’tkazadi. Shuning uchun ham ularni har kuni ko’rmaslik va gaplashmaslik shaxsan menga ko’proq ta’sir qilgan, ammo ko’pgina universitetdagi do’stlarim bilan har kuni ko’rishaman, ba’zilari bilan birga ishlaganligim uchun, ba’zilari bilan GDG Tashkent jamoasida birga bo’lganligimiz uchun.
Maslahatlar:
- Maktabning hozirgi o’rni menimcha oldingi bizga o’xshagan ‘kechikkan avlod’ vakillaridan ko’ra so’ngi 2–3 yilda bitirayotganlar uchun muhimroq, chunki OTM larga siz hozir 11 yil maktabda o’qib keyin kirasiz, biz paytda ‘Litsey/Kollej’ degan mashmasha bo’lgan. Bir tomondan siz vaqtdan 1 yil yutsangiz, bir tomondan sizni yangi hayotga qadam qo’yinshingiz uchun bo’lgan vaqt 1 yilga kamroq bo’ladi. Shuning uchun maktab davrini, ko’cha ko’yda sang’ib kompyuter o’ynab yoki PUBGga mukkasidan ketib emas, noqal oxirgi 2 yilini unumli o’tkazishga harakat qilish kerak! Siz maktabdan keyin OTM ga kirish yo kirmasligingizdan qat’iy nazar.
- Agar OTM ga kirishni hohlmasangiz, vaqtliroq kasb-hunar o’rganishni boshlang va imkoniyatlar qidiring! Oramizda barchani bo’lajak dasturchilar deb hisoblasak, stajirovkalar qidiring, qandaydir tekin bo’lsa ham loyihalar topib ishlang, bitiruvdan oldin kasb markazlarini bitiring. “G’alvirni suvdan ko’taradigan payt” kelganda va balog’at yoshiga yetib, ota-onangizga qisman bo’lsa ham yordam qilishingizni vaqti kelganida, Rossiyada qora ishda ishlaydigan imigrantlar zaxirasini to’ldirmasdan, shu yerni o’zida o’zingizni va kasbingizni toping. Keyinchalik ‘surib qolish’ endi o’zingizni hohishingiz 😅.
- Agar OTM da o’qishni hohlasangiz, tog’ri OTM tanlang! Jahon tillari, sharqshunoslik va qandaydir tilga aloqasi bo’lgan joylarni xorij tilini o’rganib kimdur bo’laman deb o’ylab tanlamang. Chunki hozirgi davrda, ingliz yo rus tilini bilish bu kasb emas, bu hozir ‘must have’. Vaqtingizni va mablag’ingizni bekorga sarflamang. Bu OTMni bitirib chiqganingizdan keyin kelajakda siz qanday soxalarda ishlay olasiz va hozirda talab qanaqaligini albatta ko’rib tanishib chiqing. Hozir siz va sizga o’xshaganlardan momaygina daromad qilishni istagan xususiy universitetlar ko’payib ketmoqda, biznes, management, finances va hkz larni boplab o’rgatib yotishipti. Bitiruvchilarni kelajakda kim va qanday ish qilishi bilan hech kimni ishi yo’q, barcha xususiy OTMlar ham unday emas, lekin ‘Diplom sotar’lar ko’paymoqda. Shuning uchun tanlovga katta e’tibor bering, OGOH BO’LING!.
- Xususiy OTM larda o’qimoqchi bo’lsangiz va kelajakda chet elda o’qish niyatingiz bo’lsa albatta universitetni xujjatlari va bitiruvdan keyin sizga nima taqdim etishiga qarang, qiziqing va surishtiring. Agar sizning oliygohingiz akkreditatsiyadan o’tmagan bo’lsa, keyinchalik Diplomingiz Faxriy Yorliq/Sertifikat dan farqi bo’lmay qolishi mumkin. O’zimizda ‘Diplom’ o’rniga o’tsa ham, chet el uchun, bir tiyinga qimmat qog’ozcha bo’lib qolmasin.
- Dasturchilarga Diplom ham OTM ham shart emas va har qanday soha vakili dasturchi bo’lishi mumkin! Birinchidan, bu bir tomondan tog’ri bir tomondan esa yo’q, kim bo’lishingizdan qat’iy nazar dasturchi bo’lishingiz mumkin, lekin aynan fundamental bilimlarni baribir OTM lar beradi, oddiy RAM ni qanday ishlashini yoki dasturlash tili o’zi qanday yaratilishini bilmaydigan psevdo-injiner dasturchilar orasidan joy olmasligingiz uchun ham OTM da o’qish kerak. Bu sizning kelajakda injiner bo’lib yetishishingiz va coder-dasturchi bo’lib qolib ketmasligingiz uchun muhim. Ikkinchidan, hozir har xil ‘community’ hamjamiyatlar ko’payayotgan bo’lsa ham, universitet sizga hayotingizga yaxshi ta’sir o’tkazishi mumkin bo’lgan juda ham ko’p kontaktlar/tanishlar beradi. Uchinchidan, agar kelajakda chet elda (Europe/USA) ishlash niyatingiz bo’lsa, OTM diplomi sizga kerak, chunki Viza berish jarayonida bunga e’tibor berishadi va siz o’qigan OTM ning yo’nalishi va ratinglari ham ular uchun muhim. Shuning uchun ham ‘Dasturchilarga diplom kerak emas’ deb bong urayotgan markazlarga to’liq ishonib qolmang. O’zingizning kelajak uchun rejalaringizdan kelib chiqib ish qiling.- O’zingizni qiziqishingizdan kelib chiqib kasb tanlang! Agar dasturchi bo’lgin deb birov aytgani uchun o’qiyotgan/o’rganayotgan bo’lsangiz unday qilmang. Siz balki yaxshi dizayner bo’lishingiz mumkindir, qanday dizaynerligidan qat’iy nazar o’z ishini biladigan yaxshi dizaynerlar dasturchilardan ko’proq ham qadrlanadi ba’zida. Yoki sizni avtomobil tuzatishga iqtidoringiz bordir, mashina kuzovi bilan ishlaydigan ‘kastaprav’ usta bo’lib ishingizni qoyillatib qilsangiz, kuniga masalan O’zbekistondagi Senior dasturchilar topayotgan pulga yaqin pul topasiz. O’zingiz sevgan kasb orqali kamroq pul topsangiz ham, majburan tanlagan kasbda ko’p pul topayotganlardan baxtliroq bo’lib yashaysiz.
Hozircha shu, yana qo’shimcha fikrlar paydo bo’lib qolsa yangi postlar orqali ulashaman.
Bugun yangi hayotga qadam qo’yayotgan barcha bitiruvchilarga omad, baxt va yangi zafarlar tilab qolaman!
Agar post yoqgan bo’lsa 👏🏻 “clap” tugmachasini bosib qo’yishni yoddan ko’tarmang.
Telegram kanal:
Khumoyun Codes
Bu ro’yihatdagi maqolalar har yangi maqoladan keyin to’latib boriladi. Mediumga obuna bo’lishni unutmang.
1. “Bekorchi dasturchilar”
2. Bizning eng katta muammoyimiz nima?
3. Dasturlashni o’rganishda qilgan xatolarim
4. Hayot kalendari
5. JavaScriptda o’zgaruvchini nomlash
6. Dasturlash meniki emasmi? 1-voqea
7. Dasturlash meniki emasmi? 2-voqea
8. Hozir maktabda o’qiyoytganlar va bitiruvchilarga maslahatlar
9. EPAMdagi 1 yil
“Kompyuter o’ynayvermasdan qarashsang/ish qilsang/ish topsang bo’lmaydimi?”
Hech shunday gapni oila a’zolaringizdan kompyuterda biron bir narsa o’qib, o’rganib yoki ishlab o’tirganingizda eshitganmisz? 😅 Menimcha katta ehtimollik bilan eshitgansiz, kompyuterni o’yin o’ynash uchun ishlatinishi haqidagi fikr ba’zi katta yoshli insonlarning ongiga o’tirib qolgan.
Oramizda oilasi tomondan tanlagan kasbiga va qiziqishga ishonch bildirilmayapgan do’stlarimiz bo’lsa kerak, men sizga bir sirni aytaman bu hali boshlanishi 😂 Oilangizdagi muammolar ba’zi urush-janjallar, yig’i-sig’ilar, tushuntirishlardan so’ng birinchi marotaba oylik maoshingizni kelib ota yoki onangizni qo’lligiga topshirib duo so’ragan paytingizgacha davom etadi. Bu meni ham, do’stlarimni ham, qolgan tanishlarimni ham boshidan o’tgan. Bu yerda eng muhim narsa, o’sha birinchi maoshni olib kelib, duoni olib bo’lib, uydagilarga tushuntirish bo’ladi. “Onajon/Otajon, bu men shu kompyuterimda qilgan ishlarim uchun berilgan oylik maosh, men kompyuter o’ynamayman ish qilaman, Hudo hohlasa bu endi boshlanishi, 1–2 yilda, bundan 5–10 barobar ko’p maosh to’lashni boshlashadi. Sizlarni o’zim yukingizni yengil qilaman” desangiz bas, sizni va ishingizni oila a’zolaringiz tushunishni boshlashadi.
Lekin ungacha ham tushuntirishga harakat qilib ko’ring, ular ham odam, ular ham fikrlashadi, faqat osonroq tushuntiring 😅 chuqurlashib ketmasdan, terminlar bilan emas, oddiy tilida va oson misollar bilan. Ja bo’lmasa telefoningizdan YouTube ga kiringda, dasturchi akalarimizni interviewlaridan qo’yib bering, masalan do’stimiz Darhonbekni “Osmondagi Bolalar” ko’rsatuvi uchun bergan interviewlarini. Ko’rsatuvning bu soni menimcha sizga va oila a’zolaringizga sizni tushunishda va qo’llab quvvatlashni boshlashda juda ham katta foyda beradi.
Undan tashqari, “mana shu kursni tugatay, yaxshi ishga kiraman”, “9 oy o’qisam bo’ldi ekan, keyin ishga chiqaman” deb va’da berishdan oldin bir o’ylab ko’ring. Hamma ham bir deganda ish topib ishga kirib ketolmaydi, shunday vaziyatda “Shuncha vaqt tegmadik, ish qani endi?” deb so’rab qolishlari mumkin. Yaxshirog’i, “Shu kursni tugatib olsam, ishga topshirib ko’rsam bo’larkan, mana men o’rganayotgan narsalarni bilganlarga shunaqa ishlar bor ekan, men ham harakat qilib ko’rib, o’zimga tog’ri kelganiga nasib qilsa kiraman, faqat to’gri keladiganini topishga bir oz vaqt ketarkan” deng.
P.S. Bu hali boshlanishi deganimning sababi bor, bugun bir narsani bilib qoldim, ba’zi qo’shnilarim meni hech qayerda ishlamaydi kuni bo’yi uyda o’tiradi deb o’ylashar ekan 😁. Undan tashqari, 3–4 oy oldin, urf-odatlarga asosan uchrashuvga chiqmasimdan oldin, bir qizning otasi suxbatga chaqirganda, “Nima ish qilasiz, kasbingiz nima?” deganda, dasturchiligimni qanday va nima ishlar qilganimni tushuntirib bersam, “Bolam, hafa bo’lmangu, men qizimni qo’lida hunari bor, biron kasbni boshidan tutgan, qo’lidan bir ish keladigan bolaga uzatmoqchiman, man nima qilishizni tushunmadim to’g’risi, o’zingizga mosini topganingiz ma’qul” degandilar. Men ham bu gaplardan bir g’alati bo’lib, mayli deb chiqib keta qoldim, bo’lmasa yana nima deb tushuntirib berishim mumkin 😅 It’s was not written.
Qissadan xissa: Siz yomon ish qilmaysiz, halol pul topasiz, lekin buni odamlar tushunib yetib, sizni qo’llab quvvatlashi uchun vaqt kerak. Sabr qiling 😌
Darvoqe, Darhonbekni kanallarini bilmasangiz: https://t.me/TenxEngineer
Agar post yoqgan bo’lsa 👏🏻 “clap” tugmachasini bosib qo’yishni yoddan ko’tarmang.
Telegram kanal:
Khumoyun Codes
Sizlarning eng katta muammoyingiz til bilmasligingizda! — deb sahnadan auditoriyaga qarab Sardor aka Islomov GDG Tashkentning qaysidir tadbirlaridan birida aytgan edilar. Shu mavzuda endi quyida biroz chuqurlashamiz.
Til bilmaslik qanchalik muammoligini biz tushunib olish uchun hardoim qaytarilib siyqasi chiqib ketgan bir gapni qaytarib o’tishimiz shart, ya’ni Rus Tilini bilsangiz SNG mamlakatlariga chiqasiz, Ingliz tilini bilsangiz butun dunyoga chiqasiz.
Ingliz tilini bilish nega shunchalar muhim?
Bunga bir nechta sabab keltirishimiz mumkin va bu sabablar u yoki bu dasturchining boshidan o’tgan va hozir o’tayapti.
O’rganish uchun ingliz tilini bilishni muhimligi
Tasavvur qiling umuman yangi texnologiya/kutubxona chiqdi, uning nomi “Reanvue” va kutubxona muhandislari unga dokumentatsiya yozishdi. Dokumentatsiya qaysi tilda bo’ladi deb o’ylaysiz? Albatta ingliz tilida! Keyin boshqa dasturchilar u haqida o’z Twitterlari va bloglarida INGLIZ tilida yozishni boshlashdi. Kutubxona shunchalar ommalashib kettiki, u haqida texno-bloglarda INGLIZ tilida maqolalar chiqishni boshladi. Ba’zi bir vizuallar INGLIZ tilida yozilgan dokumentatsiyani o’qib o’rganib INGLIZ tilida videodarsliklar olib uni YouTube ga joylashdi. Kundan kunga yangi kutubxonaga talab katta bo’lganligi uchun va o’rganish osonlashtirishga, adabiyot ya’ni kitob kerak bo’ldi va nashriyot eng yaxshi texno mualliflardan biriga “Reanvue” haqida kitob yozib berishiga buyurtma berdi va kitob yozilib INGLIZ tilida chop etib chiqarildi. Orada rus zabon lekin INGLIZ tilini biladigan dasturchilar uni o’rganib o’zlari ham boshqalarga o’rgatishni boshlashdi va oxir oqibat 1000 ta dasturchi entuziastlardan biri bu texnologiylani o’rganib sizning ona tilingizda maqola yoki video tayyorlab chiqazdi. Va siz uni ochib o’qib o’rganib o’zingiz uchun yangi kutubxona haqida ma’lumot oldingiz. Lekin siz o’qib o’rganguningizgacha kutubxonani yangligi qolmadi 😁. Nega deydigan bo’lsak hardoim, har yerda eng yangi texnologiyalar haqidagi ma’lumotlar faqat va faqat INGLIZ tilida yoziladi. Siz o’zbek tilida kontent chiqishini kutib o’tirguningizgacha ingliz tilini o’qib/eshitib tushunadigan qaysidir dasturchi uni oldida o’rganib qo’ya qoldi, ishi yengillashdi va yaxshiroq oylik maosh olishni boshladi. Siz esa hali ham birov menga ona tilimda yangi kutubxona haqida video qilib berarmikin deb o’tiribsiz 🥲.
Ishga kirish uchun ingliz tilini muhimligi
Ikki do’st Ali va Vali dasturlashni o’qishni birga boshlashdi ikkalasi ham bir xil darajada dasturlashni o’rganishdi va oxir oqibat kursni tugatib ishga kirishga harakatlar boshlashdi. Ali Ingliz tilini bilganligi uchun kirish suhbatlari ingliz tilida bo’lsa ham xalqaro kompaniyalarga qiziqib qolib ularga birin ketin topshirishni boshladi, u soxada tajribasi bo’lmasa ham, yaxshi o’zlashtirganligi uchun bir dunyo takliflar kelib tushdi va Ali ularning orasidan o’zi uchun eng yaxshisini tanlab olib pullik stajirovkaga ishga kirib ketti. Vali esa ingliz tilini bilmas edi, shuning uchun u har bir yaxshi yomon kompaniyalar tarqatgan vakansiyalarni o’qib chiqib har birini eshigini taqillatib chiqishni boshladi. Barcha unga bir gapni aytishda davom etaverdi: “Bizga tajribali dasturchi kerak”. “Lekin tajribali dasturchi bo’lish uchun ish bo’lmasa, qanday qilib tajriba orttiriladi?” deb ichida o’ylar edi Vali. Yaxshi kadrni o’zi yetishtirib chiqazishni hohlamaydigan va faqat pulni o’yladigan mahalliy kompaniyaldan Valini ko’ngli so’nib ketti. Orada Ali ishda to’liq ish kuniga ishga kirdi va bo’sh vaqtida chet eldan kelgan buyurtmalarni ustida ishlash uchun frilanserlik platformalaridan ish olishni boshladi. Bir yil vaqt o’tgandan so’ng, Ali va Vali ko’rishib qolishganda, Ali ishlari zo’rligi, chet ellik hamkasblari bilan online muloqotlari, kompaniyada mid darajasiga ko’tarilgani, ishdan tashqari ham Avstriyalik buyurtmachilar bilan ishlayotganligi haqida gapirib berdi. Bu entuziazmga boy Alini hikoylaridan so’ng, Vali, 2 oy oldin axiri topib kirgan ishida, stajer bo’lib ishlayotgani haqida gapirishga tili aylanmay qoldi 😐.
Bu ikki qissani o’qib bo’lgan bo’lsangiz, shaxsiy tajribamda huddi shunday voqea bo’lganligini aytib o’tishimni hojati yo’q menimcha. O’quvchilarim orasida ham shunga o’xshash voqealiklar bo’lib o’tdi. Til bilmasingizdan oldin sizga 10 ta eshikdan bittasi ochiq bo’lsa, til bilsangiz 10 tadan kamida 8 tasi lang ochiq turgan bo’ladi. Hamma eng oxirgi aktual ma’lumotlar ingliz tilida bo’ladi, eng ko’p yaxshi adabiyotlar va kurslar ham ingliz tilida bo’ladi, eng tekinligiga qaramasdan foydali kontentlar ham ingliz tilida bo’ladi. Hozirgi davrda til bilish kasb emas, zaruriyatga aylanib qoldi (til deganda ingliz tili nazarda tutilyapti). Bu faqat IT soxasiga tegishli emas, kundan kunga barcha soxalarga ingliz tili kerak bo’lyapti va globallashuv zamonida, tilga talab ortsa ortadiki lekin kamaymaydi.
Qissadan xissa:
INGLIZ TILINI O’RGANING!
Agar post yoqgan bo’lsa 👏🏻 “clap” tugmachasini bosib qo’yishni yoddan ko’tarmang.
Telegram kanal:
Khumoyun Codes
Birinchi marotaba loyiha ustida ishlaganimdan hozirgi vaqtgacha 6 yil vaqt o’tibdi. Lekin hozirgi natijalarimni 6 yillik tajribaga ega odamga tog’ri keladi deb o’ylamayman. Shuning uchun ishga topshirish jarayonida birinchi oylik to’laydigan ishimni topgandan vaqtimdan hisoblay aytaman (Iyul 2018-yil). Balki bu vaqt oralig’i ham to’g’ri kelmas 🤷‍♂️ Lekin quyidagi xatolarim haqida o’qib siz o’zingizda ham shu muammo bo’lib tog’ri xulosa chiqaring!
So, shu 6 yil ichida nima xatolar qildim?
Playing around
Ya’ni juda ko’p har xil soxalarni kezib aylanib yurdim, qo’lida MacBook bor odam sifatida birinchi bo’lib o’rganmoqchi bo’lgan soxam bu iOS Development bo’ldi. O’sha payt Swift dasturlash tili hali mustahkam oyoqlarida turmas edi, lekin men, “let’s give it a try” deb boshlab ko’rdim. Lekin bu narsaga hozir aqlim yetmas ekan deb toxtatdim, chunki hali dasturlashni fundamental qismlarini bilmasdim va universitetda C++ dasturlash tilini o’rganardik. Keyin ozgina vaqt Androidga qiziqdim, Material UI ni ishlatib tugmani bosganda “Hello world” chiqazib ko’rdim. Keyin bir muncha vaqt Oracle ni Java SE 11 bo’yicha kitobini o’qidim. Oxiri JS ga ko’proq focus qilishga qaroq qildim, shu bilan MEAN stackga qiziqib qoldim, Node.js, Express, Angular, MongoDB, birinchi loyiani qilib ko’rib tilni o’zini mustahkam bilmasdan bunday ishlar qilish notog’ri va bir narsa tanlash kerak deb JS ni o’qib keyin Angularga o’tdim. Angular 4.0 versiyasi chiqqan payti edi o’shanda, TypeScriptga tushunmaganimga yana odamni motivatsiyasi tushib ketdi va ko’nglim sovidi. Handlebars ishlatib, Maximillian Schwartzmuller darslari orqali bir nimalar qilib ko’rdimu lekin ko’nglim to’lmadi. Oxiri Hokimjon degan dasturlashda allaqachon o’z o’rnini topib ulgurgan bir do’stimdan nimani o’rganay, o’xshamayapti hech deb so’raganimda, “Aynan bir soxani aniq tanlangda o’shanga “focus” qilib qunt bilan o’rganing, bo’lmasa shunday yuraverasiz” dedi. Shundan keyin Reactga ko’proq focus qilishni boshladim, chunki Hokimjon Reactni ancha yaxshi bilardi va undan yordam so’rash maqsadida Reactni tanladim. Oxir oqibat, shu eng fundamental React bilimlarimni deb ishga qabul qilindim va Frontend bo’yicha eng asosiy ustozim Maqsud akani topdim. Lekin bu ishlar uchun juda ham ko’p vaqt o’tdi, sal qolganda dasturlashni o’zini ham tashlab ketar edim.
✅ Yechim
Bir yo’nalishni tanlab olib o’sha yo’nalishga focus qilib tog’ri o’sha yo’l bo’yicha keting. U yoki bu soxani yaxshi yomonligini qidirib sakrab yuravermang, o’zingizga yo’nalish tanlashga minimal vaqt bering. Masalan bir hafta, shu bir hafta faqat research qiling, o’rganing, ko’ring, solishtiring, lekin hafta oxiriga qaysi yo’nalishni tanlaganingiz aniq bo’lsin va shu yo’nalish bo’yicha oxirigacha o’rganing. Albatta bundan keyin siz muvaffaqiyatga erishasiz.
Consistency
Bu faqat dasturlashga tegishli emas, balki shu hayotimiz davomidagi har qanday ishga tegishli ekanligi aniq. Masalan ushbu postni o’qib yurgan kanalimizni anchadan beri kuzatib yuradigan insonlar bo’lsa ta’kidlashligi mumkin, orada ko’p pauza bo’lib turadi. Ya’ni bir paytda juda ham aktivlashib qolib, bir paytda umuman yo’q bo’lib ketaman. Kanal, yantoq dumalab yurgan sahroday jim-jit bo’lib qoladi. Dasturlashda ham huddi shunday bo’lgan, birinchi kursdan keyingi yozgi ta’til payitda haftada 7 kun bo’lsa, bir haftada 1 yo 2 kun, 3–4 soat dasturlashni o’rganish bilan shug’illansam, boshqa paytlari bekorchilik qilib bolgan bo’lmagan videolarni ko’rib o’tirar edim. Shuning uchun ham, 3 kun oldin o’qigan va eshitgan narsalarimni 50% esdan chiqib ketib, keyin qiynalar edim va shu orqali motivatsiya tushib ketar edi.
✅ Yechim
Bir narsani o’rganish uchun kamida bir soatdan bo’lsa ham har kuni shug’illanish, haftada 1–2 marotaba, 4–5 soatlab o’tirib o’rganishdan ko’ra afzalroq ekan. Agar har kuni iloji bo’lmasa, aniq kunlarni belgilab olib, o’sha kunlari shug’illaning, masalan kun ora yoki haftaning faqat toq kunlari (ikkisining farqi bor). Hozir iloji boricha shunday qilyapman va progress sekin sekin ko’rinishni boshladi. Nega endi bunday bo’ldi? Chunki bu narsani tushunib yetganimga hali 1 yil bo’lgani yo’q 🙂 va oxirgi maslahatlarim so’ngi o’qiyotgan kitoblarimdan biri “Atomic Habits” da to’liq yoritilgan. Sizda ham davomiylik va doimiylik bilan muammo bor yo’qligini tekshirib, o’zingizni isloh qilishni aynan shundan boshlang.
Wrong materials and types
Men bir vaqtni o’zida ham kitob o’qib, ham videodarslik ko’rib va yana oxirida dokumentatsiya ichida aylanib yurgan paytimdayoq nimadir qiziq narsa ko’rinib qolsa qilib ko’rishga harakat qilardim. Oldin qunt bilan bir kitobni bir bobini tugatib olishga, yo video darslikni bir bo’limini ko’rib bo’lishga ham harakat qilmasdim va orada shu bilan birga “lecture notes” ham yozib ketardim. Ishlarim o’xshamasa yana Stackoverflowni u sahifasidan bu sahifasiga sakrab yurardim, oldin mavzuni oxirigacha yetkazib olib keyin kod yozishga qiziqmas edim, menga jarayondan va bilimni chuqurligidan ko’ra erishilgan natija qiziqroq bo’lardi. Undan tashqari, bir o’rgatish tizimiga ega bo’lmagan har xil videolar orqali o’rganishga harakat qilardim, ya’ni JS ni misol qiladigan bo’lsak, Variables ni bir odamdan, Closure ni boshqa odamdan, EventLoops ni boshqa odamdan. Bu keyinchalik bir mavzuni tezda o’rganib olishingiz uchun yordam berishi mumkin, lekin boshlang’ich bilimlarni o’rganayotgan payt tizimilashtirilgan (sistematik) bilim olgan yaxshiroq bo’ladi menimcha, bo’lmasa boshidan kirib oxiridan chiqib yuraverasiz. Shoshqaloqlik bu yerda ketmaydi, dasturlashdan eng asosiy narsa qunt va sabr-toqat.
✅ Yechim
Shuning uchun tizimlashtirilgan bilim manbalari bo’lmish kitoblar va videokurslar (videodarslar emas) eng afzali, yoki dokumentatsiyani ham bir chetdan ko’rib chiqsa bo’ladi, ko’pincha deyarli barcha dasturlash tillari va kutubxonalar dokumentatsiyasida “Get started” boshlash bo’limi bo’ladi, dokumentatsiya orqali o’rganish kerak bo’lsa shu orqali o’rganish yaxshiroq. Undan tashqari odam yangi narsalarni o’rganishi osonligi bo’yicha asosiy 4 turga bo’linadi. Bular:
Visual — ma’lumotni vizual qabul qilishi oson odamlar, ular rasmlar, diagrammalar orqali yaxshiroq o’rganishi mumkin.
Auditary — ma’lumotni ovoz va tovushlar orqali oson o’rganuvchi odamlar. Bunday odamlar ma’lumotni o’qishdan ko’ra uni eshitishga (audio/video), muhokama qilishiga va savol javoblar qilishga ko’proq moyil.
Kinesthetic (Tactile) — Biron bir ishni qilib ko’rib tezroq tushunadiganlar, ya’ni dasturlashni nazariya orqali emas amaliyot orqali tezroq o’rganishi mumkin bo’lganlar.
Reading/Writing — Ma’lumotni o’qish va konspektlar orqali tezroq o’zlashtiruvchilar.
O’rganishni boshlamasdan oldin siz qaysi toifaga kirishingizni bilib olganingiz maqsadga muvofiq bo’ladi. Nega deydigan bo’lsak, bu toifani bilib olib, siz videodarsliklar, kitoblar, maqolalar yoki dokumentatsiya dan qaysi biri orqali yaxshiroq o’rganishingiz mumkinligini bilib olasiz. Odamlar toifalarga bo’linganligi uchun ham, videodarsliklar, podkastlar va kitoblar ma’lumot uzatishni alohida turi sifatida ajratiladi.
Cut the elephant into pieces
Ko’pincha frontend dasturlashga kirib kelayotgan odamlar, HTML va CSS ni tugatgandan so’ng, JS ga kelganda tez oqsab qolib, motivatsiyalari tushib ketadi. Bir tomondan bu haqiqiy dasturlash boshlangani uchun bo’lsa, ikkinchi tomondan har bir yozgan harfingiz vizuallashgan natija bermaydi. Natijani vizuallashtirishga va unga erishish qisimlarini bo’lishga o’rganish kerak. O’zimda ham aynan shu muamo bo’lgan, muammoga global va uzoqdan qarab, natijasini ko’ra olsamda uni qanday amalga oshirishni tushunmas edim va shuning uchun ham, oddiy ishlarni qilolmasam kerak deb o’ylab, qilishga ham harakat qilib ko’rmagan vaziyatlarim ko’p bo’lgan. Xalqimiz aytganidek, ko’z qo’rqoq qo’l botir, ishni tog’ri tomondan boshlasa bas, qogani muammo bo’lmay qoladi.
✅ Yechim
Masalan oddiy “TODO” ilova yasash kerak, global olib qarasangiz “HOW?” degan savol paydo bo’ladi, lekin “filni bo’laklarga bo’lsangiz” ish ancha osonlashadi. TODO bu oddiy CRUD ilova, ya’ni Create (Yaratish), Read (O’qish), Update (O’zgartirish) va Delete (O’chirish). Frontend dasturchi bo’lgandan keyin eng boshlash osoni, Read, ya’ni elementlarni foydalnuvchi oqiy oladigan darajaga chiqarish va view yasash. Keyin yangisini qo’shib ko’rishni amalga oshirasiz, keyin o’chirish, oxirida qiyinrog’i o’zgartirishni qoldirasiz. Agar bu bo’linish ham qiyin tuyilsa, Read ni yani view qismini yanada maydalab olsangiz bo’ladi. Masalan, Readni bo’lish orqali, qaydni yasab olish, qaydni kiritish inputi, qaydni qo’shish tugmachasi, qayd elementini yaratib olasiz. Keyin yuqorida keltirlganidek ular uchun alohida alohida funksionallar yoziladi. Qanday qilib deysizmi? Create ni ham bo’lib olasiz:
ma’lumot inputga kiritiladi
uning qiymatini tugma bosilganda olasiz
barcha qaydlar joylashtirilgan array (massivga) ga qo’shib qo’yasiz
qo’shilgan qaytni view qisimga chiqarasiz
Huddi shundaya tarzda har qanday dasturni, ilovani, tizimni bo’lib chiqsa bo’ladi, natijaga erishish jarayonini osonroq vizuallashtirasiz va ko’d yozishingiz ham ancha oson bo’ladi.
Xulosa
Xulosa qismida, eng asosiy narsani yana bir bor ta’kidlab o’taman. “Programming is about patience and consistency” kim aytganini bilmayman, lekin tarjima qilganimda ingliz tilida shunday bo’ldi. Asosiy narsa sabr toqat va doimiylik, ularsiz hech narsa qilolmaysiz. Shu omillar bilan muammoyingiz bo’lmasa siz bir kun albatta muvaffaqiyatga erishasiz.
Agar post yoqgan bo’lsa 👏🏻 “clap” tugmachasini bosib qo’yishni yoddan ko’tarmang.
Telegram kanal:
Khumoyun Codes
Maqola Ingliz tilidan tarjima qilindi — Original maqola
Hardoim Google da “React ilovalarni testlash” deb qidirsangiz juda ham ko’p Unit testlash va browser orqali end-to-end testlash haqidagi maqolalarga ko’zingiz tushadi. Lekin testlar piramidasida yuqoridagi ikki testlar orasida turadigan Integration testlari haqida materiallar yetarli emas.
Integration testlar componentlardagi unit testlar va ‘real hayot’dagi o’zaro ta’sirni tekshiruvchi end-to-end testlar orasida muvozanatni saqlab, testlashda juda ham muhim o’rinni egallaydi. Ya’ni unit testda, bir komponent qanday ishlashini tekshirsak, Integration testlarda bir nechta komponentlar birgalikda qanday ishlashini tekshiramiz.
Qanday qilib React ilovalarga Integration testlar yozamiz?
Ma’nosiga qarab ta’riflaydigan bo’lsak, Integration testlar ilovadagi komponentlar orasidagi o’zaro ta’sir va muloqotni testlash uchun ishlatilinadi. React ilovalar uchun, quyidagi holatlarni tekshirish mumkin:
Komponent state’ni manipulyasiya qilish orqali tekshirish
DOM ni tog’rima tog’ri React yashash metodlari orqali manipulyasiya qilib tekshirish
Bunday o’zaro ta’sir holatlarini tekshrish uchun bizga componentni o’zini render qilish yetarli bo’lmaydi va bizga to’liq funksionalga ega DOMda ichida komponentni render qilishimiz kerak.
Bu maqolani yozish mobaynida, yuqoridagi talablarga javob beradigan Enzyme va react-testing-library topdim. Enzyme allaqachon React ilovalarni unit testlash uchun ishlatilayotgan mashhur kutubxona bo’lsa. React testing library nisbatan yangi, bir necha qulayliklarga ega bo’lgan va oldindan Integration testlarni yozish uchun mo’ljallangan Enzyme uchun alternativa hisoblanadi.
Enzyme ni allaqachon ko’pgina loyihalarda qo’llab kelib sinovdan o’tkazgan bo’lsam ham, React testing library ga imkon bermasdan uni tashlab ketish dangasalik bo’lar edi. Quyida bu ikki kutubxonani solishtirib ko’ramiz.
Enzyme
Enzyme React komponentlarini DOM ga yokida hotiraga render qilishni va React komponentlar daraxtini manipulyatsiya qilishga jQueryga o’xshovchi sintaksis bilan taminlovchi testlash kutubxonasi hisoblanadi. Enzyme ning mount metodi sizga React komponentni DOM ga render qilishga yordam bersa, butun bir React ilovani ham render qilishdan sizni hech narsa toxtatmaydi. Baxtga qarshi, sizga unit testlarni yozishni osonlashtiradigan o’sha xususiyatlar: state va props bilan manipulyatsiyalar, Integration testlar yozishda yomon amaliyotlarni qo’llashga olib keladi. Bu orqali dasturchi o’zini quyidagicha kod yozishda ko’rishi mumkin.
// MyComponent.js
class MyComponent extends Component {
handleSubmit: ...,    render() {
return (
}// MyComponent.test.js
test('submitting form ads item', () => {
expect(wrapper.instance().handleSubmit())
.toHaveBeenCalledWith('New Item');
Unit testlash uchun, yuqoridagi holat bilan hech qanday muammo yo’q, ammo props ni to’gridan to’gri chaqirish orqali biz FormComponent va MyComponent ni ajratib qo’ydik. Bunday holatda onSubmit hodisasini (eventini) FormComponentda chaqirishni esdan chiqarib yuqoridagi kodni behosdan buzib qo’yishimiz oson bo’lib qoladi.
Xo’sh, “Unda propsga tegish kerak emasda”, lekin agar sizga kutubxona qo’lingizga arqon berib qo’ysa, siz o’zingizni osib qo’yishingizni ehtimolligi katta.
react-testing-library
Kutubxona muallifi Kent C. Dodds takidlashicha, react-dom va react-dom/test-utils ustiga qurilgan uning kutubxonasi Enzyme duch kelingan yuqoridagi muammolarni yechishga yordam beradi. Uning react-testing-library kutubxonasining APIsi React ilovalarni “foydalanuvchi tekshrigandek” testlashga imkon yaratadi. Bu degani, kutubxona APIsi React komponentlarni o’rniga, HTML elementlarni qaytarib beradi va ularni vizual matn orqali (foydalanuvchi aynan ekranida ko’radigan narsalar) yoki HTML data atributlari (matn orqali tanlab olishni imkoniyati bo’lmasa yoki amaliy notog’ri bo’lsa) orqali tanlab oluvchi query metodlarini taqdim etadi.
Solitiruvchi namunlar
Ikki kutubxonani solishtirish uchun, Oddiy qaydnoma (TODO) dasturi uchun Integration testlar ikki kutubxonada qanday ko’rinishda bo’lishini solishtirib ko’rishimiz mumkin. Asosiy komponent quyidagicha ko’rinishga ega bo’ladi:
https://medium.com/media/49060db145683dd471c3f0d3cd8fe174/href
Qaydlar yaratish uchun TodoForm, qaydnoma elementlari uchun TodoItem, qaydlar ro’yihatini ko’rsatish uchun esa TodoList komponentlarini yaratib olamiz.
https://medium.com/media/19971ed6fec3d45adc651349f4062fa7/hrefhttps://medium.com/media/9907aa2391a4281e4279366460271844/hrefhttps://medium.com/media/a0e57bc206af57e9c9946db6d98639b6/href
Yuqoridagi ilova uchun eng oddiy Integration test:
Qaydnomani qo’shish uchun ‘Add’ tugmachasini bosganimizda, u qaydlar ro’yihatining oxiriga borib tushishi kerak.
Endi bo’lsa testlarni Enzyme va react-testing-library kutubxonalarida qanday ko’rinishda bo’lishiga nazar solamiz.
Enzyme versiyasi
https://medium.com/media/be9e631abc2046070d6d312293a3ab7a/href
Ko’rishimiz mumkinki, oddiy Integration testlarini Enzyme orqali yozish oson. Ammo quyidagi ikkita muammoni ko’rishimiz mumkin:
DOMdagi elementlar bilan ishlash o’rniga, API ReactWrapper orqali find() metoddan qaytuvchi React komponent yokida instance() metodi bilan qaytuvchi nusxa komoponentlarni manipulatsiya qilish bilan ovora bo’lib qoladi.
Kutubxonani ichidan DOM ni o’zgarganini kutish va tekshirish uchun metod chiqmaydi. end-to-end testlarni yozish uchun mo’ljallangan WDIO va Cypress kutubxonalarni ichida bunday funksiya bor. Lekin Enzyme da bo’lsa, o’zimning ‘qiyshiq’ waitmetodimni yaratib olishimga tog’ri keldi.
https://medium.com/media/60ee33e17fba6ea1c216dae70de4cb93/href
react-testing-library dagi versiyasi
react-testing-library kutubxonasi o’zining eng sodda ko’rinishida, React komponentlarni render qilish, elementlarni tanlab olish va songi natija bilan operatsiyalar bajarish uchun API bilan ta’minlaydi. render funksiyasidan qaytarilgan elementlarni tanlash uchun kutubxona quyidagi metodlarni ham taqdim etadi.
getByText: elemetni matn kontenti orqali tanlab oladi
getByAltText: Rasm elementini alt atributi orqali tanlab oladi
getByPlaceholderText: Matn kirituvchi input elemetlarini placeholder attributi qiymatiga qarab tanlab oladi
getByTestId: data-testid data attributi qiymatiga qarab har qanday elementni matn bo’yicha tanlab ololmagan holatimizda uni tanlashga yordam beradi
https://medium.com/media/efb51e69438e57616bb7f7fb9199ea4a/href
Jarayon davomida men ikkita narsani tushundim:
API geyByText va getByPlaceholderText orqali vizual elementlarni tortib olib tekshrish uchun mo’ljallangan. Bu sizga ilovangizni kodingiz qanday ko’rishi orqali tekshirishidan ko’ra, foydalanuvchi qanday ko’rishi orqali tekshirish imkoniyatini beradi.
RTL sizga huddi Selenium va Cypress.io dagidek wait metodidan foydalanishingizga imkon beradi va siz mendaka ‘qiyshiq’ wait metodidini yozib o’tirishingizga hojat qolmaydi.
Xullas, qaysi biri yaxshiroq?
Ikkala kutubxonadan foydalanib ko’rganimdan keyin, react-testing-library ni men juda ham yoqtirib qoldim va keyingi loyihalarimda undan foydalanishni reja qildim. Men uning kichik APIsi va foydalanuvchi nikohidan testlash imkoniyatini bergani uchun yoqtirib qoldim. Agar siz hali ham yangi testlash kutubxonasi kerak deb hisoblamasangiz va Enzyme ning kamchikliklarini bilib turib, ularga ko’z yumishga tayyor bo’lsangiz, uni ishlatishda davom etishingiz mumkin.
Foydali linklar:
“Introducing the react-testing-library” kutubxona muallifi Kennet C. Dodds, nega react-testing-library kutubxonasini yaratganligi haqida so’z yuritadi.
Githubdagi react-testing-library kutubxonasi repozitoriyasi https://github.com/testing-library/react-testing-library
Telegram kanalimizga obuna bo’ling:
t.me/khumoyun_codes
https://css-tricks.com/front-end-testing-is-for-everyone/
Original maqolaga link:
Front-End Testing is For Everyone
Testlash siz uchun ikki narsadan biri bo’lishi mumkin, yo unga berilib zavq olib ketasiz, yo ko’zingizni yumib undan qochib ketgingiz keladi. Ikki holatda bo’lsangiz ham, men sizga aytishim mumkinki testlar barcha uchun. Aslida testlarning bir nechta turi mavjud, shuning uchun ham kirish bosqichida ular tushunmovchilik keltrib chiqarib, vaziyatni murakkablashtirishi mumkin.
Bu maqolada eng ko’p ishlatiladigan va keng tarqalgan testlarning turlari haqida aytib o’tib ketmoqchiman. Siz uchun bu balki yangilik bo’lmas, lekin bilimlaringizni yangilab olish uchun ayni muddao bo’lishi mumkin. Asosiy maqsad, quyidagi maqolani o’qib sizlar umuman olganda qanday testlar mavjudligini va nima uchun ishlatilishini bilib chiqib ketishingiz. Unit. Integration. Accessibility. Visual regression. Bu biz bugun ko’rib chiqadigan testlarning turlari.
Undan tashqari qaysi holat uchun qanday kutubxona va frameworklar ishlatilishini ham sanab o’tamiz. Havotirlanmang, texnik sheva (lahcha) dan voz uzoqlashishga harakat qilaman. Bu degani, siz Frontend bo’yicha ozgina tajribangiz bo’lsa biz ko’rib o’tadigan narsalarni tushunishga shularning o’zi kifoya bo’ladi.
Testlash o’zi nima?
Eng oson til bilan tushuntirganda, testlash bu dasturdagi xatoliklarni iloji boricha ertaroq topuvchi avtomatlashtirilgan asbob (qurilma, qurol, tool). Qaysiki, uning yordamida siz xatoliklarni production ya’ni keng ommaga chiqarmasdan oldin bilib va tuzatib chiqarasiz. Bundan tashqari testlar sizga o’z ishingizni qaysidir holat uchun tekshirishingiz kerakligini eslatib turadi, masalan accessibility (imkoniyati cheklanganlar uchun moslashtirilganlik).
Qisqa qilib aytganda, frontend testlash odamlar saytda nimani ko’rishini tasdiqlaydi va ular ishlatayotgan xususiyatlar maqsadga muvofiq ekanligini tekshradi.
Frontend testlash dasturning foydalanuvchi tarafini tekshradi. Masalan testlar “O’chirish” tugmachasi bosilganda kerakli element ekrandan o’chib ketganini tasdiqlashi mumkin. Ammo, bu narsa ma’lumotlar ba’zasidan o’chib ketganmi yoki yoqligini tekshirmaydi, bu uchun maxus backend testlari mavjud.
Gapning indallosi: biz foydalanuvchi tarafdagi xatoliklarni dastur serverga ketmasidan oldin ushlab olishimiz kerak.
Har xil testlar, dasturning har xil qismlariga qaraydi
Har xil testlar, har xil sohalarga qaraydi, bunga qaramasdan biz har birini ajrata olishimiz va ularning roliga qarab farqlay bilishimiz kerak. Qaysi biri nima uchun ishlatilishini bilmasdan adashtirish, ishonchsiz testlash muhitini yaratishga olib kelishi mumkin.
Ideal holatda siz, har xil turdagi testlarni har xil muammolarni qamrashiga ishlatasiz. Ba’zi testlar test coverage ya’ni kodingizni qancha qismi test bilan qoplanganligini ko’rsatuvchi analitik ma’lumotlarini ko’rsatib bera oladi. Bu juda ham zo’r xususiyat, lekin ba’zi dasturchilar 100% qoplanish (coverage) ga erishishga harakat qilishadi, lekin bu ma’lumotga tayanib qolish yaxshi emas. Eng asosiy maqsad, g’ayrioddiy holatlarni hisobga olib ularni tekshirib (testlab) ketish bo’ladi.
Shunday qilib, e’tiborimizni turlarga qaratamiz. Esingizda qolsin, siz bularning hammasini ishlatmasligingiz mumkin, lekin ularni ajratib, qaysi birini qay holatda ishlatishni bilib olishingiz maqsadga muvofiq bo’ladi.
Unit testing (Qismli testlash)
Daraja: Oson
Ishlatilish joyi: Dasturning funksiya va metodlari
Ehtimoliy qurollar:, AVA, Jasmine, Jest, Karma, Mocha
Qismli testlash testlarning eng kichik va oson qismidir. Ular har bir alohida komponentlarga qarayda va ularni kutilgandek ishlashini tekshradi. Bu kabi testlab, har qanday frontend dastur uchun muhim, chunki bu orqali siz komponentlaringizni kutilgandek ishlashini tekshirasiz va ishonchli kod bazasiga va dasturga erishasiz. Undan tashqari bu yerda g’ayrioddiy holatlar korib chiqiladi va qoplanadi.
Qismli testlar ayniqsa APIlarni testlash uchun juda ham qulay. Lekin haqiqiy APIlarga murojat qilmasdan oldindan belgilab dasturda yozilgan (hardcoded, mocked) ma’lumotlar orqali siz komponentlaringiz test holatida qanday ishlashini ko’rib olasiz.
Keling eng sodda funksiyani misol qilib keltramiz:
Bu juda oddiy misolda ko’rishingiz mumkinki siz ism (name) berilmagan holatni hisobga olib tekshirib ketayapsiz. Agar bu yerda ism berilgan bo’lsa, biz “Salom ${name}!” degan javobni olamiz, qaysiki bu yerda ${name} foydalanuvchi tomonidan berilishini kutamiz.
“Hmm, biz shunday kichkina narsani testdan o’tkazishimiz kerakmi?” degan savol paydo bo’lishi mumkin. Lekin buning uchun juda muhim bir nechta sabablar bor:
Bu sizga funksiyangizni barcha ehtimoliy natijalarini chuqurroq o’ylashga majbur qiladi va ko’pincha hisobga olinmagan g’ayrioddiy holatlarni hisobga olib ketishingizga yordam beradi.
Kodingizning qaysidir qismi, bu hisobga olinmagan holatga bog’liq bo’lshi mumkin, agar kodingizga kelib kimdur kelib, qandaydir muhim qismni ochirib ketsa, quyidagi test bunday qilib bo’lmasligini va muhimligini takidlaydi.
Qism testlari quyidagidek kichkina va oson bo’ladi:
describe va it sintaktik qulaylik desa ham bo’ladi. Bu yerda eng asosiy qatorlar expect (kutish) va toEqual(teng bo’lsin yoki teng bo’lshi kerak). Ya’ni kutilgan narsa biz belgilagan narsaga teng bo’lgan holatdagina testimiz muvaffaqiyatli o’tadi. describe va it testimizni faqatgina mantiqiy qismlarga ajratib beradi. expect biz tekshirmoqchi bo’lgan narsani qabul qiladi, toEqual esa kutilgan natijaga solishtiradi. Bulardan tashqari unit testlar uchun juda ko’p metod va funksiyalar mavjud.
Qismlar (units) bilan ishlaydigan kutubxona bo’lmish Jest bilan ishlayabmiz deb hisoblasak, Jest yuqorida ko’rsatilgan sayHello funksiyasini sarlavha sifatida terminalga olib chiqadi. it funksiyasini ichida ko’rsatilgan ma’lumotlar bo’lsa alohida bir qism (unit) test hisoblanadi va o’zining birinchi argumentida olgan matnni sarlavha qilib oladi va natijani qanday tugagani ko’rsatadi.
Bu yashil belgilar funksiyamiz testdan muvaffaqiyatli o’tganini va barcha holatlar hisobga olingani ko’rsatadi. Ura!
> jest
PASS ./sayHello.test.js
sayHello funksiyasi
✅ Ism taqdim etilmagan holatda mos javob qaytarishi kerak
✅ Ism taqdim etilganda mos javob qaytarishi kerak
Shunday qilib Frontendni testlash bo’yicha birinchi maqolamiz o’z nihoyasiga yetdi, yuqorida ko’rsatilgan link orqali siz, maqolani originalini ingliz tilida to’liq o’qishingiz mumkin. Agar sizga maqola tushunarli va foydali bo’lgan bo’lsa “👏🏻” qarsak tugmachasini bosib qo’yishni unutmang.
Telegram kanal:
https://t.me/khumoyun_codes
Ikkinchi voqea 2019-yil mart oyida yuz berdi, birinchi voqea bilan ikkinchi voqea orasida deyarli 2 yil vaqt o’tdi, lekin orada OKS Technologies deb nomlangan web-studiyaga ishga kirdim, o’sha paytda 2 kursni bitrgan talaba sifatida o’zimga olayotgan 1.5mln oyligim bemalol yetardi va ish atmosferasi yoqardi. Eng asosiysi u studiyada meni aynan karyera tomondan shu paytgacha qo’llab quvvatlab kelayotgan ustozim Maqsud Karimov bilan tanishdim. U yerda HTML+CSS bilan ishlash qobilaytlarim ancha yaxshilandi, Toshkent Fotografiya Uyi, O’zbekiston Prokraturasi Akademiyasi, Kun.uz — Yangliklar portali va keng omma uchun taqdim etilmagan yana 2 ta loyihani ustida ishlab tugatdim.
OKS Technologies kompaniyasida ishlayotgan paytim, do’stim Nuruddin Iminohunov menga o’zi ishlaydigan kompaniya ya’ni Super Dispatch deb nomlangan Amerikada marketing va sotuv bo’limi joylashgan, Toshkentda esa dasturiy ta’minot qismi ishlab chiqariladigan kompaniyaga ishga kirishga urunib ko’rishga taklif berdi. Birinchi urunishda bu ish qo’limdan kelmadi, ikkinchi urunishda esa 2019-yil yangi yildan song muvaffaqiyatli Super Dispatch kompaniyasiga 3 oy sinov muddati bilan stajirovkaga qabul qilindim. Bu 3 oy ichida men Junior dasturchi lavozimiga loyiq ekanligimni ko’rsatishim kerak edi, menga alohida Senior dasturchi biriktirildi va brokerlar bilan ishlovchi platforma ustida ish olib borayotgan jamoaga qo’shib qo’yishdi. Jamoada 3 ta backend dasturchi, 1 ta dizayner, 3 ta Frontendchi va QA ya’ni sifat nazoratiga qaraydigan ishchilar bor edi. Bu kompaniyada ishlash mobaynida men o’zimni Google yo Facebookga ishga kirgan odamdan ham bahtliroq his qilardim, chunki hamma uchun o’ziga yetarli darajada ish berilgan ko’p ham emas, kam ham emas. Har bitta va’zifani bajarmasdan oldin u haqida puhta o’ylaniladi va jamoa bilan ko’rib chiqilib haftalik rejalar tuziladi. Aynan shu yerda men Agile, Scrum, Kanban degan ish boshqaruv metodologiyalari haqida eshitdim va ularni amalda qo’llagan holda ishlay boshladim.
Umuman OKS ga solishtirganda Super Dispatch jamoasi boshqa dunyo edi men uchun, jamoada 40 nafardan ko’proq ishchi bor edi va bu esa OKS dan deyarli 3 baravar ko’p. OKSdagi O’zbekistonning 12 ta viloyatidan yig’ilgan sodda dasturchilar jamoasidan farqli o’laroq, Super Dispatchda “Yevropalashgan” O’zbeklar va O’zbek millatiga mansub bo’lmagan ishchilar asosiy qismni tashkil qilardi. Menga bu bir tomondan yoqsa, ikkinchi tomondan jamoa bilan til topishib ketishimga tosqinlik qilardi. Negaki, men maktab va litseyni ham milliy ya’ni O’zbekcha sinflarda o’qiganman, oilam ham eng oddiy o’zbek oilasi bo’lganligi uchun.
JavaScript va Reactning asoslariga endi qadam qo’ygan yosh dasturchi uchun jamoamiz shug’illanadigan platformaning kodlari menga tushinish uchun juda ham qiyinlik qilardi. Chunki undan oldin, tayyor kutubxonalardan foydalanib, faqatgina web saytlarni verstka qismini HTML+CSS da yozib yurgan men uchun, oddiygina bir tugmachani bir tomondan ikkinchi tomonga surish kodini topib o’zgartirish soatlab vaqt olishi mumkin edi. Loyiha kodlari strukturasi va yozilish stilistikasi men videodarslarda ko’rib o’rganib yurgan strukturadan tubdan farq qilardi, har bir komponent, har bir funksiya uchun avtomatlashtirilgan testlar yozilardi. Aynan bo’sh vaqtimda men Senior dasturchiga quloq solib test yozishni o’rganib, yozilgan kodlarga birin ketin testlar yozib chiqar edim. Lekin oddiy bir elementni qayerdan olinib qayerda qanday ishlashi anglab yetgunimcha kun kech bo’lib, barcha office dan ketishga hozirlanib qolardi. Bunga qaramasdan men, menga yuklatilgan vazifalarni qo’limdan kelgancha bajarardim va savollarim paydo bo’lsa, Senior dasturchidan menga yordam berishini so’rardim, u ham hech erinmasdan menga kod yozishimga yordam berar va qo’lidan kelgancha tushuntirib berar edi. Xullas, ish jarayoni aynan shunday qiyinchiklar bilan davom etib va 2 oydan so’ng qaytmas nuqtaga borib yetdi.
Oxirgi martta ishga borgan kunim, ertalab kompaniyamiz Texnik Direktori Farhodjon Chinberdievni men ko’chada jamoamiz yetakchisi (TeamLead) Rustam aka bilan kofe ichib ko’chada suhbatlashib yurishganini ko’rdim va officega kirib o’z ishimni bajarishni boshladim va sinov muddatida menga yordam beruvchi sifatida tayinlangan Dianadan, Rustamaka bilan Farhodjon aka ko’chada nega aylanib yurishganini so’radim va u menga har oy Farhodjon aka kompaniya ishchilarini birma bir “Coffee Talk” ya’ni kofe ustida suhbat orqali, ish jarayoni, jamoa va kamchiliklar haqida so’rashlarini aytdi. Ko’nglim hotirjam bo’lsa ham, qandaydir hissiyot yomon xabar kelshini sezayotgandek notinchlik uyg’otardi. Peshin paytidan so’ng, Farhodjon aka meni ham tashqariga suhbat uchun chaqirdilar, meni fikrimda ular bilan hozir men ham oddiygina “Coffee Talk” orqali suhbat qilaman deb, ko’ngilni hotirjam qilib ko’chaga chiqdim va suhbatimiz boshlandi. Ular mendan ishim va o’zim haqimda hol-ahvol so’raganlaridan so’ng, “Humoyun, biz siz bilan hayrlashmoqchimiz” degan gapni aytdilar va bu gapni hazilga oldim. Negaki Farhodjon akani jiddiy yuz bilan, “qo’rqinchili” hazil qilish odatlari bor edi. Shuning uchun ham men “Farhodjon aka hazillashyapsizmi?” deb so’radim va unga javoban men jamoada yaxshi ishlayolmayapganimni, vazifalarimni to’la to’kkis bajarolmayapganimni va eng asosiysi Senior dasturchini o’z savollarim bilan vaqtini olayotganim uchun u o’z vazifalarini ham vaqtida bajara olmayapganini aytdilar. Men bu gapdan keyin oddiygina qilib aytganda o’zimni yoqotib qo’ydim va tanamni sovuq titroq bosdi. Gaplarga ishongim kelmadi, chunki men qo’limdan kelgan barcha ishni qilib, 3 bosqichli suhbatlardan so’ng, eski ishimdan bo’shab, bu kompaniyada kamida 3–4 yil ishlayman, tajriba orttiraman degan, katta orzu umidlar bilan ishga joylashgandim.
Farhodjon akadan men bu qarorni o’zgartirish mumkinligi haqida so’radim, hattoki ishda qoldiradigan bo’lishsa, tajriba orttirib yaxshi natijalar ko’rsatmgunimcha tekinga bo’lsa ham ishlashga roziligimni aytdim. Ularning javoblari esa quyidagicha bo’ldi, “Humoyun, gap pulda emas, barcha qarorni Senior dasturchi qabul qildi, bizga uning qilayotgan ishi juda ham muhim, siz uni vaqtini olganingiz sababli, ishlarini qilib ulgurmay qolyapti, bu biznes uchun juda ham yomon ta’sir o’tkazadi. Sizning oyligingiz biz uchun katta summa emas, agar Senior dasturchi rozi bo’ladigan bo’lsa, men sizni shunday ham qoldiraveraman, aksincha bo’ladigan bo’lsa, meni sizga eng katta maslahatim jamoa yetakchisi va senior dasturchidan feedback ya’ni ularni siz haqingizdagi fikr-mulohazalarini so’rab keting, chunki bu juda ham katta foyda beradi. Oxirgisi bo’lsa, hozircha ishlamay turing, ko’proq tajriba yig’ib fundamental bilimlarni yaxshilaganingizdan so’ngragina ishlang. Yozda kelsangiz balkim o’zimiz qaytib ishga qabul qilarmiz, hozircha esa faqat o’qing”.
Bu gapni eshitib, Senior dasturchini alohida gaplashib olish uchun chaqirdim va qarorini o’zgartirishini iltimos qilib so’radim. Lekin u “Humoyun, qarorim qat’iy uni o’zgartirmayman, sen bu kompaniyada ishlash uchun hali tajribang kam va yetarlikcha harakat qilmading, chunki va’zifani qilish uchun kod yozish jarayonida uning ma’ntig’ini tushunishdan ko’ra, natijaga erishishga harakat qilding. Kodlarni internetdan ko’p ko’chirasan, hop, barcha vaqtida shunday boshlagan, lekin yaxshi dasturchi bo’laman desang, kodni ko’chirmasdan oldin uni to’liq mantig’ini tushinishga, yoki undan ham yaxshirog’i uni to’liq o’zing yozishga harakat qilishing kerak. Senda bu ko’nikma yaxshi shakillanmagan, shuning uchun ham hozir sen ketishing kerak. Maslahatim boshqa ish topib ishlama, avval yaxshilab o’qi, so’ngra keyin yana bu yerga qaytib kelishga harakat qilib ko’r. Meni ham bir paytlar ketkazib yuborishgan va keyin o’zlari ishga chaqirib olishgan. Balkim senda ham shunday bo’lar. Hozir esa meni ko’p vaqtimni olyapsan” deb aytdi.
Shundan so’ng dunyo ko’zimga qorong’u ko’rinib ketdi, u paytdagi holatni tog’risini aytsam so’zlar bilan to’liq tasvirlab berolmayman, “Nahotki men dasturchi emasman, nahotki qo’limdan hech narsa kelmaydi, ko’chirib bo’lsa ham natijaga erishdimku, o’zim shu narsani yozishni bilmasam, qo’limdan kelmasa, o’rganish uchun ham ko’chiramanku. Nega avvalroq bu narsani menga aytishmadi, qo’limdan kelmayapgani va halaqt berayotganimni, yoki o’zim shunchalik nodonmanmi, ishoralar orqali ham buni tushunib ololmaydigan. Endi nima qilaman? Barchaga shunday kompaniyada ishlayman deb aytganman, qo’limdan kelmasdan haydab yuborishganini odamlar bilsa nima bo’ladi. Dasturchi bo’lib ishlolmasam endi nima qilaman, boshimni qaysi toshga borib uraman, ertaga oilamni zorg’a boqadigan oddiygina ish bilan shug’illanishimga tog’ri keladimi?” shunday savollar meni qiynadi va ko’chada bir oz turib ko’zimga yosh olib, o’zimga kelganimdan so’ng ustozim Maqsud akaga qong’iroq qildim, vaziyatni tushuntirdim, ular boshida oldindan ogohlantirish berilmasdan meni haydashganiga achchig’lari chiqdi va songra meni ovutishga harakat qilib quyidagi gaplarni aytdilar, “Humoyun siqilmang, hammasi hali yaxshi bo’ladi, hali zo’r dasturchi bo’lasiz, bundan ham yaxshiroq ish topasiz, o’rganasiz, endi ko’pro kitoblar o’qiysiz, o’zizni ustizda harakat qilasiz, yiqilgandan keyin turish kerak, qolib ketish emas, o’zim yo’l yo’riq ko’rsataman. Bularning barchasi yaxshilikka. Hozir bo’lsa, o’zingizni tutib olib ishingizni tugatib keting u yerdan, keyin bo’lsa ikkita yo’ldan bittasini tanlang, ular aytishgandek hozircha ishni yeg’ishtirib qo’yib faqat o’rganing yoki oddiyroq lavozimga ishga kirib ishlang. Ikkala holatda ham, men siz tarafingizdaman va qo’limdan kelgancha yordam beraman, o’ylab ko’ring 3–4 kun, bir qarorga kelganingizdan so’ng esa, reja tuzamiz”.
Matematikaga va dasturlashga qobilyati bor ko’p insonlar kitoblar orqali o’rganishga ko’proq layoqatli bo’lishadi. Ammo bunday xususiyat menda yaxshi shakillanmaganligi uchun, men ikkinchi yo’lni ya’ni oddiyroq lavozimga ishga kirib ishlashni tanladim. Chunki aynan ish jarayoni paytida menda, o’rganish osonroq bo’lgan hardoim, kitoblarni o’qib ularni amalda qo’llaguncha ko’pgina narsalar esimdan chiqib ketishini o’zimda ko’p kuzatganman. Ishlashni davom ettirishga qaror qilganimdan so’ng, Telegramda berilgan e’lon orqali Turon Telecom kompaniyasining da’sturiy ta’minot bilan shug’illanadigan bo’limiga muvaffaqiyatli suhbatlardan o’tib ishga qabul qilindim. Senior dasturchi menga aytgan gaplardan keyin, bu hatolik qaytarilmasligi uchun, o’zimni ustimda yana ham ko’proq ishladim, yozayotgan kodimni qanday ishlashishini tushunish uchun va nega tog’ri yoki notog’ri ishlayotganini anglash uchun uni yozishdan ko’ra ko’proq vaqt sarfladim. Oxir oqibat, o’zgarishlar o’zini ta’sirini ko’rsatib, men o’zim kutgan natijalarimga erishdim.
Bu ish o’rnimda men, 1.5 yil davomida ishladim va hozirgacha to’liq o’zim qilgan eng katta loyiham bo’lgan Cinerama kinoportalining frontend qismini to’liq tugatib ishga tushirdim.
Xulosa
Bu voqeadan men o’zimga quyidagilarni xulosa qilib tushundim:
Katta kompaniyada katta ma’suliyatlar bo’ladi, faqatgina ulardan qo’rmasangiz unday joylarda ishlash kerak.
Siz yomon holat deb tushinilgan ish, ko’pincha o’zi yaxshilik uchun bo’ladi, chunki har bir ishnining o’zini hikmati bor. Buni, o’z shaxsiy tajribamda bir necha bor ko’rdim.
Yozayotgan kodni to’liq tushunish shart, to’g’ri ishlasa ham, notog’ri ishlasa ham, ishlayaptiku deb tashlab ketish hech qachon o’sishga olib kelmaydi. Tushingandan so’ng ham, uni yaxshiroq, osonroq va tushunarliroq yo’lda yozib ko’rishga harakat qilish kerak.
Internetdan tayyor kodni yokida yechimni ko’chirmasdan oldin, uni qanday ishlayotganini albatta tekshirib tushinish shart.
Yiqilgandan keyin albatta o’zingizda turishga nima qilib bo’lmasin kuch topishga harakat qiling, chunki yengilganingizni tan olib ketadigan bo’lsangiz, hech qachon oldingidan ko’ra yaxshiroq bo’lmaydi.
Sizga shirin yolg’ondan ko’ra, achchiq haqiqatni aytadigan insonlarni ko’proq qadrlang, chunki haqiqat hardoim sizga ko’proq kuch beradi.
Iloji boricha, o’zingizni oldingizda ustoz deb atay oladigan, sizdan ozgina bo’lsa ham ko’proq narsani bilib, o’rgatadigan insoningiz bo’lsin, chunki ozgina bo’lsa ham ko’proq tajribaga ega odam, sizning fikrlashingizni tubdan o’zgartirib, tog’ri maslahlar beradi.
Qiyinchilik hardoim ham bo’ladi, lekin unga qarshi turib yengib chiqish kerak. Asosiysi, bu qiyinchiklarga bo’lgan munosabatingizni tog’rlash kerak, bunday holatlarlarni sizni sindirish deb emas, o’sish uchun imkoniyat deb biling.
Agar sizga hikoya yoqgan bo’lsa, iltimos uni boshqa dasturlashni o’rganayotgan insonlar bilan ulashing, hikoya ostida o’z izohlaringizni qoldiring va qarsak 👏🏻 chalib qo’ying :)
Telegram kanal orqali o’qiyotganlar esa, hikoya yoqgan bo’lsa o’z izohlaringiz bilan birgalikda “+” larni ham qoldirib keting.
Telegram kanal:
https://t.me/khumoyun_codes
Birinchi voqea:
https://khumoyun.medium.com/dasturlash-meniki-emasmi-1-voqea-d7b4aa6381b