Stories by Muhammadjon Toshpulatov on Medium
Google Waterloo
Bugun Google’da ish boshlaganimga roppa-rosa bir oy boʻldi. Intervyu jarayoni koʻpchilikni qiziqtirgan koʻrinadi, mendan ushbu jarayon haqida ma’lumot berishimni soʻrashdi. Ushbu postda avvaliga Google’ga ishga kirish jarayoni haqida umumiy ma’lumot berib, soʻng oʻzimning shaxsiy tajribam bilan oʻrtoqlashaman.
Muhim: Ushbu postdagi barcha ma’lumotlar oʻzimning shaxsiy fikrlarim va tajribalarim hamda hech qaysi ma’lumot Google’ning nomidan emas.
Umumiy ma’lumot
Google’da dasturchilarni ishga olish bir nechta bosqichdan iborat:
Ishga topshirish.
Onlayn test.
Qisqa qoʻngʻiroq.
Dastlabki texnik intervyu.
Asosiy texnik intervyular.
Menejerlar bilan intervyu.
Rasmiy ish taklifi.
1. Ishga topshirish. Koʻp kompaniyalar singari Google’ga ham ishga odatda ikki xil usulda topshirsa boʻladi: Birinchisi — Google’ning rasmiy vakansiyalar vebsayti careers.google.com orqali topshirish. Ikkinchisi — Google’da siz bilan oldin birga ishlagan yoki oʻqigan tanishingiz sizni kompaniyaga tavsiya qilishi. Agar ma’qul kelsangiz, bir necha kun/hafta/oy ichida rekruiter sizga email orqali aloqaga chiqadi.
2. Onlayn test. Ba’zi holatlarda algoritmga oid 2-3 ta topshiriqni oʻz ichiga olgan hamda tajribalaringizga oid savollardan iborat onlayn test topshirishingiz soʻralishi mumkin.
3. Qisqa qoʻngʻiroq. Rekruiter sizni yaxshiroq bilish uchun telefon orqali suhbatga taklif qiladi. Odatda bu intervyuda ish tajribangiz, qiziqishlaringiz va rejalaringiz haqida soʻraladi. Suhbatdan soʻng rekruiter sizni ishga mos keladi, deb hisoblasa, keyingi bosqichga oʻtasiz.
4. Dastlabki texnik intervyu. Bu bosqich texnik intervyularning eng birinchisi hisoblanib, 45 daqiqa davomida intervyuchi bergan algoritmlarga oid 1-2 ta savolga javob berishingiz kerak boʻladi. Buning uchun oʻzingiz ma’qul koʻrgan dasturlash tilidan foydalanishingiz mumkin. Intervyu koʻp holatda video qoʻngʻiroq orqali boʻladi. Savollarga javobni “shared doc”da (siz va intervyuchi uchun koʻrinib turadigan onlayn “oq qogʻoz”) yozib berishingiz talab qilinadi. Kod yozish uchun moʻljallangan dasturlardan foydalana olmaysiz, ya’ni “compiler” dan foydalanish imkoniyati yoʻq.
5. Asosiy texnik intervyular. Dastlabki texnik intervyudan oʻtsangiz, asosiy texnik intervyular boshlanadi. Bu bosqich eng muhim va eng qiyini, desam boʻladi. Odatda bir kun davomida 3 tadan 5 tagacha intervyu boʻladi. Intervyulardan birida Google’ga qanchalik mos kelishingiz (“Googleyness”) tekshiriladi. Qolgan intervyular texnik boʻlib, xuddi dastlabki texnik intervyu kabi boʻladi. Faqat savollar qiyinroq boʻlishi mumkin. Yuqoriroq, ya’ni “senior” lavozimga topshirgan boʻlsangiz, bitta “system design” ga oid intervyu ham boʻladi.
6. Menejerlar bilan intervyu. Agar yuqoridagi barcha bosqichlardan muvaffaqiyatli oʻtsangiz, navbat sizga mos keladigan jamoani topishga keladi. Buning uchun 2-3 ta komandalarning menejerlari bilan intervyular boʻlib oʻtadi. Sizga birorta jamoa yoqishi va siz ham shu komandaning menejeriga ma’qul kelishingiz kerak. Yoʻqsa, boshqa menejerlar bilan intervyular tashkillashtiriladi. Jamoa topilganidan soʻng, hujjatlaringiz ohirgi qarorni qabul qilish uchun koʻrib chiqiladi.
7. Rasmiy ish taklifi. Uzoq va qiyin bosqichlardan oʻtganingizdan keyin rekruiter sizga qoʻngʻiroq qilib, yaxshi xabarni yetkazadi. Qolgani — hujjat ishlari.
Ba’zi holatlarda jamoa topishdan oldin ham rasmiy ish taklifi joʻnatilishi mumkinligini aytishadi.
Na muncha ko’p bosqichlar?
Menda qanday boʻldi?
17-fevral. Fevral oyining oʻrtalari. Oʻqish tugagan va ish qidirish jarayonini allaqachon boshlaganman. Google kompaniyasining vakansiyalar joylanib boriladigan portaliga kirib Kanadadagi ofislardagi ishlarni koʻrib oʻtirsam, yaqinda qoʻyilgan vakansiya chiqib keldi: “Software Developer”. Ishga qoʻyilgan talablar bilan tanishib chiqdim. Men barcha talablarga javob berar ekanman, ishga topshirib qoʻydim [yuqoridagi 1-bosqich].
21-fevral. Oradan toʻrt kun oʻtib, Google rekruiteri menga email joʻnatdi. Bir-ikki email almashganimdan soʻng menga onlayn savollar uchun havola yuborishdi (faqat ish tajribamga oid savollar, texnik emas) [2-bosqich]. Savollarga oʻsha kuniyoq javob berib yubordim. Ertasiga boshqa email keldi. Unda meni telefon orqali qisqa intervyuga taklif qilishgandi.
23-fevral. Rekruiter bilan qisqa intervyu boʻlib oʻtdi [3-bosqich]. Unda asosan nimalarni bilishim, ish-tajribalarim va bundan keyin qaysi yoʻnalishda ishlamoqchi ekanligim haqida soʻraldi. Rekruiter qoʻngʻiroqdan keyinoq menga keyingi bosqich haqida ma’lumot berilgan boshqa bir email joʻnatdi va mendan keyingi bosqich — dastlabki texnik intervyu uchun kun belgilashimni soʻradi.
Ma’lumot uchun, Google’da odatda intervyu kunini belgilash uchun sizdan kamida 5 xil sana taklif qilishingizni soʻrashadi. Shundan soʻng taklif qilingan sanalardan biriga (prioritet boʻyicha) intervyu kunini belgilashadi. Men ham shunday qildim. Ikki kundan keyin kelgan emailda keyingi bosqich uchun intervyu 10-martga belgilangani yozilgandi.
10-mart. Dastlabki texnik intervyu kuni keldi [4-bosqich]. Astoydil tayyorlanib, kompyuterimga quloqchinlarni tiqib, kutib oʻtirsam, intervyuchi video qoʻngʻiroq qilishning oʻrniga, telefonimga qoʻngʻiroq qildi. Keyin esa savolni yozma emas, ogʻzaki aytdi. Men kutgandek boshlanmaganligi uchun boshida biroz hayajonlandim. Lekin birinchi savolga toʻliq tushunganimdan soʻng hayajon ortda qoldi. Ikkita berilgan topshiriqqa va boshqa berilgan savollarga javob bera oldim. Ohirida bir nechta savol soʻrab, javob olishga ulgurdim.
15-mart. Besh kundan keyin email keldi: keyingi bosqichga oʻtibman. Bundan buyogʻiga men bilan boshqa rekruiter “shugʻullanar” ekan. U ham video qoʻngʻiroq orqali gaplashmoqchi ekanligini aytdi.
23-mart. Yangi rekruiter bilan ish-tajribalarim, qiziqishlarim haqida gaplashdik. Android yoʻnalishiga qiziqishimni, shu yoʻnalish boʻyicha tajribaga ega ekanligimni aytdim. Rekruiter rezyumeyimdan ba’zi narsalarni soʻrab, aniqlik kiritib oldi.
Intervyudan keyin menga keyingi bosqich intervyusi uchun kun belgilashimni so’rashdi. Yaxshiroq tayyorlanay deb besh hafta keyinroqqa, 29-aprelga belgiladim. Buyogʻiga har bir soatdan unumli foydalanish uchun astoydil tayyorlanishni boshladim.
29-aprel. Bir oydan koʻproq vaqt juda tez oʻtib ketdi va asosiy texnik intervyular boʻladigan kunga yetib keldim [5-bosqich]. Bu kunda ketma-ket beshta 45-daqiqalik intervyu boʻldi: ikkita faqat algoritmlarga oid, ikkita algoritm va Android aralash, bitta “Googleyness” intervyusi. Tan olishim kerak, meni yaxshigina sinov qilishdi. Kutganimdek, savollar dastlabki texnik intervyu savollariga nisbatan qiyinroq boʻldi. Intervyulardan “omon chiqqanimdan” keyin eng qiyini — kutishni boshladim.
4-may. Besh kundan soʻng rekruiter keyingi bosqichga oʻtganimni va tez kunda har xil jamoalarning menejerlari bilan intervyu boʻlishini tushuntirdi. Bir haftadan keyin 3 ta komandaning menejerlari bilan intervyu boʻlib oʻtdi [6-bosqich]. Ma’lumot uchun, bu texnik intervyu emas. Unda menejerlar sizdan ish tajribangiz, kelajakdagi rejalaringiz va hkz. haqida soʻrashadi. Bu intervyu sizga jamoani yaxshiroq bilish uchun yaxshi imkoniyat.
Menga deyarli barcha jamoalar yoqdi. Eng ma’qul kelgani “Gmail Android” boʻldi. 3-4 kundan soʻng rekruiter menejer rozi boʻlganini aytdi.
17-May. Shu kunga rekruiter bilan video qoʻngʻiroq belgilangan edi. Unda aniq nimalar haqida gaplashishimizni bilmas edim. Suhbat davomida rekruiter barcha intervyular yaxshi boʻlganini va hamma narsa hal boʻlganini aytib, meni tabrikladi. Unchalik tushunmay qoldim va amin boʻlish maqsadida rekruiterdan “boʻldimi, ishga qabul qilindimmi?” deb soʻradim. Rekruiter “Ha albatta, shuning uchun tabriklayapman”, degandek javob qaytardi. Oʻsha payt qay darajada xursand boʻlganimni aytmasam ham boʻladi.
Shundan keyin ishni boshlash sanasi va boshqa masalalarda gaplashdik. Ikki kundan soʻng yozma ravishda rasmiy ish taklifi keldi [7-bosqich]. Uyogʻiga hujjat ishlari bilan band boʻldim.
13-iyun. Google’da rasmiy ravishda birinchi ish kunimni boshladim!!!
Agar siz ham Google'da ishlashga qiziqqan boʻlsangiz, hozirdan tayyorgarlik koʻrishni boshlang. Ma’lumotlar foydali boʻladi, deb umid qilaman. E’tiboringiz uchun rahmat!
Koʻp soʻraladigan savollar
1. Savollar qay darajada qiyin boʻldi?
Leetcode medium-to-hard darajada.
2. Jarayon juda uzoq vaqt olibdi, tezlashtirsa boʻladimi?
Men koʻproq tayyorlana olishim uchun iloji boricha koʻproq vaqt olishga harakat qildim. Kamroq vaqt olib, jarayonni tezlashtirsa boʻladi.
3. Tayyorgarlik uchun qanday resurslardan foydalanishni maslahat berasiz?
Gayle Laakmann McDowell’ning “Cracking the coding interview” kitobi;
Leetcode premium;
HackerRank;
Rekruiter joʻnatadigan materiallar;
Savollarga javob topish mumkin boʻlgan har qanday ishonchli veb-saytlar.
Galifaks shahri
Ikki kun oldin Kanadaga magistratura bosqichida oʻqishga qanday qilib xujjat topshirish haqida yozgan edim. Aytaylik, universitetdan oʻqish uchun taklif oldingiz va depozitni toʻladingiz. Endi buyogʻiga nima qilish kerak?
Kanadada oʻqish uchun ruxsatnoma (“Study permit”) olishingiz kerak boʻladi. Bu ruxsatnoma uchun hujjatlarni onlayn tarzda yoki qogʻoz koʻrinishida topshirish mumkin. Onlayn topshirish tezroq va osonroq boʻlib, buning uchun Kanada hukumatining rasmiy vebsayti — canada.ca dan foydalanasiz.
Vebsaytidagi talaba vizasi uchun soʻrovnomaga javob berganingizdan keyin topshirishingiz kerak boʻlgan hujjatlar roʻyxatini koʻrsangiz boʻladi. Roʻyxatda odatda:
- “Study permit” uchun ariza;
- Pasport;
- Oʻqishdan olgan rasmiy taklif xati (“offer letter”);
- Moliyaviy holatni tasdiqlovchi hujjat;
- Rasm va hokazolar boʻladi.
Barcha hujjatlarni tayyorlab, elektron nusxasini onlayn tarzda topshirganingizdan keyin 2–3 kun ichida emailingizga biometrik ma’lumotlarni taqdim qilishingiz talab qilingan xat keladi. Biometrik ma’lumot barmoq izlari boʻlib, uni Kanada viza markazlarida (“Visa application center — VAC”) topshira olasiz, xolos. Afsuski, Oʻzbekistonda bunday viza markazi yoʻq. Buning uchun boshqa davlatga borishingiz kerak. Ta’kidlab oʻtishim kerakki, viza markazi bu elchixona degani emas.
Biometrik ma’lumotlarni topshirib boʻlgandan keyin bir necha kun (hafta) oʻtib tibbiy koʻrikdan oʻtishingiz talab qilingan email olasiz. Koʻrikdan Toshkentdagi “Tashkent International Medical Clinic” da oʻtsangiz boʻladi. Natijalarni klinikaning oʻzi Kanada elchixonasiga taqdim qiladi.
Agar topshirgan hujjatlaringizning barchasi ma’qul kelsa, pasportingizni joʻnatishingizni soʻrashadi. Pasportni elchixonaga emas, Kanada viza markazi (VAC) ga joʻnatishingiz kerak. VAC passportingizni qabul qilganidan keyin Kanada elchixonasiga joʻnatadi. Pasportni pochta orqali joʻnatish uchun ishonchli va tezkor pochta turidan foydalanishingiz kerak (qimmatroq boʻlsa ham). Oʻzingiz tanlagan pochtada oldindan toʻlov servisi borligini tekshiring. Chunki pasportingiz tayyor boʻlganindan keyin uni qaytarib olib kelish kerak boʻladi. Buni esa pochta orqali amalga oshirish qulayroq.
Tabriklayman, pasportingizni qabul qilib oldingiz. Pasportingizning bitta sahifasiga stiker yopishtirilgan boʻladi. Bu — “study permit” emas! Bu — Kanadaga kirib-chiqish uchun vaqtinchalik viza. “Study permit”ni Kanadaga uchib borganingizdan keyin birinchi aeroportda Kanada chegara xizmatlari agentligi (Canada Border Services Agency) hodimidan olasiz. Ular sizni 5–10 daqiqa davomida qisqa suhbat qilishlari mumkin. Savollariga hotirjam, toʻgʻri va tushunarli javob berishingiz kerak. Shundan soʻng sizga “study permit” taqdim qilinadi. “Study permit” bir varoq sargʻish hujjat boʻlib, unda siz haqingizda ma’lumotlar, hujjatning berilgan sanasi hamda amal qilish muddati, va qoʻshimcha ma’lumotlar boʻladi.
Buyogʻiga rasmiy ravishda Kanadaning vaqtinchalik rezidentiga aylanasiz. “Study permit” ning pastida sizga qoʻyilgan shartlar boʻladi. Shu yerda sizga ishlash haqida ruxsat berilgan boʻlishi mumkin. Shunday boʻlsa, oʻqishingiz boshlangan birinchi kundan boshlab haftasiga 20 soatdan oshmagan miqdorda ishlasangiz boʻladi. Agar ishlash uchun ruxsat haqida hech narsa yozilmagan boʻlsa, siz ishlay olmaysiz. Ishlashga ruxsat olish uchun “study permit” shartlarini oʻzgartirish uchun ariza topshirasiz va sizga yangi “study permit” beriladi.
Koʻrib turganingizdek, Kanadaga talaba vizasini olish oson emas. Bundan tashqari yaxshigina xarajat qilishga toʻgʻri keladi: Moliyaviy holatni isbotlash uchun bank hisob-raqamingizda kamida bir yillik xarajatlaringiz (kontrakt toʻlovi, yashash ijarasi, oziq-ovqat) ni qoplaydigan miqdorda pul koʻrsata olishingiz kerak. “Study permit” ga hujjat topshirish uchun 235 Kanada dollari (~182 AQSH dollari), tibbiy koʻrik uchun 242 AQSH dollari, pochta xizmati uchun qoʻshimcha pul, parvoz chiptasi uchun tahminan 800 AQSH dollari singari kattaroq xarajatlar ketadi. “Kanadada oʻqish shuncha xarajat qilishim uchun arziydimi?” deb oʻylanayotgan boʻlsangiz kerak. Oʻzimning tajribamdan kelib chiqsam, ha arziydi!
Dalhauzi Universiteti
Koʻpchilik mendan “Kanadada oʻqimoqchiman, tavsiya qilasizmi, nima maslahat berasiz, nimalarga e’tibor berishim kerak?”, deb soʻraydi. Albatta, men Kanadada oʻqishni bir necha sabablarga asoslanib tavsiya qilaman:
1. Kanadaning 17 ta universiteti dunyoda top-500 talikda joylashgan.
2. Rasmiy til — Oʻzbekistonda anchagina ommalashgan ingliz tili.
3. Talabalarga oʻqish davrida haftasiga 20 soatgacha ishlashga ruxsat beriladi.
4. Oʻqishni bitirgandan keyin Kanadada 3 yilgacha qolib ishlashga ruxsat beriladi.
5. Odamlari — xushmuomala, tabiati — chiroyli.
Bu roʻyxatni xohlagancha uzaytirishim mumkin.
Agar Kanadada oʻqishga qaror qilgan boʻlsangiz, sizni oldinda uzoq yoʻl kutib turibdi. Oʻzim Kanadada faqat magistraturada oʻqiganim uchun, aynan magistratura bosqichida oʻqish uchun hujjat topshirish haqida ma’lumot beraman.
Kanadadagi universitetlar magistratura bosqichi uchun asosan 3 ta hujjat talab qiladi:
1. Bakalavriat diplomi va transkript (baholar).
2. IELTS yoki TOEFL test ballari.
3. Akademik tavsiyanoma (“Recommendation letter from professors”).
Yuqoridagi uchta hujjat deyarli barcha universitetlarda soʻraladi. Ayrim universitetlar qoʻshimcha tarzda GRE, GMAT test ballarini ham talab qilishi mumkin. Hujjatlarning hammasini onlayn tarzda universitetlarning rasmiy vebsaytida koʻrsatilgan portal orqali topshiriladi. Ba’zi hujjatlarning tasdiqlangan nusxasini pochta orqali joʻnatishingiz talab qilinishi ham mumkin. Masalan, men transkriptni pochta orqali universitetga joʻnatganman (oddiy pochta orqali 30–40 kunda yetib boradi).
Baho eng muhim talablardan biri. Odatda qaysi fakultetga topshirmoqchi ekanligingizga qarab talab qilinadigan minimum baho koʻrsatib qoʻyilgan boʻladi. Agar sizni bahoyingiz minimum talabga javob bermaydigan boʻlsa, topshirishni maslahat bermayman. Vaqt va pul ketgani qoladi, xolos.
IELTS sertifikatiga kelsa, koʻp holatda 6.5–7.0 ball yetadi. Bu talab universitetlar, va fakultetlar boʻyicha farq qilish ehtimolligi bor. Misol uchun, Dalhauzi universitetida “Master of Computer Science” yoʻnalishi uchun IELTS 7.0 ball kerak. Huddi shu yoʻnalish uchun “University of Ottawa” da 6.5 ball talab qilinadi. Bundan tashqari, bu testlardagi har bitta boʻlim (“Listening”, “Writing”, …) uchun ham alohida talab boʻlishi mumkin. Har bir boʻlim 6.0 dan kam boʻlmasligi kerak, degandek.
Akademik tavsiyanoma uchun hujjat topshiradigan portalda oʻqituvchilarning ism-familyasi hamda email manzilini kiritasiz. Shundan soʻng universitet ushbu oʻqituvchilarning email manziliga tavsiyanoma yozish uchun havola (“link”) joʻnatishadi. Tavsiyanoma uchun fanidan siz yuqori baho olgan oʻqituvchilaringizni koʻrsatishni maslahat beraman.
Barcha hujjatlarni topshirib, toʻlov (“application fee”) ni toʻlaganingizdan keyin, buyogʻi — kutish. Shaxsan men Dalhauzi universitetidan javob kelishini 6 oy kutganman. Bir necha oy kutishdan keyin, agar oʻqishga qabul qilingan boʻlsangiz, sizga oʻqish uchun rasmiy taklif (“offer”) keladi. Sizni universitetdagi oʻrningiz kafolatlanishi uchun unchalik katta miqdorda boʻlmagan depozit toʻlashingizni soʻrashlari mumkin. Qancha toʻlanish kerakligi universitet tomonidan belgilanadi. Agar keyinchalik biror-bir sababga koʻra oʻqishga bora olmasangiz, bu pul qaytarib berilmaydi. Agar borsangiz, bu pul kontrakt toʻlovining bir qismi sifatida qabul qilinadi.
Ta’kidlab oʻtishim kerakki, bu hammasi hal boʻldi degani emas. Aksincha, eng mashaqqatli ish endi oldinda: Kanadada oʻqish uchun ruxsatnoma (“Study permit”) olish. Bu ruxsatnomaga hujjat topshirish tartibini keyingi postlarimda tushuntirib beraman.
Koʻrib turganingizdek, oʻqishga hujjat topshirib va javobni olish — uzoq vaqt oladigan jarayon. Shuning uchun bir paytda bir nechta universitetga hujjat topshirish yaxshi qaror boʻlishi mumkin.