Stories by Mukhlisa Orifjonova on Medium
“Mantiqiy iqtisodiyot” (‘Common Sense Economics’) kitobiga yozilgan taqriz
Taqrizni shaxsiy suhbat bilan boshlamoqchiman, yaxshi kunlarning birida men juda hurmat qiladigan, bir vaqtlar menga moliya fanidan juda ko’p bilimlar bergan ustozim bilan suhbatlashib qoldim. Suhbatimiz aslida pul taklifi va inflyatsiya bilan bog’liq edi, men zarur maslahatlar olganimdan keyin, ustozimga yaxshi iqtisodchining kanalida bir asarga ko’zim tushganini va shu kitobni, albatta, hamma talabalar o’qishi kerakligini aytdim. Shunda o’qituvchim: “O’zingiz o’qib ko’rdingizmi?”, deb so’radilar, men xato qilganimni anglab, “yo’q”, dedim. Ustozim unda o’qib ko’rganimdan keyingina fikrimni aytishim yaxshiroq ekanligini aytdilar. (Mana endi fikrimni aytmoqchiman).
Kitob men uchun “oyog’i og’rib kelgan” asarlardan biri. Chunki dastlabki mutolaasi qishda boshlangan edi. Shundan beri asarni 3 marta qayta boshladim. Lekin afsuslanmayman. Negaki, iqtisodiyot nazariyasi, mehnat iqtisodiyoti, moliya, statistika kabi fanlarni o’qigan inson sifatida bu kitob o’sha darsliklar qorishmasidek tuyulishi tabiiy. Ammo unda o’ziga xos yondashuv va innovativlik bor. Menga eng yoqqani: mavzuni tushuntirishda judayam qiziqarli hamda foydali videodarslardan foydalanilgan. Ilova qilingan ayrim videolar kamyob va juda zaruriy. Qolaversa, mavzularga doir case’lar alohida shaklda ilova qilingan, qiziqsang, mana senga olam-olam ma’lumot, deganday :)
“Mantiqiy iqtisodiyot” biz o’qiydigan o’zbek tilidagi darsliklardan ancha tushunarliligi va sodda tilda yozilganligi bilan farq qiladi/ustun. Mualliflarning o’zi ham asar faqat iqtisodchilar guruhi uchun emas, balki hamma uchunligini bot-bot ta’kidlaydilar.
Kitobning dastlabki uch bobi (1-Bob: Iqtisodiyotning o’n ikki muhim elementlari; 2-Bob: Iqtisodiy taraqqiyotning yetti asosiy manbalari; 3-bob: Davlatning roli to’g’risida iqtisodiy fikrlashning o’nta asosiy elementlari) biz iqtisodiyot darsliklari va shunga bog’liq maqolalarda o’qigan umumiy tushinchalar tasnifi haqida va shuni sezgan bilimi o’ziga yetarli iqtisodchilar kitobni birinchi bobdayoq javonga qaytarib qo’yishi mumkin. Lekin hammasi tuyulganidek emas, ishoning har bir mavzuda sizni “shoshma” deb yubora oladigan biror ma’lumot chiqishi shubhasiz.
Kitobda “What Is Seen and What Is Not Seen” keysi, iqtisodchilarning (gohida davlatning) boshqa natija kutib, umuman boshqa oqibatga duch kelishi, mehnat iqtisodiyoti va aholini ish bilan ta’minlashdagi kaltabinliklar, qiymat va boylik yaratish umuman boshqa-boshqa masala ekanligi va bizga eng zaruri erkin savdo juda muhimligi, yopiq siyosat va importni cheklash kabi faoliyatlar katta ijobiy o’zgarishlarga emas, aksincha salbiy ta’sirlarga olib kelishi, monopoliyaning keraksizligi, davlat ro’li, oqilona siyosat muhimligi va kapital bozorlarining muhimligi kabi dolzarb mavzular ko’ndalang qo’yilgan.
Kitobda Lyudvig fon Mizes aytgan quyidagi jumla:
“Odamzodning boshiga tushgan eng yovuz balolar yomon davlat boshqaruvi tufayli yetkazilgan”;
bir davlatda motorli texnikalar mavjud bir vaqtda belkurakda yer qazib tog’on qurish orqali aholini ish bilan ta’minlanayotgani va buning ustidan (tasdiqlanmagan hikoyaga ko’ra) xitoylik muxandis, unda ularning qo’liga nega qoshiq bermaysiz, deb kinoyali kulgani;
Milton Fridmanning pul bosmaxonasida turib: “Inflyatsiya bir joyda, va faqat bir joyda shu yerda (Vashingtonda)yaratiladi” degan so’zlari eng ko’p esimda qoldi.
Ammo rostini aytsam, menga 3 va 4 boblar ko’proq yoqdi. Uchinchi bobda (yuqorida keltirilganidek) iqtisodiy islohotlar amalga oshirish va samaradorlikni oshirishda davlatning ro’li muhokama ostiga olinsa, 4- bob shaxsiy moliyaviy savodxonlikni oshirishga qaratilgan.
Xulosa qilib aytganda, kitobdan iqtisodiy nazariyalardan ko’ra, ko’proq amaliy foyda olasiz. Agar iqtisodiyot odami bo’lmasangiz, iqtisodchilar kabi fikrlay boshlaysiz, va bu sizning foydangizga ishlaydi. Men kitobni universitetda iqtisodiyot va shunga yaqin sohalarda ta’lim olayotganlarga ko’proq tavsiya qilaman. Qolaversa, shu taqrizni o’qiyotgan (qaysi sohada bo’lsangiz ham) barchaga. Agar vaqt va imkoningiz bo’lsa, ayni paytda sizda shu kitobni o’qishdan yaxshi variant bo’lmasa, nega mutolaani hoziroq boshlamasligingiz kerak?
“The fault in our stars’’ bu judayam chiroyli va o’ziga xos tilda yozilgan taqdir(cha)lar kitobi.
Asar qahramonlari o’spirin yigit-qiz: Hazel va Augustus. Onasining qistovi bilan do’st orttirishi, o’zini yaxshi narsalar bilan chalg’itishi tinmay uqtirilgan o’pka saratoniga chalingan Hazel o’zaro qo’llab-quvvatlash klubida Augustusni uchratib qoladi. U ko’p qizlar sevib qoladigan darajada ajoyib yigit. Optimist, aytilishi lozim deb topgan gapini aytadigan, sevgan insonini xursand qilish uchun bor imkoniyati bilan kurashadigan.
Yana bir jihat, Hazelga tishlari orasida turgan sigaretni ko’rsatib aytgan ‘’O’lim vositasini shu yerda saqlaysan, ammo yondirmaguningcha, seni o’ldirolmaydi. Men yondirmayman. Qara, o’zim (tishlarim orasi)da saqlayman, ammo o’ldirishiga imkon bermayman’’, degan ajoyib o’xshatishi ham juda ta’sirli.
Ularning har ikkisi ham bu hayotda qisqa muddatga bo’lsa-da haqiqiy sevgini, baxtni his etadilar. Qisqa hayotda, yana boshqa nima qiladigan ishimiz bor?… Ularning sevgisini ‘An Imperial Affliction’ asari qaysidir ma’noda yana-da kuchaytiradi deb aytishim mumkin. John Green o’zgacha yozuvchi)) Bosh qahramonni aqlli, chiroyli va kitobga mehr qo’ygan qilib gavdalantirishida ham ma’no bor. Kitob o’qigan qizlarni seving))
Asarning nomi meni doim o’ylantirardi. Shekspirning ‘’Yuliy Sezar” dramasi 2-sahnasidagi dialogda shunday deyilgan ekan:
‘’Azizim Brut, ayb yulduzlarimizda emas, balki bizda, o’zimizda’’.
Kitobdan do’stlar orttirish lozimligini, sevib qolishdan yoki yoqtirib qolishlaridan qo’rqmaslik kerakligini, hayotingda yana bir inson ota-onang kabi sendan qayg’urishi, qo’llab-quvvatlashi, yupatishi naqadar yoqimli ekanligini, sevgi juda katta kuch, muhabbat nomi ostida berilgan har qanday va’da amalga oshishga mahkum bo’lishini bilib oldim❣️
Ertaga o’limimizdan keyin, siz o’ylaysizmi, kimdir eslarmikin bizni… faqat dildan sevganlar eslashadi.
Love and be loved💕
Youtubeni men bir necha yillar avval faqat yangi kliplar qo’yiladigan platforma deb bilardim. Uning cheksiz va istalgan sohaga oid bilimlar koni ekanligini, hatto odamlar shu orqali pul ishlashini eshitib hayratlarda qolganman. Hozir esa youtube hayotimning bir qismi va hech bir kunim usiz o’tmaydi. Chunki ushbu platforma meni yuksalishimga yordam berib, o’z ustimda tinimsiz ishlashga o’rgatdi.
Shuning uchun sizga youtubeda o’zimga yoqqan ajoyib kanallarni ulashmoqchiman.Bosh-la-dik!
Linguamarina (https://www.youtube.com/channel/UCAQg09FkoobmLquNNoO4ulg)- IELTSni boshlaganimda, qiziqarli ingliz tili o’rgatuvchi kanal izlab yurib topganman uni. Biznesledy, men uchun ajoyib motivator, sayohatchi va bir nechta tilda birdek so’zlovchi ajoyib inson! Ko’zlari yonib turadi, bir xil tonda, tartibli gapiradi, ingliz tilida unga taqlid qilib gapiraman))
TEDx Talks(https://www.youtube.com/user/TEDxTalks)- ortiqcha gapga na hojat. Dunyoqarashingizni kengaytirib, atrofga teran nigoh bilan boqishingiz uchun zo’r manba. Har bir videoni ko’rib, o’zimga ikkita savol beraman: ingliz tili bo’yicha qanaqa yangi struktura yoki gap o’rgandim; ikkinchisi, o’zim uchun qanaqa yangi bilim yoki xulosa oldim?
Roman Bolharov (https://www.youtube.com/channel/UC4tY93z5eq2U32M4ik1Qm0A)- montaj bo’yicha yaxshi ustoz. Darsiga kam kiryapman. Chunki Mirshohidni darslarini ko’ryapman(https://www.youtube.com/channel/UCxw0onTeWCiYxIM4mO6Adlg).
Sardor Kadirov- Photoshop bo’yicha o’zbek tilidagi super darslar (https://www.youtube.com/channel/UCb07xW5U8dR9Lh5_6J1GmEw).
Crash Course(https://www.youtube.com/channel/UCX6b17PVsYBQ0ip5gyeme-Q)- qaysi sohaga qiziqsangiz, o’sha bo’yicha qiziqarli darslar taqdim etadigan daxshatli darajada qiziqarli kanal!
Gary Vee TV(https://www.youtube.com/results?search_query=garyvee+tv)- bu insonni, asosan, instagramda kuzataman. Har kunlik storieslarini erinmasdan ko’rib chiqaman. Youtube kanaliga hecham qiziqmagandim. Zo’r degan so’z kamlik qiladi! SMM/PR/Psixologiya/Marketing hammasidan bir shingil))
Talks at Google(https://www.youtube.com/channel/UCbmNph6atAoGfqLoCL_duAg)- o’ziga xos, o’z yo’liga ega yoki o’z sohasida birinchilar bilan intervyu. Men Lady Gaga bilan intervyudan keyin qiziqib qolganman, qaraaaaasam, siyosatchi-yu iqtisodchilar haqidagi sonlari bor ekan! Faqat intervyu uzoq davom etadi(( O’rtacha bir soat.
BBC ideas(https://www.youtube.com/channel/UCDYT9mM3L_ByrPYMyl0MGGg)- qiziquvchan odamchalar uchun har xil savollarga javob beruvchi kichik videolar. Masalan, nega ba’zi odamlar ijtimoiy tarmoqqa mukkasidan ketadi, ba’zilar esa yo’q, degan savolimga shu qisqa filmlar orqali javob topganman. O’shandan so’ng qiziqib qolganman.
English with Lucy(https://www.youtube.com/channel/UCz4tgANd4yy8Oe0iXCdSWfA)- bitta tanishim “hayotda shunaqa o’qituvchim bo’lganda, butun umr ingliz tili o’rganaman, degandi))”.
Fer UZ(https://www.youtube.com/channel/UC97nJ-TzM_ZBfZY-PELo1RA)- Feruza opamning kanali. Turkiya, dengiz, qahva, sarguzashtlaaaar!
Chilled Cow(https://www.youtube.com/channel/UCSJ4gkVC6NrvII8umztf0Ow)-dars, dizayn qilayotib eshitiladigan musiqalar!
Anna Akana(https://www.youtube.com/channel/UCZC45sBWNdkqSQ9Bwtt5lfA)-bir-biridan qiziq videolar qiladi. Turli mavzularda. Qiziq juda!
Xaruki Murakamining “Shamol qo’shig’ini tingla” va “Pinbol-1973” asarlariga taqriz
Qulog’imga qayerdadir chalingan bir gap bor: “Hozirgi yoshlarga yashash qiyin”. Bugungi shiddatli zamonda yashayotgan ko’plab yoshlar, bu olamga ko’p hollarda ko’nikolmaydilar. Ular uchun birgina ilinj bor- yashash, maqsadsiz bo’lsa-da yashash. Shudir masala.
Xaruki Murakamining “Shamol qo’shig’ini tingla” kitobi nomidan juda jarangli tuyuladi, ko’pchilik uni hayotning rang-barangligi-yu jo’shqin muhabbat haqidagi sokin asar deb o’ylagan bo’lsa ham, ajab emas. Ammo kitob eng boshidanoq chirkin hayot haqida hikoya qila boshlaydi. Sizni hech qanday jimjimalarsiz aldaydi-da, o’sha zimiston ko’chalarga olib borib qo’yadi . Shunda shaxvoniy hislar urchigan hayotga, ichish-chekish, uxlash, maqsadsiz sang’ishdan boshqa narsani bilmaydigan insonlarga duch kelasiz. Ular uchun oila, nikoh, hatto sevgi degan tuyg’ular yot. Ular bu hayotga adashib kelgandek va adashib ketishni ilojisini (adashib o’lib bo’lmaydi axir!) qilolmay, gandiraklab yurgandek. Siz ulardan nafratlanasiz, yomon ko’rasiz, uzoqlashishni istaysiz hamda keskinlik bilan kitobni yopasiz! O’yga botasiz, uzoooq o’ylab o’zingizga savol berasizki, u odamlar sizga begonami? Nima, hayotingizda shunaqa insonlarni ko’rmaganmisiz…
“Bunaqa ahvolda eng to’gri yo’l-tushunishga urinmaslik.”
Ayni shu savollar og’ushida yana mutolaaga qaytasiz… yana o’sha chirkinlikka! Asar qahramonlarining turmush tarzidan ko’nglingiz ozib ketsa-da o’qiyverasiz, chunki ular endi sizga begona bo’lmay qolgan!
“Men hech nima qilolmadim, qo’l qovushtirib o’tirdim. Agar qattiq intilganimda, uddalasa bo’lardi.”
Odatda, ko’plab asarlarda yoshlar energiyaga boy, hovliqma, yerga ursa, ko’kka sapchiydigan qilib ta’riflanadi. Ammo Murakami romanlarining qahramonlari bemaqsad, faqat oziq-ovqat, ichkilik sotib olish uchungina ishlashadi, shunchaki ketgilari kelgani uchun qayergadir ketishadi, ko’p uxlashadi. G’alati tuyuladi-ku! Ha, Murakamining asarlari men o’qigan asarlar ichida eng g’alatisi. Unda qahramonlar ulkan maqsadlar qo’yib o’sha maqsadlar uchun kurashishmaydi. Shunchaki, jimgina, bir chetda yashab, (ehtimol nafas olish degan ma’qulroqmikin) yurishadi. Lekin mutolaa davomida ayni shu narsa sizni asarga bog’lab qo’yadi.
“Bir nimasi borlar uni yo’qotishdan qo’rqishadi, hech nimasi yo’qlar esa, endi hech nimaga ega bo’lolmasligidan g’amga botishadi.”
Murakami haqida gap ketganda, uning aurasini ham gapirib o’tadi kitobxonlar. Yozuvchining aurasi menga ijobiy ta’sir etdi deb aytolmayman.
“-Vaqtingni olmaymayapmanmi?
-Nima farqi bor, baribir hech kim kutayotgani yo’q…”
Xullas, shu vaqtgacha o’qigan asarlarim ichida eng ko’p qiziqish bilan boshlanib, ko’ngil g’ashligini menga meros qoldirgan asar bu.
Kutubxonada tadbir bo’ladigan bo’ldi. Men boshlovchiman, ertaroq borib, tashkiliy ishlarga ko’maklashay dedim. Hamma u yoqdan bu yoqqa yugurar, barcha kecha bajarilmay, shu kunga qolgan ishlarni bajarishga bel bog’lagandek edi. Shu payt ro’paramda qayerdandir bir qiz paydo bo’ldi-yu, men va yana boshqalar bilan ham eski qadrdonlardek salomlashdi. Xijolat tortdim,xuddi eski tanishim-u eslolmayotgandek. Keyin shuni bildimki, u o’zi tanlagan soha bo’yicha chet elda, mashhur universitetlardan birida tahsil olayotgan ekan. Uning yonib turgan ko’zlari, har bir so’zida namoyon bo’layotgan yangicha nafas,madaniyat bilan muomala qilishi, odobi xotiramda muhrlanib qoldi.
O’shanda u “Qiyinchilikda lazzat bor “, degandi…
Bolaligimda,ayniqsa, maktab paytim juda intiluvchan qiz edim. Qishloqda rus tili, ingliz tili o’qituvchisi yetishmasdi, bilmadim, nega. Lekin bizda bu fanlar o’tilmay qolmasdi yoki musiqa yoki tasviriy san’at o’qituvchimiz bizga chet tilidan o’zlari bilgancha ta’lim berishardi. Ingliz tilini hozirgacha o’rganaman, biroq rus tili men bilan inoq emas. Achinarlisi, bu bir mening emas,ko’plab do’stlarimda ham muammo.
Kollej, u yerda o’qish men uchun biroz antiqa edi. Bizga dars o’tadigan ustozlar o’tadigan fanini yo o’zi yaxshi o’zlashtirmagan yo bilimini qizg’onadi, yoki semestr so’nggida rizqidan mahrum bo’lgisi kelmaydi. O’qishda eng ko’p halol baho olaman,deb xom xayol qilganlar qiynalarkan!
Universitetda qaysidir darsda nimadandir munozara chiqdi. Mavzu borib-borib korrupsiyaga to’xtadi. Shunda bir kursdoshim tish-tirnog’i bilan bu illatni qoraladi. Shunda o’qituvchimiz “Bilim deganga bilim,pul deganga pul berib,ishni bitirish kerak”,degan mazmun bilan fikrini tugatdi. Aytilganlarni yana ham umumlashtirsam, korrupsiya bu-yaxshilikka yaxshilik qaytarish ekan…
Yuqorida tilga olganim, rivojlangan mamlakatlarning birida ta’lim olayotgan yurtdoshim o’qishni bitirib shu yerdagi kichik bir firmaga ishga joylashmoqchi bo’libdi. Bu sodda qiz har qancha bilimli bo’lmasin, aqlli va tashabbuskor bo’lmasin, ishga kirolmabdi! Bilasizmi nega, bunaqa insonlar pul bilan ishga joylashishni o’zlariga ep ko’rmaydi! Eh, shuncha o’qibsiz, bilimingizni shu Vatan uchun, uning taraqqiyoti uchun sarflamaysizmi? Qanaqa xudbin insonsiz?
Bilishimcha, u hozirda dunyo tan olgan kompaniyalardan birida iqtisodchi sifatida ishlayotganmish…
Biz “aqllilarning ko’chib ketishi” uchun shunday zamin tayyorladikki…
Qulog’im ostida shu gap aylanaveradi: “Qiyinchilikda lazzat bor”. Ha, men shu kundan adolatsizlikka qarshi kurashishni qiyinchilik deb atayman!
Bu rasm menga adolatsizlikdan qochib qiyinchilik sari ketgan o’sha qizni eslatadi…
Yaqinda dugonamning to’yi bo’ldi. Baribir, dunyoda orzu-havasli insonlar bor… To’ymisan to’y bo’ldi o’ziyam. Bizni aytmaysizmi, bearmon bezandik. Barchamizning kelinga havasimiz keldi. Lekin keyin… Shunday kunlar bo’ladiki, hatto men ham darsga kech qolaman. U ham. Men kech qolsam, ustozdan darrov uzr so’rayman, vaziyatimni tushuntiraman. U esa yig’lab yuboradi, unsiz biroq ich-ichidan, achchiq-achchiq ko’z yosh to’kadi. O’qituvchilarning eplay olmas ekansan, nega turmush yukini bo’yningga olasan, er degani qurib qolibdimi, qabilidagi gaplaridan to’yib yig’laydi. Ba’zan guruhdosh yigitlarning “yanga” deb hazillaridan ko’ngli og’riydi. Darsdan so’ng kutubxonagami, turli konferensiya yo tanlovgami qolsak, u qololmaydi. Darrov uyiga chopadi. Ba’zi fanlardan daftarlarni to’ldirib konspekt qilamiz, 20, 50, ba’zi niyati boshqa o’qituvchilardan 100 listgacha mustaqil ishlar yozishga to’g’ri keladi. Tabiiyki, uning vaqti yo’q… Do’st shunday vaziyatda bilinadi, deb biz ham baholi qudrat yordamlashamiz. Bu minnat emas, shunchaki, esimga tushib ketdi.
Aslida, u ertangi kuniga ishongan, intiluvchan qiz edi. Tanlovlarda, turli musobaqalarda qatnashadi. Hozir ham uchrashuvlarda faol, faqat so’zga chiqib, erta turmush qurmanglar, hayotda juda qiynalasiz, mana mendan misol deydi xolos… Aslida bu kabi holatlarga kim aybdor? Asosiy aybdor , albatta, ota-onalar… Ularga ko’p gaplarim bor, vaqti kelsa aytaman. Hozir menga yarashmasa kerak. Ikkilamchi aybdor esa, tengdoshlarimnig o’zi,menimcha, ular o’zining yorug’ kelajagiga avvalo o’zini qolaversa yaqinlarini ishontira olishmaydi. Aniq maqsadni qo’yib, intilishmaydi. Atrofdagilarga qat’iy turib erta turmushning salbiy jihatlari haqida baralla ayta olishmaydi. O’z istiqbollari uchun naqadar harakat qilayotganliklari, nimalarni boy berib, bularga erishgani, har bir narsaning vaqt-soati borligini tushuntira olishmaydi.
Erta turmush- jamiyatdan yaxshi kadr bo’lib yetishishi mumkin bo’lgan insonni tortib oladi, erta turmush- bir qizni bir orzularini shamoldek sochib yuboradi, erta turmush- barkamol avlod istiqboliga taxdid soladi! Bunga qanday indamay qarab turish mumkin? Nahotki, bu kabi holatlarning oldini olish faqat xotin-qizlar qo’mitasining ishi bo’lsa? Shoshmang, o’ylab qoldim, masalaning bir tomoni pochchamizga ham borib taqaladiku. Agar u inson ham dugonamga ko’makdosh, yelkadosh bo’lganida g’amlarini tushunganida, dardi biroz kamayarmidi…