Stories by Javohir Nazarov on Medium
Yosh dizaynerlar uchun katta yangilik!
42.uz jamoasi bilan birgalikda ishlangan “Grafik dizayn asoslari” kursi ommaga taqdim qilindi. Bu kurs o‘zbek tilida va boshlang‘ich dizaynerlar uchun maxsus yaratildi. Yosh dizaynerlar uchun ishlangan bu kursda, grafik dizaynning eng oddiy lekin eng asosiy qoidalari haqida o‘zbekona va sodda tilda bafurja gaplashamiz.
Qiziquvchilarni kursimizda kutib qolamiz! )
Kursga o‘tish
Biz bugun eski, nafaqat dizayner uchun, balki har bir inson uchun eng muhim mavzuni olamiz. Savodsizlik mavzusini.
Toshkent ko‘chalaridagi dizaynlardan namunalar ko‘rsatishni istardim, lekin kimdir qilgan mehnatdan ayb izlab, uni kamsitishni xohlamadim. Shuning uchun bugungi namunalarimiz faqat nazariy fikrlarga, biroq hayotda ko‘rinib turgan amaliy muammolarga qaratiladi. Ketdik.
Barcha yo‘nalishdagi dizaynerlar bilishi kerak bo‘lgan bilimlardan bu — savodxonlik. To‘g‘ri yoza olish juda ko‘p muammolarni kamaytiradi. Masalan:
“Yol” so‘zi o‘zbek lug‘atida otning sochini anglatadi. “Yo‘l” esa mashinalar, odamlar yuradigan yo‘lni anglatadi. “Som” esa Qirg‘iziston Respublikasining pul birligi. O‘zbeklarning pul birligi — “so‘m”.
Wikipedia
Yoki boshqa misol:
“Oqib” kelish deb odatda suv yuzida oqib keladigan holatda aytiladi. Albatta, ona bu yerda bolasini maktab yonidagi ariqdan oqib kelishini nazarda tutmagan. Shunchaki erinchoqlik (savodsizlik, deb aytolmaymiz) bilan harflarni to‘liq yozmagan.
Bu kabi matnlarni odatda ijtimoy tarmoqlarda yangiliklar uchun poster tayyorlaydiganlar yozishadi. Muammo: qanday gapirilsa shunday yozilgan.
Yumshoq va qattiq harflar haqida so‘zlab o‘tirmaymiz. Endi safar sal chuqurroq fikr qilamiz. So‘zlar o‘z ma’nolariga ega. Masalan, “Tez ko‘ring” degani, biror bir 4 daqiqalik video rolikni 20 soniya ichida ko‘rib bo‘ling, degani. Ya’ni tezlashtirib ko‘rib tashlang, degani. “Tezda”, “tez fursatda ko‘ring”, degani esa, hamma ishingizni tashlab, shu narsani boshidan oxirigacha ko‘rishga aytiladi.
Ko‘pchilik “qalaysan” degan so‘zni odatda “qalesan”, “qalisan” deb yozishadi. Chunki gapirganda shunaqa chiqadi, demak shunaqa yozilar ekan, degan fikr bor insonlarda. Yoki bo‘lmasa: “ishlar yaxshimi” degan gapni “iwlar yaxwimi” usulida yozishadi.
Agarda undan nega bunday xato yozganini so‘rasangiz, aksari holatda: “manga wunaqa yoziw qulay sandan yaxwiro bilaman qanqa yoziwi manga aql orgatma endi yozganimdan xato izlisami” qabilida javob olsangiz bilingki, bu dizaynerga sizning maslahatingiz umuman kerak emas. U shu yo‘sinda davom etaveradi.
Ba’zi dizaynerlar esa chindan ham qanday to‘g‘ri yozishini bilmasligidan shu usulda yozadi. O‘nta gapdan to‘qqiztasi xato bo‘lsa, xatolarga e’tibor berib ham o‘tirilmaydi. Bir dona xato yuzlab to‘g‘ri narsalar ichida yaqqol ko‘rinadi. Yoki aksincha, yuzlab xato ichidan birgina to‘g‘ri narsa ko‘zga tashlanadi. Shuning uchun Toshkent ko‘chalari dizaynlarda aksari matnlar xatolarga to‘lib ketganidan, ko‘pincha ularni payqamaymiz ham.
Qanday gapirilsa shunday yozilmaydi. Buning uchun orfografik qoidalar bor. O‘zini yuqoriroq darajaga olib chiqishni istagan har bir inson bu qoidalarni o‘rganishga majbur.
Grafik dizaynerlar uchun oltin qoida.
Agarda biz “O‘ ” harfi bilan “O” ni adashtirsak, mana bu ahvolga tushamiz:
“Qozi” — shar’iy masalalar bo‘yicha hukm chiqaruvchi inson. “Qo‘zi” esa qo‘yning bolasi. Bu gapda qo‘yning bolasini oldiga yem tashlab kelish haqida gapirilmoqda. Qozining, ya’ni insonning oldiga tanovul qilishi uchun hech qachon yem tashlanmaydi. Inson bilan hayvonning farqi juda katta.
Birgina “O‘ ” harfi bilan “O” harfini e’tiborsizlik bilan ishlataverish, shu kabi xunuk ma’nolarni yarataveradi. Bu misollar aynan hayotda kelmagandir, ehtimol. Shunchaki formula misolida ko‘rsatmoqdamiz. Ammo shu kabi muammolarning yakuni barchamizga ma’lum.
Juda maydalashib ketding, deganlarga aytmoqchimizki, xato so‘zlarga parvo qilmaslik, mantiqqa umuman mos kelmaydigan ma’nolarni keltirib chiqaradi. Birgina so‘zni to‘g‘ri ishlatolmaydigan odam, boshqa ishlarni ham to‘g‘ri bajararmikan? Hech kim indamadiku, hech kim sezmayaptiku, degan fikr kelmasmikan hayoliga?
Biz, gapini to‘g‘ri yozmagan odam ertasigayoq ishini ham teskari qiladi, degan fikrdan yiroqmiz. Ammo shu kabi mayda xatolar yillar davomida shakllanib, katta muammoga, ya’ni insonlarning savodsiz bo‘lib ketishiga sababchi bo‘lib qolishi mumkin.
Xatosiga e’tibor bermaydigan, qo‘l siltab shu zaylda davom etaveradigan inson bilan, xatosini ko‘rib tuzatishga harakat qiladigan insonning orasidagi farq ancha katta.
Inson poyintar-soyintar so‘zlardan foydalanmasligi darkor. Chunki u inson. Aql-idrok egasi. So‘zlarni o‘z o‘rnida ishlatishi, xatolarini tuzatib borishi, o‘zining ustida doimo ishlab, rivojlanishi lozim.
To‘g‘ri yozishga dizaynerlar qattiq e’tibor berishga majbur. Chunki ikki shaxs bir biriga yozgan xatlarini, ehtimol juda borsa uch-to‘rt kishi o‘qir. Lekin dizaynerlar ommaga chiqaradigan har bitta so‘zni necha minglab odamlar mutolaa qilishadi.
Muammoni endi aniq bildik. Albatta, bu muammolar uchun yechimlar ham mavjud.
Birinchi yechim.
Dizayn yaratilganida, matnni tekshiruvchi insonlarga ko‘rsatib tekshirib olish lozim. Bunday inson bo‘lmasa, biladigan insonlarga murojaat qilish. Erinchoqlik, uyalish, tortinish matnni xato bilan chiqishi uchun sabab bo‘lmasligi lozim.
Ikkinchi yechim.
Bilmagan so‘zlaringizni shu sayt orqali tekshirib olishingiz mumkin.
Imlo.uz - O'zbek tilining imlo lug'ati
Kirill va lotin yozuvida aralash ishlaydiganlar uchun ham foydali sayt:
Lotin.uz - Ўзбек кирилл лотин транслит хизмати
Onlayn kutubxona.
Ziyo istagan qalblar uchun! - Kutubxona - Ziyouz.com kutubxonasi
Odatda juda kam insonlar qo‘liga kitob olib o‘qishadi. Kitob sotib olgisi kelmaganlar shu kabi saytlardan onlayn kitob o‘qishlari mumkin. Odam qancha ko‘p kitob o‘qisa, so‘zlarning to‘g‘ri yozilishini shuncha ko‘p esida saqlab qoladi. Saytni misol tariqasida berdik. Buning uchun boshqa istalgan saytlardan foydalanishingiz ham mumkin.
Quyida o‘zbek tili tarixi haqida yaxshi ma’lumotlar berilgan (rus tilida).
Qiziqqanlar uchun:
https://medium.com/media/7f2aa64e3cc859e213bc354fd3866c91/href
Yuqoridagi ma’lumotlar yechimlarning bir qismi xolos. Insonning qanchalik ko‘p bilim olishi, albatta o‘zining kuch va g‘ayratiga bog‘liq. Bunga esa yuqoridagi manbalarga qaraganda anchayin ko‘p bilmlar va yillar kerak bo‘ladi.
Xulosa: doimo izlanish, yangilanish, o‘qish, rivojlanish insonning ajralmas fazilati bo‘lishi lozim :)
P.S.: maqolada ba‘zi yerlarida xato ko‘rsangiz, iltimos, bu haqida bildirib qo‘ysangiz :) Rahmat
Bugun dizayn haqida gaplashmaymiz. Dizaynerlarning qayerda va qay holatda ishlashlarining musbat va manfiy tomonlarini ko‘rib chiqamiz.
Pandemiyadan keyin ko‘pchilik ofisga qaytib ishlashga qaror qilishgan. Undan oldin shundoq ham uydan turib ishlaydiganlar esa, ehtimol shu yo‘sinda ishlashni davom ettirishayotgandir. Uydan turib ishlashning nimasi yaxshi yoki nimasi yomon, degan savollarga javob izlaymiz. Ketdik…
Uydan turib ishlashning foydali tomonlari:
1. Ofisga borib keladigan vaqtimni tejayman.
Bu vaqt bir sutkada bir-ikki soatgacha tejalishi mumkin.
Ertalab va kechqurun tirbandlikda turmayman.
2. Tushlik izlab qayergadir boradigan vaqtimni tejayman.
Bu ham sutkasiga 30 daqiqadan 1 soatgacha bo‘lishi mumkin.
3. Charchasam bir oz yotib dam ola olaman.
4. Biror narsa yegim kelib do‘konga yugurmayman, muzlatgichda barchasi taxt. Xohlasam choy damlayman, xohlasam kofe (bu ichimliklar barcha ofislarda ham mavjud emas).
Uydan turib ishlashning zararli tomonlari:
1. Toza havoga kam chiqiladi. Bir yerda ko‘p o‘tiriladi.
2. Odamlar bilan kam muloqot qilinadi.
3. Kamharakatlikdan dangasalik kasali kelib chiqish ehtimoli yuqori.
4. Agar sport bilan muntazam shug‘ullanilmasa, ortiqcha vazn kelib chiqadi.
5. Uy ichidagi mayda muammolar ishdan chalg‘itishi mumkin. Yosh farzandlilar esa diqqatini jamlab olib ishlolmaydilar.
Ofisda ishlashning foydali tomonlari:
1. Muammolarni jamoa bilan yuzma-yuz gaplashib hal qilinadi.
2. Odamlar bilan doimiy muloqot. Bu uyda o‘tirib odamovilik kasalini pado qilishdan ko‘ra ancha yaxshiroq.
3. Uyga maxsus texnika sotib olish shartmas. Agar uyingizda kompyuter va internet bo‘lmasa, sizga bu ancha chiqim bo‘ladi. Ofisda esa hammasi mavjud.
4. Faqatgina ish bilan shug‘ullanmasdan, ertalab va kechqurun ishga ozroq piyoda yoki velosipedda borib, organizmga foydali bo‘lgan badantarbiya bilan shug‘ullanish mumkin.
Ofisda ishlashning zararli tomonlari bu uyda ishlashning foydalarini teskarisi xolos.
P.S. Bu foyda yoki zararlar 1–2 kun ichida yoki 1–2 oy ichida shakllanib qolmaydi. Bularga 2–3 yil vaqt ketadi. Bu har kim individual yondashadigan holat. Barchada birday shunday bo‘ladi, degan fikrdan yiroqmiz
Bugungi maqolamizda boshlang‘ich va allaqachon katta tajribaga ega bo‘lgan grafik dizaynerlarning “ma’qul ko‘rilmaydigan” odatlaridan biri — kasbiga oid bilimlarni o‘qishni nega bas qilishlari haqida gaplashamiz.
Hozirgi davrda dizayn haqida darsliklar juda ko‘paygan. Video, audio, matnli kitoblar ham juda talay. Barchalarimiz ham kitob o‘qishni istayvermaymiz. Ba’zi joylarda esa umuman kitobdagi bilimlar asqotmasligi mumkin. Amaliy muammolarni Google yoki YouTube dan javob izlab topish mumkin. Lekin bu muammolar odatda ishlayotgan dasturlarimizdagi bajarish amallari bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, Photoshopda inson sochlarni qanday qilib tekis qirqib olish va hkz. Oddiy grafik dizaynni oladigan bo‘lsak, barcha bilimlar kitobdan boshlanadi.
Qarshi fikr bildirmaymiz. Ko‘p narsalarga javob topishga bizga internet yordam beradi. Tez, oson, qulay. Lekin xavaskor dizayner bilan professional dizaynerni farqi, xavaskorlar dizaynerlar nega bunaqa dizayn qilganini odatiy xollarda bilmaydi. Ularda maksimal argument bu — ko‘zimga chiroyli ko‘rindi, degan fikr bo‘lishi mumkin. Professional esa barcha ishlarni tajribasi, dizayn prinsiplari, mijozning ma’lumotlarini hisobga olib ishlaydi.
Dizayner faqatgina qanday qilib dizayn qilish haqida kitob o‘qishi kerak, degan fikrdan yiroqmiz. Dizayner mijozlar bilan ishlash usuli, vaqtini to‘g‘ri taqsimlash, salomatlik haqida, shaxsiy xarakterdagi muammolarni bartaraf eta oladigan kitoblarni o‘qishi uni o‘sishiga yordam beradi. Bu kabi bilimlarni biz googledan oddiygina ikki qator matn bilan ololmaymiz. Xavaskorlik bilan professional darajadagi tafovut ham shunda.
Dizaynga oddiy xobbi sifatida qaraydigan insonlar ham bor. Ularga hech qanday e’tiroz yo‘q. Ulardan professional daraja talab qilish ham noo‘rin. Madomiki, inson dizaynerlikni kasb qilgan ekan, demak uni doimo rivojlantirib, yangilab turishi lozim. Buning uchun esa doimo o‘qishimiz kerak. Xoh u kitobda yozilgan bo‘lsin, xoh maqola, xoh “podkast”lar. Muhimi—kasbni doimo kerakli bilimlar bilan rivojlantirish.
Ushbu maqola dizayn o‘rganishni qanday boshlamaslik haqida.
Tekin videodarslikdan o‘rganib grafik dizayner bo‘laman!
Tekin albatta yaxshi narsa. Lekin tekinxo‘rlik yaxshimas. Tekin narsani olishni o‘ylashni o‘zi xato narsa. Bu yerda qanday fikrlash muhim. Tekin darsliklardan foydalanishning o‘ziga hos yutug‘i bor, albatta. Lekin hammasini bir boshdan boshlaymiz:
Tekin darsliklardan o‘rganish degani bu professional dizaynerlar tomonidan yoziladigan va yutubga qo‘yiladigan videodarsliklar, audiopodkastlardan foydalanib o‘rganish. Bunday darsliklardan o‘rganishning birgina yutuq tomoni bu uning tekin manba ekanida. Professional darajaga chiqish uchun ularning beradigan bilimi kamlik qiladi. Chunki bunday darsliklarni professional dizaynerlar qanday ishlashini amaliyotda ko‘rsatib beradi. Lekin nima uchun bunday qilganligi haqida savollarga esa javob bermaydi. Aynan shu yerda juda katta bo‘shliq paydo bo‘ladi. Birinchi sinf o‘quvchisiga bugun qo‘shish ayirishni, ertaga esa tenglamalarni, uchinchi kuni esa logorifmlardan dars o‘tsak, to‘rtinchi kuni esa undan qo‘shish ayirishni so‘rasak, javob berolmasliga biz hayron qolmasligimiz kerak. Chunki har bitta o‘rganiladigan narsada bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan holat bo‘ladi. Tekin darsliklarda esa bu narsa tuzilmagan bo‘ladi.
Bir narsani hisobga oling, tekin dars beruvchilar allaqachon professional darajada ishlayotgan ham bo‘ladi bu sohada. Ular qilayotgan amallari, boshlovchilarga emas, aynan shu sohada 2–3 yil tajribaga ega dizaynerlarga mos keladi aksari holatda. Shu narsaga aldanmaslik kerak. Yutubdagi videolarni ko‘rib qaytarib qilolmasa, odam o‘zidan ko‘ngli qolib, bu sohani yarim yo‘lda qoldirib ham ketishi mumkin. Bu yerda boshlang‘ich va professional darajaga ham qarash kerak. O‘rganuvchining darajasi boshlang‘ich bo‘lsa aynan boshlang‘ich darslarni o‘rganish lozim.
Men hali ishlash imkoniga egamasman, chunki hali dizayner emasmanku, tekin olma, deb maslahat berish oson, ishga kirmaguncha mablag‘ bo‘lmasa, qayerdan o‘rganaman unda, degan tipik savol, lekin muhim savolga javob topishga harakat qilamiz.
Bizda hozir internet va pdf kitoblar o‘qish uchun hamma sharoit mavjud. Qog‘ozli kitoblar qimmatlik qilsa, pdf o‘qish mumkin. Pdf kitoblar arzon sotiladi.
Sotuvdagi mahsulot eng avvalo muallifning mahsuloti hisoblanadi. Unga ter to‘kib mehnat qilgan, vaqt sarflagan. Biz birovning uyiga kirib, uyidagi narsalarini indamasdan egasini roziligisiz ko‘tarib chiqib ketishga haqqimiz bo‘lmaganidek, muallif sotuvga deb chiqargan mahsulotni o‘g‘rincha yo‘llar bilan olishga ham shunaqa haqqimiz yo‘q.
Agar biz xar ikki xaftada choyxonaga borib 100–200 ming tashlab kelmasak, oyiga 200–400 ming xarajatni choyxonaga emas, o‘zimizning bilimimizga investitsiya qilsak, hozirgi xolatdan ko‘ra yaxshiroq natijaga erishamiz. Yoshlikda yangi texnologiyalarga qiziqish odatiy xol. Yangi telefonlarga $300–$1000 sarflab yuborish ham mumkin. Lekin dizaynerlar uchun hatto $1200 turadigan telefon ham unga pul keltirmaydi, agar siz telefonda sotuvchi agent vazifani bajarmasangiz. Mablag‘ni bilimga sarflasangiz, kelajakda yaxshiroq maosh keltirishi turgan gap. Unda xohlagan narxda xohlagancha telefonlar olish mumkin. Hech qanday bilimsiz esa bir dona telefon bilan bir umrga qolish hech gap emas.
Quyida osonroq va qiyinchilik kamroq bo‘lgan maslahat berilgan. Lekin bu degani, mablag‘ yetarlik bo‘lib turib ham shu ishni qilish kerak, degani emas. Bu faqat tepadagi savollarga javob sifatida keltirilgan.
Xulosa: Tekin darsliklar professional bilim uchun yetarli emas. Imkon qadar sifatli va pullik bilimga intilish muhim. Mablag‘larni o‘z bilimimiz uchun sarflashimiz bizga kelajakda kattaroq bilim va mablag‘larni keltiradi.
10 kunda ingliz tilida gaplashasiz, kabi reklamalarga ishonish!
Bu sarlavhani dizaynni o‘rganishga qanday aloqasi bor? Gap shundaki, bu sarlavhani faqatgina dizayn emas, dunyodagi barcha boshqa kasblarga ham namuna qilib ko‘rsatish mumkin. Birinchidan, 10 kunda ingliz tilida gaplashasiz, agar siz allaqachon inglizcha gapirayotgan bo‘lsangiz, degan yeri tushib qolgan. Yoki, 10 kunda siz inglizcha gaplashasiz, faqat buni hech kim tushunmaydi, degan yeri tushib qolgan bo‘lishi mumkin.
Muammo shundaki, reklama sizga siz nimani eshitishni xohlasangiz aynan shuni beradi. Siz asl xohlagan narsaningizni emas. Farqlash qiyin emas. Siz, deylik 3 oyda yetuk dizayner bo‘lishni istayapsiz. Reklama sizga: Atigi 3 oyda siz dunyoning eng kerakli sohasi — dizayn sohasida yetuk mutaxassis bo‘lasiz, deydi. Bu sizga juda yoqadi, chunki siz xohlagan narsa shu. Muammo shundaki, siz 3 oyda emas, 30 yilda ham dunyoning eng yetuk dizayneri bo‘lolmaysiz. Sababi, reklama beruvchi odam biznesmen, dizayner o‘qituvchisi emas. U o‘z xizmatini sotadi. Bilim sotmaydi. Bilimini bo‘lishadiganlar esa bunday deb reklama bermaydi.
Sifatli kurslarni sifatsiz kurslardan ajratish juda oson. Instagram yoki boshqa ijtimoiy tarmoqda reklamaga ko‘zingiz tushganda imlo xatolari orqali bu reklama egasini darajasini aniqlasa bo‘ladi. Domestika, Udemy kabi kurslar professional darajada ishlaydi. Afsuski ular ingliz tilida. Bu tilni ham ko‘pchilik bilavermaydi. Ingliz tiliga qayergadir imtihon topshirish yoki xujjat kerakligi uchungina o‘qishadi ko‘pchilik. Aslida ingliz tili unga xuddi bir kerakli uskunaday bo‘lishi kerak. Masalan, duradgor ustaga bolg‘a qanchalik kerak bo‘lsa yoki taksistga avtomashina qanchalik kerak bo‘lsa, dizayner uchun ham til bilish shunchalik muhim. Sababi oddiy: dizayn sohasidagi barcha bor bilimlar hammasi ingliz, rus tillarida. O‘zbek tiliga o‘girishga ehtiyoj kam. Chunki bu sohani egallayman deganlar hammasi dizaynga kirib kelgunga qadar bu tillarni yaxshi bilishi lozim edi.
Endi sifatli kursni sifatsiz kursdan qanday ajratish haqida. Sifatsiz kurslar bizga mavhum narsalarni taklif qiladi. Falon kunda falon oylik olasiz, faloncha talabalarimiz bor, falon kompaniya biz bilan ishlaydi va hkz. Sifatli kurs bizga aniq va kerak, dangal ma’lumot beradi. Qancha vaqt bo‘ladi, nima o‘tiladi, to‘liq dastur bilan tanishtiradi. Eng asosiysi, kurs kim uchunligni aniq yozadi. Masalan, boshlang‘ich uchun, davom ettiruvchilar uchun yoki profilar uchun, deb. Sifatli kurs o‘zi haqida hamma ma’lumot va kontaktlarni beradi. Bu narsa ularni muttasil ishlashidan darak beradi. Instagram kontakti bilangina cheklanadigan kurslardan yiroqlashgan ma’qul. Chunki unday kurs mo‘tadil qolishiga ishonch kam. Istalgan vaqtda yo‘qolib qolishi mumkin. Ana shu narsalardan kursni sifatini aniqlashtirsa bo‘ladi.
Masalan:
Birinchi kursda hech qanday ma’lumot yo‘q. Ikki oyda ming dollar oylik olish plani qani? Yoki kursda nimalar o‘tilishi, o‘qituvchilar kimlar yoki hech bo‘lmaganda qaysi dasturlar bo‘yicha dars berilishi yozilmagan.
Ikkinchi kursda esa biz bilishimiz lozim bo‘lgan deyarli barcha ma’lumotlar mavjud. Narxi, muddati, nimalardan dars o‘tishmiz, to‘liq dastur haqida ma’lumot va aloqa uchun kontaktlar. Bu kurs professional jamoa tomonidan tuzilganiga ishonchni oshiradi.
Xulosa: reklamadagi barcha chaqiruvlarga ham aldanmaslik! Chunki reklama odatda siz eshitishni istagan narsani gapiradi. Agar reklama sizga o‘zi aytgan natijani bermasa, siz hammasini boshqatdan boshlashingizga to‘g‘ri keladi. Ishonch susayadi. O‘zingizni boshqalarga nisbatan solishtirib, yetarli natijaga erisha olmaganingiz uchun sizni o‘qitganlarni ayblashni boshlaysiz.
Dizayn haqida top 10 ta kitob o‘qisam men dizayner bo‘laman.
Bu fikr odamlar ichida eng ko‘p uchraydigan chalkash fikr. To‘g‘ri, kitob o‘qimasdan dizayner bo‘lish mumkin emas. Kitob o‘qibgina dizayner bo‘lish ham mumkin emas. Gap bu yerda kitob o‘qiganing bilan dizayner bo‘lmaysan, deyishda emas. Gap bu yerda: jarrohlik haqida 19 ta kitob o‘qigandan keyin jarrohlik qila olish yoki 10 ta duradgorlik haqida kitob o‘qib, tayyor duradgor bo‘lish, degan ahmoqona fikrga o‘xshagan narsa. Dizayn kasbi ham bu boshqa kasblar singari kasb. Uni 10 ta yoki 20 ta kitob o‘qib chiqish bilan egallab bo‘lmaydi. Kitob ilm beradi. Bilim emas. Kitob nazariya beradi. Tajriba emas. Kitobdagi 100 narsadan 10 tasini amalda qo‘llasangiz, undan keyin dizaynerlik kasbini boshladim deb hisoblashingiz mumkin.
Falon oyda 10 ta kitob o‘qishim kerak, 20 ta kitob o‘qishim kerak deb maqsad qo‘yish yaxshi. Lekin buni effekti juda kam. Sababi, 10–20 ta kitobdagi ma’lumotlarni hammasini miyaga sig‘dirishni o‘zi muammoli narsa. Yigirmanchi kitobni o‘qiganingizda uchinchi kitobdagi ma’lumotlar xotiradan o‘chishni boshlaydi. Chunki siz uni amaliyotda umuman ishlatmagansiz.
Hamma narsani bilib, birortasini hayotda ishlamaslikdan ko‘ra, ozroq bo‘lsa ham bilim olib, shu oz bilimni hammasini amalda ishlatish yaxshi samara beradi.
Xar bitta kitobdan keyin uni amaliyotda ishlatish uchun bunga oylab, yillab vaqt ketadi. 20 ta kitobni amaliyotda ishlatish uchun 20 yil vaqt ketib ham qolishi mumkin. Chunki kitob sizga formula beradi, hayotda uchraydigan har bitta voqeani oldindan bilib sizga uni qanday bartaraf etish yo‘lini bermaydi. Chunki har bitta dizayner bu indivual shaxs. Uni mijozlari ham milliard kombinatsiyalardan birini muammo qilib oldingizga kelishi mumkin. Kitob sizga yer yuzidagi 7 mlrd aholining milliardlab kelishi mumkin bo‘lgan muammolarini yoritib, unga yechadigan holatni ko‘rsatib berolmaydi. Sizga shunchaki formula beradi. Kitobni ham odam yozadi. O‘zi uchragan holatlardagi muammolarga yechimni ko‘rsatadi. Bu degani aynan sizda ham shunday holat bo‘ladi degani emas. Bu shunchaki andoza. Siz shu andoza asosida shunga mos keladigan holatlarni yechimini hal qilasiz.
Qanday kitoblarni o‘qish kerakligi haqida juda oson algoritm bor. Kitobni reklamasiga emas, uni muallifiga qarash lozim. Bizni zamonda internet muammo emas. Muallif haqida ma’lumot o‘qish mumkin. Ushbu kitobni o‘qigan dizaynerlarni, odamlarni fikrlarini bilib ham kitob haqida xulosa chiqarish mumkin.
Grafik dizaynda endi boshlayman, deb turgan insonlar uchun quyidagi eng birinchi o‘qib va amalda qo‘llashi kerak bo‘lgan kitoblar:
Книга "Недизайнерская книга о дизайне"
Original tilda o‘qishni istaganlar uchun esa:
https://www.amazon.com/Non-Designers-Design-Book-Non-Designers-ebook-dp-B00PWDFWEE/dp/B00PWDFWEE/ref=mt_other?_encoding=UTF8&me=&qid=
Книга
P.S. Bu kitoblar qimmatlik qilsa, arzon PDF variantini ham izlab ko‘ring. Asosiysi qaysi kitoblar hozir muhim ekanini bildingiz. :)
Xulosa: kitoblar bizga bilim beradi. Tajriba emas. Kitob o‘qishni o‘zi hech nimani hal qilmaydi. Undagi bilimni ishlatish muhim. Kitobdan 100% natija kutmang. Natijani o‘zingiz chiqarasiz. Top 10 ta kitob o‘qib, amalda qilmagandan, 1 dona kitobni o‘qib, unga amal qilgan yaxshi. Prioritetni kitob o‘qishga emas, undagi bilimga amal qilishga qo‘ying.
Hozircha shu ma’lumotlar yetarli. Agar qandaydir aniq savollar bo‘lsa, bemalol commentda berishingiz mumkin. Barchaga rahmat!
Osonlashtirish nima degani? Bilmaysizmi? Bilsangiz kerak. Osonlashtirish har bir ishda mavjud. Masalan, dehqonlar yerni omoch bilan emas, traktor bilan haydashadi. Bu ularning ishini ancha osonlashtiradi. Ba’zilar esa tomorqasidagi 10 metr yerni ketmon bilan chopishadi. Bu ham ishni osonlashtiradi. Chunki, traktor olib kelish uchun Abdusattor akani uyiga borib kelishga, uni rozi qilishga ketadigan vaqt, shu yerni ketmon bilan ag‘darib qo‘yishga ketadigan vaqtdan ko‘pda. )
Xullas, dizaynda osonlashtirish nima? Bu degani dizaynni oson usul bilan qilish degani emas. Eng qiyinchilik bilan qilib bo‘lsa ham, insonlarga oson natija ko‘rsatish degani. Misollarda ko‘ramiz:
Shahar ofislaridan birining ishlash tartibi
Bu yerda aytilmoqda: “Biz Dushanba soat ertalabki to‘qqizdan soat kechgi oltigacha, Seshanba kuni soat ertalabki to‘qqizdan soat kechgi oltigacha, Chorshanba kuni soat ertalabki to‘qqizdan soat kechgi oltigacha, Payshanba kuni soat ertalabki to‘qqizdan soat kechgi oltigacha, Juma kuni soat ertalabki to‘qqizdan soat kechgi oltigacha ishlaymiz. Shanba kuni dam olamiz, Yakshanba kuni dam olamiz.”
Odamlarni qiynash shart emas. Oddiy usullar ham ko‘p foydali dizayn yarata oladi. Masalan bu kabi:
Insonlarni hurmat qiling, ularni qiynamang va vaqtini tejang!
Salomat bo‘ling ))).
Jurnal muqovasi uchun ishlanadigan suratlar turli uslublarda bo‘ladi. Bugun oq-qora suratlarning kichkinagina siri haqida gaplashamiz.
Amerikada chiqadigan “Classical Guitar” jurnali muqovasi:
http://classicalguitarmagazine.com
Ajoyib muqovalar. Shunday emasmi? )
Biz ham shunday muqovaga o‘xshash muqova qilishga harakat qilamiz. Buning uchun bizga Photoshop yordam beradi.
Boshladik:
Eslatib o‘tish kerakki, agar biz nashr qilish uchun yasaydigan bo‘lsak, albatta CMYK rejimini va 300 px (Resolution) parametrlarini qo‘yishimiz kerak. Agarda WEB uchun yasaladigan bo‘lsa, unda CMYK o‘rnida RGB, 300 px o‘rnida esa 72 px qo‘yilishi lozim.
Birorta akter suratini olamiz:
Qog‘ozga moslab komponovka qilamiz:
Endi suratni oq-qora rejim qilish qoldi. Biz bu yerda CMYK rejimini GRAYSCALE rejimiga o‘tkaza olmaymiz, chunki biz yozuvni rangli qilishimiz kerak. GRAYSCALE rejimida esa ranglar faqat oq va qora shaklida bo‘ladi.
Demak, usullarni ko‘rib chiqamiz.
1-usul:
Image → Adjusments → Hue/Saturation…
Bu usulni yomon tomoni, suratni oq qora emas, jigarrang aralashgan rang qilib bermoqda. Bu usuldan voz kechamiz.
2-usul:
Ctrl+Shift+U kombinatsiyasi ham shu natijaning o‘zginasi. Bundan ham voz kechamiz.
3-usul:
Suratni Photoshopning yangi oynasida alohida ochamiz:
Suratni rejimini esa RGB dan GRAYSCALE rejimiga o‘tkazamiz:
Endi suratni muqovamizning oynasiga osonlik bilan tashlab olsak bo‘ladi:
Suratimiz tayyor. Unga ozgina ishlov bersak yetadi. Buning uchun CTRL+L kombinatsiyasidan foydalanamiz va xunuk yerlarni to‘g‘irlaymiz:
Ok! Yaxshi. Endi matn ustida ishlaymiz. Birorta chiroyli grotesk shriftni tanlaymiz va joylashtiramiz:
Deyarli tayyor. Shriftga rang beramiz va ozgina “dizayn” qo‘shamiz:
Dizayner dizayn qilish uchun kerak. Bu javob — ko‘pchilik berishi mumkin bo‘lgan javob. Aslida to‘g‘ri. Lekin qanday dizayn qilish uchun?
Ushbu reklama posterini ham dizaynerman degan inson qilgan. Chunki u odamga reklama beruvchi kompaniya reklamani ishonib topshirishgan. Tahminimcha, dizayner ham mijozlarni fikrini inobatga olgan holda ushbu posterni «dunyoga keltirgan». Lekin bu poster birgina aybi tufayli eng xunuk posterlar qatoriga qo‘shilishga loyiq. Bu xato esa — fotolardan kollaj qilinganligi.
Bu yerda hech qanday fizika qoidalari ishlamaydi:
Odam samolet uchib ketayotgan holatda qanot ustida hech qachon bunday xolatda tura olmaydi;
Odam samolet xajmiga nisbatan ancha katta;
Odam oyoqlari ostida soyalar yo‘qligi.
Va umuman, bu poster har qanday reallikdan yiroq. Xuddi shu rakursda, shu xolatda uni chizib chiqish esa butunlay boshqa natijani bergan bo‘lar edi. Shunda u fotosurat emas, illustratsiya bo‘lib xizmat qilgan bo‘ladi.
Dizayner nima uchun kerak, degan savolga esa, shunday javob beramiz:
Doktorlar bemorlarga nima uchun kerak, bo‘lsa, dizaynerlar ham dizayn olamiga shunchalik kerak!
Shahrimiz dizaynlaridagi muammolardan biri shundaki, dizaynerning vazifasi faqatgina vizual ko‘rinishni chizib berishdan iborat, degan «aqida»ning mavjudligi.
Bir misol keltiramiz:
Bir qarashda hammasi tushunarli: Spirtli ichimlik ichish, velosipedda uchish (aslida velosipedni qoldirish degan ikonkani bildiradi, lekin mayli…), gullarni uzish taqiqlanadi.
Endi esa mantiqan chuqurroq fikrlaymiz.
Ikonkalarni o‘zi ilovasiz bildirib turibdi qanday amallarni qilish taqiqlanishini. Matnlarni olib tashlaymiz:
Bu yerda yaqqol aytilyapti: ichkilik ichish, velosipedda sayr va gullarni uzish taqiqlanadi! Muammo yo‘q! Hammasi tushunarli.
Endi original belgini olamiz:
Ushbu suratda esa taqiqlangan har bir amal yana taqiqlanyapti. Bu degani, ichkilik ichish, velosipedda sayr qilish va gullarni uzish mumkin.
Chunki, aroq ichishni taqiqlash taqiqlanadi, velosipedda uchishni taqiqlash taqiqlanadi, gullarni uzishni taqiqlash taqiqlanadi, degan ma’no beradi bu yozuv.
Xurmatli dizaynerlar, biror amalni ikki bora, ham ikonka bilan, ham so‘z bilan taqiqlash, o‘sha amalni qilish mumkin degan fikrni beradi.
Agar taqiqlash ikonkasi ishlatilsa, so‘z bilan yozishga hojat yo‘q, agar so‘z bilan yozilsa, unda ikonkada taqiqlashga hojat qolmaydi.
Ya’ni:
Grafik dizayner bo‘lish uchun anatomiyani bilish qanchalik muhim?
Hozir dizayn sohasiga kirib kelganlar va bu sohada ko‘p yillik tajribaga ega dizaynerlarda ikki xil fikr yuradi.
Birinchi fikrdagilar: dizayner bo‘lish uchun chizishni bilish shart emas!
Ikkinchi fikrdagilar: dizayner uchun chizishni bilish shart!
Hozirgi mavzu u yoki bu fikrni oldinga surish uchun emas. Lekin bir tajribada bu fikrni ko‘rib chiqamiz.
Dunyoga mashxur «Danone» kompaniyasining logotipi:
Bu yerda anatomiya juda ham qo‘pol tarzda buzilgan. Bee’etiborlik bilan chizilgan. Dizayner bu yerda anatomiyani umuman bilmasa, buni chiza olmasa ham, oddiy mantiqiy usuldan foydalanishi mumkin:
Bosh chanoqni surati olinadi va bundan eskiz sifatida foydalaniladi. Shu xolos.
Bolaning ko‘zini chizmasak yaxshiroq bo‘ladi, chunki bu silluet sifatida aks ettirilmoqda. Bo‘yin qismiga, yelkasiga ham e’tibor berish kerak. Agar buni chizgan dizayner, bolaning fotosini huddi shu rakursda suratga olib, fotoning ustidan chizib chiqqanida, bu muammoni bartaraf etgan bo‘lar edi.
Xulosa: dizayner chizishni bilishi yoki bilmasligi muhim emas, eng muhimi u oldiga qo‘yilgan vazifani ham mantiqan, ham estetik tomondan to‘g‘ri bajara olishida.
Agar dizayner oldiga chizish vazifasi qo‘yilsa, savol berish ham foydadan holi bo‘lmaydi: bu muammoni chizish bilan hal qila olamanmi? Ehtimol boshqa usul bu vazifani bajarishimni talab etar?
Agar chindan ham chizish muammosi mavjud bo‘lsa, unda fotolardan foydalangan holatda, foto ustidan chizish ham muammoni hal qiladi.
Dizaynerlarga maslahat: chizish kerak, deyilganda, men chizishni bilmayman, deyishga shoshilmang. Nima uchun chizish kerakligini to‘liq tushinib oling. Nima uchun chizishni bilgandan keyingi muammo esa, qanday chizish bo‘ladi ))).