Stories by Otabek Bobomurodov on Medium
Katta kompaniyaga kirish ko’pchilik dasturchilarning orzusi bo’lsa kerak. Oracle’da ishlayotgan dasturchi (Software Engineer) sifatida o’z tajribam va kuzatishlarim asosida tayyorladim.
Big Tech nima?
Facebook (Meta), Amazon, Apple, Netflix, Google — dunyodagi eng yirik tech kompaniyalar. Ular qatorida Oracle, Microsoft, Stripe, Uber, Dropbox va shunga o’xshash katta kompaniyalarni ham qo’shsa bo’ladi. Ularning interview jarayoni ham odatda bir-biriga o’xshash.
Tayyorgarlik muddati
Bu masalada aniq bir gap aytish qiyin, lekin o’rtacha 3–6 oy vaqt davomida tayyorlanish kutiladi. Bu vaqt davomida asosan Leetcode (Data Structures & Algorithms asoslari) va System Design savollariga yaxshi tayyorlanish kerak.
6 OYLIK ROADMAP
1–2 OY: Data Structures & Algorithms (DSA) asoslari
Bu eng muhim bosqich. FAANG interviewlarining 70%+ qismi DSA savollaridan iborat.
O’rganiladigan mavzular:
Arrays & Strings
Hash Maps & Hash Sets
Linked Lists
Stacks & Queues
Binary Search
Sorting algoritmlari (Merge Sort, Quick Sort)
Recursion asoslari
Kunlik reja: 2–3 ta LeetCode Easy masala
Resurslar:
LeetCode (leetcode.com) — asosiy platforma.
NeetCode 150 (neetcode.io) — ko’p maqtashadi, lekin o’zim ishlatmaganman.
3–4 OY: DSA advanced mavzular + Pattern’lar
O’rganiladigan mavzular:
Trees (Binary Tree, BST, BFS, DFS)
Graphs (BFS, DFS, Topological Sort, Dijkstra)
Dynamic Programming (1D va 2D)
Sliding Window
Two Pointers
Backtracking
Greedy Algorithms
Tries & Heaps
Kunlik reja: 2–3 ta LeetCode Medium masala
💡Maslahat: masalani yechish emas, pattern’ni tushunish muhim. Har bir masaladan keyin o’zingizga savol bering: “Bu qaysi pattern’ga tegishli?”. Bitta masalaga bir nechta yechim o’ylashga harakat qiling. Yechimingizni boshqalarniki bilan solishtiring.
Resurslar:
LeetCode Top Interview 150
5-OY: System Design
Senior (L5+) rollar uchun majburiy, lekin L4 (mid-level) uchun ham foydali.
O’rganiladigan mavzular:
Scalability asoslari (Load Balancing, Caching, CDN)
Database tanlash (SQL vs NoSQL)
Message Queues (Kafka, RabbitMQ)
Microservices vs Monolith
CAP Theorem
Consistent Hashing
Rate Limiting
URL Shortener,
Twitter Feed,
WhatsApp kabi real system design’lar
Resurslar:
ByteByteGo (bytebytego.com) — eng yaxshi System Design resursi
“System Design Interview” by Alex Xu (kitob)
Exponent YouTube kanali
6-OY: Behavioral Interview + Mock Interviews
Ko’p dasturchilar buni e’tiborsiz qoldiradi, lekin FAANG’da 30% nomzodlar aynan shu bosqichda yiqiladi.
STAR metodi bilan tayyorlaning:
Situation — vaziyat
Task — vazifa
Action — harakatingiz
Result — natija
Tayyorlash kerak bo’lgan savollar:
Teamwork & Collaboration:
1. Tell me about a time you disagreed with your teammate. How did you resolve it?
2. Describe a situation where you had to work with a difficult colleague.
3. Tell me about a time you helped a struggling team member.
4. Describe a time when you had to collaborate with a team in a different timezone or culture.
Leadership & Initiative:
5. Tell me about a time you took ownership of something outside your responsibilities.
6. Describe a project you led from start to finish.
7. Tell me about a time you convinced your team to adopt your idea.
8. Describe a situation where you had to make a decision without your manager’s input.
Challenges & Failures:
9. Tell me about your biggest professional failure. What did you learn?
10. Describe a time you missed a deadline. What happened?
11. Tell me about a project that didn’t go as planned.
12. Describe a time when you received harsh feedback. How did you handle it?
Problem Solving & Pressure:
13. Tell me about a time you had to deliver results under a very tight deadline.
14. Describe a situation where you had to prioritize between competing tasks.
15. Tell me about a time you solved a complex technical problem.
16. Describe a time when requirements changed mid-project.
Growth & Self-awareness:
17. What’s the most important thing you’ve learned in the last year?
18. Tell me about a time you had to learn a new technology quickly.
19. Describe a situation where you went above and beyond what was expected.
20. Tell me about a time you made a mistake in production. How did you handle it?
Mock Interview:
Haftada 1–2 marta mock interview o’tkazing
Interviewing.io — bepul mock interviewlar
Pramp.com — peer-to-peer practice
Do’stlar bilan practice qiling
Til tanlash
FAANG interview uchun eng qulay tillar:
Python — eng tez yoziladi, ko’p ishlatiladi
Java — Enterprise loyihalar uchun kuchli
C++ — performance-critical rollar uchun
JavaScript — Frontend rollar uchun
💡 Maslahat: Bitta tilni a’lo darajada biling. Interview paytida til o’zgartirmang.
Resume & Ishga ariza berish
Resume 1 sahifada bo’lsin
Har bir tajriba uchun aniq natijalar & raqamlar kiriting (masalan: “40% tezlikni oshirdim” yoki “test coverage’ni 50% dan 70% ga oshirdim)
LinkedIn profilingizni yangilang
Referral oling — FAANG’da referral bilan ariza berish 5–10x samaraliroq
Har bir kompaniya uchun resume’ni moslashtiring
❌ Eng katta xatolar
Faqat masala yechib, pattern o’rganmaslik — 500 ta masala yechsangiz ham, pattern bilmasangiz yangi savolga javob bera olmaysiz
System Design’ni e’tiborsiz qoldirish — ayniqsa 3+ yil tajriba bo’lsa, albatta so’rashadi
Behavioral tayyorgarlikni unutish — texnik bilim yetarli emas
Mock interview qilmaslik — real interview muhiti bilan practice muhiti juda farq qiladi
Burnout — 6 oy davomida barqaror ishlash, 1 haftada hammani qilishga urinmaslik kerak
Qissadan hissa
FAANG’ga interview chaqirilish ham oson emas. Resume’ngizning o’tishi ham aslida katta natija. Resume’ni tekshirtirib, uni ustida ancha bosh qotiring. Asosiy interview uchun esa, har kuni oz-ozdan, lekin barqarorlik bilan tayyorlaning. 6 oy barqaror tayyorgarlik sizni boshqa nomzodlardan ajratib turadi. Harakat yaxshi bo’lsa, natija ham albatta ko’p kuttirmaydi. Hammaga omad yor bo’lsin!
Savollaringiz bo’lsa, yozishdan tortinmang!
2025-yil 27-fevral sanasida ‘Oracle’ kompaniyasidan ‘offer’ oldim. Ketma ket 9 ta 1 soatlik kechgan suhbat jarayoniga qanday tayyorgarlik ko’rganim haqida ushbu maqolada batafsil tushuntirib beraman.
Maqsad nima?
O’ylashimcha, ko’p narsa maqsadga bog’liq. Avvalgi maqolamda aytib o’tganimdek, mendagi ichki motivatsiya aynan ‘Oracle’ kompaniyasiga ishga kirish bo’lmagan, shunchaki kuchliroq dasturchi bo’lish, ya’ni o’sish bo’lgan. Bu uchun esa ko’proq katta kompaniyalarning o’lchoviga amal qilgan holda, ular suhbatda so’raydigan o’sha mashhur ‘Data Structures and Algorithms’, ‘System Design’, va ‘Communication Skills’lar ustida davomiy ishlashni yo’lga qoyganman. Bu jarayonda eng muhim rol o’ynagan jihat — ‘Consistency’ bo’lgan, ya’ni to’xtab qolmaslik. Kuchliroq bo’lish niyati esa haliyam mavjud, va bu yo’lda esa ‘Oracle’ kompaniyasi menga ko’p narsani bera olishiga ishonaman.
Ishdan keyingi o’qish.
‘Commerzbank’dagi ish faoliyatim davomida, ishdan keyingi o’qishni o’zimga qat’iy odat qilib olgan edim. Deylik ish soat 4 yoki 5 da tugasa, undan keyin kechqurun soat 10–11 gacha ancha vaqt bo’lardi. Hatto ba’zi payt ish sekinlashgan paytda ham bundan unumli foydalanishga intilardim. Bu jarayon adashmasam tahminan 1 yilcha davom etdi.
O’qish jarayonida qanday manbalardan foydalanganman?
‘Leetcode’ platformasi.
Alex Xu’ning ‘System Design’ kitobi 1-qism.
‘Clean Code’, ‘Effective Java’ kitoblari.
YouTube dagi ‘Exponent’ kanali — ‘System Design’ bo’yicha.
ChatGPT yordamida ‘behavioral / psychological’ savollarga tayyorgarlik.
‘Interview specific communication’ — aniq manba yoq.
Resume tayyorlash — aniq manba yoq.
Keling, har bitta manbadan qanday foydalanganligim haqida batafsil to’xtalib o’taman.
‘Leetcode’ platformasi. (davomiy)
IT sohasida yurib, bu platforma haqida eshitmagan odam bo’lmasa kerak. Mabodo siz eshitmagan bo’lsangiz, ‘Leetcode’ — bu dasturlashni mashq qilish, texnik intervyularga tayyorlanish va kod yozish ko‘nikmalarini oshirish uchun mo‘ljallangan onlayn platforma hisoblanadi. ‘Leetcode’dan foydalanishda asosiy urg’uni ko’proq masala ishlashga emas, balki masalani tushunib ishlashga qaratish kerak. Bir emas, har xil yechimlar qilib ko’rish ‘problem solving skills’ uchun juda ham foydali. Suhbat davomida ham aynan bir emas ko’p yechim bera oladigan ‘candidate’lar ko’proq e’tiborni tortadi. Bu bilan birga, ‘Leetcode’ platformasining ‘DSA’ kursini sotib olganman va deyarli yarimigacha tugatishim ‘Oracle’ning IC2 (middle) darajasiga kirishimga yetarli bo’lgan. IC3 darajasi uchun esa ‘DSA’ bo’yicha olgan bilimlarim kamlik qilgan, har holda 4 ta ‘DSA’ga oid suhbatdan faqat 1 tasini ishlay olmaganman — bu ham bo’lsa ‘Graph’ ga oid masala edi.
Alex Xu’ning ‘System Design’ kitobi 1-qism. (1 hafta)
Bu kitob aynan FAANG’da so’raladigan ‘System Design’ suhbati uchun juda kuchli manba hisoblanadi. Menga bu kitobning boshidagi 3 ta bo’limi kifoya qilgan, va aynan o’sha 3 ta bo’limda barcha sistemalarni ‘design’ qilish uchun muhim bo’lgan qoida va prinsiplar tushuntirib o’tilgan. Ya’ni, tayyor template mavjud. Undan keyingi bo’limlar har bitta sistemaga alohida to’xtaladi — bunda esa ‘Alex’ning shaxsan o’zi ‘high level’ yechim beradi. Lekin, 1 ta sistemani qurishda bir necha xil yechim taklif qilish mumkin. Shuni inobatga olib, meni suhbat vaqtim belgilanganligi va vaqt juda kamligi tufayli yechimlarni o’qib yodda tutib suhbatga kirgandan ko’ra, ko’proq kreativ bo’lishni afzal ko’rganman va bu ancha foyda bergan. Kreativ deganda o’sha boshidagi 3 ta bo’limda olgan bilimarimni ishlatgan holda yo’l yo’lakay o’zimni yechimimni berib ketish! Agar sizda vaqt bemalol bo’lsa, men qilgan ishni qilmang chunki bu strategiya hammaga ham mos kelmasligi mumkin, va katta ehtimol suhbat jarayonida pand berib qoyadi.
‘Clean Code’, ‘Effective Java’ kitoblari. (davomiy)
Bu kitoblardan aynan suhbat uchun emas, shunchaki o’z bilimlarimni oshirish uchun foydalanganman, lekin oxirigacha tugatishga hali ulgurmadim. Har bir dasturchi bilishi kerak bo’lgan, va uni fikrlashini o’stiradigan juda kuchli manbalar — barchaga tavsiya qilaman. Agar siz Java’chi bo’lmasangiz, ‘Essential Java’ kitobi siz uchun majburiy emas.
YouTube dagi ‘Exponent’ kanali — ‘System Design’ bo’yicha. (1 hafta)
Alex Xu’ning ‘System Design’ kitobini o’qiganingizdan keyin u bilimlarni qanday qilib amalda qo’llash uchun yaxshi manba — u yerda ‘System Design’ bo’yicha ‘mock interview’lar videolarini joylashtirishadi, va bu shaxsan men uchun suhbatni qanday olib borishim kerakligini amalda ko’rib olish va tushunish uchun foydali bo’lgan.
ChatGPT yordamida ‘behavioral / psychological’ savollarga tayyorgarlik. (1 hafta)
Bu suhbatga tayyorgarlik jarayonida kompaniya qadriyatlarini inobatga olish kerak. Bu ma’lumotni menga ‘Recruiter’ suhbatdan oldin jo’natgan. Tayyorgarlik uchun atigi 1–2 hafta yetarli bo’lgan. Eng ko’p so’raladigan savollarga yaxshi tayyorgarlik ko’rish kerak. Masalan, siz oldingi loyihalaringizda qilgan eng katta xatoyingiz, va bundan qanday xulosa chiqarganingiz. Shuningdek, hamkasblar bilan konfliktli vaziyat bo’lib qolsa nima qilishingiz, yoki, berilgan vazifani o’z vaqtida bajara olmasangiz qanday yo’l tutishingiz, va shunga o’xshash savollarga oldindan tayyor turgan afzal. Bu uchun eng qulay ‘tool’ deb bemalol ‘ChatGPT’ni ayta olaman.
‘Interview specific communication’. (1 hafta)
Bu shunchaki suhbat jarayonida o’zimni qanday tutishim kerakligi, ‘eye-contact’, qanday qilib ‘first impression’ qoldirish, qanday qilib men kompaniyaga kirishni juda xohlayotganimni isbotlash, va shunga o’xshash kichik detallarni o’z ichiga oladi. Har bir suhbat oxirida ‘interviewer’ sizdan savollar bormi deb so’raydi. Bu savolga shunchaki savolim yoq, menga hamma narsa tushunarli deb qoyish siz qanaqa ustunlik bermaydi. Aksincha esa, agar siz o’zingizni qiziqtirgan, yoki siz kompaniyaga qiziqishingizni ko’rsatadigan savollar tayyorlab kirishingiz sizdagi ichki ishtiyoq va kompaniyaga bo’lgan qiziqishingizni bildiradi. Masalan, ko’p savollar ichida menga eng yoqadigani: “Kompaniya bilan ish boshlashimdan oldin menga nimalarga ko’proq tayyorgarlik ko’rishimni tavsiya berasiz?”. Bu savolni ko’proq menejer bilan suhbatdan keyin, yoki ‘System Design’ suhbatidan keyin bersa foydaliroq bo’ladi, va aynan shu savol sizdagi ishtiyoq qanchalik baland ekanligini anglatadi. Bundan tashqari, sizning qarshingizda turgan odamni eshitishni bilish, va buni unga his qildirish. Masalan, har bir gapi yoki savoli orasida kichkina jumlalar bilan mayingina tovush chiqarib qoyish orqali buni amalga oshirsa bo’ladi. Bularning barchasini o’rganish uchun ko’proq ‘mock interview’lar ko’rish ham foydali bo’ladi.
‘Resume’ tayyorlash. (1 kun)
Aslida ‘resume’ning ahamiyatini inobatga oladigan bo’lsak, u haqida maqola boshida yozsam arzigan bo’lardi. Buni eng oxirida bo’lganligining sababi oddiy — juda kam vaqt sarflaganim. 1–2 ta ‘sample’ rezyumelarni olib o’zimni rezyumemni 2–3 soatda yasab olganman, va tabiiyki bundan ko’nglim to’lmagan. ‘Oracle’ga topshirganimda aynan shu rezyume bilan topshirganman, chunki hali ishimni almashtirish niyatim bo’lmagan, aksincha, qiziqish yuzasidan topshirib ko’rganman. Natijada esa, ularga men tayyorlagan bu ‘hujjat’ yoqib qolib menga aloqaga chiqishgan.
Xulosa.
Demak, bundan kelib chiqadiki men ishdan keyingi o’qish davomida asosan ‘Leetcode’da masala ishlash va qo’shimcha kitob o’qish bilan shug’ullanganman. Ishga topshirib, ‘recruiter’ bilan ‘phone screening’lardan o’tgandan keyin, va suhbat sanasi aniq bo’lgandan keyin esa qolgan manbalar bo’yicha tayyorgarlik ko’rishni boshlaganman. Bu mening shaxsiy tayyorgarlik yo’lim, va har kim uchun batamom har xil bo’lishi mumkin. Davomiy o’qishni esa umrning oxirigacha kanda qilmaslik kerak, va bu aynan ‘Leetcode’ bo’lishi shart hasm emas. Shunchaki, har bir kun oxirida inson o’ziga quyidagi savolni berishi kifoya: “Men bugun nima yangi narsa o’rgandim?”.
‘Interview’ jarayoni haqida batafsil keyingi postlarimda yozib qoldirishni niyat qildim.
Yuqorida sanab o’tilgan manbalar borasida savollar bo’lsa bemalol ushbu maqolaning tagida savollaringizni qoldirishingiz mumkin.
Maqolani o’qigan barchaga rahmat!
Oracledan offer olishim va ungacha qanday yo’l bosib o’tganligim haqida ushbu maqolamda yozganman: https://medium.com/@otabekecma/oracledan-offer-oldim-d83f413baabe
2025-yil 27-fevral sanasida ‘Oracle’ kompaniyasidan ‘offer’ oldim. Ketma ket 9 ta 1 soatlik kechgan suhbat jarayoni va ungacha boshdan kechirganlarim haqida ushbu maqolada batafsil so’zlab beraman.
Tashakkurnoma
Ushbu natijaga erishishimga katta hissa qo’shgan oila a’zolarim, yaqinlarim, xususan ota-onam va bobom (buvam)dan cheksiz minnatdorman. Ustozlarim Alisher Davlatov, Abdusobur Halimov, va Po’lat Sirojovlarning ham hissalari baland — barchalariga alohida rahmat.
Dasturlashga kirib kelish.
Dasturlashga qiziqishni 2017-yil universitetda 1-boshqich talabasi bo’lganimda boshlaganman. O’shanda faqat HTML va CSS kurslarini videodarsliklardan ko’rib o’rganganman. Lekin soha oson emasligini, va ustozsiz uzoqqa borish qiyinligini anglagach, Java kursini 2019-yil PDP akademiyasida Alisher Davlatovni kurslarida boshlaganman. Lekin talabaligimni va Vestminster universitetiga yiliga 30 million so’m shartnoma pulini to’lash kerakligini inobatga olib, kursni oxirigacha tugata olmaganman. Ammo, bu bilan to’xtab qolmadim. Akam va ustozim Abdusobur Halimovning tavsiyalari va qo’llab quvvatlashlari bilan o’z ustimda ishlashni davom etdim.
Birinchi ishim haqida.
PDP ga qarashli ‘Ecma’ kompaniyasida bir muddat borib kelib ustozlarimdan sohani ancha buncha kerakli ilmlarini olganman, lekin haqiqiy ‘production code’ yozish nasib qilmagan. Birinchi ishlab topgan pulim Upwork platformasidan olingan $20 lik ‘qora’ proyekt orqali bo’lgan. Upworkda yangi bo’lganim va ish tajribam bo’lmagani uchun, birinchi ishni olish oson bo’lmagan — juda ham ko’plab mijozlardan ‘reject’ (‘atkaz’) olganman. Mening nazdimda Upworkda ‘qora ish’ — professional bo’lmagan mijozlarning juda katta talabini arzimagan pulga qilib berish va oxirida gap eshitib arang pulini olish. Barchasiga rozi bo’lib Upwork orqali ishlashni davom ettirdim chunki Junior dasturchi bo’la turib qaysidir firmaga rasmiy qabul qilinish juda qiyin bo’lgan va shaxsan men ham ishga topshirsam yoki ‘reject’ olardim, yoki umuman javob olmasdim. Shunday qilib Upworkda natijalar yaxshilangani sari, barcha mijozlarning talabini qondirish uchun jamoa qilishga ehtiyoj sezildi va Buxoroda ustozlarim Abdusobur Halimov va Po’lat Sirojov bilan hamkorlikda ‘Shift Programming Team’ brendi ostida o’zimizni kichkina jamoamizni tashkil qildik va 2 yillik faoliyatdan so’ng $100,000+ ishlab topishga muvofiq bo’ldik.
Yevropaga ko’chib o’tish.
Upworkda faoliyat olib borayotgan vaqtlarimda Yevropaga chiqish orzusi paydo bo’lgan. Professional jamoa, xalqaro muhit, va millionlab ‘user’ lar ishlatadigan proyektlarning bir qismi bo’lish — menimcha ko’pchilik dasturchilarning orzusi bo’lsa kerak. Men ham istesno emasman, albatta. 2022-yil oxirlarida Praga shahrida joylashgan va ‘outsourcing’ bilan shug’ullanadigan ‘Reasunta’ nomli kompaniyadan ‘Linkedin’ orqali aloqaga chiqishgan. Bir necha bosqichli suhbatlardan so’ng o’zlarining Yevropadagi eng katta mijozlaridan biri bo’lgan ‘Commerzbank’ kompaniyasiga tavsiya qilib ishga joylashtirishgan. Hujjat ishlari juda oson bo’lgan va hamma harajatlarni ishxona ko’targan, hatto Toshkent — Praga chiptalarni ham. Tez fursatda elchixonadan Vizani olib Praga shahriga yo’l oldim va o’zimning yangi ishxonamda ishlashni boshladim.
‘Commerzbank’dagi faoliyatim.
Yevropada ‘ko’tarilib ketish’ uchun na tanish bilish, na pul, na mansab rol o’ynamasligini birinchi ishimdayoq anglab yetdim. Bu yerda faqat olgan bilimlar va qilingan mehnat rol o’ynar ekan. Boshida kelganimda meni ‘Strong Junior’ dasturchi sifatida ishga olishgandi, lekin 6 oyda ‘Senior Software Engineer’ maqomiga ko’tarib yuborishdi. Sabab? Sabab oddiy — Ishlagan tishlaydi ekan. Ish vaqti 9 dan 5 gacha deb yoziladi qog’ozda, lekin shunda ham ba’zilar soat 4 dan ketishni boshlaydi. Biz O’zbekmiz va ko’p ishlashga odatlanganmiz, shuning uchun bunaqa yengillikni hazm qilish, ayniqsa o’sish va ilm olishga muhtoj bo’lgan paytimda juda qiyin bo’lgan, to’g’risi. Men shunda aksincha qilganman — kam ishlashni o’rniga ko’p ishlashni o’zimga odat qildim va ba’zida hattoki kechqurun 12 gacha qolib ketgan vaqtlarim ham bo’ldi. Ishdan tashqari ‘Leetcode’ yechish va qo’shimcha bilimlar olishni ham kanda qilmasdim chunki faqat ishni o’zida oz fursatda kuchli darajaga chiqishimga ko’zim yetmagan. Maqsad aynan FAANG bo’lmagan, shunchaki kuchliroq bo’lish niyati bo’lgan.
‘Oracle’dan offer.
‘Oracle’ — bu kompaniyaga birinchi Praga shahrida kelganimda havasim ketgan, chunki ofisini uzoqdan ko’rib qolib shu yerlarda ishlash bizga ham nasib qilarmikan degan orzu aralash savol hayoldan o’tgan. 2024-yilning Noyabr oylarida ‘Oracle’ning Linkedindagi ish haqidagi postlariga ko’zim tushgan va darhol ‘resume’mni tashlab qoyganman. 1 haftaga qolmay ish beruvchi (‘recruiter’) aloqaga chiqqan va menga ‘tester’ sifatida ishlashni taklif qilgan. Men rozi bo’lmaganman. Shundan so’ng ‘Oracle Cloud Infrastructure’ proyektini taklif qilgan va men darhol bu taklifni qabul qilganman. So’ngra kompaniyada ishlaydigan ‘Senior’ dasturchi bilan bir soatlik texnik suhbat tashkil qilingan va men bundan muvaffaqiyatli o’tganimdan keyin, ish beruvchi menga keyingi suhbat 4-soatlik ‘loop’ bo’lishini aytgan va suhbat sanasini belgilab olganmiz. Format: 2 tasi ‘Leetcode style coding — DSA’, 1 ta system design, 1 ta behavioral interview. Positsiya — IC3, ya’ni ‘Senior Software Engineer’. Suhbat 1 kunda bo’lgani, va men uchun ‘Big Tech’ kompaniyasidagi birinchisi bo’lgani uchun hayajonli o’tgan va birinchi ikki soatlikdan keyin allaqachon dam olishga ehtiyoj bo’lgan. Natijada menga kutilganiday ‘reject’ berishdi. Lekin ‘recruiter’ meni suhbat qilganlarning tavsiyasi bilan menga darhol IC2 (middle) positsiyasi uchun yana bir marta 4-soatlik ‘Loop’ dan o’tishni taklif qilgan. Bu safargi suhbatni 2 kunga bo’lib belgiladim, va bu ancha qulay va foydali bo’ldi. Suhbatning birinchisi (Leetcode masala) o’rtacha, qolgan uchtasi esa juda men uchun ajoyib o’tdi. Shu bilan ‘Oracle’dan offer oldim.
Suhbat haqida va tayyorgarlik jarayonlari haqida batafsil keyingi postlarimda yozib qoldiraman.
Maqolani o’qigan barchaga rahmat!