Stories by Azik 🇺🇿 on Medium
Gaslighting bu insonni o’z xotirasi, hislari, qarorlariga ichki shubha qilishga majbur qiladigan psixologik manipulyatsiya usuli hisoblanadi. Bundan asosiy maqsad odamni o’ziga ishonmaydigan, aybdor va boshqalarga qaram holatga keltirish.
Gaslighting qayerda uchraydi?
Munosabatlarda: xatoni yashirish, sherikni to’liq nazorat qilish.
Oila davrasida: “mukammal ota-ona” qiyofasini saqlash, tarbiyadagi xatoni tan olmaslik.
Ish joyida: o’z mas’uliyatsizligini boshqaga to’nkash, “qurbon” ning o’ziga ishonchini sindirish.
Do’stlar orasida: hasadni qondirish, “hazil” niqobi ostida o’zini ustun qo’yish.
Bugun biz ish joyidagi gaslighting haqida gaplashamiz.
Ish muhitida rahbar yoki hamkasb o’z mas’uliyatsizligini boshqaga to’nkashi, qurbonning o’ziga ishonchini sindirishi orqali namoyon bo’ladi. Odatda sekin va “mayda gap” ko’rinishida bo‘ladi
Unga misollar:
Xotirani shubha ostiga olish
“Noto’g’ri eslayapsan, men unday demagandim.”
Aslida siz to’g’ri eslaysiz. Lekin bu gap yetarlicha takrorlansa, o’zingizga ishonmay qolasiz.
2. Tuyg’ularni qadrsizlantirish
“Shunchaki hazillashdim-ku, nega darrov fojia yasaysan?”
Xato qilgan ular emas, arzimas narsadan “vahima ko’taruvchi” siz bo’lib qolasiz.
3. Tajribani kamsitish
“Bor yo’g’i natija shumi?
”Mehnati qadrlanmagan u emas, “noshukur va dangasa” siz bo’lib qolasiz.
4. Ma’suliyatni boshqaga ag’darish
“Buyerda meni aybim yo’q”
Xato qilgan kim, aybdor kim almashib ketadi.
5. Ijtimoiy izolyatsiya
“Sening bu injiqliklaringga mendan boshqa hech kim chidamaydi.”
Uning zaharli xarakteri qolib, “muammoli inson” siz bo’lib qolasiz.
6. O’zini oqko’ngil ko’rsatish
“Men senga yordam bermoqchiman xolos.”
Hamma narsa sizning manfaatingiz uchun qilinayotgandek taassurot uyg’otiladi.
Sog’lom feedback vs gaslighting farqi nimada?
Ko’pchilik gaslighting ni oddiy tanqiddan ajrata olmaydi.
Sog’lom feedback: aniq va faktga asoslangan, ish natijasiga qaratilgan, yechim va muddat beradi, hurmat bilan aytiladi.
Masalan: “Hisobotdagi 3-bo’lim raqamlarini qayta tekshiramiz.”
Gaslighting: noaniq va chalkashtiradi, shaxsiyatga hujum qiladi, aybdorlik uyg’otadi, kelishuvlarni inkor qiladi, o’ziga ishonchni sindiradi.
Masalan: “Sen yana tushunmabsan. Shu ish qo’lingdan keladimi?”
Bu haqida Koreyada qonunlar nima deydi?
Ish joyidagi gaslighting mehnat qonunchiligida “직장 내 괴롭힘” — ish joyi zo’ravonligi sifatida tan olinishi mumkin. Buning uchun quyidagi holatlardan biri bo’lishi kerak:
so’z bilan haqoratlash va kamsitish
shaxsiy yumushlarni majburan qildirish
asossiz ish buyurish
jamoadan ajratish yoki mansabidan foydalanib bosim o’tkazish va shunga o’xshash holatlar.
Bu holatda nima qilish kerak?
Faqat chidash yechim emas. Quyidagi qadamlar yordam beradi:
Vaziyatni tan oling. Bu oddiy tanqid emas, manipulyatsiya bo’lishi mumkin.
Dalillarni yig’ing. Email, chat, topshiriq, deadline, feedback. Hamma narsani saqlang.
Og’zaki gaplarni yozma tasdiqlang.
Xolis hamkasb yoki mentor bilan tekshiring. Siz ko’rgan narsani boshqa ko’z bilan baholang.
HR yoki yuqori rahbariyatga murojaat qiling.
Toksik muhitdan tezroq chiqing. Agar hech narsa o’zgarmasa, ketish ham to’g’ri qaror.
Agar bu holatlar doimiy takrorlansa va eng muhimi bu haqida qonuniy isbotingiz bo’lsa, uni qonuniy yo’l bilan hal qilsa bo’ladi.
Rahbar sifatida nima qilish kerak?
Gaslighting ko’pincha tizimiy muammo. Bitta rahbarning yondashuvi butun jamoani o’zgartirishi mumkin:
Xodimlarning xavotir va shikoyatlarini jiddiy qabul qiling.
Topshiriq va muddatlarni doim yozma tasdiqlang og’zaki kelishuv yetarli emas.
Xodimlar xato qilishdan yoki fikr bildirishdan qo’rqmaydigan muhit yarating.
O’z xatolaringizni tan oling. Bu zaiflik emas, ishonch yaratadi.
Jamoada ruhiy bosim sezilsa, darhol aralashing.
Gaslighting va kamsitishlarga nisbatan aniq, yozma siyosat joriy qiling.
Xulosa
Gaslighting ishxonadagi ko’rinishining eng xavfli tomoni shundaki u bilan manipulyatsiya qilinayotgan odam ko’pincha o’zi ham buni anglamaydi. Sekin, takroriy va “mayda gap” ko’rinishida boshlanadi. Vaqt o’tib, odam o’ziga shubha qila boshlaydi, o’zini aybdor his qiladi va atrofdagilarga yoki rahbariga tobora qaram bo’lib boradi.
Agar ish joyida o’zingizni doim xato qilyapman, hech narsa qo’limdan kelmaydi deb o’ylasangiz bir zum to’xtang. Muammo faqat sizda deb xulosa qilishga shoshilmang. Yaqin do’stlaringiz bilan ko’proq suhbatlashing.
Kompaniya butun hayotingiz emas. Agar vaziyatni o’zgartirishning iloji bo’lmasa, u yerdan ketishdan qo’rqmang. Chunki hech qanday lavozim va maosh sizning ruhiy xotirjamligingizdan qimmat turmaydi.
Early in the morning, my phone rang:
Continue reading on Medium »
pg_archivecleanup is a PostgreSQL utility used to remove old WAL (Write-Ahead Logging) files after they have been archived. This helps…
Continue reading on CodeX »
For anyone who works with PostgreSQL, the EXPLAIN command is the single most important tool for understanding and optimizing query…
Continue reading on CodeX »
PostgreSQL 18 has officially landed, bringing major enhancements focused on performance, easier upgrades, and a better developer…
Continue reading on CodeX »
Backing up your PostgreSQL database efficiently is very important, especially for large databases. One way to speed up backups is by using…
Continue reading on CodeX »
Have you noticed that queries in your database are running slower than expected? Often, this issue arises due to delays in PostgreSQL…
Continue reading on CodeX »
Photo by: https://global-leadership.org/
O’zim kuzatgan lider rahbarlarda bor jihatlar:
qo’l ostidagi hodimni yoki sherigini eshita olish va qarorini xurmat qilish
o’z xatosini tan olish
o’zidagi bilimlarini qizg’anmasdan boricha o’rgata olish va ulashish
boshqalar oldida sherigini xurmatini to’kmaslik va muammoni o’zaro hal qila olish qobiliyati
o’rganish bosqichidagi yoki yangi kelgan hodimni xurmat qilish
birovning yutuqlarini e’tirof eta olish
Yuqoridagi va bundan boshqa ko’p yaxshi va yomon sifatlar hodimning lider ekanligini yoki aksini bildiradi. Yaxshi ishlaydigan hodimda liderlik yoki rahbarlik qobiliyati boʻlmasligi, u shunchaki aytilgan ishni qiladigan “robot” boʻlishi ham mumkin.
Agar jamoangizda yoki atrofingizda shunday sifatlardan bir yoki ikkitasi bor odamlar bo’lsa ham ularni qadrlang. Ulardan o’rganishga xarakat qiling. Aksincha bu sifatlarning teskarisi bo’lsa undan ham ibrat olib bu xatolarni kelajakda qilmaslikka xarakat qiling. Bu esa sizni liderlikka olib chiqadi.
Ma’lumotlar bazasi har qanday tizimning asosiy qismidir. Ma’lumotlar yo’qolishi bugungi kunda biznes uchun jiddiy muammolarga olib keladi…
Continue reading on Medium »
# Korporativ madaniyat 4: rezyume yozish
Photo by: www.appliview.com
Agar Koreyada ish izlayotgan bo‘lsangiz, JobKorea yoki Saramin kabi platformalarda rezyume yaratish muhim qadam hisoblanadi. Quyida resyumeni qanday to‘ldirish haqida tartib bilan tushuntirishga xarakat qilaman.
Avvalo JobKorea saytidan ro’yxatdan o’tishingiz kerak. Jarayon yakunlangandan keyin profilingizga kirib 이력서 관리 -> 이력서 등록 qismiga o’tishingiz kerak.
📌 1. Shaxsiy ma’lumotlar (인적사항)
Ism, manzil, shaxsiy ma’lumotlar va rasm kiritilishi kerak.
📌 2. Ishga oid maqsadlar (희망직무 & 스킬)
O‘z mutaxassisligingiz bo‘yicha muhim ko‘nikmalarni tanlang. Skill qismiga faqat o‘zingiz rostdan foydalana oladigan texnik ko‘nikmalarni tanlashni tavsiya qilaman.
📌 3. Ta’lim (학력)
O‘qigan universitet yoki kollej ma’lumotlarini yozishingiz kerak.
📌 4. Ish tajribasi (경력)
Ish tajribangizni quyidagi tartibda yozing:
Kompaniya nomi (회사명)
Bo‘lim nomi (부서명) — (agar bo‘lsa)
Ish boshlagan va tugatgan sanalar (입사년월 ~ 퇴사년월)
Lavozim (직급/직책)
Asosiy vazifalar (담당업무) — Ishingizdagi vazifani qisqa yozishingiz kerak.
Oxirgi qismida “인재정보에 회사명 비공개” degan joy bor, bu boshqalarga hozir ishlayotgan kompaniyangiz nomini ko‘rsatmaslikni belgilashingiz mumkin. Agar hozirda ishlayotgan bo‘lsangiz, “재직중” (Hozir ishlayapman) degan belgi qo‘ying. Pastki qismida “경력기술서” degan qismini qo‘shsangiz bo‘ladi. Bu faqat tajribasi borlar uchun. “경력기술서”da “담당업무” qismidagidan kengroq ma’lumot berish kerak. Asosiy qilingan loyihalar, erishilgan natijalar, ishlatilgan texnikalarni batafsil yozish lozim.
Agar 신입생 ya’ni endi unversitetni bitirib ishga topshirayotgan bo’lsangiz 경력기술서 qismiga o’qishdagi loyihalarni kiritish mumkin.
📌 5. Qo‘shimcha faoliyat (인턴·대외활동)
Agar amaliyot yoki ko‘ngilli ish qilgan bo‘lsangiz, bu bo‘limni to‘ldiring.
📌 6. Ta’lim (교육)
Qo‘shimcha kurslarni kiritish mumkin. Til kurslari, IT kurslarini qo‘shsa bo‘ladi.
📌 6. Sertifikatlar (자격증)
TOPIK, IELTS yoki boshqa sertifikatlar.
📌 6. Mukofotlar (수상)
Musobaqalarda olgan mukofotlar va boshqa yutuqlar.
📌 7. Til bilish (어학)
Til darajasini belgilaymiz.
📌 7. Portfolio (포트폴리오)
Bu qism eng muhimlaridan biri. Bu yerga GitHub yoki sayt, blog havolalarini, PDF fayllarni yuklash mumkin. JobKorea’ning standart rezyumesi bilan birga alohida PDF tayyorlab yuklashni maslahat beraman.
📌 9. O‘zini tanishtirish (자기소개서)
Bu qism ham eng muhimlaridan biri. Yozayotganda quyidagilarni qisqa qo‘shib yozishni tavsiya qilaman:
O‘z kasbiy maqsadlaringiz
Ish tajribangiz va muhim loyihalar
Kelajakdagi rejalar
📌 10. Ish shartlari (희망근무조건)
Ish talablarini qo‘shsangiz bo‘ladi: “희망 연봉” (maosh), hudud, sanoat turi va hokazo.
Ushbu shablonni yaxshi to‘ldirsangiz, profilingiz to‘liqligini foizlarda ko‘rsatib turadi.
Qolaversa, D-10 vizasida ish qidirganingiz haqida “취업활동 증명서” degan ish qidirganingiz haqida hujjat talab qilinadi.
Uni quyidagi tartibda olishingiz mumkin:
입사지원·제안 관리 -> 취업활동 증명서 -> muddat -> faylda saqlab olishingiz kerak.
To‘g‘ri va aniq rezyume tuzish sizning ishga joylashish imkoniyatlaringizni oshiradi. Shu tartibda to‘ldirishni Saramin, Wanted kabi boshqa platformalarda ham qo‘llashingiz mumkin.
Qo’shimcha maslahatim, hech qaysi qismida yolg‘on ma’lumot ishlatishni maslahat bermayman! Agar endi ish qidirayotgan bo‘lsangiz, universitetda jamoa bilan qilingan loyihalarni, siz qatnashgan qismini va ishlatilgan texnikalarni qo‘shish kerak. Yolg‘on ish joyi yoki sertifikat umuman kiritmang. Bu ishga kirgandan keyin bilinib qolsa, yaxshi oqibatlarga olib kelmasligi mumkin.
Omad!