Nima qonuniy lekin mantiqiy emas, Nima qonuniy ham emas mantiqiy ham emas
Tarixdan maʼlumki, tor doiradagi insonlarni (guruhlarni) qoʻlida cheksiz hokimiyat boʻlishi, oddiy xalqni juda koʻp aziyat chekishiga olib kelgan. Diktaturadan farqli oʻlaroq, Demokratiyada davlat hokimiyatini organlarga boʻlinishi — uni suiisteʼmol qilishning oldini olish va hamma uchun erkinlikni taʼminlashga qaratilgan. Davlat Vakolatlarining boʻlinishi atamasi dastlab Aristotlening, keyinchalik Jon Kalvinning (1509–1564) va hozirgi kundagi 3 tomonlama hokimiyat Baron de Monteksye (1748) asarlarida oʻz aksini topgan. Bunda qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari bir biridan mutlaqo ayro boʻlishi, amaldorlarning bir vaqtning oʻzida ikki yoki undan ortiq davlat hokimiyati organlarida ishlashi demokratik davlat boshqaruviga zid tushunchalar hisoblanadi. Ular adolatli ishlab turishi uchun Nazorat va Muvozanat mexanizmi boʻlishi kerak.
Nazorat va Muvozanat tizimi — Konstitutsiyaning muhim qismi boʻlib, hukumatning uchta tarmogʻining har biri boshqalarning vakolatlarini cheklab turuvchi mexanizmdir. Bunda hech qaysi davlat organi cheksiz kuchga ega boʻlib ketmasligi, har bir organ bir birini tekshirib turish orqali ular orasidagi kuch muvozanatlanganligiga ishonch hosil qiladi.
Bevosita bizdagi holat boʻyicha fikrimni davom ettiradigan boʻlsam, Oliy Majlis qonun chiqaruvchi sifatida tegishli idora va vazirliklarga parlament soʻrovi yuborishi, kerak boʻlgan hollarda impichment eʼlon qila olishi kerak. Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi organ sifatida qonunlarni barcha boʻgʻinlarda adolatli bajarilishini taʼminlashi, kezi kelganda Oliy Majlis chiqargan qonunlarga Veto huquqidan foydalana (odatda Prezident) olishi kerak. Sud tizimi esa mustaqil organ sifatida chiqarilayotgan qonunlar konstitutsiyaga mos kelishini, qonun oldida barcha barobar ekanligini taʼminlab turishi kerak. Prezident oʻrtadagi mediator sifatida hukumat boʻlinmalari orasida muvofiqlashtirib turishi lozim.
Cherchillni bir gapi bor: Demokratiyadan murakkab narsa yoʻq, lekin inson hali bundan yaxshisini oʻylab topmagan. Nazorat va Muvozanat mexanizmi toʻliq ishlamasligi ortidan Demokratik davlatlarni turli boʻgʻinlariga shikast yetishi mumkin. Bunday davlatda qonunchilik shu qadar kuchsiz boʻladiki, uni aylanib oʻtish emas, toʻgʻri borib “buzib” ketsa boʻladi. Fikrimni isbotini “Nima qonuniy lekin mantiqiy emas” jumlasi orqali koʻrib chiqsak. Barcha viloyat va tuman hokimlari mahalliy kengash deputati aʼzolari hisoblanishdi. Viloyat hokimlariga mahalliy kengash deputati aʼzosi boʻlishi, uni Oliy majlisda senator boʻlish imkoniyatini taqdim etadi. Bu aslida noqonuniy emas, lekin bitta insonni qoʻlida juda katta “власть“ toʻplanishiga, unga daxlsizlik kabi huquqlarni berilishiga olib keladi. Bu degani hokimlar mahalliy kengash deputati sifatida, qonun tashabbuskori boʻlishi, uni senatda oʻtirib olib bir ovozda maʼqullashi, va oʻzi maʼqullagan qonunlarni ijroga olib oʻtib, uni joriy qilishi mumkin degani emasmi?! Bu esa mantiqan olib qaraganda, ziddiyatdan boshqa narsa emas.
Endi “Nima qonuniy ham emas, mantiqiy ham emas” nuqtayi nazaridan koʻrib chiqaylik. Qonunchilik palatasi deputatlari oʻz vakolatlari davrida ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shugʻullanishlari mumkin emas. Ular faqat qonun ijodkorligi bilan shugʻullanishi kerak, axir biz shuning uchun ularga ovoz beramiz, xalqning dardi hukumat minbaridan yangrashi uchun. Lekin bir vaqtning oʻzida ham qonun chiqaruvchi organ vakili boʻla turib, ijro organida ishlovchi deputatlarimiz ham talaygina. Bu esa umuman qonunchiligimizga zid hisoblanadi hamda mantiqqa ham umuman toʻgʻri kelmaydi. Yuqorida hokimlarni mahalliy kengashi deputat boʻlishidan farqli oʻlaroq, bu azamatlar qonun chiqarishda bevosita ishtirok etadi va ijro oʻrgani sifatida, oʻzi tashabbuskori boʻlgan qonunni, oʻzi ijrokori ham boʻladi. Davlat boshqaruv tizimi shunday boʻlishi kerakki, uchala organ vakillari xohlagan taqdirda ham boshqa organ ishiga aralasha olmasligi kerak.
Shu yilning iyul oyida, Oliy Majlis Senatining Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiya: Oʻzbekistonda tuman (shahar) hokimlari partiya aʼzosi ham, deputat ham boʻlmaydi, saylovda umuman aralasha olmaydi, deya bayonot bergan. Ularning qoʻshimcha qilishlaricha, ayni oʻzgarishlarni koʻzda tutuvchi qonun loyihasi tayyorlab boʻlingan va Adliya vazirligiga kiritilgan. Saylovga qadar prezidentimiz tomonidan imzolanishi kutilmoqda. Mana Dekabr oyida kutilayotgan saylovlarga ham oz qoldi, lekin hech qanday amaliy natijalarga erishilmadi. Ustiga ustak yana amaldagi barcha viloyat va tuman hokimlari mahalliy kengash deputatligiga nomzod qilib koʻrsatilgan. Agar “Yangi Saylov — Yangi Oʻzbekiston” shiori ostida oʻtayotgan saylov natijalariga koʻra, barcha viloyat hokimlari mahalliy kengash deputatligiga saylanib, senator boʻlish chiptasini naqd qilib olishsa, siyosiy islohotlar, xususan kuchli parlament tizimidan umid qilmasak ham boʻlaveradi.
Tavsiya qilaman:
“Siyosat bilan emas, Siyosatchi bilan oʻynashmang” — https://t.me/rashidtojiboev/424
“Tartibga solingan chorrahaga DAN xodimi kerak(mi)?” — https://t.me/rashidtojiboev/425
Kanalimga ham aʼzo boʻlib qoʻying — 👉https://t.me/rashidtojiboev👈
Meningfikrim.uz (MFU) — fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va mustahkamlash, inson va fuqaro huquqlarini himoya qilish, fuqarolarning davlat boshqaruvidagi ishtirokini taʼminlash maqsadida Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti tomonidan ochilgan jamoaviy murojaatlar portali.
Keling avvalo u qanday ishlashini koʻrib chiqamiz:
Birinchi: MFU murojaat yoʻllash uchun 18 yoshdan toʻlgan har qanday fuqaro, www.id.gov.uz saytidan roʻyxatdan oʻtgan bo’lishi kerak.
Ikkinchi: Koʻpi bilan 3000 ta harfdan iborat boʻlgan Murojaat matni yuborilgach, “Mening fikrim” veb-portali moderatori murojaatni kamida 5 nafar shaxs qoʻllab-quvvatlashi uchun murojaat tashabbuskoriga maxsus havolani joʻnatadi.
Uchinchi: Murojaat zarur miqdordagi shaxslar tomonidan qoʻllab-quvvatlangach, moderator tomonidan belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirish yuzasidan 15 kun ichida ekspertizaga qabul qilinadi. Murojaat moderatorning ijobiy xulosasi olinmaguniga qadar “Mening fikrim” veb-portalida eʼlon qilinmaydi.
Toʻrtinchi: Ijobiy xulosa olingan murojaatlar 90 kun davomida jamoaviy ovoz yigʻish jarayoniga qoʻyiladi. Aks holda moderator tomonidan murojaat egasiga bekor qilinganligi yuzasida kichik izoh berib oʻtadi.
Beshinchi: Shundan soʻng murojaatlarga ijtimoiy tarmoqlar yoki elektron pochta orqali ovoz berish jarayoni boshlanadi.
Murojaatlar belgilangan muddatda kamida 10 mingta ovoz olgan holatda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, kamida 5 mingta ovoz olgan holatda — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kenesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari, kamida mingta ovoz olgan holatda — Xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlari tomonidan 60 kundan kechikmagan holda koʻrib chiqiladi.
Ana endi maqsadga oʻtsak. Shu paytgacha (08.08.2019 holatiga koʻra) portalga jami 2892 ta murojaat kelib tushgan boʻlib, ulardan 2464 tasi (85 foizi) uchinchi bosqichdan oʻta olmay u yoki bu sabablarga koʻra rad etilgan. Men ham MFU da 6 ta petitsiya qoldirganman va ularning 2 tasi jamoaviy ovoz olish jarayoniga loyiq deb topilgan. Moderatorlarni umumiy xulosasi boʻyicha, men yuborgan petitsiyalar baʼzi petitsiyalarga oʻxshash, baʼzilari esa vakolatli davlat organi vakolatiga tegishli boʻlmaganligi sababli rad etilgan ekan.
Mulohaza qilsak, oʻxshash petitsiyalar bekor qilinishi tushunarli, ikkinchi rad etilish sababi haqida gapirsam. Agar men yuborgan taklif vakolatli davlat organi vakolatiga tegishli boʻlganida, bu murojaatni bermagan boʻlardim. Tegishli boʻlmaganligi uchun ham shu murojaatni kiritdim. Soddaroq qilib aytsam, tusi qoraytirilgan avtomobil oynalariga buyurtma berish 2018 yilgacha imkonsiz edi. Yaʼni hech qaysi vakolatni davlat organi vakolatiga tegishli emas edi. Lekin aynan MFU da yozilgan petitsiya sabab, qonunchilikka tegishli oʻzgartirishlar kiritilib, tegishli davlat organlari vakolatiga biriktirib berildi.
Demak har qanday taklif vakolatli oʻrgan vakolatiga kirmaydi degan izohlar bilan rad qilingandan koʻra, agar uni koʻp xalq yoqlab chiqsa kerak boʻlsa qonunchilikka ham oʻzgartirish kiritish kerak.
Ana endi ovoz olish uchun moderatorlar tomonidan o’tgan petitsiyalarga to’xtalsak. Shu kungacha atiga 55 ta murojaat ovoz berish jarayonida, 238 ta murojaat esa ovoz olish jarayoniga qoʻyilgan lekin yetarlicha ovoz toʻplay olmagan va yana 123 ta murojaat esa moderatorlar tomonidan oʻrganilib chiqilmoqda. Men MFU qoldirgan 2 ta taklif jamoaviy ovoz olish jarayoniga loyiq deb topilgan. Moderatorlar tomonidan kechi bilan 15 kunda ekspertizadan oʻtkazilishi kerak boʻlgan ushbu murojaatlar, mos ravishda 89 va 76 kun ichida koʻrib chiqilgan va petitsiyasiga meni ruxsatimsiz juda koʻp oʻzgartirishlar kiritilgan, juda koʻp joylari esa olib tashlangan. Savol tugʻiladi: Moderatorlar oʻzlari yozgan qonun qoidalarga boʻysunmaydimi yoki xalqni fikri bilan ishi yoʻqmikan? Nega murojaat matni egasini ruxsatisiz petitsiyani oʻzgartirishadi?
Ovoz olish tizimi haqida ham gapiradigan boʻlsak, ovoz berish uchun foydalanuvchilar id.gov.uz, facebook, google, yandex, vk, mailru va yoki odnoklassniki kabi ijtimoiy saytlardan biri orqali roʻyxatdan oʻtgan holda ovoz berishlari mumkin. Shunday ekan 55 ta ovoz berish jarayonidagi murojaatlarni oʻrgansak. Hozirgi kungacha 55 ta murojaat oʻrtacha jami 996 ta ovoz olishga muvaffaq boʻlibdi. Ovozlar yetarli boʻlmagan murojaatlar esa oʻrtacha jami 662 ta ovoz olgan ekan. Umumiy hisobda esa 2892 ta murojaatdan atiga 7 tasi 10 mingta ovozdan koʻproq ovoz toʻplaganligi uchun moderatorlar tomonidan koʻrib chiqilgan boʻlib, ulardan 6 ta esa ijobiy hal qilingan. Yana 5 shunday murojaat koʻrib chiqish jarayonida. Xulosa qilsak, 10 mingta ovoz olgan murojaatlar soni umumiy murojaatlarga nisbati 1 foizni ham tashkil qilmas ekan. Balki Oliy Majlis palatalari vakillari umumiy ovozlar sonini yana qayta koʻrib chiqishar. Ustiga ustak, telefon raqamlar orqali ham ovoz berish usulini ham nazardan qochirmasa yaxshi boʻlar edi.
Sizda savol boʻlishi mumkin, 1000 ta ovoz olgan murojaatlar ham koʻp ekan. Nega murojaatlar kamida mingta ovoz olgan holatda Xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlari tomonidan koʻrib chiqilmagan, degan. Ha savol oʻrinli, biz ham shu savol bilan Oliy Majlis palatalari vakillariga yuzlanmoqchimiz. Nega 1000 ta va 5000 ta ovoz olgan murojaatlar tegishli deputatlar tomonidan koʻrib chiqilmayapti?
Bundan tashqari MFUda petitsiya qoldirish uchun faqat Oʻzbekiston fuqarosi boʻlishi kerak. Hozircha bunday imkoniyat yurtimizdagi xorijlik fuqarolarga taqdim qilinmagan. Koreyada ham petitsiyalar sayti mavjud boʻlib, u “epeople” deb nomlanadi. “epeople” sayti 14 ta tilda taqdim qilinadi va Koreyada istiqomat qilayotgan barcha xorijliklar uchun ham petitsiya yozish imkoniyatini beradi.
Bekobod shahrida Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti yoki Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining filialini tashkil qilish haqida
Mening ismim Tojiboyev Rashid, hozirda Janubiy Koreyaning Inha universitetini, Davlat boshqaruvi yoʻnalishining Magistr 2 bosqichi talabasiman. Xalqni nomidan, Bekobod shahrimda OTM filiallari ochishni soʻrab, mening fikrim portaliga “Bekobod shahrida Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti yoki Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining filialini tashkil qilish haqida” petitsiyani joylagan edim. Turli sabablarga koʻra yetarlicha ovoz (jami 1548) yigʻa olmadik.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga yuborilgan murojaat fuqarolarning kamida 10 000 ta ovozini, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga yuborilgan murojaat kamida 5 000 ta ovozni, xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga yuborilgan murojaat 1 000 ta ovozni toʻplashi zarur.
Lekin meni petitsiyam 1000 tadan koʻp ovoz toʻplaganiga qaramay, murojaatimni koʻrib chiqish uchun xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga yuborilmadi. Shunchaki “Ovozlar soni yetarli emas” deyish kifoyalandi. Quyida nega aynan meni shahrimda OTM filiallari ochilishi kerak, shuni ilmiy xulosalar bilan isbotlab berganman. Murojaatimni befarq qoldirmay, shahrimda oliygoh ochilishida sababchi boʻlib qolsangiz, butun xalq nomidan rahmat aytib qolgan boʻlar edim.
Nega Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti filiali?
Bekobod shahri Toshkent viloyatining eng chekka hududlaridan biri boʻlib, Toshkent viloyatida eng katta potensialga ega. Birgina Bekobod shahrida Oʻrta Osiyodagi yagona qora metallurgiya zavodi, Sement kombinati, temir-beton buyumlari, qum-shagʻal, gʻisht, paxta, sut va non zavodlari, goʻsht kombinatlari mavjud. Shahar yaqinida Farhod GES ham joylashgan. Prezidentimizni 2018 yil, 18-avgustdagi Bekobod shahridagi tashriflari chogʻida Bekobod metallurgiya kombinatida ferroqotishmalar ishlab chiqarish sexini tantanali ochib berdilar. Bugungi kunda ushbu zavod, Janubiy Koreya, Germaniya, Rossiya va MDH ining koʻplab davlatlari bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Bu oʻz ozidan yosh kadrlarga boʻlgan talabni keltirib chiqaradi. Shu munosabat bilan Toshkent davlat texnika universitetini (TDTU) Bekobod filiali tashkil qilinsa, ana shunday yosh kadrlarga boʻlgan talabni taʼminlashda zamin yaratilgan boʻlar edi.
Nega Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining filiali?
Birgina Bekobod shahrini oʻzida bugungi kunda 94.6 ming nafar aholisi mavjud. Agar bu raqamni 2000 yillardagi aholi soni bilan taqqoslasak qariyb 50 % oʻsishni koʻrish mumkin. Hozirda Bekobod shahrida 18 ta umumtaʼlim maktablar faoliyat yuritib kelmoqda. Eʼtiborlisi chorak asrdan beri shahrimda 1 ta maktab, 1 ta maktab filiali, 3 ta maktabga qoʻshimcha yangi oʻquv binolari qurildi. Bu koʻrsatkichlar aholi oʻsish surati bilan proporsional emas. 2017 yildan umumtaʼlim maktablarda 10–11 sinflarni ham oʻqitilishi, shundoq ham maktablarda oʻquvchi soni koʻp boʻlib turgan bir paytda, ularning koʻrsatkichi yanada oshib ketishiga olib keldi. Bu esa, biror oʻqituvchini 2 ta, baʼzida esa 3 ta fandan dars oʻtishiga toʻgʻri kelmoqda. Oʻz oʻrnida, dars sifatini tushishi, oʻsha oʻqituvchiga oʻquv yuklamasini oshishi kabi muammolarni ham olib keladi. Hozirda maktablarni pedagog kadrlar bilan taʼminlash, har qachongidanda dolzarb masalaligicha qolmoqda. Shuning uchun, olis bir chekka shaharchada Bekobod davlat pedagogika instituti tashkil qilinsa, bizning ukalarimiz, farzandlarimiz sifatli taʼlim olishiga, kelgusida Bekobodimiz Toshkent viloyatining eng namunali shahri boʻlishiga olib kelgan boʻlardi.
Nega aynan Bekobod shahrida?
1. 2017–2021 yillardagi ustuvor Oliy taʼlimni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari qatoriga viloyatlarning chekka hududlarida ham mahalliy OTMlarning filiallari qurilishi va chekka hududdagi yoshlarni ham OTM bilan qamrab olish nazarda tutilgan. Bekobod shahri Toshkent viloyatining eng chekka va olis (120~140 km) hududi boʻlib, Tojikiston respublikasi bilan chegaradosh. Demak ushbu hududda OTM filiali boʻlishi aholini oliy taʼlim bilan qamrab olganlik koʻrsatkichi oshishiga olib keladi.
2. Qolaversa, 2017 yil 18 avgust kuni Prezidentimiz Toshkent viloyatining Bekobod shahriga tashrifi chogʻida, Bekobod va Olmaliq shaharlari oʻrtasida rivojlanish boʻyicha musobaqa oʻtkazish taklifini ilgari surgan edi. Davlatimiz rahbari odamlarning turmushini yaxshilashdek olijanob maqsadlarga xizmat qiladigan ushbu oʻziga xos musobaqa shartlari haqida gapirgan edilar. Musobaqa shartlaridan biri taʼlim sifatini yaxshilash va yetuk kadrlarni tarbiyalash edi. Bu borada Olmaliq shahrida shu paytgacha 2 ta OTM filiali qurilib, foydalanishga topshirildi. Xususan Federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasi Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti MISISning Olmaliq shahridagi filialini alohida taʼkidlash joizdir. Bekobod shaharida ham mahalliy OTMlarning filiallari boʻlishi uni teng raqobat va halol tarzda oʻtishini taʼminlaydi.
3. Shu yilning aprel oyida Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov DTM maʼlumotlariga asoslanib qaysi viloyat abituriyentlari koʻproq talaba boʻlayotgani haqidagi maʼlumotlarni ochiqladi. Unga koʻra, umumiy abituriyentlar sonidan talabalikka tavsiya etilganlarining ulushi Toshkent viloyatida 10.2 koʻrsatkichni tashkil qilar ekan. Bu esa viloyatlar kesimida eng oxiridan 5 oʻrin deganidir. Yaʼni har 100 nafar abituriyentdan 10 nafari talabalikka tavsiya etilayotgan ekan.
Davlat taʼlim inspeksiyasini viloyatlar kesimi boʻyicha ilmiy salohiyatini oʻrganish natijada, Toshkent viloyati boshqa viloyatlar bilan taqqoslaganda eng oxiridan ikkinchi ya’ni uning (19.7) koʻrsatkichi faqat Surxondaryoda viloyatidan (18.1) yuqori ekan. Demak aynan bizning viloyatda abituriyentlarni talaba boʻlish koʻrsatkichi past va ilmiy salohiyati esa undan ham past ekan. Talab bor joyda taklif boʻladi deganlaridek, bu koʻrsatkichlarni OTM filiallarini tashkil qilish, viloyat abituriyentlarini koʻproq talaba boʻlishga chorlash orqali hal qilish mumkin.
4. Davlat ​Taʼlim inspeksiyasi joriy yilning 30 avgust kuni yurtimizdagi umumtaʼlim maktablari reytingini eʼlon qildi. Agar uni viloyatlar kesimida tahlil qilsak, Toshkent viloyati 45.56 koʻrsatkich bilan eng oxirgi oʻrinda ekan. Bunga bir qancha faktorlar sabab boʻlgan, shulardan bittasi sifatli oʻqituvchi pedagoglarni yetishmovchiligi va yoki sifatli bilim berilmasligi. Har xolda 45 bal koʻrsatkich oʻz oʻzidan kelib chiqmagan.
30-avgust kuni bosh vaziri oʻrinbosari boshchiligida reyting haqida videoselektor boʻlibdi. Unda Aziz Abduhakimov, ilk marotaba eʼlon qilinayotgan reyting natijalari boʻyicha past koʻrsatkich qayd etgan hududlar boʻyicha vaziyatni oʻrganib chiqish hamda hududiy taʼlimi boʻlinmalari va maktab direktorlari nisbatan qatʼiy choralar koʻrish boʻyicha topshiriq beribdi.
Balki men aytmoqchi boʻlgan taklif yagona yechim emasdir, lekin Toshkent viloyati, Bekobod shahrida universitet ochaylik deb jar solayotganim bekorga emas. Eng achinarlisi maktablar reytingini OTM baholash tizimi boʻyicha baholasak, bekobodlik oʻqituvchi oʻquvchini peshonasiga qoʻygan baho ikkichalik boʻlib qoladi. Bu esa bizning viloyatga yarashmaydi.
5. Buning isbotini Toshkent viloyati sobiq hokimi Gʻulomjon Ibrohimov, viloyatda xalq taʼlimi tizimi nochor ahvolga kelib qolganini 4 may kuni Senatning 19 yalpi majlisida qilgan bayonotida ham koʻrishimiz mumkin. Xususan hokim: kadrlar tayyorlash masalasida Xalq taʼlimi va Oliy taʼlim vazirliklari bilan hamkorlik qilish tartibi yoʻlga qoʻyilsa kadrlar yetishmovchiligi masalasida ijobiy natijaga erishgan boʻlar edik, deya eʼtirof etgan. Bekobod shahrida OTM filiallarini ochilishi ana shu kadrlar taqchilligiga barham bergan boʻlar edi.
6. Bekobod shahri Tojikiston bilan chegaradoshligini inobatga olib, oʻtgan yillar mobaynida ikki qardosh xalqlar orasida oʻzaro aloqalar taranglashgani sababli chegaralar yopilgan, ikki davlat fuqarolari uchun viza olish tartibi joriy qilingan edi. Chegaralar ochilmaguncha shaharchamiz xuddi bir boshi berk mahalladek boʻlib qoldi. Ketuvchilari soni keluvchilaridan koʻp.
Quvonarlisi bu yildan xorijiy fuqarolar uchun 1 yillik talaba vizasi ochilishi, hozirda ikki davlat chegaralari liberallashgan tojik xalqi fuqarolari uchun ham Bekobod shahridagi Oliygoh ayni muddao boʻlar edi. Bu esa bizni shahrimiz taʼlim eksportyoriga aylanish imkoniyati paydo boʻladi.
Xulosa oʻrnida, Bekobod shahrida Toshkent davlat texnika universitetini Bekobod filiali va Bekobod davlat pedagogika instituti tashkil etilishi Bekobod shahri va tumani, Shirin shahri, Xovos tumani aholisi uchun, ushbu hududlarda joylashgan zavod, fabrikalar, ishlab chiqaruvchi yirik korxonalarga yetuk kadrlar, maktab va bogʻchalarga pedagog kadrlarni yetkazib berishdek muammolarni bartaraf etgan boʻlardi. Shuning uchun, mazkur OTMlarni filiallarini ochilishini qoʻllab-quvvatlashingizni va amaliy yordam berishingizni soʻrab qolamiz.
Bugun bir kichkina soʻrovnoma oʻtqazmoqchi edim. Angliyalik mutaxassislarning fikricha, bolada 5 yoshidan boshlab, oʻrganish, oʻqish qobiliyati shakllanishni boshlar ekan. Shu maqsadda Angliyada maktabga chiqish yoshi deb 5 yosh belgilangan ekan.
Bizda shu yosh esa 6–7 yosh deya taʼkidlanadi. Baʼzi bir ota-onalar 6 yoshni maʼqul bilib, bolasini 6 yoshdan maktabga berishadi, baʼzilar esa 7 yoshni afzal bilishadi. Bundan tashqari Xalq taʼlimi tizimida maktab yoshida borasida biroz tushunarsizliklar bor. Baʼzi maktablar 6 yoshdan qabul qilishsa, baʼzilar esa buni aksi.
Siz qanday fikrdasiz. Aslida maktab yoshi necha yoshdan boʻlishini maʼqullaysiz: 6 yoshdan yoki 7 yosh.
Quyidagi davlatlarni maktab yoshlarini namuna sifatida keltirib oʻtdim. Bu maʼlumotlar Yevropa Maktab Nizomidan va wikipediyadan olingan boʻlib, hozirgi kundagi maʼlumotlar bilan biroz farq qilishi mumkin.
4 yoshdan: Shimoliy Irlandiya
5 yoshdan: Angliya, Malta, Niderlandiya, Shotlandiya, Uels
6 yoshdan: Avstriya, Belgiya, Kipr, Chexiya, Fransiya, Germaniya, Gretsiya, Vengriya, Islandiya, Irlandiya Respublikasi, Italiya, Lixtenshteyn, Litva, Lyuksemburg, Norvegiya, Portugaliya, Slovakiya, Sloveniya, Ispaniya, Turkmaniston, Rossiya, Amerika, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya
7 yoshdan: Bolgariya, Estoniya, Daniya, Finlyandiya, Latviya, Polsha, Ruminiya, Shvetsiya, Qozogʻiston, Tojikiston, Qirgʻiziston
153 ta ovoz — Bolaning qobiliyati 6 yoshidan maktabga chiqishga tayyor bo’ladi va men 6 yoshdan bo’lishi tarafdoriman (*)
44 ta ovoz— Bolaning qobiliyati 7 yoshidan maktabga chiqishga tayyor bo’ladi va men 7 yoshdan bo’lishi tarafdoriman (**)
Izoh: (*) Bola maktabga chiqish yoshida 5 yosh boʻlib, maktabga chiqqanidan keyin Dekabr oyi holatigacha 6 yoshga toʻlishini ham oʻz ichiga oladi.
(**) Bola maktabga chiqish yoshida 6 yosh boʻlib, maktabga chiqqanidan keyin Dekabr oyi holatigacha 7 yoshga toʻlishini ham oʻz ichiga oladi.
Taklif 1 — Germaniya tajribasi: Nemislar oʻz futbolini rivojlantirishni eng oddiy usulini topishdi. 2002 yil jahon chempionati finalidan muvaffaqiyatsiz qaytganidan keyin, koptoklarni supermarketlarda nondan ham arzon sotishni joriy qildi. Futbolga qiziqqan yosh bola borki, koptoklarni sotib olib, futbolchi boʻlishni orzu qila boshladi. Oradan 12 yil oʻtib aynan oʻsha yoshlar 2014 yilgi jahon chempioni boʻlishdi. Xulosa, Oʻzbekiston ham yosh avlodini bilimli qilib tarbiyalamoqchi boʻlsa, kitoblarni narxini juda ham arzon etib belgilashi, va uni jamoat koʻp joylarda sotilishini taʼminlashi kerak.
Taklif 2 — Xitoy tajribasi: Xitoy barcha jabhada tezkor davlat. Ingliz tilida har qanday kitob chop etilishi bilan, juda qisqa muddatlarda oʻz tiliga tarjima qiladi. Bu xitoy tilini rivojlanishiga va odamlarni ongi oʻsishiga olib keladi. Bizda esa avval rus tiliga tarjima qilinishini kutish va undan keyin oʻzimizni tilga tarjima qilishdir. Bu zanjir odatda 5~10 yil vaqtni oladi.
Taklif 3 — Yaponiya tajribasi: Kun chiqarliklar ingliz tilidagi yangi kitoblarni oʻz davlatiga olib kirishni eng antiqa usulini topishibdi. Shunchaki yangi kitobni aslini chop qiladi va har bir betni ostiga, oʻsha betdagi qiyin soʻzlar va jumlalarni yapon tilida tarjimasini yozib ketadi. Natijada oʻquvchi ingliz tilida oʻqishga oʻrganadi. Bu usul bizni sharoitimizga juda ham qoʻl keladi. Kitobni har bir betidagi yangi soʻzlarni osha betni ostiga tarjimasini joylash orqali ancha vaqt va mablagʻdan yutishimiz mumkin boʻladi.
Taklif 4 — Koreya tajribasi: Koreyada kitobxonlik bogʻcha yoshidan boshlab qiziqtira boshlanadi. Bogʻchadan har bir bola harflarni va oʻqishni oʻrganib, haftasiga bitta rangli ertak kitobni oʻqib tugatadi. Matn va rasmlar bola uchun tushunarli va oson qilib yozilgan boʻladi. Qiziqarlisi ertak kitoblar bolalar uchun bepul yoki arzimagan pulga sotiladi. Bizda esa asosan yosh bolalar bogʻchani tugatgandan keyin savodini chiqaradi. Kitobxonlikni balki bogʻcha yoshidan boshlarmiz.
Taklif 5 — Angliya tajribasi: London koʻchalarida yurar ekansiz, juda koʻp book cafe larga koʻzingiz tushadi. Bir piyola choy, qahva bilan kitob oʻquvchilar talaygina. Qolaversa dunyoga mashhur Macmillan, Cambridge va Oxford nashriyoti kitob doʻkonlarida ularning kitoblarini xohlagancha bepul oʻqishingiz, maʼqul kelsa xarid qilishingiz mumkin. Bizda ham shunaqa kitob doʻkonlar tarmogʻini yaratib, yoshlarni kitobxonlikka chaqirishimiz mumkin.
Taklif 6 — Norvegiya tajribasi: Savdo markazlari, turli xil ofislarda bolalar xonasi mavjud boʻlib, u yerda asosan yosh bolalar uchun qiziqarli kutubxonalar oʻrin olgan. Bu bizdagi yirik savdo markazlaridagi bolalar maydonchasiga oʻxshaydi. Farqi, bizda asosan bolalar oʻynashi uchun attraksionlar mavjud boʻlsa, u yerda kitoblar, rasm chizish kabi mashgʻulotlar oʻrin olgan. Balki bolajonlarimizga turli xil koʻngil ochar joylardagi oʻyingohlardan koʻra, quvnoq kutubxonalar kerakdir.
Taklif 7: Oʻzbekistonda oʻz faoliyatini yoʻlga qoʻymoqchi boʻlgan kitob doʻkoni tadbirkorlariga, kitob yozuvchilarga, turli xil nashriyot uylariga kamida 3 yilgacha soliq imtiyozlari berish, kitob ishlab chiqarish jarayonida QQS toʻlashdan ozod qilish. Hozirgi soliq yuki kitob narxlarini qimmatlashishiga olib kelmoqda.
Taklif 8: Yurtimizda yengil avtomobil ishlab chiqarilsa, oʻsha rusumli avtomobilni ishlab chiqarish uchun Avtosanoat — 5 yil barcha soliq yukidan ozod qilinadi. Har yangi chop qilingan yangi kitobni ham ana shunday soliq yukidan ozod qilish kerak.
Taklif 9: Ingliz tilida chop qilinayotgan kitoblarni iloji boricha oʻzbek tiliga tezroq tarjima qilish. Hozirda yoshlar ittifoqi huzurida TED kabi yaxshi loyihalari bor. Balki ushbu tashkilot huzurida Kitob tarjima qiluvchi yaxshi jamoa shakllantirib, ularni ingliz tilida bestseller boʻlayotgan kitoblarni tarjima qilishga imkoniyat yaratib, ragʻbatlantirishni ham yoʻlga qoʻyarmiz.
Taklif 10: Kitob doʻkonlari asosan viloyat, shahar markazlaridagina mavjud. Ular ham kitoblar borasida poytaxtdagi kutubxonalarda mavjud eng yangi kitoblar bilan bahslasha olmaydi. Viloyatlarga yangi kitoblar yetib bormasdan tugab qolmoqda. Taklif sifatida chekka hududlardagi xalq qabulxonalari binosida, yoshlar ittifoqi binosida, yoki Davlat xizmatlari agentligi binosida Xalq kutubxonalari, yoki Prezident kutubxonalarini tashkil qilish, yangi kitoblarni muntazam yetkazib berishni taʼminlash maqsadga muvofiq boʻlar edi. Diniy kitoblarni yetkazib berishni ham esdan chiqarmaslik kerak.
Taklif 11: Yurtimizda chop qilinayotgan kitoblarni katta qismi, qogʻoz shaklida. Elektron shaklida oʻqish imkoniyati deyarli yoʻq. Barcha nashriyot uylarini oʻz kitoblarini elektron koʻrinishda sotuvini yoʻlga qoʻyish, turli xil telefon va kompyuterlarga moʻljallangan dasturlar ishlab chiqish zamon talabiga aylanmoqda. Balki Khan Academyga oʻxshagan Oʻzbekistondagi eng katta elektron kitoblar loyihasini tashkil qilib, unda kitoblar bepul (yoki arzimagan pulga) oʻqish imkoniyati yaratilar. Kitoblarni qogʻoz shaklini sotishdan, oʻz loyihalarini moliyalashtirishlari ham mumkin.
Taklif 12: Hozirda hammada smartfonlar bor. Kitobxonlikni targʻib qilish uchun audio kitoblar loyihasi ham ayni muddao boʻlar edi. Kun tigʻiz vaqtda, yoʻlda, koʻchada eshitib yurish, vaqtdan unumli foydalanib, koʻproq bilim olishga olib kelar edi.
Taklif 13: Kitobni tarjima qilish bir ish boʻlsa, uni sifatli qilib tarjima oʻquvchiga yetkazib berish boshqa masala. Barcha turdagi kitoblar asosan dunyo tillari deya tan olingan tillarda chiqarilishini inobatga olsak, unlarni sifatli tarjima qilishda Tarjima Institutlarini tashkil qilish maqsadga muvofiq boʻlar edi. Baʼzi lingvistika yoʻnalishlari bor OTMlardagi “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” taʼlim yoʻnalishlari bu talabni qondira olmaydi.
Koreyadagi Vatandoshlarning Xorijga chiqish pasporti bilan bogʻliq xavotirlari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi qaroriga muvofiq, 2019 yil 1 yanvar kunidan boshlab Oʻzbekistonda xorijga vaqtinchalik chiqish uchun ruxsatnoma yozuvi stikerlari berish toʻxtatilib, xorijga chiqish biometrik pasportlari joriy etildi.
Manba: xabar.uz
Endilikda Oʻzbekiston hududida ikki turdagi: ichki va xorijga chiqish pasportlari amal qiladi. Ichki pasport sifatida bugungi kunda amalda foydalanilayotgan biometrik pasportlar ishlatilsa, xorijga chiqish pasportlari esa fuqarolar uchun ruxsatnoma yozuvi stikerlarini oʻrnini bosib, 10 yil muddatga beriladi. Yangi pasportda bir qancha yangi oʻzgarishlar mavjud boʻlib, fuqaroning ingliz tilidagi maʼlumotlar qismida, fuqaro otasining ismi va kim tomonidan berilganligi haqida maʼlumotlar ingliz tilida ham qoʻshib qoʻyildi.
Ayni vaqtda xorijda yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan berilishi qayt qilingan. Hozirda yangi pasportni roʻyxatga olish, yasash va tayyor holga keltirish uchun texnik qurilmalarni kamligi bois, hamma xorijiy davlatlarda ham yangi turdagi pasportni olish imkonsizligicha qolmoqda. Buning uchun ehtiyoj sezilganda, amaldagi pasportni almashtirish uchun fuqarolarimiz Oʻzbekistonga borib kelishlariga toʻgʻri keladi. Jumladan, Janubiy Koreya respublikasida 71 mingdan ortiq Oʻzbek fuqarolarini u yoki bu sabablarga koʻra istiqomat qilishadi. Tabiiyki, pasportlarini almashtirib kelishlari uchun fuqarolarimiz Oʻzbekistonga qisqa muddatga emas, 1 oydan oshiq vaqt mobayniga borib kelishiga toʻgʻri keladi.
Manba: www.ibs.re.kr
Yangi xorijga chiqish pasportini qoʻlga kiritgach hech qanday Koreya vizasiz (Koreyaga birinchi marotaba kelayotgan fuqarolar bundan mustasno) oʻz Alien ID (xorijliklar uchun ushbu davlat hududida amal qiladigan shaxsini tasdiqlovchi hujjat) kartalari bilan Oʻzbekistonni tark etib, Koreyaga kelishlari mumkin. Koreya qonunchiligi boʻyicha fuqaro oʻz pasporti maʼlumotlari oʻzgargan taqdirda, Koreya immigratsiyani roʻyxatga olish boʻlimi xodimlarini 44 kundan kechiktirmagan holda xabardor qilib qoʻyishlari shart. Yaxshi tomoni eski pasportdagi maʼlumotlarni yangisi bilan almashtirib qoʻyish uchun, bitta 3x4 rasm va tegishli formani toʻldirish kifoya. Immigratsiya xodimlariga telefon qilib, oldindan biror kun buyurtma qilib qoʻyish ham shart emas, bu ishlarga bor yogʻi 5 daqiqa kifoya qiladi. Yomon tomoni esa, 44 kundan kechikkan holatlarda, kechikkan kun-oyga qarab jarima toʻlashiga toʻgʻri keladi. Boshlangʻich jarima miqdori etib 100,000 Koreya woni etib belgilangan.
Natijada fuqarolarimiz otasining ismi ham qoʻshib yozilgan yangi Alien ID karta olishlariga toʻgʻri keladi. Sababi eski biometrik pasportlarda “otasining ismi” qismi ingliz tili qismida mavjud emas edi. Bir qarashda bu muammodek tuyilmas, qonunlarga boʻysunib, yangi Alien ID kartani olsa boʻladi, lekin muammo mana shundan keyin boshlanadi.
Hamma davlatlarda boʻlgani kabi Alien ID karta Koreya davlatining ham asosiy hujjati hisoblanadi va fuqarolarning, xorijliklarning barcha hujjatlari ushbu Alien ID kartaga bogʻlangan boʻladi. Agar ushbu Alien ID karta egasini har qanday maʼlumoti oʻzgarsa, unga bogʻlangan barcha hujjatlarni oʻzgartirishga toʻgʻri keladi. Masalan: barcha yuridik ahamiyatga ega hujjatlar, dokumentlar, firma maʼlumotlari, bank hisob raqamlari, telefon va sim karta maʼlumotlari, haydovchilik guvohnomasi, ilmiy tadqiqotchilarning ID raqamlari, hukumatlar aro rasmiy ishchi vizasi bilan kelgan ishchilarning shartnomalari va yana shunga oʻxshash bir qancha muhim hujjatlar. Yuqorida tilga olingan hujjatlar oʻzgartirishga yaxshigina vaqt baʼzida esa yaxshigina mablagʻ ham talab etiladi.
Manba: Uzbek Young Professionals Network in Korea — Uzkobridge
Shuning uchun, azaldan ushbu Alien ID kartaga ega fuqarolarimiz (Koreyaga birinchi marotaba kelib, yangi pasport bilan Alien ID karta olayotgan fuqarolar bundan mustasno) yangi turdagi pasportni olish uchun vatanlariga borishga shoshilishmayapti. Bu muammoga ijobiy bir yechim topishiga umid qilishmoqda. Shu munosabat bilan joriy yilning 6 may kuni Janubiy Koreyadagi vatandoshlar bilan konsullik vakillari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda xorijga chiqish pasportini almashtirish tartibi, yangi pasport bilan bogʻliq muammolarga toʻxtalib oʻtildi. Yuqoridagi muammolarga taklif sifatida Oʻzbekiston Respublikasining Janubiy Koreyadagi diplomatik vakolatxona xodimlari Koreya immigratsiyani roʻyxatga olish boʻlimi xodimlariga rasmiy xat bilan chiqishlari: unda Oʻzbekistonda yangi pasport tizimi amaliyotga tatbiq qilish jarayoni olib borilayotgani, yangi pasportning ingliz tili qismidagi “otasining ismi”ni, avvaldan Alien ID kartaga egalik qiluvchi fuqarolarimizning maʼlumotlar bazasini yangilanib, natijasi ID kartada aks ettirmasliklari taklif sifatida berildi.
Biz Koreyadagi oʻzbek fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasining Tashqi ishlar vazirligi va hamda Oʻzbekiston Respublikasining Janubiy Koreyadagi diplomatik vakolatxonasi xodimlaridan ushbu muammoni atroflicha oʻrganib chiqib, yuqoridagi taklifga oʻxshagan ijobiy yechim topib berishlari soʻrab qolgan boʻlar edik.
Izoh: Ushbu maqoladagi maʼlumotlar Incheon shahridagi immigratsiyani roʻyxatga olish boʻlimi xodimlarini tegishli xulosalari asosida olindi.
Millatni savodsiz qilishga haqqingiz yoʻq. Xalqni puliga xiyonat qilmang.
manba: kun.uz
Yaqinda Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzurida ish olib borgan lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini isloh qilish boʻyicha ishchi guruhning (bundan keyin ishchi guruh deb ataladi) xulosalari eʼlon qilindi. Unda lotin yozuvi uchun bir qator yangi takliflar keltirilgan boʻlib, qonunchilik palatasi tomonidan tasdiqlanganidan soʻng joriy qilinishi nazarda tutilgan. Unda quyidagi takliflar ilgari surilgan.
1. Alifbodagi 4 ta harfning shaklini oʻzgartirish:
Oʻoʻ => Óó, Gʻgʻ => Ǵǵ, Chch => Çç, Shsh => Şş
2. Kirill alifbosidagi “Ц” harfi uchun lotin alifbosiga yangi harf kiritib, “C” shaklida ifodalash;
3. Kirill-oʻzbek alifbosidagi “NG” harfini harf sifatida alifbodan chiqarish (lekin tovush sifatida tilimizda saqlanib qoladi).
Men tilshunos emasman, men bir dasturchiman. Lekin oʻz millatimni, oʻz tilimni sevaman. Bu takliflar ustida mendan ancha aqlli, bu sohani ustalari bosh qotirganiga aminman. Lekin til bor joyda, men ham borman. Oʻz ona tilimni, lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbomni himoya qilish mening burchim. Shu vatanni yosh avlodi sifatida quyidagi fikr va takliflarni aytib oʻtishni joiz deb bildim.
Ular bergan fikr va takliflarga raddiya.
1. Ishchi guruh yangi lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini muhokama qilish jarayonida moliya boʻyicha ekspertlar, analitiklarni ham jalb qilganmikan? Mening fikrimcha yoʻq. Bir oʻylab koʻring, yuqoridagi arzimas tuyilgan yangi harflarni joriy qilinishi, Oʻzbekiston uchun qanchaga tushishini. Masalan, bitta Oʻ harfini oʻzgarishi davlat nomini oʻzgarishiga, Sh harfini oʻzgarishi poytaxt nomini oʻzgarishiga olib keladi. Qoʻshnilarimizga Ostonani Nursultonga oʻzgarishi 125 million AQSh doʻllariga tushganidan xabaringiz bor. Bizda esa bu muammo nafaqat vatan nomi, balki poytaxt, tuman va viloyat nomlari, yaqinda berilgan xorijga chiqish pasporti, atoqli nomlar, haykallar, milliy valyutamiz soʻm (Eron hukumatiga milliy valyutasi Rialni Tomanga oʻzgartirish taqriban 1 mlrd dollarga tushganidan xabaringiz bormi?), haydovchilik guvohnomasi, xorijda yashovchi fuqarolarning ular olgan hujjat/guvohnomalari va boshqa koʻplab muhim hujjatlarni oʻzgarishiga olib keladi. Odamlar xorijga chiqish pasportini qiyinchiliklar bilan qoʻlga kiritayotgan bir paytda, lotin yozuvini oʻzgarishi orqali uni yangi pasportda aksini topishi uchun qancha vaqt kerak boʻladi? Oʻzbek soʻmini qanday qilib almashtiradi? Yuqoridagi muammolarni hal qilishga qancha vaqt ketadi? Ushbu muddat ichida xalqimiz orasida 2 ta lotin yozuvi shakllanib qolmaydimi? Ishchi guruh shu muammolarni moliyaviy tomondan ham oʻylab koʻrganmikan? Oʻylab koʻrgan boʻlsa, bu oʻzgarishlar Oʻzbekiston uchun qanchaga tushadi? Bu pullar siz va mening pullarim. Uning oʻrniga shu pullarni boshqa sohalarga, aytaylik taʼlim sohasini isloh qilishga eʼtibor qaratsak hamma uchun yaxshi boʻlmaydimi?
2. 1993 yil 2-sentyabrda Oʻzbekiston Respublikasining „Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida”gi qonuni eʼlon qilingan. Bu mustaqillikdan keyingi birinchi Lotin alifbosi haqida qonun boʻlib, undan keyin lotin alifbosiga oid bir necha bor qonun va qarorlar qabul qilindi. Mana mustaqilligimizga 28 yil boʻlish ostonasidamizki, hali hamon lotin yozuvi alifbosiga toʻliq oʻta olganimiz yoʻq. Hali ham kiril alifbosida ish yuritmoqdamiz. Agar yangi alifbo qabul qilinsa, undan xalqimiz toʻla toʻkis foydalanishi uchun qancha vaqt ketadi? Yana qancha yillarni til uchun qurbon qilimiz? Azaldan 2 ta yozuv ostida sarson bo’lgan millatni, yarasini yana bittaga oshirgan bo’lmaymizmi? Xalqni savodsiz qilishga haqqingiz bormi?
3. Oʻ va Gʻ harflarini oʻzgarishiga sabab qilib kompyuterning word dasturida ushbu harflar uchun ishlatiladigan (ʻ) chap bir tirnoq (teskari bir tirnoq ham deyiladi) belgisini yozish uchun 6 ta tugma bosilishi kerak deb koʻrsatilibdi: O yoki G harfini yozib, keyin Alt + 0145 tugmalari birikmasini bosish. Bu eng yomon holatdagina shunaqa, eng yaxshi holatda esa 4 ta tugmani bosish kifoya qiladi: O yoki G harfini yozib, keyin bitta boʻsh joy (probel) tashlab, Enter tugmasining chap tomonida joylashgan apostrof tugmasini bosish. Yangi taklif etilayotgan Óó va Ǵǵ harflarini yozish uchun kamida 3 ta tugmani bosish kerak: Ctrl+ʼ+O(o) yoki Ctrl+ʼ+G(g). Mayli bitta tugma yangi lotin yozuvida ustun keldi. Lekin hozirgi alifboda mavjud Ch va Sh harflarni hosil qilish uchun 2 ta tugmalar ketma ketligini bosish kifoya vaholanki, yangi taklif etilayotganda alifboda Çç harfini yozish uchun kamida 3 ta tugma: Ctrl+,+C(c) bosish, Şş harfi uchun esa 4 ta tugmani bosish yoki Turk tili klaviaturasini oʻrnatib oʻlishga toʻgʻri keladi. Bitta muammoni hal qilaman deb, boshqa undanda kattaroq muammoni keltirib chiqarmayapmizmi ekan?
4. NG tovushini oʻzgarishiga sabab qilib uni hech qachon soʻz boshida kelmasligi koʻrsatilibdi. Keling boshqa davlatlarni alifbosiga murojaat qilib koʻramiz. Janubiy Koreya alifbosi (Hangil) 1446-yil qirol Sejong davrida ishlab chiqilgan va shu kungacha birorta marta ham shakliy oʻzgarishga uchramagan. Faqat fonetik jihatdan oʻzgarishlar kiritib, boyitib kelinmoqda. Hangilda ham NG — “ㅇ“ tovushi boʻlib, u yaxlit harf sifatida keladi. Qizigʻi ushbu “ㅇ“ harf ham hech qachon soʻz boshida kelmaydi. (Soʻz boshi keladigan holatlari ham bor. Lekin unda NG harfi sifatida emas shunchaki unlidan oldin kelib, yaxlit bitta boʻgʻinni hosil qilish uchun ishlatiladi. Hech qanday talaffuz qilinmaydi). Koreyslarni taʼkidlashicha alifboda harflar bilan birga tovushlar ham aks etishi kerak. Shunday ekan bizdagi NG harfi alifboda tovush sifatida aks etishi kerak. Qolaversa Hangilda juda koʻp harflar borki, ular joylashgan oʻrniga: unli/undoshdan oldin/keyin kelishiga qarab turli xil talaffuz qilinadi. Masalan “ㄱ“ (baʼzida g baʼzida k), “ㄹ“ (baʼzida l baʼzida r). Ular aniq qilib fonetik qoidalarni ishlab chiqishgan va bu ularda boshqa harflarni ifodalashda qiyinchilik tugʻdirmaydi. “Ц“ harfini baʼzi holda “ts” baʼzi hollarda “s” oʻqilishi muammo keltirib chiqarayotgan boʻlsa, qachon qaysi soʻzlarda shunday tushunmovchiliklar kelib chiqishini aniqlab, Xx va Hh harflari kabi imloviy lugʻat ishlab chiqaylik.
Xoʻsh endi insof doirasida oʻylab koʻring: yangi lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosi ham uni joriy qilgandan keyin ham Ona tilimizdagi muammolarga toʻlaligicha barham bera olmas ekan, uni joriy qilishdan nima foyda, qaytaga ancha qimmatga tushar ekan. Alifboni oʻzgartirmasdan ham ishchi guruh nazarda tutgan muammolarni hal qilsa boʻladi. Avval aytganimdek men dasturchiman, tilshunos emasman. Lekin til boʻyicha muammolarni ham AKT yutuqlaridan keng foydalangan holda amalga oshirsa boʻladi. Ishchi guruh dasturchilarni fikrlari va takliflari bilan ham qiziqib koʻrsa yaxshi boʻlar edi. Quyida oʻz takliflarim bilan oʻrtoqlashmoqchiman.
1. Hozirgi lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbomiz uchun telefon qurilmalari va kompyuterlar uchun maxsus klaviatura ishlab chiqish. Hozirgacha lotin yozuviga asoslangan biror bir klaviatura ishlab chiqilmagan. Agar Oʻoʻ, Gʻgʻ, harflarini yozish uchun 6 ta tugmani bosish malol kelayotganligi uchun, ushbu harflarni oʻrniga Óó, Ǵǵ taklif qilinayotgan boʻlsa, unda oʻzimizning maxsus klaviaturamizni yaratib (kiril yozuviga asoslagan klaviaturaga oʻxshagan), ushbu muammomizni hal qilmaymizmi? Masalan, hozirgi ingliz tili klaviaturasida Ww harfi bizni alifbomiz uchun yot hisoblanadi. Shu harfni oʻrniga ≪‘≫ belgisini joriy qilish, muammoga toʻlaligicha yechim boʻladi-ku. Axir ishchi guruh aytayotgan muammo faqat texnika qurilmalaridagina mavjud, yozuvda emas-ku. Qolaversa yangi taklif etilayotgan Óó, Ǵǵ, Çç, Şş harflari uchun ham yangi klaviatura ishlab chiqish kerak. 4 ta harfni klaviaturada aks ettirgandan koʻra, Ww harfi oʻrniga bitta ≪‘≫ shu belgini qoʻshib qoʻyish maqsadda muvofiq boʻlar edi.
2. Grammarly dasturini oʻzbekcha muqobilini yaratish. Grammarlyni bilmaganlar uchun qisqacha maʼlumot. Grammarly dasturi telefon, kompyuter qurilmalari uchun ingliz tilini ravon va xatosiz yozish, kiritilgan soʻzlarni turli xil sinonim va antonimlarini taklif qiluvchi dastur boʻlib, hozirda bu dasturdan ingliz zabon foydalanuvchilarni bepul foydalanmoqda (pulli xizmatlari ham mavjud). Grammarly dasturida Office 365 dasturlarini qoʻllab quvvatlovchi maxsus paketi boʻlib, uni Office dasturlariga oʻrnatish orqali, ushbu dasturlardan chiqmagan holda, matnni imlo xatoga tekshirish, turli xil sinonim, antonimlarni va shunga oʻxshash grammatik xizmatlardan foydalanish mumkin. Qolaversa Grammarly dasturining smartfonlar uchun taklif qilingan paketi ichida, nafaqat kiritgan matni xato va kamchiliklarini aniqlab beradi, balki real vaqtda siz kiritgan soʻzingizni harfma-har tekshirib boradi. Natijasida siz faqat toʻgʻri soʻz kiritasiz. Notoʻgʻrisini Grammarly joyida toʻgʻrilab ketadi. Biz ham Grammarlyga oʻxshagan, uning oʻzbekcha muqobil dasturini yaratishimiz yuqoridagi koʻplab muammolarga yechim boʻladi. Chunki uni maxsus paketlarini Office dasturiga oʻrnatish orqali, imlo xatoga tekshirish, foydalanuvchi O’o’, G’g’, NG, Ц harflarini notoʻgʻri kiritgan taqdirda, uni avtomatik toʻgʻrilash yoki toʻgʻrilashni taklif qilish xizmatlari boʻladi. Shu orqali xalqimizni oʻzimiz savodli qilishimiz, hukumat doirasidagi hujjatlar bilan ishlashda ancha qulayliklarga ega boʻlishimiz mumkin. Ishchi guruh alifboni oʻzgartirishni taklif qilish oʻrniga, amaldagisini qanday qilib rivojlantirish haqida oʻylashi lozim. Chunki yangi lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga oʻtish bu muammoga eng oson yoʻl va hamisha bu yoʻl boʻlgan. Undan koʻra Grammarly dasturlarni oʻzbekcha muqobili yaratish, uni mutlaqo bepul tarzda xalqimizga taqim qilishga koʻproq urgʻu berish kerak emasmikan?
3. Oʻzimizning Office 365 dasturiga oʻxshagan dasturimizni ishlab chiqish. Janubiy Koreya respublikasi davlat miqyosida hujjatlar uchun Office 365 dasturlaridan emas, oʻzining Hancom dasturidan foydalanadigan oz sonli davlatlardan biridir. Ushbu dasturni bilmaganlar uchun qisqacha maʼlumot: Hancom Word dasturida baʼzi funksiyalar biz bilgan Office Word dasturida boʻlmagani uchun, Koreya davlati hukumat darajasida ushbu dasturdan keng foydalanadi. Biz ham yuqoridagi takliflarga qoʻshimcha qilgan xolda, yaxlit bir mukammal, faqat bizning alifbomiz asosida qurilgan Office 365 dasturimizni ishlab chiqsak, unda bizga kerakli boʻlgan barcha qulayliklar: imlo xatoliklarni tekshirish, biz kiritgan soʻzlarning sinonim, omonim, antonim va yana boshqa shunga oʻxshash grammatik xizmatlarni taklif etadigan qulayliklar boʻlishi, lotin yozuvining muammoli masalalariga butunlay barham bergan boʻlmaymizmi?. Oʻzimizni Office 365 dasturimizni ishlab chiqish uzoq maqsadli ish boʻlib, boshlanishiga Office 365 dasturlari uchun grammatik jihatdan boyitilgan alohida lotin tili paketlarini ishlab chiqish va yuqorida 2 ta taklifni joriy qilish maqsadga muvofiq boʻlar edi.
Xulosa o’rnida. Yuqoridagi takliflar faqatgina imloviy xatoliklarni bartaraf etishga qaratilgan. Bu dasturiy taʼminotlarni dasturchilarga yuklatib, yuqoridagi ishchi guruh lotin yozuvimizni qanday qilib rivojlantirish haqida bosh qotirishsa maqsadga muvofiq boʻlar edi. Oʻylab koʻring hozirgi alifbomiz bilan sodir boʻladigan imlo xatolar, tushunarsizliklar yangi alifbomiz bilan ham albatta sodir boʻladi. Yangi alifboni arzimagan takliflar uchun joriy qilib, undan keyin dasturiy taʼminotlarni ishlab chiqqanimizdan koʻra hozirdan ushbu dasturiy taʼminotlarni ishlab chiqish va amaldagi lotin alifbosiga keng joriy qilish hamma uchun arzon va manfaatli boʻlmaydimi? Qachondir yuqorida sanab oʻtgan takliflarni davlat miqyosida amalga oshirishga toʻgʻri keladi. Ushbu takliflar yangi lotin alifbosini joriy qilish va u orqali qilinishi kerak boʻladigan oʻzgarishlar, ularning puldagi aksidan koʻra ancha arzonroqqa tushadi. Faqat rahbarlardan qatʼiy iroda boʻlsa kifoya.
Juda koʻp sohalarda boʻlgani kabi Oliy taʼlim tizimida ham jumladan, talabalarni magistr bosqichiga jalb qilishda ham qator oʻzgarishlar boʻlmoqda. Vazirlar Mahkamasining Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish, talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Unga ko’ra, magistrlar uchun faqat mutaxassislik fanidan va chet tilidan imtihon talab qilinadi. Vazirlar mahkamasining 2019 yil 27 apreldagi 360-sonli qaroriga tayanib.
Shunda magistrga talabgor oʻzi tanlagan mutaxassislik fanlaridan sinov (0 balldan 100 ballgacha), chet tili (xorijiy filologiya, xorijiy til va adabiyoti taʼlim yoʻnalishlari bazasidagi mutaxassisliklar uchun ikkinchi chet tili) fani boʻyicha sinov (0 balldan 50 ballgacha) topshirishiga toʻgʻri keladi va oʻzlashtirish koʻrsatkichi (55 balldan 100 ballgacha) ham inobatga olinadi. Jami magistraturaga oʻqishga kirishda eng koʻp toʻplanishi mumkin boʻlgan ball — 250 ni tashkil etadi.
Xalqaro tan olingan chet tilini bilish darajasi haqidagi sertifikat (TOEFL boʻyicha kamida 72 yoki IELTS boʻyicha kamida 5.5 ball, TestDaF (TDN3), CEFR boʻyicha kamida B2) yoki Davlat test markazi tomonidan beriladigan Chet tilini bilish darajasi haqidagi B2 yoki C1 darajasidagi sertifikat taqdim etganlarga chet tilidan 50 ball qoʻyiladi va ular chet tilidan kirish sinovidan ozod etiladi.
Amaldagi tizim avvalgi yillarga nisbat ancha yaxshilangan. Ya’ni oldingi yillarda, yuqoridagilarga qo’shimcha tarzda, talaba o’z mutaxassisligi fani bo’yicha suhbat (0 balldan 50 ballgacha), barcha uchun majburiy informatika va axborot texnologiyalari (0 balldan 50 ballgacha) va Oʻzbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanlaridan sinov (0 balldan 50 ballgacha) topshirishlariga to’g’ri kelar edi. Shunday ekan, men eʼtiboringizni quyidagi jihatga qaratib o’tmoqchiman.
Hozirda dunyoni rivojlangan davlatlarida abituriyentlarni bakalavr bosqichi bilan qamrab olish koʻrsatkichi 60–70% ni tashkil qilar ekan. Yurtboshimizni topshiriqlari bilan 2019 yildan boshlab bitiruvchilarni Oliy taʼlim bilan qamrab olish darajasini 20% ga yetkazish belgilangan. 2018–2019 yilgi qabul kvotalar soni jami abituriyentlarning atiga 10% ni tashkil qilganidan xabaringiz bor. Oʻtgan yili AL va KHKlarini 489700 nafar oʻquvchi tamomladi va OTMlarga 679979 nafar abituriyent hujjat topshirdi. 597079 abituriyent esa kirish imtihonlaridan oʻta olmagan. 2019 yil Davlat dasturida aytilishicha, har bir talaba bir vaqtni oʻzida bir nechta OTM larga, bir nechta yoʻnalishga hujjat topshirisha olishi orqali, bitiruvchilarni Oliy taʼlim bilan qamrab olish darajasini 20% ga yetkazish maqsad qilib olingan ekan.
Bu yil Oʻzbekistonda birinchi marta, ham AL / KHKlarni, ham 11-sinflarni tamomlaydigan oʻquvchilar tahsil olishmoqda. 11-sinfni bitiruvchi oʻquvchilar 279788 nafar, AL / KHKlarni esa 489700 nafar oʻquvchi tamomlar ekan. Jami 769488 nafar oʻquvchi abituriyent boʻlishi mumkin. Toʻgʻri, hamma bitiruvchilar ham hujjat topshirmaydi, lekin bundan oldin bitirgan va oʻqishga kira olmagan fuqarolar ham hujjat topshirishini hisobga oladigan boʻlsak, bu yil rekord darajada hujjat topshirish kutilayotgan boʻlishi mumkin, naq 1366567. Chunki hali hech qaysi yilda 769488 nafar oʻquvchi tamomlagan emas.
20% abituriyent yurtboshimiz aytganidek talaba boʻlish baxtiga muyassar boʻladigan boʻlsa, bu taqriban minimal holatda 150 ming (faqat bu yilgi bitiruvchilarni hammasi hujjat topshirishi nazarda tutildi), maksimal holatda esa 270 ming (bunda jami hujjat topshiruvchilar nazarda tutildi) nafar talaba deganidir.
Bu esa amalda OTMlarda tahsil olayotgan jami bakalavrdagi talabalar soni 261757 ni bilan hisoblaganda yarim millionga yaqin talaba bo’lishi, OTM texnik bazasi va infrastrukturasi, AKT xizmatlari, o’quv laboratoriya jihozlarini, ilmiy jarayonlarda qo’llaniladigan priborlarini yetishmasligini va asosiysi salohiyatli, sifatli bilim beradigan o’qituvchi-professorlarga bo’lgan talab yuqoriligini keltirib chiqaradi. Bu ko’rsatkich yildan yilga ortib boraveradi.
Shuning uchun, Oliy taʼlimni rivojlantirish uchun hozirdan Oliy taʼlimni keyingi bosqichlarga jiddiy eʼtibor qaratmogʻimiz lozim. Magistr, doktorantura bosqichlari shular jumlasidandir. OTMlarning moddiy ehtiyojini bank muassasalarini kreditlarini, turli xil tashkilotlarni grand mablag’larini jalb qilish evaziga tiklab olsak bo’ladi. Lekin ta’lim sifatini, qonunchilik bog’liq jarayonlarini faqat o’zimiz qilmog’imiz kerak bo’ladi. Buning uchun Oliy taʼlimdan keyingi bosqichlarni tubdan isloh qilish, qabul kvotalarini, imtihon jarayonlarini, toʻlov miqdorlarini tanqidiy koʻrib chiqish kerak. Quyida muammolar bilan birga oʻz takliflarimni turli xil misollar orqali keltirib o’tganman.
Amaldagi Magistr bosqichida kamchilik va muammolari
Birinchi muammo — taʼlim yoʻnalishi bilan bogʻliq. Hozirgi kunda jami bakalavrdagi taʼlim yoʻnalishlari soni, jami magistr bosqichidagi taʼlim yoʻnalishlari sonidan ziyodroqni tashkil qiladi (bu taxminiy, bu kabi maʼlumotni anigʻini bilishni imkoni boʻlmadi). Bu esa bakalavrni bitirgan talaba, magistrda biroz tor doiradagi yoʻnalishlarga hujjat topshirishiga olib keladi yoki turdosh yoʻnalishlarga hujjat topshirishi uchun OOʻMTVining maxsus ruxsatini olishi kerak bo’ladi. Misol uchun my.gov.uzda murojaat qoldirgan Mirzayev Bekmurodjon, 2018 yil “Xorijiy til va adabiyot” fransuz tilida tahsil olib, OʻzDJTUni Lingvistika (fransuz tili) yoʻnalishiga hujjat topshira olmagan. Sababi OTYni shifri mos tushmagan.
Ikkinchi muammo — kontrakt miqdori bilan bogʻliq. 2018-yil 13-oktabrdagi Prezident Farmoniga binoan, 1-noyabrdan EKIH miqdori 10% ga oshirilgan edi. Xabaringiz bor, o‘tgan yili ilk marotaba OTMlardagi to‘lov-kontraktlar miqdori eng kam ish haqiga bog‘lab qo‘yilgandi. Bu esa shuni anglatadiki, ish haqlari oshsa, kontrakt ham xuddi shuncha foizga oshadi. Faqat qoidaga binoan, EKIH miqdori oshirilganda kontraktlar navbatdagi semestrdan boshlab oshiriladi. Kontrakt asosida tahsil olayotgan bir magistr talabani 2 yil oʻquv yili uchun eng kamida 18 mlndan ziyodroq pul sarflanishi kerak. Agar EKIH shu davr mobaynida yana oshib qolmasa, aks holda oshgan qoʻshimcha summani toʻlashi kerak boʻladi. Agar talaba Davlat Komissiyasi tomonidan belgilangan qabul kvotasiga ilinmay qolsa, lekin oʻqish istagini bildirsa (eng yuqori balning yetarli qismini toʻplagan boʻlsa), oxirgi kontraktga kirgan talabani bali orasidagi tafovut boʻyicha kontrakt miqdoriga nisbatan 10 barobardan ortiq oshirilgan toʻlovni faqat birinchi oʻquv yili uchun toʻlash sharti bilan oʻqishga qabul qilinishi mumkin. Bu esa eng yomon holatda beshinchi toifa yoʻnalishga oʻqishga qabul qilingan talabaga 134 mlnga yaqin pulga (qariyb 16 ming AQSh dollar — 8389.9) tushar ekan. Bu faqat birinchi yil uchun boʻlib, ikkinchi yildan oddiy kontraktda tahsil olayotgan talabalar qatori pul toʻlaydi. Taqqoslash uchun Janubiy Koreyadagi eng yuqori universitet hisoblanuvchi Seul milliy universitetining (SNU) magistr talabalari uchun toʻlov miqdori tibbiyot fakultetlaridan tashqari boshqa fakultetlari uchun 2 yillik oʻrtacha 14~17 ming AQSh dollarini tashkil qiladi. Oʻzimizni OTMlarga kira olmagan SNU ga qabul qilinishiga yoʻl boʻlsin deyishga shoshilmang. SNU va koʻplab Koreyaning yuqori mavqelik oliygohlarida kontrakt asosida oʻqimoqchi boʻlsangiz, sizga jon deb oʻz eshiklarini ochadi. Asosiyni qoʻyilgan minimum talabga javob bersangiz kifoya. Bizdagi bu tizim, milliy OTMlarga kira olmagan talaba, aynan oʻzimizni OTMni oʻqishini davom ettirmaslik uchun, chet elda valyuta hisobiga taʼlim olishlari uchun qilingan tizimga oʻxshaydi, xuddiki yurtimizga boʻlajak magistr bosqichidagi talabalarni oʻzimizda yetishtirish chiqishga ehtiyoj yoʻqdek tasavvur uygʻotadi.
Uchinchi muammo — qabul kvotalari bilan bogʻliq. Har yili bakalavrga oʻrtacha 600 mingga yaqin abituriyent hujjat topshiradi. Birinchi marta bu yil oʻqishga kirgan abituriyentlar foizini, hujjat topshirganlarga nisbati 12% ga yetdi. Yiliga 70 mingga yaqin talaba bakalavrni bitirishini inobatga olsak, magistr uchun har yili oʻrtacha 5000 nafarga yaqin kvota ajratiladi. Bu esa bitiruvchilarni 8% ni ham qamrab olmaydi. (Odatda OTMlar, DTM sayti orqali yoʻnalishlar kesimida kvotalar va hujjat topshirganlar soni haqida maʼlumot olib borilmaydi). Achinarlisi, magistrga qabul qilingan talabalar soni, kvota sonidan past boʻlgan holatlar ham kuzatiladi. Oʻtgan ikki yillikda tahsil olayotgan talabalar soni 9336 nafarni tashkil qiladi. Vaholanki vazirlik qabul qilishi mumkin boʻlgan 2 yillik kvotalar soni 1000 nafar edi. Bundan tashqari vazirlik ayrim magistratura mutaxassisliklari boʻyicha hududlar kesimida maqsadli qabul kvotalari ajratishi, Zulfiya va boshqa nomdor Davlat mukofotlari sohibalari kirish sinovlarisiz qoʻshimcha davlat grantlari asosida qabul qilinishi kabi jihatlarni hisobga olmagan taqdirimizda ham oz. Bu esa bizda Oliy taʼlimdan keyingi bosqichini davom ettirishga boʻlgan ragʻbatlantirish juda kamligini koʻrsatadi. Bizga ilm-fan bilan shugʻullanadigan yetuk isteʼdodli kadrlar kerak. Yana Koreyani misol qilib oladigan boʻlsak, abituriyentlarni bakalavr bilan qamrab olganlik koʻrsatkichi taqriban 70%~80% ni, bakalavr bitiruvchi talabalarini Oliy taʼlimdan keyingi bosqich bilan qamrab olganlik koʻrsatkichi taqriban 25% ni tashkil qilar ekan.
Toʻrtinchi muammo — imtihon jarayonlari va ularni baholashdagi shaffoflik bilan bogʻliq. Magistr talabalari uchun boʻladigan imtihonlar bevosita universitet komissiyasiga bogʻliq. Bu esa juda koʻp chetdan aralashuvlar, poraxoʻrlik, oʻz bilimi bilan hujjat topshirgan abituriyentga sunʼiy ravishda imtihon savollarini qiyinlashtirish, oʻringa oʻrin odam kirish, suhbat — talabalarga qarab turlicha boʻlishi kabi muammolarga olib keladi. Hujjat topshirishda, imtihon jarayonlarida hech qanday AKT yutuqlari joriy qilinmagan (jonli translatsiya, barmoq tekshiruvi, yuz qiyofasini aniqlovchi tizimlar). Boz ustiga, imtihon javoblarini eʼlon qilinish sanasi va soati rasman ochiqlanmaydi. Hatto vazirlikning rasmiy veb sahifasida ham birorta ma’lumot berilmagan. Onlayn javoblarni bilishni ham iloji yoʻq. Qolaversa, balidan norozi boʻlgan abituriyent hisobida imtihon javobi chiqqan soniyadan boshlab 24 soat vaqti boʻladi. Undan keyin esa apellatsiya komissiyasi oʻz ishini tugatadi. Oʻz balidan norozi abituriyentlarni shikoyatlari bilan tanishib chiqdim. Ularni aytishicha, kecha OTM hududiga tushlik vaqti ilingan natijalarni, ertasi kuni ertalab koʻrgan abituriyentni apellyatsiyasi qabul qilinmagan ekan. Boshqa viloyatdan kelgan talaba, oʻzini OTMga qabul qilinmaganini 24 soatdan keyin bilsa, apellatsiyaga umid qilmasa ham boʻladi. Masalan, Koreya universitetlarida imtihon oʻrniga asosan talaba erishgan yutuqlarga qarab oʻqishga qabul qilinadi, va javoblar onlayn tarzda 1 oy muddatda OTM veb saytida mavjud boʻladi.
Yuqorida keltirib oʻtilgan muammolarga quyida oʻz takliflarimni keltirib oʻtmoqchiman.
1. Qabul jarayonlari uchun takliflar: Magistr bosqichiga hujjat topshiruvchilarni qoʻllab quvvatlash uchun, yiliga qabul jarayonlarini 2 marta tashkil qilish: kuzgi va bahorgi qabul qilish jarayonlarini joriy qilish ayni muddao boʻlar edi. Chunki odatda bitta oliygohda bir yoʻnalishda magistr talabalar 10 taga ham bormaydi. Qolaversa, kam miqdordagi talabalar uchun ixcham va qulay jihozlangan oʻquv xonalari boʻlsa kifoya.
Magistr bosqichi uchun kvotalarni belgilashda har bir OTM mustaqillikka erishib, oʻzini ichki imkoniyatlaridan kelib chiqib belgilashi kerak. Shunda kvotalar soni keskin ortgan bo’lar edi. Bundan tashqari, bakalavr bosqichiga oʻxshab, magistr bosqichida ham kechki va sirtqi qabul turlarini joriy qilish — magistr bosqichida tahsil olmoqchi boʻlgan talabalar sonini koʻpayishiga olib keladi. Sababi bakalavrni bitirgan talaba, biror korxonada va tashkilotda ishlashini hisobga olsak, magistrda kunduzgi vaqtda qatnab oʻqishga imkoni boʻlmasligi mumkin. Hozirgi taklif esa, koʻplab bakalavrni bitirgan talabalarni magistrda oʻqishga chorlashi mumkin. Faqat sirtqi va kechki taʼlim turlarini kontrakt miqdorini kunduzgi taʼlim yoʻnalishidan pastroq etib belgilanishi adolatdan boʻlar edi.
Eng asosiy taklif, maʼlum bir yoʻnalishlarga abituriyentning bakalavrda oʻqigan yoʻnalishidan qatʼiy nazar qabul qilish. Bunda har qanday turdosh yo’nalishlar uchun OOʻMTVning maxsus ruxsatini bekor qilish lozim. Aytaylik: AKT, Injenering, Qishloq xoʻjaligi, lingvistika yoʻnalishidan bittasida oʻqigan talaba, xalqaro aloqalar, biznes boshqaruvi kabi yoʻnalishlarda magistr bosqichini davom ettirishiga imkon berish. Masalan: men bakalavr bosqichini Toshkent shahridagi Inha universitetida (IUT) kompyuter injenering yoʻnalishida tamomlab, magistr bosqichini Koreyadagi Inha universitetida davlat boshqaruvi yo’nalishida davom ettiryapman. Shu oʻrinda savol tugʻilishi mumkin: bakalavrni boshqa sohada tugatib, magistrni boshqa sohada davom ettirsa, talaba oʻqigan fanlar mos tushmaydi-ku, degan. Buni Koreya misolida koʻrib chiqsak: har bir OTM huzurida magistrlar uchun qabul komissiya boʻladi. Ular har bir talabani hujjatlarini yaxshilab oʻrganib chiqadi. Agar talaba bakalavrni boshqa yoʻnalishda oʻqigan boʻlsa, uni oʻqigan fanlari ichidan, magistrda davom ettirmoqchi boʻlgan fanlariga yaqin fanlar (bazaviy fanlar) qarab chiqiladi. Agar shunday fanlar yetarlicha boʻlsa, hech qanday ikkilanishsiz qabul qilinadi. Aks holda koʻpi bilan 2 ta bakalavrni aynan oʻsha magistr uchun kerakli boʻlgan fanini oʻqishni talabaga taklif qiladi (2 ta fan uchun toʻlov olinmaydi), talaba xohishiga qarab oʻqishni davom ettirishi va aksincha boʻlishi mumkin. Meni holatimda ham shunday boʻlgan.
2. Hujjatlar va imtihon jarayonlari uchun takliflar: Hozirda hatto reytingi baland oliygohlar ham, magistr bosqichi uchun anʼanaviy imtihonlardan voz kechib, ular erishgan yutuqlarga qarab baholash tizimini joriy qilishgan. Bu esa eng yaxshilar ichidan, eng yaxshilarini tanlab olishiga imkon beradi.
· Kamida 2 ta professordan tavsiyanoma olish. Oʻzbek, Rus va Ingliz tillarida boʻlishi mumkin. Bu tavsiyanoma OTMga shaxsan professor tomonidan topshirilishini taʼminlash.
· Motivation essay, Study plan kabi insholarni joriy qilish
· Oʻzini mutaxassisligi boʻyicha suhbatdan oʻtish
· GRE va GMAT test natijalari ixtiyoriy joriy qilish.
· Ilmiy maqolalari boʻlsa, inobatga olish. (bu joriy tizimda ham mavjud)
· Boshqa yutuqlarini va sertifikatlarini hisobga olish. (bu joriy tizimda ham mavjud)
· Qabul jarayonida abituriyent koʻrsatkichlariga qarab 0%, 50%, 75% va 100% grantlarni joriy qilish.
Roʻyxatni yana davom ettirish mumkin. Lekin bular asosiylari. Shu yoʻl orqali eng yaxshi nomzodlarni yuqoridagi jihatlar bilan saralash mumkin.
Hujjatlarni onlayn topshirishni ham joriy qilishni esdan chiqarmaslik kerak. Yoki ushbu xizmatlarni Davlat Xizmatlari Agentligi orqali amalga oshirish koʻzlangan natijaga olib keladi.
Bakalavrda boʻlganidek, magistr bosqichida ham bir vaqtning oʻzida bir nechta OTMlarga, bir nechta taʼlim turlariga (sirtqi, kunduzgi va kechki) hujjat topshirishni ham joriy qilish kerak. Shunda bitta OTMga kira olmagan talaba, boshqasida oʻqishga imkoni boʻladi.
3. Oʻquv jarayonlarida ham yaxshigina isloh qiladigan ishlar bor: Dunyoni istalgan top 1000 talik oliygohini qaramang, deyarli 90% da ʻquv almashinuv dasturlari bor va ular ham bu tizimni qoʻllab quvvatlaydi. Bu ayniqsa magistr talabalari uchun muhim deb hisoblayman. Chunki dunyoning boshqa oliygohida oʻz sohasida qilinadigan yangiliklardan talabada xabardor boʻlib borishi kerak. Bizda ham dunyoning koʻplab oliygohlari bilan oʻquv almashinuv dasturlarini joriy qilish kerak. Aslida OTMlarimizni boshqa universitetlar bilan oʻquv almashinuv dasturlari bor. Lekin muammo shundaki, agar oʻquv almashinuv dasturi 1 yil boʻladigan boʻlsa, talaba xorijdagi oliygohni oʻqishini tamomlagandan keyin, oʻzining universitetida yana 1 yil oʻqib berishiga toʻgʻri keladi. Bu ham yetmaganday, talaba oldin grant asosida tahsil olgan boʻlsa, kelganidan keyin kontrakt boʻlib qoladi. Boshqa universitetda oʻqigan fanlari ham inobatga olinmaydi. Bu xorijdagi universitetga bogʻliq emas, bu bizni qonunchiligimiz bilan bogʻliq. Top 1000 talik oliygohlar oʻzaro oʻquv almashinuv dasturlarini qoʻllab quvvatlashadi. Chunki qancha koʻp xorijiy talabasi boʻlsa, shuncha mavqeyi oshib boraveradi. Balki vazirlik shularni inobatga olib, oʻquv almashinuv dasturlarini koʻpaytirishga urgʻu berar. Masalan men oʻqib turgan inha universitetida magistr bosqichida tahsil olayotgan talaba, agar oʻqishini oxirgi semestrida oʻquv almashinuv dasturida boshqa davlatni oliygohida davom ettirib, oʻsha yerda oʻqishini tamomlaydigan boʻlsa, oʻsha davlatni diplomi ham beriladi. Bu esa juda yaxshi imkoniyat, chunki talaba bir vaqtni oʻzida ham xorijiy va mahalliy oliygohni diplomiga ega boʻladi. Bu xorijda bilim va tajriba orttirib qaytgan magistr talabalarni sonini oshishiga olib keladi. Qani endi oddiy oʻquv almashinuv dasturi emas, tuzganga yarasha mana shunaqa dasturlar ishlab chiqilsa edi.
Magistr talabalarga bir semestrda hech boʻlmasa bitta ingliz tilida olib boradigan fan oʻtilishi maqsadga muvofiq boʻlar edi. Ingliz tilini biladigan professor-oʻqituvchilar soni kam boʻlsa ham, toki shunday kadrlarga ehtiyoj qondirilmaguncha, hozirgi dunyo keng foydalanadigan usullardan foydalanishimiz mumkin. Avvaliga bepul edx, coursera kabi MOOC (Massiv ochiq onlayn kurslar) onlayn kurslaridan foydalangan xolda talabani mustaqil o’qitishga oʻrgatishimiz, imtihon jarayonini esa yozma shaklda tashkil qilishimiz, va yoki ingliz tilini biladigan oʻqituvchilarni jalb qilgan xolda oʻzimizni MOOC platformamizni shakllantirib borishimiz bu kabi masalalarga yechim boʻla oladi.
Taʼlim jarayonida 100 balli baholash sistemasidan kredit (GPA: o’rtacha hisoblash bali) tizimiga oʻtish. Chunki bu koʻplab qulayliklarni yaratib beradi. Masalan 100 balli baholash tizimida, biror fanni qiymatini ikkinchi fandan ajrata olmaymiz. Aytaylik mutaxassisligi lingvistika boʻlgan 100 balli tizimda tamomlagan talabani oʻzini mutaxassislik fani bilan mutaxassisligi boʻlmagan fanini ajratib olishni imkoni yoʻq. Kredit tizimida esa buni imkoni bor. Mutaxassislik faniga aytaylik 3~4 kredit berilishi, mutaxassislik boʻlmagan faniga 1~2 kredit berilishi mumkin. Qolaversa, kredit tizimi boshqa taʼlim turlari bilan yaxshi integratsiya qilinadi va koʻplab oliygohlar shu tizimdan foydalanishadi. Bu haqida alohida turkum maqola orqali kredit tizimini afzalliklarini haqida batafsil yoritib berishga harakat qilaman.
Hozirda, magistr bosqichida tahsil olayotgan talabalar, har semestr hisobiga koʻra mutaxassislik va mutaxassislik boʻlmagan fanlari bilan birga oʻrtacha 6–7 ta fan oʻqishadi. Menimcha, magistr talabalari oʻzini mutaxassislik fanlarini chuqur oʻrganishi va har semestrda turli xil fanlarni tanlash erkinligi berilishi tarafdoriman.
Magistr bosqichini istalgan turida tahsil olayotgan talabalar uchun amaldagi stipendiya berish tizimini bekor qilib, oʻrniga kontrakt miqdorini sezilarli darajada tushirish kerak. Davlat oʻzlashtirishi yaxshi va oʻzlashtirishi yomon boʻlgan talaba uchun ham oʻz byudjetidan pul sarflashni oʻrniga, halol raqobatni yaratib, talablarni semestrni oxiri boʻyicha erishgan yutuqlari boʻyicha ragʻbatlantirib borishi kerak. Quyida biroz kengroq yoritib berganman.
Koreyani oliy taʼlim tizimida yana bir yaxshi jihat bor. Agar talaba 100% grant olgan taqdirda ham, oʻzlashtirish koʻrsatkichlari yaxshi boʻlmasa, oʻz grantini oʻrnatilgan GPA dan baland toʻplamagunicha kontrakt miqdorini toʻlaligicha toʻlaydi. Bizda ham, aynan grant asosida tahsil olayotgan talabalar uchun har bir semestr natijasi boʻyicha maʼlum bir GPA chegaraviy qiymatini belgilash kerak. Agar belgilangan GPAdan past bal oladigan boʻlsa, keyingi semestr kontrakt asosida oʻqishini davom ettirishi zarur. Masalan aytaylik, 100% grantni qoʻlga kiritgan talabani baholari semestr oxiri boʻyicha 4.5 bal GPA tizimi bo’yicha 3.5 bal GPA dan past chiqadigan boʻlsa, keyingi semestrni kontrakt asosida davom ettirishi kerak.
Qolgan 0%, 50% va 75% grant olgan talabalarini ham esdan chiqarmaslik kerak. Hozirgi qonun boʻyicha kontraktga kirgan talaba 2 yillik toʻlov asosida tahsil oladi. Oʻzlashtirishi boshqalarnikidan yaxshi boʻlsa ham. Bu esa talabalarni oʻqishga boʻlgan ishtiyoqini tushirib yuborishi mumkin. Buning uchun ularga ham, har semestr natijalari boʻyicha grantlar ajratish: aytaylik 4.5 bal GPA tizimi bo’yicha 3.7 GPA dan ortiq toʻplagan talabaga 50%, 4.0 GPA dan ortiq toʻplagan talabaga 75%, 4.2 GPA dan ortiq toʻplagan talabaga esa, keyingi semestri uchun 100% bir martalik grantlar ajratilishi maqsadga muvofiq boʻlar edi.
Allaqachon xalqaro oliygohlar magistr bosqichi uchun “Ikkita mutaxassislik” (“Double Major”) kabi yoʻnalishlarni taqdim qilish orqali, juda koʻplab mahalliy va xalqaro talabalarni oʻziga jalb qilmoqda. Bizda ham magistr bosqichida “Ikkita mutaxassislik” yoʻnalishi ochilsa, magistr bosqichida oʻqimoqchi boʻlgan ham mahalliy ham xorijiy talabalar koʻpayar edi. Bunda albatta ikkita mutaxassislik ham bir biriga yaqin yoʻnalish boʻlishi, olinishi kerak boʻlgan fanlar roʻyxati va kontrakt miqdori oddiy mutaxassislikdan biroz koʻproq boʻlishi kerak. Bu haqida alohida turkum maqola qilish niyatim bor. Unda ikkita mutaxassislikni afzalliklari, nimalarga e’tibor berish kerak, shular haqida to’xtalib o’taman.
IUTda bitiruvchilarga shunday majburiyat bor. Har bir IUT talabasi, universitetni tamomlashi uchun kamida chet tilini bilish koʻrsatkichi boʻyicha, masalan IELTSdan kamida 7 (soʻzlashuvdan 7.5 kam boʻlmagan) bal olishi kerak. Bu esa talabalarni til oʻrganishga undaydi. Magistr bosqichini tamomlayotgan talaba ham chet tilini bilish imtihoni, masalan IELTSdan kamida 6 (yozish va soʻzlashuvdan 5.5 kam boʻlmagan) olishi, avvalo oʻzlarini kelajaklari uchun ham yaxshi. Magistrdan keying bosqichni xorijda o’qimoqchi bo’lgan talaba, IELTS dan kamida 6 bal olishi kerak bo’ladi.
Har bir magistr, yiliga hech boʻlmaganda 1 ta maqola chop qilishi belgilangan. Oʻqishini muvaffaqiyatli tamomlashi uchun, kurs ishini ham topshirishi kerak. Bular oldiga, baʼzi bir taʼlim yoʻnalishlaridan tashqari, qolgan barcha talabalarga, xorijiy jurnallarda ingliz tilida maqola chop qilishni ham majburiy qilib qoʻysa, va har bir OTM huzurida “Maqola yozish qoidalari va uni xalqaro jurnallarda chop etish” kabi fanlarni joriy etilishi ayni muddao boʻlar edi. Bu OTM reytingini xalqaro miqyosda ham oshishiga olib kelgan boʻlar edi.
Xulosa oʻrnida shuni aytmoqchimanki, bu kabi muammolarni bartaraf etib, yangicha muhit va tizimni shakllantirishga davlat byudjetidan hech qanday mablagʻ talab etilmaydi. Shunchaki rahbarlarni irodasi va xohishi boʻlsa kifoya.
Yaqin kunlarda bir mavzu haqida oʻqiyotgan edim — Davlat boshqaruviga oid. Xabaringiz bor, har qanday unitar va yoki federal davlatda shaharlar avvalom bor, oʻzidan bitta yuqori turuvchi hududlarga boʻysunishadi. Masalan, shtatlarga, viloyatlarga, tumanlarga. Lekin shunday shaharlar ham borki, ular toʻgʻridan toʻgʻri oʻsha davlat hukumatiga boʻysunadi. Masalan bizdagi poytaxt Toshkent — hukumatga boʻysunadi. Bunday shaharlar Mustaqil shaharlar deb nomlanadi. Bugun Hindiston davlatining boshqaruvi bilan tanishib chiqishni boshladim.
Hindiston — federal respublika boʻlib, uning tarkibida 28 ta shtat va 7 ta birlashgan hududlar mavjud [1]. Hindistonda birinchi mustaqil shaharlar Madras(1678-yil), Kalkutta (1726-yil) va Bombey (1726-yil) shaharlari boʻlgan ekan. 1882-yil Hindistonni otasi deya tanilgan Lord Ripon mustaqil shaharlar boshqaruvining demokratik shakllarini oʻrnatgan va mustaqil shaharlar haqida tegishli qarorlar ham qabul qilgan ekan [2].
1991 yil Hindistondagi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra mamlakatda 3255 ta shahar mahalliy boshqaruv organlari mavjud va ular 4 asosiy toifaga ajratilgan:
Yirik mustaqil shaharlar (Nagar Nigam deb nomlanadi)
Mustaqil shaharlar (Nagar Parishad deb nomlanadi)
Shahar kengashlari
Maxsus kengashlar
Birinchi va ikkinchi boshqaruv kengashlari mutlaq mustaqil boʻlib, toʻgʻridan toʻgʻri hukumatga boʻysunadi. Ular juda katta vakolatlarga ega. Masalan: sogʻliqni saqlash, taʼlim tizimi, jamoat xavfsizligi, shahar infratuzilmasi, erkin OAVlari, iqtisod, transport logistika, bank siyosati, investitsiya, turizm, ijtimoiy tenglik, soliq tizimi kabi bir nechta yirik funksiyalarni mustaqil va kompleks holda rivojlantirishni oʻz ichiga oladi. Bunga ishsizlikni kamaytirish, boʻsh ish oʻrinlarini yaratish, xalq manfaatlarini himoya qilish, sud tizimida shaffoflikni taʼminlash, eksportni importdan oshirish, erkin iqtisodiy zonalar tashkil qilish, yangi tadbirkorlarga soliq va kredit yukini kamaytirish kabi vazifalarni ham oʻz ichiga oladi. Bu esa oʻsha shaharda yashash farovonligini, odamlarni xarid qilish qobiliyati va shaharlarda aholini sonini oshishi, yerdan unumli foydalanish, korrupsiyani va biznesda kutilmagan xavflarni kamayishi, oʻz byudjet tushumlarini va soliqlarini kerakli sohalarga yoʻnaltirish kabi ijobiy natijalarga olib keladi.
Odatda, mustaqil shaharlar maʼlum bir muddatga hukumat tomondan belgilanadi. Yirik shaharlar maqomini olish uchun oʻsha shahar kamida 1 million aholiga ega boʻlishi, oddiy mustaqil shahar nomini olish uchun esa kamida 100 ming, koʻpi bilan 1 million boʻlishi kerak. Ularni asosiy farqi — oddiy mustaqil shaharlar 5 yil muddatga belgilanadi va shu 5 yil ichida yirik kompleks rejalar amalga oshiriladi. Yirik mustaqil shaharlar bir marta ushbu maqomni oladi va shu maqomni doimo saqlab qoladi.
Hozirgi kunda Hindistonda 10 ta Yirik mustaqil shaharlar boʻlib ular: Poytaxtlar (Delhi, Uttar Pradesh, Haryana) Mumbai, Kolkata, Bangalore, Pune, Hyderabad, Chennai, Surat, Visakhapatnam va Kanpur shaharlari [3]. Hozirda bu shaharlarda aholini jami 47 foizi istiqomat qilar ekan [4]. 2019-yil maʼlumotlariga koʻra Hindistonning Yalpi ichki mahsuloti 9.49 trillion dollarni tashkil qilar ekan va bunday yirik mustaqil shaharlarning ulushi 13 foizga teng ekan [5].
Qiziq tomoni, Global Economic Research ni tahlili boʻyicha 2019–2035 yillarda dunyodagi eng tez rivojlanadigan shaharlar 20 taligida 17 ta oʻrinni barchasini Hindistonning mustaqil shaharlari oʻrin olgan [6]. Bundan koʻrinib turibdiki, Hindiston mustaqil shaharlar konsepti boʻyicha yaxshi natijalarga erishgan. Oddiy mustaqil shaharni yirik mustaqil shaharga aylanishi uchun ham motivatsiya boʻr, 5 yil ichida belgilangan iqtisodiy rivojlanishga erisha olsa va aholisini 1 millionga yetkaza olsa ushbu maqomni doimiy qoʻlga kiritadi. Bu esa har bir shaharlarni alohida mustaqil rivojlanishga olib keladi.
Sovet davrida O‘zbekistonda ta’lim tizimi va hozirgi kunda bu sohada amalga oshirilayotga islohatlar va uning samarasi
Hozirda O‘zbekistonda ta’lim sohasida ulkan yutuqlar qo‘lga kiritilmoqda. Yaqin o‘tmishga nazar tashlaydigan bo‘lsak, sovet mustamlakachiligi davrida O‘zbekiston hududida sanoqli ta’lim muassasalari bo‘lib, ularning aksariyati talab darajasida bo‘lmagan. Ularda yetishib chiqgan mutaxassislar mamlakat aholisining juda oz qismini tashkil etgan. Ba’zi hollarda odamlar savodsiz hatto oralaridan umumiy 11 yillik ta’limni egallamaganlari ham bor edi. Bu sovet hukumatining chuqur o‘ylangan nayrangi bo‘lib, o‘zbek xalqi uchun yod bo‘lgan komunistik mafkura bilan millat ongini zabt etishga harakat qilgan. Shu asnoda xalqni qaramlikda, kuchli tazyiq ostida tutib turish, ularning pirovard maqsadi bo‘lgan. Ammo ularning ko‘zlagan rejasi amalga oshmadi, ozodlik ruhi ostida kamol topgan xalqimiz mustaqillik uchun kurash olib bordi va uzoq kutilgan kunga erishdi.
Mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab har bir sohaga ulkan e’tibor qaratildi shu bilan bir qatorda ta’lim sohasida ham tub burilish yuz berdi. Yildan yilga yoshlarga ko‘rsatiladigan e’tibor ortib bordi. Jumladan, jahonning sanoqli mamlakatlaridagina mavjud majburiy 12 yillik bepul ta’lim tizimi yaratildi. Bir qancha oliy ta’lim muassasalarini biz kabi yoshlarni chuqur ta’lim olishi uchun eng ilg‘or ta’lim texnologiyaliri bilan jihozlandi. Buning samarasi o‘laroq, o‘zbek yoshlari xalqaro fan olimpiadalarida g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarilib kelmoqda. Yurtboshimiz har bir nutqida: “Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lishlari shart” deb takror va takror ta’kidlab kelmoqdalar. Buni biz kabi yoshlarga bildirilgan yuksak darajali ishonch deb bilaman. Buguni o‘tmishidan, ertasi bugunidan nurafshon bo‘ldan yurtda yashayotganimdan faxrlanaman.
Mustaqillik shukuhi
“Men shu bugundan e’tiboran, 1-sentabrni jumhuriyatimizda Mustaqillik kuni — umumxalq bayrami sifatida e’lon qilishni taklif etaman…” (Islom Karimov, O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida yohud Sho‘ralarning so‘ngi talvasasi hujjatli filmidan, 1991) — O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning millat kelajagi yo‘lida ko‘rsatgan shijoati taqsinga sazovor. Bu kun tarix zarvaraqlariga oltin harflarda yozildi. Chunki 1991-yil 1-sentabr O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb e’lon qilindi. Binobarin, o‘zbek xalqi mustabid zanjirlaridan ozod etilgan edi. Bundan soddadil xalqimizning ko‘ksi tog‘dek ko‘tarildi.
Mustabid tuzum davrida xizmat ko‘rsatgan ko‘plab korxona va tashkilotlar sobiq sho‘ro hukumatiga qarashli bo‘lib, mustaqillik e’lon qilingach, bu korxonalar birin-ketin ko‘ch-ko‘ronlarini yig‘ishtirib ortlariga qaytib ketishgan edi. Natijada asosiy tirikchiligi dehqonchilik bo‘lgan xalqimiz, bunday texnikalarni ishlab chiqarishga qodir emas va o‘z o‘rnida bu korxona ishlarini yuritishdan bexabar edilar. Mustaqillikning dastlabki yillarida O‘zbekistonning oldida bir qancha kechiktirib bo‘lmaydigan ustuvor vazifalar bor ediki, bularsiz xalq ongini shaklantirish mushkul vazifaga aylandi.
Avvalo, xalqimizni ongini uyg‘otish, mustabid tuzumdan batamon sug‘urib olish, ularni qalbiga yo‘l topa olish bu ulkan vazifalardan biridir. Yurtboshimiz Islom Karimov tomonidan xalq irodasi, o‘zligi, milliy qadriyatlari va eng avvalo mustaqilligi hadya etildi. Milliy bayramlarning tiklanishi, din erkinligi, buyuk ajdodlarimiz xotiralari va ularning qutlug‘ qadamjolariga birinchi galda e’tibor qaratilib, xalqimizning qon-qoniga singib ketgan eng azaliy orzu-umidlari tiklandi. Endi xalqimiz qanday yashashni, zulmatni yorug‘likdan ajratishni bildi.
Mustaqillik yillarida qadriyatlarimizning tiklashi
Xalqimizning ma’naviy merosini tiklash va uni yanada kamol topishi uchun keng imkoniyatlar ochib berish — ajdodalarimizning azaliy orzusi emasmidi? O‘zbekiston Prezidenti I.A. Karimov o‘zining “O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li” kitobida “O‘zbekistonning milliy-madaniy jihatdan g‘oyat rang-barangligi, milliy o‘zligini aglash va ma`naviy qayta tiklanishning kuchayib borishi bilan uzviy birlikda jamiyatni yanglilash, uni ochiq jamiyatga aylantirish uchun qudratli omil bo‘lib hizmat qiladi va respublikaning jahon hamjamiyatiga qo‘shilishi uchun qulay sharoitlarni vujudga keltirada”, deb ta’kidlagan edi. (Karimov I.A. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqqiyot yo‘li. T, 1992y, 13 bet)
Mustaqillik yillarida ma`naviy poklanish haqida gap ketganda O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilishining ahamiyati kattadir. 1989-yil 21-oktyabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonun milliy ongning rivojlanishida, mamlakat mustaqilligining mustahkamlanishida, madaniy merosning tiklanishi va jamiyatning ma’naviy yangilanishida muhim rol o‘ynadi. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 22-dekabrdagi sessiyasida bu qonun yangi tahrirda qabul qilindi. Bu ulkan natijaga erishish, o‘zbek xalqini ma’nan ulg‘ayishiga, azaliy qadriyatlarni tiklanishiga turtki bo‘ldi.
Yurt tinchlgini, mustaqilligini, jamiyat osoyishtagilini mustahkamlash uchun, avvalo, eski tuzumga moslashgan xalq ongidagi g‘oyaviy chalkashliklardan, yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda, “temir parda” dan halos bo‘lib, umumbashariy qadriyatlardan bahramand bo‘lish asosiy vazifalardan biri edi. Shu maqsadda xalqning ma’naviy ruhini mustahkamlash, uni rivojlantirish yangi, hali to‘liq shakllanib ulgurmagan davlatimizning oldidagi ko‘ndalang vazifa edi.
Ta’lim sohasida ilk islohatlar
Yurtimiz azal-azaldan ilm o‘chog‘i, jahon sivilizatsiyasi markazlaridan beri deb e’tirof etib kelingan. O‘rta asrlardan, xalqimiz ta’lim sohasida yuksak marralarga erishgan bo‘lib, jahon sivilizatsiyasi hamda fan sohasiga ulkan hissa qo‘shishgan. Misol tariqasida, IX-XII asrlarda Movarounnahrda ko‘plab o‘quv maskanlari bo‘lib, ulardan chinakam olimlar, ulamolar yetishib chiqqan. Xusasan, Xorazm Ma’mun akademiyasi ham shu davrdagi yirik tadqiqot markazlaridan biri hisoblangan. Algebra fani bobakalonimiz Muhammad al-Xorazmiy nomi bilan atalganligi, bu azal-azaldan bizning qonimizda yaratuvchanlik, o‘qishga bo‘lgan qiziqishdan dalolatdir. Bundan tashqari, yana bir buyuk ajdodimiz Abu Ali ibn Sino o‘sha olis XI asrda tibbiy jarrohlik operatsiyasiyalarini amalga oshirgani bilan dunyoga mashhur. Uning “Tib qonunlari” asari Yevropada “Injil” kitobidan keyin eng ko‘p nashr etilgan kitoblardan biri bo‘lib, 500 yil davomida dunyoning ko‘plab nufuzli oliy o‘quv yurtlarida barcha talabalar uchun darslik sifatida o‘rganib kelingan. Buyuk mutafakkir Al-Farg‘oniy astronomiya fanida birinchi bo‘lib, geliosetrik nazariyani asoschisi bo‘lgan ya’ni Yerni Quyosh atrofida aylanishini aniq hisob — kitoblar bilan isbotlab bergan. XV asrdayoq Samarqandda Mirzo Ulug‘bek observatoriya barpo etib, yulduzlar xaritasini tuzgan. U yulduzlar joylashuvini shu qadar aniq hisoblanganki, hozirgi fan-texnika bu ma’lumotlarni atiga bir necha daqiqalarga farq qilishini isbotlagan. Bundan ko‘rinib turibdiki, bizning ota-bobolarimiz jahon sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo‘shgan.
Sobiq sho‘rolar davridagi ta’lim tizimiga to‘xtaladigan bo‘lsak, u darvlarda hatto O‘zbekistonning o‘zining milliy ta’lim tizimi joriy etilmagani ayanchli holatdir. Asosan ta’lim tizimi sobiq markazning hukmron mafkura manfaatlariga bo‘ysundirilgan edi. Aytaylik, aksariyat fanlar o‘quv dasturiga kiritilmagan. Birgina O‘zbekiston tarixi fanini oladigan bo‘lsak, ushbu fan xolis o‘rganilmas, o‘quv dasturida bu fanga ajratilgan soatlarning katta qismi sobiq ittifoq tarixini o‘rganishga bag‘ishlanar edi. O‘quvchilar ongi Vatanimiz tarixining noto‘g‘ri talqin qilingan hodisalari bilan to‘ldirilar edi. Milliy qadriyat va ma’naviyat toptalar, asl o‘zbek olimlarini va buyuk davlat arboblari, sarkardalari hayot va ijod yo‘llari qoralangan. Bunga misol Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Ahmad Yassaviy, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Bahouddin Naqshband, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho‘lpon va hokazolarni keltirish mumkin.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng, barcha sohalarda tub islohotlar amalga oshirila boshladi. Ayniqsa ta’lim sohasiga katta e’tibor qaratildi. Ta’lim-tarbiya tizimi takomillashgani sayin odamlarning ma’naviyati, ongi, tafakkur doirasi shakllanib, yuksalib bordi. Ta’lim tizimini har tamonlama, shaklan va mazmunan isloh qilish, yangilash lozim edi. Zero, jamiyat yangi shaxsni tarbiyalashni talab etayotgan bir paytda odamlarning ongi, dunyo qarashi, bilim saviyasini o‘zgartirmay, uni zamonaviylashtirmay turib yangi jamiyatni barpo etib bo‘lmasdi. (Manba: m.mfa.uz)
Yurtboshimiz Islom Karimov mustaqillik yillarida ushbu jihatlarni inobatga olgan holda, odamlarda yangicha, milliy qadriyat va an’analarimizga asoslangan dunyoqarashni shakillantirish maqsadida, ta’lim va tarbiyaga juda katta e’tibor qaratganlar. Jumladan u: “Ta’lim O‘zbekiston xalqi ma’naviyatiga yaratuvchilik faolligini baxsh etadi. O‘sib kelayotgan avlodning barcha eng yaxshi imkoniyatlari unda namoyon bo‘ladi, kasb-kori, mahorati uzluksiz takomillashadi, katta avlodlarning dono tajribasi anglab olinadi va yosh avlodga o‘tadi. Yoshlar, ularning iqtidorliligi va bilim olishga chanqoqligidan ta’lim va ma’naviyatni tushunib yetish boshlanadi”. (O‘zbekiston milliy istiqlol, iqtisodiyot, siyosat mafkura. T. 1996y, 82-bet)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil, 11-martdagi “Respublika oliy o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘limlariga qabul qilishni takomillashitirish to‘g‘risida”gi PF-361-sonli farmoniga asosan, mamlakatimizda mavjud oliy o‘quv yurtlariga qobiliyatli yoshlarni tanlab olish tizmiga katta o‘zgarishlar kiritildi. Dastlab respublikamizning 6 ta oliy ta’lim muassasasida test sinovi asosida o‘qishga qabul qilish tajribadan o‘tkazilgan bo‘lib, oradan bir yil o‘tib, bu ko‘rsatkich 19 taga yetkazildi. 1994-yil 14-maydagi 258-sonli O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Davlat test markazi tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori bilan Oliy o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘limlariga abituriyentlar tanlash bo‘yicha Respublika markazi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markaziga aylantirildi. Davlat test markazi (DTM) asosiy vazifasi oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlariga test sinovlarini tashkil etish va o‘tkazish hisoblanadi.
DTM tomonidan tuziladigan test savollari haqida so‘z borganda, dastlab, 1992-yilda ular ikki variantli ko‘rinishda bo‘lib, cheklangan fanlardan 50 tadan savollarni o‘z ichiga olgan edi. Bu ko‘rsatkich yildan-yilga yaxshilanib bordi. Jumladan 1995-yilga kelib, testlar 3 variantlilik asnosida 36 ta savoldan tashkil topgan bo‘lib, gumanitar, aniq va chet tillarini o‘z ichiga olgan edi. Shunga qaramay, kam miqdordagi test variantlarda yetarlicha cheklangan hajmdagi test materiallaridan foydalanish bilimlar darajasini baholash, aniqlashda xolislik va muvofiq moslikni ta’minlay olmadi, maxfiylikni muhofaza qilish tartibini murakkablashtirdi. Shu maqsadda 1996-yildan oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlariga kirish sinovlarida test topshiriqlari variantlarini ta’lim yo‘nalishlari, mutaxasisliklar va ta’lim tillari bo‘yicha kompyuter yordamida generatsiyalash(tuzish)ga asoslanuvchi yangi, ko‘p variantli tizimi yaratildi va amaliyotga tatbiq etildi. Ushbu test tizimidan hozirgi kunda ham foydalanib kelinmoqda. (Manba: www.dtm.uz)
Shu bilan bir qatorda, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunga alohida to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiqdir. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi N464-i qonuni, ta’lim sohasidaga barcha savollarga aniq oydinlik kiritdi. 34 ta moddadan iborat ushbu qaror, ta’lim jarayonining barcha jabhalarini qamrab olgan bo‘lib, o‘z o‘rnida barcha masalalar aniq va ravshan holda yoritilib berilgan. Jumladan 4-moddada yozilishicha: “Jinsi, tili, yoshi, irqi, milliy mansubligi, e’tiqodi, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, xizmat turi, ijtimoiy mavqei, turar joyi, O‘zbekiston Respublikasi hududida qancha vaqt yashayotganligidan qat’i nazar, har kimga bilim olishda teng huquqlar kafolatlanadi” deyilgan bo‘lib, bu ta’lim sohasidagi me’yorlarni qanchalik tartibga solinganligidan dalolat beradi.
Xalqimizning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan texnika va texnologiyalari yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish yurtimiz taraqqiyotining muhim shartlaridan biridir. Shu maqsadda, O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda “Kadrlar tayyolash milliy dasturi to‘grisida”gi qonuni qabul qilingan bo‘lib, ushbu dastur “Ta’lim to‘g‘rida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan. Uning ustuvor vazifalariga, milliy va xorijiy ta’lim tizimi asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo‘naltirilgandir. Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini ro‘yobga chiqarishni, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o‘zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida o‘z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutadi.
Xulosa qiladigan bo‘lsak, bu ikki qonun ta’lim tizimidagi chuqur islohotlarning yangi bosqichini boshlab berdi. Mamlakatimizda ta’lim taraqqiyoti shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy hamda madaniy ehtiyojlarini ta’minlaydigan ustuvor soha sifatida qonunan belgilab berdi.
O‘zbekistonda yangi ta’lim tizimi
Eng samarali investitsiya — bu ta’limga qilingan investitsiyadir. Chunki jamiyat taraqqiyotini, uning ertangi kunini yetuk malakali kadrlar belgilab beradi. Ta’lim tizimini takomillashtirish — ularning bilimini oshirish, sifat darajasini ko‘tarishdir.
So‘ngi yillarda ta’limga ajratilayotgan mablag‘ mamlakat yalpi ichki mahsulotining (YIM) 10–12 foizini tashkil etib, davlat byudjetining 35 foizidan ko‘proq qismini tashkil qilmoqda. Ta’limning barcha bosqichlarida Davlat dasturlari amalga oshirilib, yoshlarga puxta bilim olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilmoqda.
Yurtimizda uzluksiz va uzviylik tamoyillariga tayangan ta’lim tizimi yaratilgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi jamiyatda ma’naviy va intellektual salohiyatga ega bo‘lgan barkamol avlodni tarbiyalash, davlatimizning ijtimoiy va ilmiy-texnik taraqqiyotini takomillashtirish omili sifatida ishlab chiqarishning barqaror rivojlanishini ta’minlashdan iboratdir. Jumladan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 41-moddasida ta’lim sohasiga alohida to‘xtalib o‘tilgan: “Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir”.
Ta’limga oid davlat siyosatining asosiy tamoyillari sifatida uning milliy g‘oyaga yo‘naltirilgani, ta’limning uzluksizligi, umumiy, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining majburiyligi, o‘rta maxsus, akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida ta’lim olishda tanlash erkinligi alohida ahamiyat kasb etadi.
Ta’lim siyosatining asosiy tamoyillari Yurtboshimiz tamonidan 12 (9+3) yillik bepul ta’lim tizimi joriy etilganligi, barcha bepul bilim olishi, 9 yillik majburiy umumiy o‘rta ta’lim 7 ta tilda: o‘zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg‘iz, turkman va tojik tillarida bo‘lib, uni tamomlagan yoshlar qiziqishlari bo‘yicha istagan o‘rta maxsus ta’lim muassasasisini tanlashlari va o‘qishlarini keyingi bosqichda davom ettirishlari mumkin. Iqtidorli yoshlar uchun umumiy ta’limdan so‘ng keyingi bosqich o‘qishlarini akademik litseylarda davom ettirishlari, bu esa yanada chuqurroq, keng ko‘lamda tahsil olishlariga imkoniyat yaratib beradi.
Mamlakatimizda bugungi kunda 9733 ta umumta’lim mussasasi, 143 ta akademik litsey, 1414 ta kasb-hunar kolleji mavjud bo‘lib, yoshlarning sifatli ta’lim olishlarida xizmat qilmoqdalar. Ularning moddiy-texnik bazasi jahon standartlariga to‘la mos kelishi, umumiy fanlar bo‘yicha nafaqat to‘liq bilimlar hajmini egallash, ayni vaqtda ushbu o‘quv yurtlaridagi zamonaviy texnika va texnologiyalarni o‘zlashtirish imkonini ham beradi. 2015-yil ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda maktablarda 4540 mingta, akademik litseylarda 108.5 mingta, kasb-hunar kollejlarda esa 1451 mingta o‘g‘il-qizlar o‘z mutaxassisligi bo‘yicha taqsil olmoqdalar.
Shu bilan bir qatorda, yoshlarning kasbga bo‘lgan ehtiyojini jamiyat va iqtisodiyotning manfaatlariga moslashtirishning eng muhim mexanizmi bo‘lgan bakalavriatning milliy ta’lim tizimimiz va modelimizga kirib kelishi mazkur sohadagi islohotlar orasida alohida o‘rin tutadi. Malakali kadrlarni tayyorlash va ularni yetuk mutaxassis kadr qilib tayyorlashda oliy o‘quv yurtlarining o‘rni beqiyosdir. 2012 yil da oliy ta’lim muassasalarini soni 64 ta bo‘lib, bu ko‘rsatkich bugungi kunga kelib 68 tani tashkil etadi. Unda taqsil oladigan yoshlar soni esa 261.3 ming kishini tashkil etadi.
Yurtimizda aholining qariyb 60 foizini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etishini hisobga oladigan bo‘lsak, ayni ularning 72 foizi maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, litsey, kollej va universitetlarda taqsil olmoqdalar. Bu esa ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning roli va ahamiyati o‘z-o‘zidan tushunarli va ravshan bo‘ladi.
Hech kimga sir emaski, ta’lim sohasi kun sayin rivojlanib bormoqda. Kechagi ilg‘or texnologiyalarni ham bugungi kunda fan tan olmaydigan darajada shahdam qadamalar bilan olg‘a bormoqda. Bu borada jahon tan olgan ta’lim maskanlarining o‘rni beqiyosdir. Bugungi kunda O‘zbekiston yoshlari ham ana shunday xorijiy universitetlarda ta’lim olayotgani ko‘zni quvontiradi. Ular egallgan bilimlar yurtning ravnaqi, kelajak poydevori bo‘lib xizmat qilmoqda.
O‘zbekiston mustaqillikga erishgan so‘ng, ta’lim sohasini isloh qilish, yangi ta’lim maskanlarini barpo etish, xususan, xorijiy davalatlar universitetlarining filliallari yurtimizda ochilishi, bu borada qilingan ishlarning yorqin namunasi bo‘ldi desak hech ham mubolag‘a bo‘lmagan bo‘ladi. Bu oliy o‘quv yurtlarida, iqtidorli, salohiyatli, Yurtboshimiz aytganidek kuchli, aqlli, hech kimdan kam bo‘lmagan yoshlar tahsil olmoqda.
O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan ko‘plab oliygohlar, dunyoning kuchli universitetlari bilan shubhasiz raqobatlasha oladi. Moddiy texnik bazasi mustahkam, xalqaro standartlarga javob bera oladigan universitetlar mavjud. Garvard, Cambridge, Oxford universitetlari, bir necha yillardan beri kuchli universitetlar ro‘yhatidan eng yuqori o‘rinlarni band qilib kelmoqda. Sababi bu universitetlar qariyb 10 asrdan beri faoliyat yuritib kelayotgan bo‘lib, ular asrlar davomida erishgan yutuqlariga bizning navqiron O‘zbekistonimiz samarali olib borilayotgan islohatlar natijasida qisqa 24 yil ichida erishga muvaffaq bo‘lmoqda. Ishonchimiz komilki, O‘zbekistonning ta’lim sohasi, dunyoning manaman degan o‘quv dargohlari bilan bemalol bellasha oladigan darajaga chiqadi.
Bakalavr darajasini olgan yosh mutaxassislar o‘zlarini yo‘nalishlari bo‘yicha magistraturada o‘qishlarini davom ettirish imkoniga ega bo‘lib, aniq mutaxassislik bo‘yicha fundamental va amaliy bilimlarni yanada chuqurroq o‘rganishlari, mutaxassisligi bo‘yicha ilmiy ish qilishlari mumkin. Bugungi kunda Respublikamiz oliy o‘quv yurtlarining kamida 40 foizida magistratura yo‘nalishi bo‘yicha faoliyat yuritib kelmoqda.
Avvalo, oliy ta’lim tizimida yetuk bakalavr va magistrlarning yetishib chiqishi, ularning mehnat bozorida egallayotgan o‘rni — ta’lim va real amaliyot o‘rtasidagi aloqolarning mavjudligi mamlakatda bu borada amalga oshirilayotgan ishlarning besamar emasligidan dalolat beradi.
Ta’lim sifatini oshirish, unda yetishib chiqayotgan yosh mutaxassislarni tayyorlashning talablari davlat ta’lim standartlariga to‘la mos kelib, uzluksiz ravishda maxsus davlat idorasi, Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Davlat test markazi tomonidan qat’iy nazorat qilib boriladi. Barcha ta’lim muassasalarida berilayotgan ta’lim sifati va yaratilyotgan shart-sharoitlar davlat ta’lim standartlariga javob berishi monitoringi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tamonidan muntazam olib borilib, bu borada ta’lim muassasalariga tegishli ilmiy-uslubiy, moliyaviy-texnik va tashkiliy yordam ko‘rsatib kelinmoqda.
Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, ta’lim tizimining ustuvor vazifalaridan biri avvalo jamiyatning yosh avlodining dunyo qarashini, ularning ijtimoiy faolligini oshirish bilan bir qatorda, malakali kadrlarga bo‘lgan talabni samarali qondirishdan iboratdir.
Yurtimizda ta’lim sohasida bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan islohotlar 2012 yil 16–17 fevralda Toshkentda o‘tkazilgan «Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash — mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti» mavzusidagi xalqaro anjumanda dunyoning eng ilg‘or ta’lim tizimlari va muassasalari vakillari tomonidan chuqur e’tirof etildi. Konferensiyada O‘zbekistonning ta’lim tizimi, jumladan, qishloqlarda ham bolalar va yoshlarning barcha bosqichlarda bepul umumiy ta’limi va o‘rta-maxsus kasb-hunar ta’limi olish joriy etilganligi xorijiy mutahassislar tomonidan yuksak baholandi. Dunyoning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan kelgan vakillar ham miliy ta’lim tizimimizni namuna sifatida tan oldi va bir qator davlatlar uchun o‘rnak bo‘la olishini ta’kidlandi. Mamlakatimizda ta’lim sohasidagi islohotlarga berilgan bunday yuksak baho, albatta, O‘zbekistonda yashovchi har bir insonni qalbida g‘urur uyg‘otadi va shu bilan birga, zimmamizga katta mas’uliyatni ham yuklaydi. Oldimizda turgan eng muhim masala — erishilgan yutuqlarni yanada mustahkamlash, yaratilgan shart-sharoitga mos ravishda ta’limning sifati, tizimning samaradorligi va «ta’lim — fan — ishlab chiqarish» zanjirining mustahkamligiga erishishdan iboratdir. (Manba: m.mfa.uz)
Bugungi kunda har qanday mamlakatning jahon bozorida raqobatbardoshligi nafaqat tabiiy resurslarning mavjudligi, balki birinchi navbatda, zamonaviy yangilanib turgan texnologiyalarni o‘zlashtirishga qodir yuksak bilimli va malakali kadrlarga bog‘liqdir. Bosh qomusimiz esa ana shu yuksak axloqli, zamonaviy bilim va ko‘nikmaga ega kadrlarni tayyorlashning huquqiy kafolati bo‘lib hisoblanadi.
O‘zbekistonda ta’lim sohasida qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar
“Istiqlol tufayli odamlarimiz ongu tafakkurida chuqur o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Bu jarayonda millat sifatida o‘zlikni anglash, ajdodlar dahosi va zakovatini davom ettirish, milliy fenomen qudratini bor bo‘y-basti bilan jahonga ko‘rsatish maqsadi barcha soha va yo‘nalishlardagi sa’y-harakatlarda o‘z ifodasini topdi. Bunday ezgu intilishlar samarasi o‘laroq butunlay yangi — ruhi va fikri toza avlod dunyoga keldi.”
Mustaqillik yosh avlod hayotiga buyuk kelajak nafasini, ezgu umid va orzular ijobatini olib keldi. Yangi asr avlodiga ajdodlar armonining ushalishi bilan birga beqiyos imkoniyatlar kaliti, yuksak marralar sari dadil qadam tashlash baxti ham nasib etdi.
Bugun qayerga qaramang, o‘zbekistonlik yoshlar erishayotgan yutuqlarni ko‘rishimiz mumkin. Yildan yilga yoshlarimiz, aytaylik, fan olimpidalarida deysizmi, yoki biror bir sport sohasimi, boringki, san’at sohasida ham yuksak marralarni zabt etmoqdalar. Prezidentimiz rahnamoligida ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar samarasi o‘laroq, mustaqillik farzandlari dunyo miqyosidagi turli ko‘rik-tanlov va xalqaro fan olimpiadalarida ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritmoqda. Bu yutuqlar, avvalo, yoshlarning ertaga jamiyatdan munosib o‘rin egallashi uchun hizmat qilsa, boshqalar uchun o‘rnak bo‘ladi.
Avvalo shuni mamnuniyat bilan aytish joizki, bugungi kunda jamiyat ravnaqi, barkamol avlodni tarbiyalashda yetuk insonni shakllantirishda avvalom bor ayollarning o‘rni qanchalar muhim ekanligini Yurtboshimiz tomonidan ta’kidlanib kelinmoqda.
Yurtimizda barkamol xotin-qizlar avlodini voyaga yetkazish, ularni iqdidorlarini namoyon qilish va muntazam rag‘batlantirib turish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 10-iyundagi «Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etish bo‘yicha takliflarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq 2015-yilda akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining 14 nafar o‘quvchisi Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi. Umuman, 2000-yildan buyon tizimdagi ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan jami 95 nafar o‘quvchi qiz ushbu nufuzli mukofotni qo‘lga kiritdi.
Zamonaviy bilim maskanlarida jahon standartlari asosida ta’lim-tarbiya olayotgan yoshlarimiz xalqaro miqyosda tashkil etilayotgan nufuzli tanlovlar, fan olimpiadalari, musobaqa va festivallarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, yuksak intellektual salohiyati, keng tafakkuri va zehni bilan dunyo ahli havasini uyg‘otmoqda. Jumladan, 2013-yil aprel oyida Toshkent shahrida ilk bor o‘tkazilgan 47-xalqaro Mendeleyev olimpiadasida o‘zbekistonlik yoshlari ham qatnashib 2 ta oltin, 5 ta kumush, 8 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi va 17 davlat ichida O‘zbekiston bayrog‘ining baland ko‘tarilgani barchamizga faxr-iftixor bag‘ishlaydi.
2016-yil 1–6-mart kunlari Kiprning Protaras shahrida matematika fani bo‘yicha “SEEMOUS” 10-xalqaro olimpiada bo‘lib o‘tdi. Kipr ta’lim va madaniyat Vazirligi, Matematika jamiyati hamda Janubi-Sharqiy Yevropa Matematika jamiyati tomonidan tashkil etilgan mazkur intellektual bellashuvda yigirmadan ortiq mamlakatdan 43 universitet jamoasining 150 dan ziyod iqtidorli talabalari ishtirok etdi. Tanlovda O‘zbekiston yoshlari ham shohsuppa qatoridan joy olishdi. O‘zbekiston Milliy universitetining mexanika-matematika fakulteti 2-kurs talabalari Hakimboy Egamberganov va Shohruh Ibrohimov bittadan oltin medal, Mirmuhsin Mahmudov maxsus diplom bilan taqdirlandi.
Ta’kidlash joizki, mustaqillik yillarida O‘zbekiston jamoasi tarkibida xalqaro fan olimpiadalarida jami 253 nafar o‘quvchi qatnashib, 21 ta oltin, 51 ta kumush, 90 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Yuqorida aytib o‘tilgan fikr-mulohaza, ma’lumotlar O‘zbekistonda qisqa davr ichida ta’lim sohasida yuksak yutuqlarga erishganini ko‘rishimiz mumkin. Kelgusida hukumatimiz tamonidan ta’lim sohasida ilgari suriladigan izchil islohotlar davomli bo‘lishi, biz kabi yoshlarga ilhom baxsh etib, yanada yuksak marralarni zabt etishimizga imkon, zamin yaratib beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. O’zbekiston: Milliy istiqlol, iqtisod, siyosat mafkura 1. Islom Karimov.
2. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida yohud Sho‘ralarning so‘ngi talvasasi. Islom Karimov so’zlagan nutqi, 1991.
3. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqqiyot yo‘li. Karimov I.A. T, 1992y, 13 bet.
4. O‘zbekiston milliy istiqlol, iqtisodiyot, siyosat mafkura. T. 1996y, 82-bet.
5. O’zbekistonda ta’lim statistikasi. 2015y.
6. mfa.uz, dtm.uz