Stories by Shokir Tursun on Medium
bu yerda tez orada jadval paydo boʻladi
bu yerda tez orada jadval paydo boʻladi
Taqdimot tugagandan soʻng.
1-mashgʻulot. Qay biri rost?
Oʻquvchilarga mana bu varaqani tarqatasiz.
Qoʻgʻozga oʻzlari haqida bitta rost, bitta yolgʻon maʼlumot yozishlari kerak.
Qay birini birinchi yozish oʻzlarining ixtiyorida.
Hamma yozib boʻlgach, siz yoki oʻquvchilarning oʻzi qogʻozdagilarni oʻqiydi, qolganlar esa buning rost yoki yolgʻon ekanini topadi.
Qogʻozni chop etishga tayyor nusxasini quyidagi havoladan yuklab olsangiz boʻladi (faylda 5 ta varaqa bor, agar sizda 20 ta oʻquvchi boʻlsa, 4 nusxa chop ettirishingiz kerak):
qay biri rost.pdf
2-mashgʻulot. Bizning yozimiz.
Xattaxtaning eng yuqorisiga, oʻrtaga “Bizning yozimiz” deb yozib qoʻyasiz.
Har bir oʻquvchi xattaxtaga oʻzining yozi qanday oʻtganini anglatuvchi soʻz (koʻpi bilan 3 ta soʻz), rasm yoki boshqa nimadir chizadi.
Natijada xattaxtada “Bizning yozimiz” mozaikasi hosil boʻladi.
3-mashgʻulot. Zanjirli hikoya.
Birinchi o‘quvchi hikoyani boshlaydi: Masalan, “Bir kuni bizning sinf safarga chiqdi…”
Har bir keyingi o‘quvchi hikoyaga bitta gap qo‘shadi.
Oxirida kulgili va noodatiy hikoya paydo bo‘ladi.
4-mashgʻulot. Siz kimsiz yoki nimasiz?
Oʻquvchilar oʻzlarini kimgadir yoki nimagadir oʻxshatishadi. Qolgan oʻquvchilar nega shunday ekanini topishlari kerak boʻladi. Masalan, bir oʻquvchi oʻzini kalkulyatorga oʻxshatsa, boshqalar matematik amallarni tez va toʻgʻri bajargani uchun ekanligini topishlari kerak.
5-mashgʻulot. Issiq kartoshka.
Sinfda biror narsani “issiq kartoshka” sifatida tanlab olasizlar, masalan, kichik toʻpcha, yumshoq oʻyinchoq. Tanlangan narsa qirrasiz, yumshoq boʻlgani yaxshi.
Bir kishi xattaxta oldiga chiqadi. Qoʻlidagi narsani (goʻyoki issiq kartoshkani) oʻynatib oʻtgan yili oʻrganilgan biror narsadan savol beradi. Masalan, qaysidir qoida, formula, tarixiy voqea va hokazo.
Savol berishi bilan kartoshkani biror sinfdoshiga qarab otadi, savolga oʻsha odam juda tez , 5–7 soniya ichida javob berishi kerak, aks holda qoʻli kuyib qoladi va oʻyindan chiqadi.
Taqdimot tugagandan soʻng.
1-mashgʻulot. Men haqimda qiziq gap
Har bir oʻquvchidan ismini aytish va oʻzini 6–7 soʻzli gap bilan taʼriflashini soʻrash (bu usul rasmiy boʻlmasligi kerak, gaplar quvnoq boʻlishiga urgʻu bering).
Birinchi boʻlib oʻzingiz boshlab bering. Masalan, ismim Shokir. Yangi 20 000 va 10 000 soʻmlikni ajratishga qiynalaman.
2-mashgʻulot. Tanishuv
Quyidagi jadvalni har bir oʻquvchiga bittadan tarqating.
Bu topshiriq yangi yigʻilgan jamoaning bir-biri haqida koʻproq narsani bilib olishi, shu orqali yaqinroq tanishishi hamda keyingi munosabatlarga oson kirishishiga yordam beradi.
Bajarish tartibi
1. Oʻquvchilarga tarqatiladi
2. Tanishib chiqishlari soʻraladi (1 daqiqa)
3. Oʻzlari ham orqasiga shunga oʻxshash gapdan ikkita yozishi kerakligi aytiladi (2 daqiqa) (Masalan, Parijga borishni orzu qiladigan)
4. Shu talablarga mos keladigan sinfdoshini topib, ostiga ismini yozish kerak boʻladi (oʻquvchi soniga qarab 5–10 daqiqa).
5. Keyin har bir oʻquvchi ikkitadan misolni oʻqishi kerak boʻladi.
Qoʻshimcha shartlar
Oʻquvchi oʻz ismini yozishi mumkin emas. Bundan tashqari, bir sinfdoshining ismini ikki martadan koʻp ishlatmasligi lozim.
Yuqoridagi jadvalni fayl koʻrinishida quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin (faylda 2 ta jadval bor, oʻquvchilar 20 ta boʻlsa, 10 nusxa chop etish yetarli):
Chop-etish-bingo.pdf
3-mashgʻulot. Sinfdagi umumiylik
Oʻquvchilarni kichik guruhlarga boʻling, 5 kishilik
Har bir guruh 5 daqiqa ichida o‘zaro 3 ta umumiylik topishlari kerakligini ayting. Masalan, barchasi bir multfilmni yaxshi koʻrishadi, barchasining singlisi bor kabi. Barchasi oʻgʻil bola, barchasi nechanchidir sinf degan gaplar oʻtmaydi.
5 daqiqadan keyin guruhlar navbati bilan umumiylikni aytib chiqishadi.
Ayamajuz — olti kun, qahr aylasa qattiq kun
Ayamajuz — ayyomi ajuz (arabcha ajuz — kampir) kunlari. Oʻrta Osiyo xalqlari qishni 90 kun hisoblab, “toʻqson” deb ataganlar. Yana bunga ehtiyot yuzasidan 10 kun qoʻshib, yuz kunga toʻlgʻazib, “sad pok” deb yuritganlar. Toʻqson hozirgi hisob boʻyicha 13-dekabrdan 13-martgacha boʻlgan davrga toʻgʻri keladi. Shu toʻqson kunning oxirgi olti kunida qattiq sovuq boʻlib, yer yaxlaydigan odati bor (baʼzi yillarda sovuq boʻlmay ham oʻtadi). Ana shu 6 kunni “Shasha” deb ham, “Ayamajuz” deb ham ataganlar.
Abu Rayhon Beruniy “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida shubot (fevral) oyi haqida shunday yozadi: “Shu oy ichida “kampir kunlari” boʻlib, uning boshi yigirma oltinchi shubotdir. U ketma-ket yetti kun boʻladi. Yil kabisali boʻlsa, toʻrt kuni shubotdan, uch kuni ozor oyidan boʻladi. Yil kabisali boʻlmasa, uch kuni shubotdan, toʻrt kuni ozordan boʻladi…
Qadimgilar hikoyasicha, bu kunlarning “kampir kunlari” deb atalishining sababi shuki, bularni xudo oʻz kitobida “yetti kecha va sakkiz nahs kun” (Qurʼon. Al-Haaqqoh surasi, 7-oyat) deb bayon etgan. Od qavmi shu kunlarning qattiq sovuq shamoli, girdoblari va dahshatlari bilan halok boʻlgan. Ular jumlasidan bir kampir tirik qolib, halok boʻlganlarga marsiya aytib, yigʻlagan. Shuning uchun bu kunlar “kampir kunlari” deb atalgan. U kecha-kunduzlarning qissalari mashhurdir…
Baʼzilarning gumonicha, shu kunlarning “kampir kunlari” deb atalishiga sabab shuki, bir kampir havoning isiganini koʻrib, paxtalik kiyimini yechib tashlagan va shu kunlarning sovugʻida vafot etgan.
Baʼzi arablar gumonicha, “kampir kunlari”ning bunday deb atalishiga sabab, bu kunlar qishning “kampiri”, yaʼni oxiridir”.
Variantlari:
– Ayamajuz olti kun, olti oy qishdan qattiq kun
– Ajum momo olti kun, sakanglasa — sakkiz kun, toʻqanglasa — toʻqqiz kun
– Yozning pashshasidan ehtiyot qil, qishning — shashasidan
Toʻqson, bir kunimcha yoʻqsan degan maqolni esa xalq ayamajuz tilidan aytgan.
Manba: “Maʼnolar maxzani” kitobi
Pol Villard (ingliz tilidan Muhabbat Sharifova tarjimasi)
Agar siz ota yoki ona boʻlsangiz, buni oʻqing. Quyidagi savollar ustida mulohaza yuriting:
Nega hikoyada ona bor yoʻgʻi ikki marta tilga olinadi? Otasi qani?
Nega qoʻli ogʻrib turgan bolaga ona oldiga emas, boshqasiga chopyapti? Nega darslarini onasi bilan emas, operator bilan tayyorlayapti?
Nega opasi bilan bor yoʻgʻi 15 daqiqa vaqt oʻtkazypati?
Mening farzandlarim ham uzoqdan mehr izlayotgani yoʻqmi?
Bundan tashqari, boshqa xulosalar ham olish mumkin, u xulosalar asarda ochiq ifodalangan.
Eski telefon
Uyimizda telefon paydo boʻlganida, men hali juda kichkina edim. Bunaqa apparat hali tevarak-atrofdagilarda ham yoʻq edi. Devorga mahkamlangan va pardoz berilgan bu eski qutini juda yaxshi eslayman. Uning yaltiroq goʻshagiga yetish uchun boʻyim ancha kichkinalik qilardi, ammo men onamning telefonda suhbatlashishini maroq bilan tinglardim.
Keyinroq bu ajoyib qurilmaning qayeridadir “Maʼlumot bering, iltimos” nomli odam oʻtirishini kashf etdim. Va nazdimda, u bilmaydigan narsaning oʻzi yoʻq edi. U hammaning telefon raqamlaridan tortib, toʻgʻri vaqtgacha aytib bera olardi.
Mazkur “banka ichidagi jin” bilan ilk muloqotim onam qoʻshninikiga chiqib ketganida yuz berdi. Yertoʻladagi asbob-uskunalar dastgohi yonida oʻzimni ovuntirib oʻtirganimda barmogʻimni bolgʻa bilan urib oldim. Ogʻriq kuchli edi, ammo yigʻlashdan ham biron maʼni koʻrmadim, chunki baribir uyda menga hamdard boʻluvchi hech kim yoʻq edi.
Men ogʻriqdan loʻqillayotgan barmogʻimni soʻrgancha uy boʻylab yura boshladim va oxiri zina yoniga keldim.
Birdan telefon yodimga tushdi! Darhol katta xonadagi taburetka yoniga chopib bordim va uni sudrab telefon turgan joyga olib keldim. Kursining ustiga chiqib, goʻshakni joyidan chiqarib oldim va qulogʻimga tutdim. Soʻng shundoqqina boshim ustida turgan uskuna mikrofoniga yuzlanib, “Maʼlumot bering, iltimos!” dedim. Tugmachani bir-ikki bosganimdan soʻng qulogʻimga ayol kishining ingichka va tiniq ovozi eshitildi:
“Sizni eshitaman!”
– Barmogʻimni urib oldim… — yigʻlagudek boʻlib arz qildim men telefonga. Endi meni eshitadigan kimdir borligidanmi, koʻzimga yosh toʻldi. “Oying uyda emasmi?” degan savol eshitildi goʻshakdan.
– Uyda hech kim yoʻq, oʻzimman, — yigʻladim men.
“Qoʻling qonayaptimi?”
– Yoʻq — javob berdim yana. — Qoʻlimni bolgʻa bilan urib oldim, shunga ogʻriyapti.
“Muzxonani ocha olasanmi?” — soʻradi u. Men ocha olishimni aytdim.
“Muzdan ozgina koʻchirib ol-da, uni barmogʻingga qoʻy”, — degan ovoz keldi.
Shundan soʻng men bu “tanishim”ga telefon qilib, hamma narsa haqida soʻraydigan boʻldim. Bir safar undan geografiya fanidan yordam berishini soʻradim va u Filadelfiya qayerda joylashganini aytib berdi. Yana bir safar matematikadan uy ishini bajarishimga yordamlashdi. Bir kun oldin xiyobondan topib olgan olasichqonim meva va yongʻoq yeyishi mumkinligini ham u aytdi. Jajji kanareykamiz Piti oʻlib qolganida, “Maʼlumot bering, iltimos”ga telefon qilib, bu qushimiz haqidagi gʻamgin hikoyamni soʻzlab berdim. U hikoyamni eshitgach, menga bolalarni ovutish uchun kattalar aytadigan oddiy soʻzlar bilan taskin berdi. Ammo men yupanmadim va undan soʻradim:
– Nega shunday chiroyli kuylab, barcha xonadonlarga quvonch baxsh etuvchi qushlar oʻlishi bilan qafas ichidagi bir tutam patga aylanishlari kerak?
Mening qattiq iztirob chekayotganimni u sezgan boʻlishi kerak edi. Shunday boʻlsa-da, uning osoyishta ovozini eshitdim:
“Pol, doim yodingda boʻlsin, kuylash mumkin boʻlgan boshqa olamlar ham bor”.
Bu gapdan soʻng negadir oʻzimni ancha yengil his qildim. Boshqa bir kuni yana telefonni koʻtardim:
– Maʼlumot bering, iltimos!
“Eshitaman!” — javob qildi tanish ovoz.
– “Tuzatish” soʻzini qanday talaffuz qilasiz? — soʻradim men.
Bularning barchasi Tinch okeani shimoli-gʻarbidagi kichkinagina shaharchada boʻlib oʻtayotgan voqealar edi. Men toʻqqiz yoshga kirganimda, biz mamlakatdagi boshqa shahar — Bostonga koʻchib oʻtdik. Eski qadrdonimni juda sogʻinardim. Negadir “Maʼlumot bering, iltimos” deyuvchi ovoz sohibasi joylashgan oldingi uyimizdagi yogʻoch qutini keyingi xonadonimizdagi stoldan joy olgan baland, yaltiroq yangi telefonga sira oʻxshata olmasdim. Oʻsmirlik chogʻimda ham bolaligimdan yorqin xotira boʻlib qolgan bu suhbatlar yodi meni aslo tark etmadi. Shubhali va qiyin vaziyatlarda ayni shu qoʻngʻiroqlar tufayli endi oʻzimni xavfsiz his etayotganimni sezardim. Kichkinagina bir bolani tinglash bobida bu ayol qanchalar sabrli, tushunuvchan va mehribon boʻla olganini hozir juda yaxshi anglayman va uning qanoatiga tahsinlar aytaman.
Bir necha yil oʻtib, gʻarbdagi kollejga ketayotganimda, men uchayotgan samolyot yoʻl-yoʻlakay Sietlda qoʻnib, u yerdan boshqa reysga almashadigan boʻldim. Keyingi samolyotga oʻtirgunimcha bir yarim soat vaqtim bor edi. Men oʻn besh daqiqacha vaqtimni ayni paytda shu shaharda yashayotgan opam bilan suhbatlashib oʻtkazdim. Keyin esa nima qilayotganimni oʻylab ham oʻtirmay, ona shahrimdagi operator raqamini terdim va “Maʼlumot bering, iltimos!” deya murojaat qildim. Bu ne moʻjizaki, men oʻzim juda yaxshi biladigan oʻsha ayolning ingichka va tiniq ovozini eshitdim! Bu suhbat haqida oʻylamagandim, ammo tilimga oʻzim ham kutmagan holda shu soʻzlar keldi: “Iltimos, menga “tuzatish” soʻzi qanday talaffuz qilinishini ayta olasizmi?”
Goʻshakdan bir muddat ovoz eshitilmadi. Keyin esa muloyim ohangdagi javob yangradi: “Taxminimcha, shu vaqtgacha barmogʻing tuzalib ketgan boʻlishi kerak…”
Men kuldim.
– Shunday qilib, bu haliyam aniq siz ekanligingizni bildim! — dedim soʻng.
Qiziq, men uchun gaplaringiz qanchalar ahamiyatli boʻlganini hech xayolingizga keltirganmisiz?
“Qiziq, — dedi u ham, — sen ham qoʻngʻiroqlaring men uchun qanchalar ahamiyatli boʻlganini bilganmikansan? Men umuman farzand koʻrmaganman, shu sababmi, qoʻngʻiroqlaringni kutib yashashdan baxtiyor edim”.
Men oʻtgan yillar davomida uni tez-tez eslaganimni aytdim va opamnikiga kelganimda yana telefon qilishga ruxsat soʻradim. “Albatta, qoʻngʻiroq qilaver, — dedi u, — Selli deb soʻrasang, kifoya”.
Uch oydan soʻng Sietlga qaytdim. Ammo bu safar operatorga qoʻngʻiroq qilganimda, boshqa ovoz javob berdi. Men Sellini soʻradim.
“Uning doʻstimisiz?” — soʻradi maʼlumot beruvchi ayol.
“Ha, juda qadrdon doʻstiman”, — javob qildim men.
“Sizga buni aytishdan qattiq afsusdaman, — dedi ayol, — oxirgi yillarda u toʻliqsiz ish kunida ishlayotgandi, chunki kasal edi. Besh hafta oldin u vafot etdi…”
Goʻshakni qoʻyayotganimda suhbatdoshim soʻrab qoldi: “Bir daqiqa, sizning ismingiz Polmi?”
“Ha”.
“Yaxshi, unda sizga Selli xabar qoldirib ketgan. U telefon qilib qolishingiz mumkinligini oʻylab shunday qilgandi. Bu xabarni sizga oʻqib berishimga ruxsat bersangiz. Bu yerda shunday yozilgan: “Unga aytingki, men haliyam kuylash uchun boshqa olamlar bor, deyman. U nima demoqchiligimni oʻzi bilib oladi”.
Men ayolga rahmat aytib, goʻshakni joyiga qoʻydim. Ha, Selli nima demoqchi boʻlganini tushungandim. Boshqalarda qoldirishingiz mumkin boʻlgan taassurotlaringizni hech qachon kamsitmang. Bu bilan sizdan shuni soʻramoqchimanki, inson boshqa kimningdir hayotida qancha oʻzgarishlar qila olishi mumkinligi yodingizda tursin!
Ehtimol, darsliklarga oid bahslar joningizga tekkandir, balki, oxir-oqibat, yangi darslik tarafdorlari-yu eskisini yoqlovchilar ham oʻz fikrida qolavergandir va men hozir yozmoqchi boʻlganlarim bilan hech kimning fikrini oʻzgarta olmasman ham… ammo…
Biz, millat sifatida, yangiliklardan qoʻrqamiz, jadidlar maktab ochganida ularni yoptirganmiz, mahallada birinchi boʻlib soch kestirgan qizni yomonotliq qilganmiz, mavjud anʼanalarni oʻzgartirmoqchi boʻlganlarni shakkoklikda ayblaganmiz. Biroq ilmda yangilik kerak, axir.
“Facebook”da bir video koʻrib qolgandim, avtomashinalar ixtiro qilinganidan beri bir necha marta shaklini oʻzgartirdi, takomillashdi, ammo taʼlimda yangilik boʻlmadi: oʻsha sinfxona, parta, doska, oʻqituvchi — oʻquvchi, tamom, — degan.
Ona tili darsliklari oʻqish darsligiga qoʻshib yuborildi — vahima koʻtardik.
Mavzular xilma-xilligidan gʻazablandik.
6-, 7-, 10-sinf ona tili darsliklarining yangilanganini qabul qila olmadik.
– Evoh, qani grammatika? Endi bolalar aniq savodsiz boʻlib qoladi!!!
– Nega biologiya, fizika, huquqshunoslikka oid matnlar berildi, biz ona tili oʻqituvchisimiz, axir, biologiya yoki fizika yoki huquqshunoslik emas!!
Nega grammatik qoidalar bir chekkadan, izchillikda berilmagan, biri togʻdan, biri bogʻdan boʻlib yotibdi?! va h.k. sh.k.
Darslik mualliflari qayta-qayta tushuntirishga harakat qilishdi, ammo yoʻoʻq, biz eshitishni ham istamadik. Ularning bilimi, tajribasiga shubha bilan qaradik hatto.
Men ularni taniyman, baʼzilarini yaqindan ham, ammo hozir tanish-bilishchilik qilib, ularning yonini olmoqchi emasman, shunchaki, 20 yillik oʻqituvchi, repetitor sifatida, hayoti davomida rus, turk, ingliz, arab tillarini oʻrganmoqchi boʻlgan odam sifatida; oʻzbekcha, ruscha, inglizcha maktabda oʻqib kelgan bolalarga oʻzbek tilini oʻrgatgan muallim sifatida yozyapman fikrlarimni.
Xullas, qadrli hamkasblar (orangizda ona tili ustozlar koʻp, bilaman), menga yangi darsliklar juda yoqadi. Bunga qator sabablar keltiraman.
1. Eski darslik bilan ishlagan paytim, mening fanim eng zerikarli darslardan biri edi, hech qaysi oʻquvchiga yoqmaydi (1–2ta istisnolarni hisobga olmasak, mayli) gapni sintaktik tahlil qilish, soʻzlarni morfemalarga ajratish, oʻnlab atamalarni yodlash.. Litseyda ishlagan paytim OTMga kirmoqchi boʻlgan bolalar DTM testiga tushadi shular deb hisoblagani uchungina chidardi mavzularga, ammo xalqaro OTMga kirmoqchi boʻlganlarda buni oʻrganishga motivatsiya ham yoʻq edi, milliylik, vatanparvarlik qayerda qoldi degan balandparvoz gaplarni qoʻya turaylik, iltimos. Agar oʻqituvchi sifatida ening sinfimda 30ta bola bajonidil yodlardi soʻz turkumlarini, ularning turlarini, turlarining turlarini desa ishonmayman. Dars qiziqroq boʻlishi uchun oʻzim bir nimalar oʻylab topardim, lekin doim ham buning uddasidan chiqa olardim deyolmayman.
2. Ming berilib oʻqitmay, sodda usullar bilan tushuntirmay, bolalar baribir eslab qolmasdi qoidalarni. Masalan, Prezident maktabining 6-sinfiga morfologiyani, qoʻshimchalar jadvali bilan berib, yodlatdim, imtihondan zoʻr oʻtishdi, ammo yozgi taʼtildan qaytganlaridan keyin deyarli hech nimani eslay olishmadi. Ular iqtidorli, qobiliyatli bolalar edi va bu yerda ayb ularda ham, manda ham emas, miya shunchaki oʻziga kerak deb hisoblamagan narsani chiqarib yuborgan edi, xolos.
3. Biz oldin fonetika, keyin leksikologiya, keyin morfemika tarzida tilshunoslik boʻlimlarini ketma-ketlikda oʻrgatganimiz bilan ,miya uni ketma -ketlikda qabul qilmaydi. Matndan uzib olingan qoidalar ish bermaydi. Yangi darslikda aynan shu narsa: oldin matn berilib, uning mazmuni muhokama qilinib, keyin undagi fonetik hodisa yoki grammatik bogʻlanish haqida gap ketganida oʻquvchilar yaxshiroq eslab qolishdi.
4. Eski darslikda, ayniqsa, 6–7-sinfnikida mashq shartida “falon mavzuda matn tuzing” deyilardi-yu, ammo matn qanday tuzilishi haqida maʼlumot berilmasdi. Shuning uchun na oʻqituvchi va uning oʻquvchisi eplab matn tuzolardi. Litseyga toʻqqizinchini bitirgan bolalar kelardi, men 17 yil litseyda ishladim, lekin har bir sinfdan 1–2 ta bola eplab ogʻzaki shaklda fikrini ifoda eta olardi, 1–2 tasigina yoza olardi matn shaklida. Qolganlar esa almoyi-jalmoyi matn tuzardi. Xoʻsh, bizning grammatikaga asoslangan darsliklarimiz mevalari nega savodxon ham emasdi hech boʻlmasa? Ha, gapning ega-kesimini topa olardi, ha, kim? nima? bu — ot deyolardi baʼzilari… lekin aksariyati…
5. Eski darsliklar badiiy tilni oʻrgatardi, adabiy tilni emas. Barcha mashqlardagi parchalar, albatta, biror shoir yoki yozuvchi asardan parcha boʻlishi shart edi. Bu esa, oxir-oqibat, badiiy asar matinini tushunish va yaratish koʻnikmasini rivojlantirdi, ammo na rasmiy hujjat, na ilmiy maqola kabilarni oʻqisak tushunamiz yoki oʻzimiz matn yarata olamiz. esimni tabibmanki, dadamga “Domla, shikoyat xati yozib bering” deb kelishardi. OTMda oʻqigan borki, diplom ishi yoki ilmiy maqola yozib koʻrgan boʻlsa, gapni nimadan va qanday boshlashni bilmay qiynalgan. yo yoʻqmi?
6. Eski darsliklardagi mashqlar yaxlit matn emasdi, biri u asardan, biri bu asardan. Yangi darsliklarda esa har bir boʻlim bitta mavzuga bagʻishlangan va shu bahonada biz ham matn oʻqiymiz, ham shu matndagi soʻz va iboralar maʼnosini hamda qay tarzda ishlatilishini oʻrganamiz, ham shu matnga bogʻliq holda grammatikani oʻrganamiz.
7. Eski darsliklar aprobatsiyadan oʻtganiga shubham bor. Bizda darslik mualliflari tanqid koʻtarolmaydi, bir anjumanda olim odam “Darslik bu TABU, unga tegilmaydi” degandi. Qanaqa qiliiib? Darsliklar qayta — qayta tahrirlanadi, takomillashtiriladi, xatolar ustida ishlanadi, yana qayta nashr qilinadi. Mukammal darslik boʻlmaydi, axir.
8. Litsey darsligi mualliflaridan biriga anjumanda savol berdim:
Domla, siz koʻplab mashqlar shartiga “Matnni diqqat bilan oʻqing” deb yozgansiz, bu qanaqa topshiriq oʻzi?” — deb. Toʻgʻrisiyam-da, bolalar kulgiga olardi koʻzini katta-katta ochib: “Mana ustoz, diqqat bilan oʻqidim, endi keyingisiga oʻtsak boʻladimi?” deb.
Keling, aniq misol bilan tushuntirishga harakat qilay: suratda koʻrib turganingiz amaldagi 8-sinf darsligi. Insho mavzusi. Namunaga berilgan rejani qarang. Darslik muallifi nahotki 8-sinf oʻquvchisi Navoiy gʻazallarini shu turlarga ajrata oladi, insho yozish asnosida misol tariqasida yodlagan baytlaridan keltirib sharhlay oladi deb ishonadi? Qaysi asos bilan? Necha 8-sinf bolasiga yozdirib koʻrgan? Filologiya fakulteti talabalariga ham ogʻirlik qiladi-yu bu mavzu? Domla bittta namunaviy insho matinini ham berganlarida edi hech boʻlmasa, bolalar taqlidan yoz oalrmidi..
Yoki 36-mashqqa qarang. Insho rejasini tuzdik biz bolalar bilan, mantiqan oʻylab koʻrib qaysi biri kirish-u, qaysisi asosiy qismga tortadi, buni amallashdi. Biroq bunaqa mavzuda qanday insho yozish mumkinligini bir tasavvur qilib koʻraylik? Uvaysiydan nechta chiston bilamiz oʻzi? Men, masalan, 4 ta bilaman. Mavzuiy koʻlami? Qaychi, anor..deylik. nima koʻlami borki, 8-sinf bolasi ilgʻay olsin uni? “bola tafakkuriga taʼsiri”? Nima yozsin bola? “Qaychi haqidagi chiston bola tafakkuriga katta taʼsir koʻrsatadi” debmi?
Uzr-u, bunaqa mavzudagi insholar bilan aravani quruq olib qochish koʻnikmasinigina rivojlantirish mumkin…
Menga qolsa, badiiy uslubdagina yoziladigan insholarni maktab darsligidan butunlay chiqarib tashlagan boʻlardim.
Matn yozsin: tasviriy, informativ. Esse yozsin shaxsiy mulohazasini bayon qilib, lekin…
Lekin mana bunaqa mavzuda insho yozish bolada na ijodiy, na tanqidiy fikrlashni oʻstiradi.
Qanday qilib madhiya mavzusini Vatan oʻtmishi, buguni va kelajagiga bogʻlab qoʻyishdi, aqlim yetmadi..
Xullas, keling, biroz chetga chiqsam, aynan shu darslikka yopishib oldi deb oʻylamang.
Gap shundaki, men ingiz tilini bir necha marta oʻrganishni boshlab, tashlaganman, yana boshlab, yana tashlaganman.
Dastlab Bonkning darsligidan oʻrganmoqchi boʻldim, keyin Murphydan ham, ishoning, grammatik mashqlarda xato qilmasdim, lekin yana oʻsha gap: birovga borib gapirolmasdim ham. Keyin bitta Husan ismli oʻquvchim “Headway” opkeldi. Unda aytarli grammatik topshiriq yoʻq ham edi, ammo matnlar bor edi, dialoglar, tinglash uchun audiolar… Men oʻqiganlarim va eshitganlarimni tushuna boshladim…
Men arab tilini ana shunaqa — grammatikaga asosan oʻrganganman, naq 6 yil. Ammo na gaplasha olaman, na matn tuza olaman, na eshitsam ilgʻayman gap nimadaligini. Lekin feʼl boblarini bilaman, tuslanishni ham (katabtu-katabta-katabti-kataba-katabat), toʻgʻri koʻplik (-una), siniq koʻplik (bir necha qolipi bor) va h.k… Lekin shu tilda fikr ifodalay olmasam, qoidalarni yodlaganimdan nima naf?
Bilaman, nima deysiz, 1-til bilan 2-til oʻrgatishda farq bor, deysiz, ha, bu gapda ham jon bor, lekin til oʻzlashtirilishida miya oldin yaxlit matnni, undagi jumlalarni qabul qilarkan, keyin undagi soʻzlarni va grammatik qurilishni.
Aytaylik, “I like swimming” degan jumla boʻlsa, siz shu gapni yaxlit holda eslab qolasiz, keyin vaziyatga qarab, “I like reading, I like running” shaklida soʻzlarini almashtirib qoʻllaysiz… Va bu yerda oldin ega, keyin kesim, keyin -ing olgan feʼl keladi qabilida oʻylaganingiz uchun qilmaysiz buni…
10-sinf darsligi uchun alohida rahmat aytaman mualliflarga, bir-biridan qiziqarli mavzularda bahslar uyushtirdik, Nobel olgan olim haqida taqdimotlar qilib berishdi, shu bahona nega bizdan hech shu paytgacha Nobel olmagani haqida ham oʻylab koʻrdik..
Xullas, bilasizmi nima, ona tili darslarida grammatika kerak, judayam kerak, lekin ogʻzaki nutqni oʻstirish ham muhim. Ikki ogʻiz gapni ruscha, inglizcha aralashtirmay, sof adabiy tilda matn yaratib eplab gapirolmaydigan xalqqa aylanib qolmaslik uchun ham kerak.
Dori yoʻriqnomasi, biror buyumdan foydalanish uchun koʻrsatma matni, reklama matnlari, hujjat matni yarata olishni ham aynan ona tili darslarida oʻrgatishimiz kerak.
Faqat badiiy matnlardan olingan parchalarni oʻqiyvermay, ilmiy-ommabop matnlar bilan ishlashni ham ona tili darslarida oʻrgatish kerak.
Ana shunda xalqaro baholash roʻyxatida oxirgi oʻrinda turmaymiz, oʻzimiz ona tili ustozi boʻla turib, ilmiy matnlarga “tishimiz oʻtmay” xunob boʻlmaymiz..
Alloh xulqimizni isloh qilsin..
Darvoqe, xulosa shuki,
– darslik mualliflariga hamma sinflarni yozib tugatishga imkon berish kerak edi. Shunda barcha grammatik qoida aks etardi.
– eski darslik ham muqobil darslik sifatida qolishi kerak edi. Oʻqituvchida tanlov boʻlishi kerak edi.
Va yana ikki xil darslikda oʻqigan bolalar PISA imtihoni topshirib koʻrardi va natijalar tahlil qilinadi qaysi darslikda oʻqiganlar yaxshi gapira, yoza olishi taqqoslanardi.
– darslikdan foydalanishni respublika boʻylab treninglar tashkil qilib viloyatlardagi oʻqituvchilarga tushuntirish kerak edi.
Ammo…
Yo ammo bilan boshlanadi fikr, yo lekin bilan tugaydi…
Zulfiya Rashidova, oliy toifali pedagog, Toshkent shahridagi Prezident maktabi ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi
Manba: https://t.me/suvaydo/4472
Alisher Qodirov 3 foizga ham bormaydigan rus vatandoshlar uchun taʼlim va televideniyada rus tili nomutanosib darajada koʻp ekanini taʼkidlar ekan yechim sifatida boshlangʻich taʼlimni ona tilida oʻqitish boʻyicha norma qonunga kiritilishi mumkinligini aytadi.
Alisher Qodirov ona tili deganda aynan nimani nazarda tutgani menga biroz qorongʻi. Masalan, oʻzbek millatiga mansub odam uchun ona tili bu — oʻzbek tili, tojikka — tojik, rusga — rus tili. Shunda Alisher Qodirov faqatgina boshlangʻich sinflardagina hamma oʻz ona tilisida oʻqisin-u, 5-sinfdan boshlab hamma majburiy oʻzbek tilida oʻqisin demoqchimi? Yoki ona tili deganda oʻzbek tili nazarda tutilib, boshlangʻich sinfda hamma faqatgina oʻzbek tilida oʻqisin, 5-sinfdan boshlab oʻzi istagan tilni tanlasin demoqchimi? Nima boʻlganda ham har ikki yoʻlga oʻz munosabatimni bildirmoqchiman.
Birinchi yoʻl — hamma boshlangʻich sinflarni oʻz ona tilisida yakunlashi, 5-sinfdan boshlab maktablar faqat oʻzbek tilidagina mavjud boʻlishi — taʼlimiy jihatdan eng yomon yoʻl. Bunday usulni qoʻllash, rus, qozoq, tojik, qirgʻiz, turkman kabi millat bolalarining taʼlimdan butkul yoki qisman uzilib qolishiga sabab boʻlishi, milliy ozchilikda keskin e’tirozlarga sabab boʻlishi mumkin. Oʻylaymanki, Alisher Qodirov ham buni nazarda tutmagan. Chunki 5-sinfdan boshlab hamma narsa oʻzbek tilida boʻlib qolsa, oʻquvchi tabiiyki, qiynaladi, oʻqishni istamay qoʻyishi mumkin. Boshlangʻich sinflardagi oʻzbek tili fani soatlari kam ekani bu ishni amalga oshirishni yanada qiyinlashtiradi.
Ikkinchi yoʻl — boshlangʻich sinflarning faqat oʻzbek tilida mavjud boʻlishi, yuqori sinflarda istagan tilda oʻqish mumkinligi — ham yetarli yechim emas. Yaʼni Alisher Qodirov aytganday, nomutanosiblikni kamaytirmaydi, aksincha, oshirib yuborishi mumkin. Yaʼni hozir Rossiyaga simpatiyasi bor aholimiz koʻp, ular bolasini 5-sinfdan boshlab yoppasiga rus tilli sinflarga olishi mumkin.
Men amaliy harakatlar deganda boshqacharoq yoʻllarni taklif qilgan boʻlardim. Tan olamizmi, yoʻqmi, Rossiya bizdan ham mafkuraviy, ham harbiy jihatdan ustun. Shuning uchun barcha qadamni ohistalik bilan bosmoq kerak. Barcha boshlangʻich sinflarni oʻzbek tiliga oʻtkazish kabi keskin choralarni birdan qoʻllamaslik toʻgʻri boʻladi deb bilaman.
Birinchi navbatda, maktabgacha taʼlim muassasalarida oʻzbek tilini oʻrgatish yoʻlga qoʻyilishi lozim. Bu sheʼr yodlatish, tadbirlar oʻtkazish bilan emas, aniq metodik qoʻllanmalar asosida boʻlishi kerak. Bogʻcha bolalarida oʻzbek tiliga boʻlgan muhabbatni uygʻotish, kundalik soʻzlashuviga oʻzbek tilini olib kirishni nazarda tutishi kerak.
Bundan keyingi qadam, boshlangʻich sinflarda oʻzbek tili darslari soatini koʻpaytirish boʻlishi kerak, kamida 4 soat etib belgilanishi lozim. Bunda ham qatʼiy metodika boʻlishi kerakki, til kommunikativ maqsadlarga yoʻnaltirib oʻrgatilsin. Bu bosqichda yana bir jihat hisobga olinishi kerak, boshlangʻich sinfda rus tili va ingliz tili majburiy emas, fakultativ fanlar qatoriga oʻtkazilishi lozim, yaʼni oʻzbek, tojik, turkman, qozoq, qirgʻiz, qoraqalpoq kabi qardosh millat vakillari istasa ingliz tilini, istasa rus tilini oʻrgansin. Ikkisi ham majburiy boʻlmasin, ikkisi tanlov boʻlsin. Ishonchim komilki, sekin-astalik bilan ingliz tilini tanlaydiganlar soni ortib ketadi.
Ana undan keyin yuqori sinflarda ham oʻzbek tili soatlarini koʻpaytirish lozim boʻladi. Boshlangʻich sinflarda boʻlgani kabi yuqori sinflarda ham rus tili va ingliz tili tanlov fan boʻlishi kerak. Oʻquvchi faqatgina ikkitasidan birini tanlashi belgilanishi lozim. Bunday choralar bilan sekin-asta rus tiliga intiluvchilar sonini kamaytirsa boʻladi.
Bu qadamlar bilan bir qatorda allaqachon maktabni bitirib boʻlgan odamlar haqida ham oʻylash muhim, katta yoshli avlod oʻzbeklashishda yosh avlodga oʻrnak boʻlishi uchun ularning real ehtiyojlarini qondira oladigan oʻzbek tilli kontentlar koʻpaytirlishi lozim, masalan, rus millatiga mansub kishilar oʻz dini haqidagi bilimlarni ham oʻzbek tilida toʻliq topa olsin. Har bir tuman yoki mahallada maxsus oʻquv markazlari ochilishi kerakki, u yerda oʻzbek tili bepul oʻrgatilsin. Ana shulardan keyin har qanday davlat tashkiloti yoki aholi bilan ishlaydigan xoh davlat, xoh nodavlat tashkilotiga ishga kirish uchun oʻzbek tilini bilishni majburiy etib belgilasa boʻladi.
Oʻzbek tili boʻyicha oʻtkaziladigan tanlovlar sonini koʻpaytirib, ularning yutuq jamgʻarmalarini ham jozibador qilib qoʻyish kerak. Bunday tanlovlarning muntazamligi oʻzbek boʻlmagan odamlarning bu tilni oʻrganishiga boʻlgan ishtiyoqini uygʻotib turadi.
Yuqorida fikrlar xulosasi sifatida aytishim mumki, Alisher Qodirov aytganday, keskin choralarni qoʻllamay, yashirin tarzda, tanlov imkoniyatlarini saqlab qolgan holda ham oʻzbeklashtirish siyosatini amalga oshirish mumkin.
4-dekabrdan 15-dekabrgacha butun Oʻzbekiston boʻylab maktab o‘qituvchilarining malaka oshirishga bo‘lgan ehtiyojlarini diagnostikadan o‘tkazish jarayonlari boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan. Bu bilan A. Avloniy nomidagi MTI shugʻullanmoqda.
Demak, testning maqsadi o‘qituvchilarning malaka oshirishga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlash. Ammo testlarga nazar tashlasak, bu maqsadga erishilmayotgani yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Masalan, mana bu test:
Aytaylik, men bu testning javobini topdim (K.D. Ushinskiy), xo‘sh, bundan test o‘tkazuvchi tashkilot qanday xulosaga keladi? Bu test bilan mening qaysi ko‘nikmamni tekshirib ko‘rishdi? Pedagogik olimlarning aytgan gaplarini yodlab olish ko‘nikmamnimi? Bunday ko‘nikma o‘qituvchining kompetensiyalari qatoriga kirishini bilmas ekanman. Iltimos, bu test bilan sizning pedagogika bo‘yicha nazariy bilimingizni aniqlamoqchimiz deb chiqmanglar, chunki pedagogika bo‘yicha nazariy bilim deganda qaysidir olimning nima degani nazarda tutilmasligini hammamiz bilamiz. Demak, bu test iddao qilingan maqsad (malaka oshirishga bo‘lgan ehtiyojlarini diagnostikadan o‘tkazish)ga muvofiq emas.
Yuqoridagi test esa, nazarimda, xato tuzilgan. Chunki berilgan variantlarni hammasi u yoki bu tarzda o‘quvchining o‘zlashtirishiga ta’sir qilishi hech kimga sir emas. Menimcha, bu test qaysidir kitobdan olingan, biz endi o‘sha kitobning muallifi aytgandek javobni topishimiz kerakmi? Har bir kitobdagi qoidalarni so‘zma-so‘z yodlab yurishimiz kerakmi? Tajribali, o‘nlab yillar dars bergan o‘qituvchilar aytsin-chi, berilganlardan qaysi biri darsni o‘zlashtirishga ta’sir qilmaydi? Aytishingiz mumkin, “siz BEVOSITA ta’sir qiladiganini topishingiz kerak edi”, — deb, ammo yuqorida aytganimday, men kimningdir kitobidagi gaplarni so‘zma-so‘z yodlab olishim shart emas. Demak, test xato tuzilgan. Xato tuzilgan test esa maqsadga ham eltmaydi.
Quyida xato tuzilgan testga yana bir misol:
Butun mamlakat bo‘ylab diagnostika qilayotgan ekansiz, texnik jihatlarni ham to‘g‘rilab qo‘yishingiz kerak. Masalan, quyidagi testda texnik xatolar sabab testni yechishning imkoni yo‘q:
Shaxsan menga butun test davomida adabiyot faniga oid birgina savol tushdi:
Xo‘sh, bu bilan test o‘tkazayotgan tashkilot adabiyot bo‘yicha qanday kamchiligimni aniqlay oladi? Yoki buning Rauf Parfi ekanini bilishim mening adabiyot metodikasini bilishimni ham anglatadimi?
Ona tili fanidan berilgan testlar ham nuqul grammatikadan iborat. Birorta test ko‘rmadimki, til o‘qitish metodikasiga oid bo‘lsin.
O‘zi o‘qituvchilarning malaka oshirish ehtiyojlarini aniqlamoqchi bo‘lishsa, anonim so‘rovnomalar o‘tkazishlari lozim edi. Og‘zaki intervyular o‘tkazilishi kerak edi. O‘sha suhbatlarda ham yuqoridagilarga o‘xshash savollar emas, o‘qituvchi sifatida bilishi kerak bo‘lgan bilimlar yuzasidan savol berilishi kerak. Masalan,
Blum taksonomiyasini darsga singdirish nimasi bilan muhim?
O‘quvchining eslab qolgani / tushunganini aniqlash uchun qanday savollar berasiz?
O‘quvchi mavzu yuzasidan olgan bilimlarini qo‘llashi uchun siz nimalar qilasiz?
Doim vazifa bajarmay keladigan o‘quvchilar bilan qanday ishlaysiz?
Ta’lim standartidagi biror ko‘nikmani rivojlantirishga qaratilgan topshiriq(lar) yaratib bera olasizmi?
Ana shundagina o‘qituvchilarning real ehtiyojlarini ko‘rish mumkin bo‘ladi.
A. Avloniy nomidagi MTI testlar asosida kelib tushayotgan e’tirozlar o‘rganilgani haqidagi xabarlaridan birida shunday deydi: “Ko‘rib chiqish jarayonida platformaga joylashtirilgan testlar mazmun jihatdan testologiya talablari asosida shakllantirilgani aniqlandi”. O‘ylaymanki, maqolani o‘qirkansiz, ushbu iddaoning qanchalik to‘g‘ri ekanligi haqida o‘z xulosangizni chiqardingiz.
Shokir Tursun