Stories by Hamza Foziljonov on Medium
Barchangizga ma’lumki, 2014-yilning 19-fevral kuni Facebook 16 milliard dollar evaziga mashhur WhatsApp mobil messenjerini sotib oldi. Bunda, WhatsApp egalari 12 milliard dollarni Facebook aksiyalari bilan, qolgan 4 milliardni esa naqd pul ko‘rinishida oladi. Bundan tashqari, uning xodimlari kelasi to‘rt yil davomida ma’lum shartlar ostida jami 3 milliard dollar miqdorida moliyaviy ko‘mak olishi mumkin. Shunday qilib, WhatsApp’ni sotib olish Facebook’ka jami 19 milliard dollarga tushmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, Facebook asoschisi va rahbari Mark Sukerberg (Mark Zukerberg) WhatsApp rahbariyatiga messenjerni sotib olish taklifini 9-fevral kuni bildirgan ekan.
Eslatib o‘taman, shu kungacha WhatsApp’ning faqatgina bitta investori bor edi. Sequoia Capital fondi 2011-yil servisga 8 million dollar investitsiya kiritgandi. Ushbu xariddan so‘ng, mazkur fondning WhatsApp’dagi ulushi 3,5 milliard dollarga baholandi.
WhatsApp va Facebook
Mark Sukerberg o‘zining Facebook’dagi sahifasida yozishicha, WhatsApp’ning butun jamoasi Facebook’ka qo‘shiladi, ammo messenjer alohida mahsulot sifatida saqlanib qoladi. WhatsApp asoschisi Yan Koum (Jan Koum) esa Facebook direktorlar kengashidan joy oladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, WhatsApp foydalanuvchilari uchun hech narsa o‘zgarmaydi. Messenjerda reklama hech qachon paydo bo‘lmaydi. Ular, avvalgidek, messenjerdan bir yil davomida bepul foydalanishlari mumkin. Undan so‘ng esa, atigi 1 dollar evaziga servisdan bir yil foydalanish huquqini sotib olishlari mumkin.
WhatsApp hozirda faqatgina yuqorida aytilgan usul bilan pul topmoqda xolos. Messenjer asoschisining “Hech qanday reklamasiz” shiori o‘z kuchida qoladi.
Shu yilning 24-27 fevral kunlari Ispaniyaning Barselona shahrida bo‘lib o‘tgan hamda mobil qurilmalar va texnologiyalar sohasidagi yilning eng nufuzli tadbiri hisoblangan Mobile World Congress 2014 ko‘rgazmasida chiqish qilar ekan, Facebook asoschisi Mark Sukerberg WhatsApp messenjeri aslida 19 milliard dollardan ham qimmatga arzishini aytib o‘tdi.
Markning fikricha, WhatsApp u ko‘rgan mobil ilova-dasturlar ichida eng maftunkoridir. Uning so‘zlariga ko‘ra, WhatsApp endilikda foydalanuvchilari sonini 1 milliardga yetkazish yo‘lidan boradi. Uning “Biz WhatsApp foydalanuvchilarining xabarlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘maymiz, AQSH Milliy xavfsizlik agentligiga bu ma’lumotlarni bermaymiz” kabi gaplariga menga o‘xshab siz ham ishonmasangiz kerak.
Hammasi qanday boshlangan?
WhatsApp messenjeri 2009-yil 24-fevral kuni amerikalik Brayan Ekton va asli ukrainalik bo‘lgan Yan Koum tomonidan ishga tushirilgan. Ularning har ikkalasi ham ungacha Yahoo kompaniyasida ishlashgan.
Asli Ukrainada tug‘ilgan Yan Koum yoshligida AQSHga ko‘chib ketgach, Rossiya va Ukrainadagi qarindoshlari va tanishlari bilan aloqada bo‘lishga qiynalgan. WhatsApp’ga o‘xshagan messenjer g‘oyasi unda o‘shandayoq paydo bo‘lgan bo‘lsa ajabmas. U Yahoo kompaniyasidan ishdan ketiboq o‘z messenjeri ustida ishlarni boshlab yuborgan.
WhatsApp asoschilari: Yan Koum (chapda) va Brayan Ekton (o‘ngda)
Bilasizmi, bundan to‘rt yil avval WhatsApp asoschilaridan biri Brayan Ekton Yahoo’dan ishdan ketgach, ish izlab Facebook va Twitter kompaniyalariga murojaat qilgan. Ammo, ularning har ikkalasi ham uni ishga olishmagan edi.
Brayan Ektonning Twitter akkauntidan olingan skrinshot
Yan Koumning fikricha, reklama, o‘yin va boshqa hiyla-nayranglar foydalanuvchini asosiy narsa — muloqot qilishdan chalg‘itadi.
WhatsApp asoschisi Yan Koumning shiori: Hech qanday reklama! Hech qanday o‘yin! Hech qanday hiyla!
Bugungi kunda WhatsApp orqali kuniga 50 milliard dona xabar yuborilmoqda. Bu butun dunyo bo‘ylab jo‘natilayotgan SMS-xabarlar sonidan ham ko‘proqdir! Ta’kidlash joizki, siz WhatsApp orqali oddiy kulgich (☺) yoki “OK” so‘zini yuborsangiz ham u bitta xabar hisobiga o‘tadi.
Ajablanarli tomoni shundaki, WhatsApp shu kungacha marketing uchun bir dollar ham sarflamagan! Ularda hatto PR-mutaxassis ham yo‘q. Kompaniyadagi 50 ta xodimdan 32 tasi dasturchi (dasturchilardan ba’zilari Rossiyadan turib ishlar ekan).
Nima uchun WhastApp bunchalik qimmat?
Facebook sotib olgan paytda WhatsApp’ning oylik faol foydalanuvchilari soni 450 millionga teng bo‘lib, ularning 70 foizi messenjerdan har kuni foydalanishar edi. Kunlik yangi qo‘shilayotgan foydalanuvchilar soni esa 1 millionga teng. WhatsApp orqali bir kunda yuborilayotgan rasmlar soni 500 millionga teng bo‘lib, bu ko‘rsatkich Facebook’nikidan ham ortiq.
Xo‘sh, Facebook WhatsApp’ga nima uchun bunchalik katta pul taklif qildi? Ekspertlarning fikricha, birinchidan, Facebook “yangi Facebook” bo‘lmoqchi. Chunki, Google, Facebook va boshqa bir qator texnologik kompaniyalarning o‘sish sur’ati so‘nggi yillarda biroz pasayishni boshlagan edi. Facebook oldingilar qilgan xatoni takrorlamaslik uchun WhatsApp’ni katta pulga sotib olish orqali o‘z vaqtida strategik qarorni qabul qildi.
Ikkinchidan, desktopdan farqli o‘laroq, mobil sohasida ayni paytda “mutlaq g‘olib” mavjud emas. Bu yerda 4 ta muhim elementni qayd etish joiz:
1. Mobil ilova-dasturlar sizning manzillar, aloqalar kitobingizga kira oladi. Bu degani, ular foydalanuvchi haqidagi eng muhim ma’lumotni osonlikcha qo‘lga kirita olishadi;
2. Ular sizning fotogalereyangizga bevosita kira olishadi. Bu rasmlarni ulashishda qulaylikni keltirib chiqaradi;
3. Ilova-dasturlar mobil qurilmalarda push-bildirishnomalardan foydalanib, osonlikcha e’tiborni torta oladi;
4. Eng muhimi — dasturiy ilovalar sizning bosh ekraningiz yoki qo‘shimcha ekranlarga o‘zining yorlig‘ini (ikonkasini) joylashtira oladi.
Biroz tahlil qiladigan bo‘lsak, Facebook 2012-yilda Instagram uchun o‘z kapitallashuv darajasi, ya’ni bozor qiymatining 1 foizini to‘lagan edi — 1 milliard dollar. Hozir u WhatsApp uchun deyarli 10 foiz qiymatini to‘lamoqda. Shunday ekan, siz savolni “Nima uchun 19 milliard dollar?” deb emas, balki “WhatsApp haqiqatdan ham Facebook’ning 10 foiziga arziydimi” shaklida qo‘ying.
Xarid vaqtida WhatsApp foydalanuvchilari soni 450 million ekanligini hisobga olsak, Facebook bitta foydalanuvchini 35 dollarga baholagani kelib chiqmoqda. Eslatib o‘taman, Google ham YouTube’ni sotib olayotganda bitta foydalanuvchini shu atrofda baholagan edi. Biroq, Facebook’ning kapitallashuv darajasidan kelib chiqsak, u WhatsApp’ning har bir faol foydalanuvchisini 140 dollardan baholagani kelib chiqadi.
WhatsApp va uning raqobatchilari
Xabaringiz bor, Facebook WhatsApp’ni sotib olishidan oldinroq Yaponiyaning Rakuten kompaniyasi Viber messenjerini 900 million dollarga sotib olgan edi.
Mish-mishlarga ko‘ra, WhatsApp’ga qiziqish nafaqat Mark Sukerbergda, balki Google asoschilari Sergey Brin va Larri Peyjda ham bo‘lgan. Natijada, WhatsApp’ning narxi ancha ko‘tarilib ketgan.
Viber xaridi vaqtida unda ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar soni 300 millionga teng ekanligini hisobga olsak, uning bitta foydalanuvchisi atigi 3 dollarga baholanganini aytishimiz mumkin. Ammo, bir narsani esdan chiqarmangki, WhatsApp xaridi chog‘ida uning faol foydalanuvchilari soni 450 millionga teng bo‘lgan. Unda ro‘yxatdan o‘tganlar soni bu raqamdan ancha katta. Qolaversa, Facebook va Google o‘rtasidagi pinhona kurash ham WhatsApp bitta foydalanuvchisi narxining 35 dollargacha baholanishiga olib kelgan bo‘lishi mumkin.
Ba’zi tanqidchilarning fikricha, Viber so‘nggi vaqtlarda desktop versiyasi bilan o‘ralashib qolib, asosiy e’tibor — ovozli muloqotni esdan chiqarib qo‘yayotgan edi.
Yaponiyada ishlab chiqilgan, ammo Koreya kompaniyasiga qarashli Line messenjerida bugungi kunda jami 350 million foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan. Xitoyliklarning WeChat messenjerida esa oylik faol foydalanuvchilar soni 300 millionga yaqin. Aytgancha, WeChat messenjeri argentinalik futbol yulduzi Lionel Messi ishtirokida reklama roligini ham suratga olgan.
Yana bir mashhur messenjer — koreyslarning KakaoTalk messenjerida ham oz emas, ko‘p emas 100 million foydalanuvchi mavjud.
WhatsApp va uning raqobatchilari. Manba: App Annie
Agar WhatsApp ham o‘zining yaponiyalik raqobatchisi Line kabi bitta foydalanuvchidan 7 dollar daromad olganida, uning yillik daromadi 3,15 milliard dollarni tashkil qilgan bo‘lardi.
WhatsApp’ni sotib olgach, Facebook o‘zining Facebook Messenger servisi borasida ba’zi qarorlani qabul qildi. Jumladan, u 3-martdan boshlab ushbu messenjerning Windows operatsion tizimi uchun chiqarilgan desktop versiyasini yopadi.
WhatsApp’ga endi nima bo‘ladi?
Yuqorida ta’kidlanganidek, WhatsApp messenjeri Facebook tarkibida alohida mahsulot sifatida rivojlanishda davom etadi. Unda reklama paydo bo‘lmasligiga va’da berishmoqda. Ammo, kuzatuvchilarning fikricha, Facebook foyda olish maqsadida har qanday ishga qo‘l urishi ham mumkin.
Hech shubha yo‘qki, Facebook anchadan beri ijtimoiy tarmoq sohasida mutlaq yetakchilikni o‘zida saqlab kelmoqda. Kompaniya o‘zining innovatsiyalarini asosan yosh startaplarni sotib olish orqali amalga oshirishga o‘rganib qolgan. Xususan, u o‘z tarixida shu paytgacha 45 ta bunday xaridni amalga oshirgan. WhatsApp esa ularning ichida eng oxirgisi hamda eng qimmatga tushgani va eng muhimi — strategik xarid hisoblanadi.
Quyida Facebook haqida ba’zi raqamlarni keltirib o‘tsam. Facebook’ning rasmiy statistikasiga ko‘ra, 2013-yil 31-dekabr holatiga ijtimoiy tarmoqning mobil mahsulotlaridan foydalanuchilar soni oyiga 945 millionni tashkil qilgan. Xuddi shu vaqtda uning kunlik faol foydalanuvchilari soni esa 757 millionga teng bo‘lgan. Eng asosiysi, bu vaqtda Facebook’ning oylik faol foydalanuvchilari soni 1 milliard 230 millionga teng bo‘lgan.
Yaqinda, 24-fevral kuni WhatsApp o‘zining besh yoshini nishonlar ekan, uning bosh ijrochi direktori Yan Koum kompaniyaning ba’zi rejalari va yutqlari bilan o‘rtoqlashdi.
Shunday qilib, 2009-yil 24-fevral kuni ishga tushgan WhatsApp messenjerining oylik faol foydalanuvchilari soni oradan besh yil o‘tib 465 milliondan oshib ketdi. E’tibor qilsangiz, Facebook tomonidan sotib olinganidan so‘ng atigi 5 kun ichida uning faol foydalanuvchilari soni 15 millionga ko‘paygan.
Yana bir yangilik — shu yilning ikkinchi choragida WhastApp messenjerida ovozli qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish funksiyasi ham paydo bo‘ladi. Bu funksiya dastlab Android va iPhone smartfonlari egalari uchun paydo bo‘lsa, Nokia va BlackBerry foydalanuvchilari esa biroz sabr qilishiga to‘g‘ri keladi.
WhastApp kelajagiga oid ikki yo‘lni taxmin qilishimiz mumkin. Bittasi, u ham YouTube’ga o‘xshab yanada rivojlanib ketishi mumkin yoki uni ham MySpace taqdiri kutmoqda.
Eslatib o‘taman, YouTube videoservisi Google tomonidan sotib olingach, alohida mahsulot sifatida yanada tezroq rivojlana boshlagan. Bugungi kunga kelib uning foydalanuvchilari soni ham yetarli darajada ko‘p, juda yaxshi foyda ham olmoqda.
Xuddi o‘sha vaqtda News Corp tomonidan 580 million dollarga sotib olingan MySpace ijtimoiy tarmog‘i esa asta-sekin foydalanuvchilarini yo‘qotib, yakunda atigi 35 million dollarga sotib yuborildi.
Bir narsani aytishim mumkin, Mark Sukerberg ba’zilar o‘ylaganchalik ahmoq emas. U Instagram’ni sotib olgach, servisni yanada rivojlantirib, foydalanuvchilari sonini yanada oshirishga yordam berdi va berib kelmoqda. WhatsApp’ni esa undanda yaxshiroq kelajak kutib turganiga umid qilib qolamiz.
Sukerberg nimadan qo‘rqadi?
16 milliard dollar — bu, Facebook’da bor naqd pulning 35 foizi yoki uning bozor qiymatining 9,2 foizi demakdir. Ma’lumot uchun, Google o‘z vaqtida YouTube uchun o‘z bozor qiymatining 1,6 foizini, Android uchun esa 0,08 foizini to‘lagan xolos.
2012-yilda 1 milliard dollarga xarid qilingan Instagram Facebook’ka o‘z kapitallashuv darajasining 1 foiziga tushgan edi. Yaqinda uning Snapchat messenjeri uchun qilgan 3 milliard dollarlik taklifi rad qilinganligini inobatga olsak, Mark Sukerberg nimadandir havotirga tushib qolgan.
Quyidagi grafikda Facebook, Twitter va WhatsApp’ning ishga tushganidan keyin dastlabki to‘rt yil davomida foydalanuvchilari soni o‘sishi dinamikasi keltirilgan.
WhatsApp, Facebook va Twitter foydalanuvchilari sonining o‘sish dinamikasi. Manba: The Economist
Chizmadan ko‘rinib turibdiki, foydalanuvchilar sonining o‘sishi borasida WhatsApp messenjeri Facebook va Twitter’dan ancha ilg‘or ekanligi namoyon bo‘lmoqda.
Rostmi-yolg‘onmi, Google ham WhatsApp uchun 10 milliard dollar taklif qilganini eshitgach, Mark zudlik bilan narxni 16 milliard dollargacha ko‘tarishga majbur bo‘lgan. Dastlab 9-fevral kuni taklif bilan chiqqan bo‘lsa, oradan besh kun o‘tib 14-fevral kuni WhatsApp asoschisining uyiga tashrif buyurgan. Bu paytda Google Facebook’ning taklifi haqida ogohlantirilgan edi, chunki u bir necha million dollar evaziga WhatsApp’dan unga kimdir sotib olish taklifi bilan chiqsa, bu haqda birinchi bo‘lib xabardor bo‘lish huquqini sotib olgan edi.
Mobile World Congress 2014 ko‘rgazmasi chog‘ida Google vitse-prezidenti Sundar Pichai (Android va Chrome bo‘limi boshlig‘i) WhatsApp’ni sotib olish uchun Google kompaniyasi hech qachon 10 milliard dollarlik taklif bilan chiqmaganligini ma’lum qildi.
Facebook va WhatsApp o‘rtasida tuzilgan oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq, u messenjer foydalanuvchilarining ma’lumotini qo‘lga kiritadi. Xususan, Facebook messenjer foydalanuvchilarining mobil telefon raqamlari, IP-manzillari, yuborilgan linklar, WhatsApp orqali brauzerga o‘tib ketilgan linklar, cookie ma’lumotlari. U hatto foydalanuvchilarning yozishmalar tarixini ham ko‘ra olishiga shubha qilmayman.
WhatsApp foydalanuvchilar haqida judayam ko‘p narsani biladi: telefon raqami, qanday raqam egalari bilan muloqot qilgan, qachon muloqot qilgan. Facebook bu kabi ma’lumotlarni o‘zining ijtimoiy grafini (social graph) yaxshilashga, pirovardida esa reklamalarni to‘g‘ri yo‘naltirishda ishlatishi mumkin. Eng yomon holatda esa, bu ma’lumotlarni AQSH hukumatiga berishi mumkin.
Ommaviy axborot vositalarida bir necha bor o‘smirlar va yoshlar Facebook’dan ketib, boshqa ijtimoiy servislarga o‘tib ketayotgani haqida yozishgandi. O‘sha yoshlar bugungi kunda WhatsApp, Snapchat kabi messenjerlarda yurishibdi. Shuning uchun ham Mark Sukerberg havotirga tushib qolgan bo‘lsa ajab emas.
Markning vatani hisoblangan AQSHda WhatsApp unchalik mashhur emas. Amerikada odamlar tezkor xabar almashish uchun ko‘proq Skype va Facebook Messenger’dan foydalanishadi. Bundan tashqari, WhatsApp ba’zi mintaqalarda yirik raqobatga duch kelmoqda. Xususan, Yaponiyada — Line, Janubiy Koreyada — KakaoTalk, Xitoyda — WeChat va Rossiyada — Vkontakte.
Facebook Instagram’ni sotib olishdan avval har ehtimolga qarshi o‘zining Facebook Camera ilova-dasturi ustida ishlagan. Keyinchalik Snapchat messenjeri ommalashib ketdi, u orqali yuborilayotgan rasmlar soni hatto Facebook’nikidan ham o‘tib ketdi. Facebook uni sotib olish uchun 3 milliard dollarlik taklif bilan ham chiqqan, ammo taklif rad etilgandi.
Bugungi kunda WhatsApp foydalanuvchilari kuniga o‘rtacha 500 milliondan ortiq rasm yuborishmoqda. Bu rasmlar omma uchun ochiq bo‘lmasa-da, u Snapchat (kuniga 400 million), Facebook (350 million) va Instagram (55 million) orqali yuborilayotgan rasmlar sonidan ko‘proq.
Sukerbergning asosiy havotiri shundaki, u Facebook boshlagan narsa — rasm ulashish borasidagi yetakchilikni birovga berib qo‘yishni xohlamaydi.
WhatsApp va O‘zbekiston
WhastApp’ning O‘zbekistondagi o‘rni haqida gapirar ekanman, uni Odnoklassnikidan keyingi o‘ta muvaffaqiyatli servis deb atagan bo‘lardim. O‘zbekiston bozori o‘zining bashorat qilib bo‘lmasligi bilan ajralib turadi. Biror servisning o‘xshab ketishini oldindan taxmin qilish juda qiyin. Ammo, Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘i O‘zbekistonda bunchalik mashhur bo‘lib ketganini o‘zlari ham kutmagani aniq.
Bugungi kunda WhatsApp’ni ham xuddi shunday muvaffaqiyat kutib turibdi desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki, WhastApp’dan foydalanish judayam oson, yangi akkaunt ochish uchun hech qanday e-mail, login yoki parol kiritish talab qilinmaydi. Aynan shu narsa o‘zbekistonlik foydalanuvchilar uchun judayam muhim element hisoblanadi. Ammo, WhatsApp’ning O‘zbekistondagi bunday muvaffaqiyati yoki muvaffaqiyatsizligi unga zarracha ham ta’sir qilmasa kerak. Hatto, O‘zbekistondan kuniga 2-3 million odam WhatsApp’dan foydalangan taqdirda ham ular messenjerning o‘zbekcha versiyasini chiqarishmaydi. Hechqisi yo‘q, juda bo‘lmasa o‘sha paytda o‘zimiz ularga xat yozib, tekinga tarjima qilib berishni taklif qilarmiz balki.
Bizning aksariyat Internet foydalanuvchilarimiz e-mail nimaligini bilmaydi yoki bilganida ham undan foydalanishmaydi. O‘z vaqtida Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘ida ham ro‘yxatdan o‘tish uchun telefon raqami va parolni kiritish kifoya qilganligi bois, u foydalanuvchilar orasida tez ommalashib ketgan. WhatsApp misolida esa parol ham shart emas, shunchaki telefon raqamini kiritib, unga kelgan kod kiritilsa bas.
O‘zbekistonlik foydalanuvchilar orasida yangi “vatsaplashmoq” (vatsaplashmoq — WhatsApp messenjeri orqali xabar almashish) so‘zining muomalaga kiritilgani ham messenjerning qanchalik mashhur ekanligidan dalolat beradi. Qolaversa, estradamiz vakillari WhatsApp haqida qo‘shiq kuylashga ham ulgurishdi. WhatsApp orqali tarqalib, xitga aylangan “Salom gruppadagilar” seriyasidagi videolar asosida ishlangan film esa oshib tushdi.
Yaqinda bo‘lib o‘tgan Beeline aloqa operatori mojarosi ham WhatsApp’ning mamlakatimizda qanchalik ommalashib ketganligini isbotlab berdi. O‘shanda Beeline’ning yopilishi haqidagi spam-xabarlar asosan ushbu messenjer orqali tarqatilgan edi.
Shu o‘rinda Beeline haqida WhatsApp orqali yuborilgan spam-xabarlar haqida bir-ikki narsani aytib o‘tmoqchiman. Dastlab, Beeline rasmiy vakili WhatsApp’ni reklama ko‘rinishida trafik yeyishi haqida xabar qilib, mening fikrimcha, o‘z obro‘siga yarashmaydigan ish qildi. Oradan biroz vaqt o‘tib, Beeline’ning yopilishi haqidagi yolg‘on xabarlar aynan WhatsApp orqali tezlik bilan tarqaldi. O‘shanda ijtimoiy tarmoqlarda ba’zi foydalanuvchilar hazillashib, bu voqeani WhatsApp uyishtirayotgan bo‘lmasin, degan taxminlarni ham qilishdi.
Menimcha, Beeline o‘sha spam-xabarlarning tarqatilishini to‘xtatish uchun WhatsApp’dan rasman yordam so‘ragan. Bu narsa WhatsApp’ga unchalik katta qiyinchilik tug’dirmaydi, shunchaki kalit so‘zlarni kiritib, o‘sha so‘zlar ishtirok etgan xabarlarning yuborilishini to‘xtatib qo‘ysa bas.
Beeline va WhatsApp o‘rtasida tuzilgan hamkorlik shartnomasiga kelsak, u biz kabi oddiy foydalanuvchilar uchun hech qanday ahamiyatga ega emas. Beeline ushbu kelishuvni kelajakda yuqoridagiga o‘xshash holatlarning oldini olish maqsadida o‘zining “himoya yostig‘i” sifatida qildi xolos.
O‘zbekistonda WhatsApp kabi xorijiy messenjerlarga muqobil servislar ishlab chiqilmoqda. Ulardan biri Muloqot egalari tomonidan chiqarilgan Gap messenjeridir. Har doimgidek, ko‘pchilik uning muvaffaqiyatiga shubha bilan qaramoqda, ularning qatorida men ham borman. Lekin, 1-mart kuni bo‘lib o‘tgan StartupMix tadbirida messenjer egasi Farhod Fayzullayev o‘zining ba’zi rejalari bilan o‘rtoqlashdi. Umid qilamanki, o‘sha rejalar o‘z samarasini berib, o‘zimizning mahalliy messenjerdan foydalanadiganlar soni ko‘payadi.
O‘zbekistonda ishlab chiqilayotgan ijtimoiy servislarning foydalanuvchilar orasida yaxshi qabul qilinmasligiga asosiy sabablardan biri ularning O‘zbekiston kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgani deb o‘ylayman. Chunki, foydalanuvchilarimiz orasida bitta tushuncha bor — agar O‘zbekistonnikidan foydalansam, hukumat mening shaxsiy ma’lumotlarimni osonlikcha qo‘lga kiritadi, kim bilan gaplashganman, nima deganman, hammasini o‘qiydi. Nima, Amerika hukumati sizning ma’lumotlaringizga tegmaydi deb o‘ylaysizmi?!
Quyida sizlarning e’tiboringizga qanday qilib Android uchun eng mashhur video pleyer hisoblangan MX Player ilova-dasturining tillari qatoriga o‘zbek tilini ham qo‘shishga muvaffaq bo‘lganim haqida aytib bermoqchiman.
Eng avvalo, MX Player dasturi haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tsam. MX Player video pleyeri o‘zining ajoyib dizayni, innovatsion xususiyatlari hamda juda ko‘plab video formatlarini qo‘llab-quvvatlashi bilan Android qurilma egalarini o‘ziga jalb qilib kelgan. Ayni paytda ushbu dasturdan foydalanuvchilar soni butun dunyo bo‘ylab 100 millionga yaqin.
Google Play’dan olingan skrinshot
Ko‘p holatlarda smartfon yoki planshetning o‘ziga ishlab chiqaruvchi tomonidan avvaldan o‘rnatilgan video pleyer dasturi ba’zi video fayllarni o‘qiy olmaydi yoki qiyinchilik bilan o‘qiydi. Qolaversa, undagi boshqaruv tugmalari — videoni qo‘yish, to‘xtatish, oldinga/orqaga o‘tkazish, avvalgi/keying videoga o‘tkazish kabi tugmalar menga o‘xshagan erinchoq foydalanuvchilar uchun biroz noqulaylik tug‘diradi. Bu kabi muammolarning yechimini shaxsan o‘zim MX Player pleyeri misolida ko‘rdim.
MX Player dasturining qanchalik yaxshi ekanligiga foydalanuvchilar tomonidan qo‘yilgan baholar ham guvohlik berishi mumkin. Shu paytgacha ushbu dasturga Google Play internet-do‘konidan 1 milliondan ortiq odam baho bergan bo‘lib, uning o‘rtacha bahosi 5 baholik tizimda 4,5 ga yaqin.
Google Play’dan olingan skrinshot
MX Player video pleyeri o‘zbekistonlik Android qurilma egalari orasida ham ancha mashhur. Bu gapimga uning Google Play internet-do‘konining O‘zbekiston segmentiga oid reytingidagi o‘rni ham isbot bo‘lishi mumkin.
O‘zbekiston bozori bo‘yicha yuqoridagi reytingga qaraydigan bo‘lsak, MX Player dasturi top-20 ro‘yxatdan mustahkam joy egallab olgan.
Google Play’dan olingan skrinshot
Hozirgi kunda shaxsan o‘zim ham, yangi ochgan firmamiz ham dasturiy mahsulotlar, umuman axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid hujjatlarni o‘zbek tiliga tarjima qilish bo‘yicha autsorsing xizmatlarini ko‘rsatayotgani bois o‘zimga tarjima sohasida yaxshi portfolio qilib olishim zarur edi. Shu maqsadda men MX Player dasturini tanladim. Bu bilan o‘zimcha bir o‘q bilan ikki quyonni urmoqchi bo‘ldim: ham o‘zimga portfolio uchun bitta mahsulot, ham yaxshigina dasturning o‘zbekcha versiyasi paydo bo‘ladi.
Tarjimani boshlash uchun dasturning ishlab chiqargan odamlar bilan bog‘lanish zarur edi. Smartfonimda MX Player dasturini ochib, uning sozlamalaridan “About” (Dastur haqida) degan joyini topdim. Baxtimga o‘sha yerda dasturni boshqa tillarga tarjima qilish uchun link berilgandi. Link orqali kirib, har xil dasturlarni jahonning turli tillariga ko‘ngilli ravishda jamoaviy tarjima qilish portalini topdim.
MX Player egalari xuddi men kelishimni bilganidek dasturning o‘zbekcha tarjimalari uchun loyihani allaqachon ochib qo‘yishgan ekan. Biroq, tarjimalar hali boshlanmagandi. Keyin, ishga astoydil kirishib ketdim. Tarjimalarni asosan ishdan bo‘sh vaqtimda (o‘sha paytlari bo‘sh vaqtim ko‘proq edi) qildim. Tarjimalarning kata qismini o‘zim qilgan bo‘lsamda, ba’zi muammoli tushunchalarni tarjima qilishda menga Facebook’dagi iTarjimon guruhi faollari yordam berishdi.
MX Player dasturini o‘zbek tiliga tarjima qilish jarayoni
Taxminan bir oy deganda tarjima tayyor bo‘ldi. Bu haqda dastur egalariga xabar qilgan edim, tarjimalarni tekshirishim uchun dasturning o‘zbekcha tarjimalar kiritilgan sinov versiyasini yasab berishdi. Bu narsani dasturchilar tilida “test build” deyiladi.
MX Player veb-saytidan olingan skrinshot
O‘zbekcha tarjima qo‘shildi.
Umumiy sozlamalar ichiga tilni tanlash menyusi qo‘shildi. Interfeys tili qurilmadagi tizim tilidan mustaqil ravishda o‘zgartirilishi mumkin.
Sinov versiyani kata ishtiyoq bilan ko‘chirib olib, uni smartfonimga o‘rnatdim. Ammo, shu yerda bitta kichik muammocha paydo bo‘lib qoldi. MX Player dasturining tilini dastur orqali o‘zgartirishning ilojisi yo‘q ekan. Hayronman, shu paytgacha bu narsaga hech e’tibor qilmagan ekanman. Dasturni qurilmangizga o‘rnatganingizdan so‘ng, qurilma qaysi tilda bo‘lsa, MX Player dasturining ham o‘sha tildagi versiyasi ko‘rinardi. Masalan, sizning smartfoningizda tizim tili ruscha bo‘lsa, MX Player ham avtomatik ravishda interfeys uchun rus tilini tanlar ekan.
Baxtga qarshi, Google chiqargan toza Android operatsion tizimida o‘zbek tili hali mavjud emas. Samsung, LG kabi ba’zi ishlab chiqaruvchilar o‘z qurilmalariga o‘zbek tilini qo‘shgani bilan, tarjima sifati unchalik yaxshi bo‘lmagani bois foydalanuvchilar ingliz yoki rus tilidan foydalanishni afzal ko‘rishadi.
Shu paytda aqlimga bir fikr kelib qoldi. MX Player egalariga dastur sozlamariga tilni o‘zgartirish menyusini ham kiritish borasida taklif bildirdim. Ne ajabki, bu taklifimga ular ijobiy javob berishdi. MX Player dasturning yangi versiyasidan boshlab tizim tili qanday bo‘lishidan qat’i nazar dastur tilini bemalol o‘zgartirish uchun sozlamalarga tilni o‘zgartirish menyusini qo‘shib qo‘yishdi.
Men va MX Player egalari o‘rtasidagi yozishma
Men: Bilishimcha, MX Player tizim tilini avtomatik ravishda aniqlaydi hamda dasturning unga mos versiyasini ko‘rsatadi. Ammo, Sozlamalar ichida tilni o‘zgartirish menyusi yo‘q. Kelajakda bunday funksiyasini qo‘shmoqchimisizlar?
MX Player: Umumiy sozlamalar ichiga tilni tanlash menyusi qo‘shildi. Quyidagi sahifadan eng so‘nggi sinov versiyasini olib, tekshirib ko‘ring.
Shunday qilib, MX Player ilova-dasturining 2014-yil 12-fevral kuni chiqarilgan 1.7.24-versiyasidan boshlab interfeys uchun o‘zbek tili ham qo‘shildi. Dasturning ushbu versiyasini smartfonimga o‘rnatib, uni ochishim bilanoq, quyidagi ma’lumotni ko‘rib ko‘zim quvonib ketdi:
MX Player dasturidan olingan skrinshot
Hamza Foziljonovning xizmatlari evaziga 1.7.24-versiyaga o‘zbek tili qo‘shildi.
Dasturning o‘zbekcha tarjimasi ideal darajada qilingan deya olmayman. Lekin, uni amalga oshirishda qo‘limdan kelgan barcha ishni qildim. Marhamat, MX Player dasturining o‘zbekcha versiyasini ham ishlatib ko‘ringlar. Tarjimalar borasida firk va mulohazalaringiz, tanqid va takliflaringiz bo‘lsa bemalol hamza.foziljonov@gmail.com manzilidagi elektron pochtamga yozishingiz mumkin.
Dasturning keying versiyalarida ham o‘zbekcha tarjimalarni yaxshilab borishga harakat qilamiz. Bunda albatta sizlarning ham yordamingiz zarur. MX Player dasturini Google Play internet-do‘konidan bepul ko‘chirib olish uchun mana bu link ustiga bosing.
Hozirda yana bir nechta dasturning o‘zbekcha tarjimasi ustida ish olib bormoqdaman. Tayyor bo‘lishiga siz foydalanuvchilarga albatta xabar qilaman.
P.S. Hozirda men tarjima qilayotgan dasturlardan biri nafaqat Android, balki iOS va Windows platformalari uchun ham chiqarilgan.
MX Player dasturining o‘zbekcha versiyasidan olingan skrinshotlar:
Facebook kelasi hafta o‘zining 10 yoshini nishonlaydi. Mark Sukerberg va uning bir nechta do‘stlari tomonidan Garvard yotoqxonasida yaratilgan TheFacebook.com sayti 2004-yil 4-fevral kuni dunyoga kelgan. O‘tgan 10 yil davomida ijtimoiy tarmoqning a’zolari soni 1 milliard 100 million kishidan oshib ketdi.
Nufuzli TIME nashri umringizning qancha qismini Facebook’da o‘tkazganingizni hisoblovchi ajoyib vaqt mashinasini ishlab chiqdi.
Unga ko‘ra, bir kishi kuniga o‘rtacha 17 daqiqa vaqtini Facebook’da o‘tkazar ekan.
To‘g‘ri, Facebook’ning o‘zida ham qancha vaqt ijtimoiy tarmoqda o‘tirganingizni hisoblab beruvchi bir nechta applar mavjud, lekin ularning birortasigayam ishonmayman. Chunki, Facebook’ning o‘zi bu haqdagi ma’lumotlarni hech kimga (AQSH hukumatidan tashqari ☺) oshkor qilmaydi.
TIME nashri esa sizning ijtimoiy tarmoqqa a’zo bo‘lgan vaqtingiz, unga biror narsa yozgandagi vaqt oraliqlarini hisobga olib, o‘zlarining vaqt mashinasini ishlab chiqishgan. Menimcha, ushbu vaqt mashinasi ko‘rsatgan raqam haqiqatga biroz yaqinroq bo‘lsa kerak.
Vaqt mashinasining ko‘rsatishicha, 2012-yilning 2-aprelidan beri umrimning 7 kun 20 soat 42 daqiqasi to‘lig‘icha Facebook’da o‘tgan ekan. Adashmasam, Facebook’ka 2009-yilda a’zo bo‘lganman. Vaqt mashinasi ishga tushgan paytda Facebook yoki TIME serverlarida trafik ko‘payib ketgan shekilli, bu sanadan oldingi hisob-kitoblarni amalga oshira olmadi.
Marhamat, siz ham mana bu link orqali kirib, umringizning qancha qismi Facebook’da o‘tganligini hisoblashingiz mumkin.
Bugungi kundagi “blog” tushunchasi inglizcha “web log” — “veb-kundalik” birikmasidan kelib chiqqani ko‘pchilikka ma’lum bo‘lsa kerak. Bu ibora boshida “web log”, keyinroq “weblog” holida qo‘llanilgan bo‘lsa, ko‘p o‘tmay “blog” holiga kelgan.
Demak, blog — bu, onlayn-kundalik. Blogger esa uni yuritadigan odam. O‘z-o‘zidan, bloggerlik degani blog yuritish ekanligi kelib chiqadi.
Foto: YuryZap | Shutterstock.com
Yaqinda Lifehacker.ru saytida bloggerlik haqida judayam yaxshi maqola chiqib qoldi. Uni o‘zbekchaga tarjima qilib, o‘z fikr va dalillarim bilan boyitib, quyida sizlarning e’tiboringizga havola qilmoqchiman.
Jastin Xoll va Yoren Barger (“weblog” so‘zini o‘ylab topishgan) o‘zlarining onlayn-kundaligini yuritishni boshlaganida, oradan bir necha yil o‘tib, blog yuritish shunchaki qiziqish yoki xobbi emas, balki biznes, hatto alohida kasbga aylanishi mumkinligi haqida o‘ylab ko‘rmagan ham bo‘lsa kerak.
Buning ustiga bloggerlik juda ajoyib kasb. Balki, dunyodagi eng yaxshi kasbdir. Nimaga deysizmi? Javobni quyidan izlang.
1. Bloggerlar — kuchli raqobatchilardir. Internetda millionlab bloglar mavjud. Birgina WordPress.com blog platformasida ishlovchi bloglarning soni 75 millionga yaqin (2014-yil 27-yanvar holatiga). Bundan tashqari yana Blogger, Tumblr va boshqa yirik blog platformalari ham mavjud. Shaxsan o‘zim ayni paytda foydalanib turgan Medium servisi ham yaqinda paydo bo‘lgan blog platformasidir.
Agar dunyodagi eng mashhur bloglar haqida bilishni xohlasnagiz, unda nufuzli Technorati reytingiga murojaat qilishingiz mumkin.
Agar blogger judayam tor sohada ijod qilsa ham, unga albatta raqobatchi topiladi. Ularning orasida eng yaxshisi bo‘lish uchun tinmay mehnat qilish lozim.
Xususan, ayni paytda o‘zbek bloggerlari o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan chempionatda ham ikkinchi turga kelib raqobat qanchalik kuchli tus olganining guvohiga bo‘lishingiz mumkin. Chempionatning birinchi turi saralash sifatida o‘tkazilgani uchun unda ishtirok etgan 116 ta bloggerdan kimdir o‘zining eski maqolasi yoki blog posti bilan ishtirok etgan bo‘lsa, kimdir shosha-pisha yozgan nimarsasini taqdim qildi. Yana kimlardir boshidanoq yangi narsa yozishga kirishib, uni o‘quvchilarning ixtiyoriga havola qildi.
O‘zimga kelsak, dangasalik qilib birinchi tur tugaydigan kun bir soat ichida yozgan narsam bilan ishtirok etdim. Biroq, mana ikkinchi turga kelib tanlovda qolgan 64 ishtirokchi uni jiddiy olishga kirishdi. Natijada, bir-biridan ajoyib, bir-biridan mazmunli va foydali blog postlar tayyor bo‘la boshladi.
2. Bloggerlar — universal odamlardir. Mualliflik blogi — bu, mini-gazeta demakdir. Unda faqatgina bitta xodim ishlaydi xolos. Bloggerning o‘zi ham muallif, ham tuzatuvchi, ham muharrir, ham verstkachi bo‘ladi. Ko‘p hollarda, maqolani o‘qigan o‘quvchi uning ortida qanchalik mehnat yotganini his qila olmaydi, hatto bittagina “layk”ni ham qizg‘onadi.
Grammatika, uslubshunoslik, HTML, SEO, dizayn va hatto, psixologiya — yaxshi blogger bu sohalarning har biridan oz-moz bilimga ega bo‘lishi lozim.
Men taniydigan, biladigan bloggerlar orasida Farhodjon Chinberdiyev, Davronbek Tojialiyev, To‘lqin Yusupov va yana bir necha kishini universal bloggerlar deyishimiz mumkin.
3. Bloggerlarning — yuqori kompyuter savodxonligiga ega odamlardir. Agar blog muallifi uchun eng asosiysi — yaxshi yozish, deb o‘ylasangiz, adashasiz. To‘g‘ri, orfogorafik va tinish belgilari bo‘yicha savodxonlik ham kam ahamiyatga ega emas, lekin bundan tashqari blogger texnikani ham yaxshi tushunishi lozim. Agar gap shaxsiy blog haqida ketsa, bloggerning oldiga hech kim kelib, uning blogini tekinga sozlab bermaydi. Shuning uchun ham blogger dasturlash, veb-dizayn, qidiruv tizimlari va ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlash sohalarida ham yetarlicha bilimga ega bo‘lishi lozim. Bundan tashqari, bloggerga o‘z blogini spam yoki fishing-hujumlardan ham himoya qilishni bilishi ham zarar qilmaydi.
Taxminimcha, UzBloggerlar tanlovida ishtirok etayotgan bloggerlarning ko‘pchiligi Blogger, LiveJournal, Tumblr, Medium kabi tayyor platformalarda yangi blog ochib, uni qanday qilib o‘ziga moslashtirishni biladi. Shuning o‘ziyoq ularning kompyuter savodxonligi yuqori ekanligini ko‘rsatib beradi. Ammo, yana shunday bloggerlar mavjudki, ular blog uchun domen sotib olish, xostingni sozlash, unga WordPress, Drupal yoki Joomla kabi kontentni boshqarish tizimlarini o‘rnatish, tayyor andozalarni qanday qilib o‘ziga moslashtirish, hatto interfeysni o‘zbekchaga tarjima qilishni ham bilishadi. Bunday bloggerlar oldida ta’zim qilsang arziydi.
4. Bloggerlar — marketing gurularidir. Maqola yozildi, blogda e’lon qilindi, bo‘ldimi? Aslo unday emas! Blog mo‘ljallangan auditoriya uni o‘qishi uchun blogger internet-marketing strategiyalarini o‘rganadi: qidiruv tizimlari uchun optimallashtirish, ijtimoiy tarmoqlarda targ‘ib qilish, matnli reklama… Bularni maktabda yoki universitetda o‘qitishmaydi. Dunyoning qaysidir bir burchagida yashovchi hamda kulinariyaga oid blog yurituvchi uy bekasi yuqoridagilarni o‘zi o‘zlashtirishi lozim.
Maqtanishmasku, lekin men o‘zimni eng avvalo shu toifa bloggerlarga qo‘shgan bo‘lardim. Internet-marketing — mening sevimli ishim. Xudoga shukrki, kamina Facebook, Twitter kabi ijtimoiy tarmoqlarda o‘zining obro‘siga va o‘quvchilariga ega bloggerlardan sanaladi.
5. Bloggerlar — tavakkalchilardir. Blogosferadagi muvaffaqiyat ko‘pincha oddiy tavakkalchilikdan boshlanadi. Ammo, yo‘l-yo‘lakay uni rivojlantirish uchun ko‘proq e‘tibor qaratish lozim bo‘ladi. Bloggerlar o‘ziga yoqmaydigan yoki amakisining firmasidagi ishni tashlab, o‘zi pul topishga kirishadi. Aynan shu lahzadan boshlab blogger tadbirkorga aylanadi. Barcha moliyaviy risklarni o‘z bo‘yniga oladi. Eng katta muammo shundaki, blogger o‘z blogini foydaga chiqara oladimi?
AQSH, Yevropa hamda Osiyoning ba’zi mamlakatlarida blog yuritib, keyinchalik yirik kompaniyaga aylanib ketgan tajribalar juda ko‘p. Bilasizmi-yo‘qmi menga noma’lum, lekin The Huffington Post, Mashable, TechCrunch kabi internet-nashrlar ham boshida oddiygina blog sifatida ish boshlagan. Bugungi kunga kelib esa ular bir necha million dollalrik kompaniyalarga aylanishdi.
Xususan, O‘zbekiston sharoitida blog yuritib, undan foyda olayotgan odamlarni topish biroz qiyinroq. Lekin, shaxsiy blog vositasida o‘z xizmatlariga mijoz jalb qilayotganlar ancha-muncha topiladi.
6. Bloggerlar — biznesmenlardir. Yuqorida pul haqida gap ochgandik. Blogger o‘z blogidan foyda olishi uchun u biznesmen bo‘lishi darkor. Mijozlarni qidirish, sotuv, reklama — bularning barchasi biznes yuritishning elementlari hisoblanadi. Boshida oddiygina shaxsiy blog sifatida ochilgan bloglar, bugungi kunda yirik biznes loyihalariga ham aylanib ketgan.
7. Bloggerlar — yaxshi boshqaruvchilardir. Ular o‘z vaqtini to‘g‘ri taqsimlay bilishi lozim. Blogger o‘z vaqtini to‘g‘ri rejalashtira olsagina, uning blogi doimiy ravishda yangilanib turadi. Aggar blog jamoaviy yoki korporativ bo‘lsa, uning rahbari jamoani boshqarib turishi kerak bo‘ladi: muallif va kontent-menejerlarni qidirish va ishga yollash, uydan turib ishlashni tashkillashtirish hamda uni nazorat qilish. Blogger har kuni boshqaruvga oid ko‘plab muhim qarorlarni qabul qiladigan odamdir.
Yaxshi bloggerlardan yaxshi boshqaruvchilar chiqishiga shubham yo‘q. Buning teskarisining amalga oshishi esa sal qiyinroq bo‘lsa kerak.
8. Bloggerlar — ijodkorlardir. Qobiliyatli inson har sohada qobiliyatli bo‘ladi. Bu ibora to‘lig‘icha bloggerlarning xususiyatlariga to‘g‘ri keladi. Internetda qiziq narsalar haqida yozadiganlar kam. Hatto, faqat matn asosiga qurilgan bloglarda ham foto va video-materiallar bo‘lishi tabiiy. Shuning uchun ham, bloggerlar o‘z qobiliyatini yozuvchilik, rasm, video va boshqa sohalarda ham sinab ko‘radigan ijodkorlar bo‘lishadi.
UzBloggerlar tanlovi ishtirokchilari orasidan Xurshidbek Muhammadroziqov o‘z blog postlarida turli rasmlarga ishlov berib, ulardan oqilona foydalanishda ko‘pchilikka o‘rnak bo‘lishi mumkin.
9. Bloggerlar — tadqiqotchilardir. Shunchaki “Internet — foydali” yoki “Internet — foydasiz” deyish yaxshimas. Buni isbotlash kerak. Buning uchun blogger izlanish olib borishi, statistik ma’lumotlarni yig‘ishi, so‘rov o‘tkazishi va h.k. ishlarni amalga oshirishi lozim. Yaxshi blogger o‘z pozitsiyasini argumentlar bilan ko‘rsatib bera oladi.
Zo‘r tadqiqot olib boradigan o‘zbek bloggerlari ichida Xushnudbek Xudayberdyevning o‘rni alohida. U o‘zining huquqiy va ijtimoiy mavzularga bag‘ishlangan blogida masalani ipidan ignasigacha o‘rganib, mayda qismlarigacha e’tibor qaratadi. Ko‘proq ijtimoiy-siyosiy mavzularda yozuvchi Shermuhammad Abdugapirovni ham zo‘r tadqiqotchi bloggerlar sirasiga kiritgan bo‘lardim.
10. Bloggerlar — bilim ulashuvchilardir. Biror odamning kundalik hayoti haqidagi onlayn-jurnal hech kimga kerak emas. Odamlar yangi bilimlarni beradigan resurslarni o‘qishni xohlaydi.
UzBloggerlar chempionatiga taqdim etilgan blog postlarni o‘qib chiqayotib, Odilbek Hakimov degan ishtirokchining koreys tilini o‘rgatishga mo‘ljallangan blogini o‘zim uchun brauzerimdagi xatcho‘plar qatoriga qo‘shib qo‘ydim. Blogger uchun uning blogini kimdir o‘zining saralangan ro‘yxatiga yoki xatcho‘plar orasiga qo‘shishi juda katta natija bo‘lsa kerak deb o‘ylayman.
11. Bloggerlar — jamoat fikrini shakllantiruvchilardir. Blog — muhokama uchun maydondir. U shunday joyki, har kim biror mavzu yuzasidan o‘zining pozitsiyasini erkin bildirishi mumkin. Bloglar — odamlarning ongi va kayfiyatiga kuchli ta’sir etkazuvchi vositalardir. Shou-biznes va siyosat vakillari bekorga bloggerga aylanib qolishgani yo‘q.
O‘zbek bloglari orasidagi eng og‘riqli nuqta aynan shu band bilan bog‘liq. Blogger uchun moliyaviy foydadan tashqari unga yana yozishda davom etishi uchun turki bo‘ladigan yagona narsa bu — o‘quvchilarning e’tirofi va e’tiboridir. Biror blog postni o‘zingiz uchun foydali deb hisoblasangiz, uni ijtimoiy tarmoqlarda boshqa do‘stlaringizga ham tavsiya qiling. Ko‘tarilgan mavzu yuzasidan fikr va mulohazalaringiz bo‘lsa, hech ikkilanmay bildiring. Eng kamida rahmat aytib qo‘ysangiz ham blogger o‘zida yo‘q xursand bo‘lib, navbatdagi blog postni yozishga kirishib ketadi.
Taxminimcha, o‘zbek bloglari orasida eng ko‘p fikr bildiriladiganlari sport saytlari doirasida ochilgan bloglar bo‘lsa kerak. Chunki, aynan sport saytlarida foydalanuvchilar tomonidan eng ko‘p fikr bildiriladi. Aynan o‘sha saytlarda eng ko‘p rahmat aytiladi, eng ko‘p fikr o‘rtaga tashlanadi, eng ko‘p so‘kinishlar ham ularda.
Xususan, Qahramon Aslanov, Shuhrat Shokirjonov, Hasanali ota va boshqalarning sportga oid blogi o‘quvchilarning fikru mulohazalari bilan to‘lib toshgan.
12. Bloggerlar — tartibli odamlardir. O‘zini hurmat qiladigan blogger shubhali ma’lumotni yozmaydi, auditoriyani haqorat qilmaydi yoki provokatorlik qilmaydi. U o‘zining mas’uliyatini his qila oladi. Shuning uchun ham blogger kompyuter etikasi va umumqabul qilingan ahloq normalariga amal qilishi lozim.
Rus bloggerlari orasida Ilya Varlamov, Artemiy Lebedev kabilar o‘z blog postlarida so‘kinib yozishi bilan ham nom qozongan. Biroq, bunday narsalar bizning o‘zbek mentalitetimizga mos kelmaydi.
Hurmatli blogger, o‘quvchingiz sizdan ma’lum ma’noda o‘rnak olishi mumkin. Shuning uchun ham tartibli bo‘lish zarar qilmaydi. Bu bilan real hayotda boshqacha, virtualda boshqacha bo‘ling demoqchimasman. Gap o‘z egasini o‘z vaqtida topadi, deyisharmidi faylasuflar ☺.
Xulosa o‘rnida
Yuqoridagi ro‘yxatdagi fikrlarga qo‘shilish yoki qo‘shilmaslik o‘zingizga havola. Ammo, “Blog yuritish — qiyin mehnat” degan tushunchani hech qanday e’tirozlarsiz qabul qilishingizni xohlardim.
Internetda millionlab bloglar mavjud. Ammo, ularning qanchasini odamlar o‘qiydiyu, qanchasini e’tiborsiz qoldirishadi. Bloggerlarni hurmat qiling! Agar ulardan biri bo‘lmoqchi bo‘lsangiz, eslab qoling: Eplay olmasangiz ham bir marta urinib ko‘ring!
Shuning uchun ham, bloggerlik — yaxshi kasb. Balkim, dunyodagi eng yaxshi kasbdir…
Savol javobini ochiq yoki o‘quvchining ixtiyoriga qoldirish odatim bor. Buning ustiga, “Javoblar topilganda, savollar o‘zgaradi” degan gap ham bor.
P.S. Ushbu tanlovda sovrinli o‘rinlarning birini qo‘lga kiritib, pul mukofotiga ega bo‘lsam, www.foziljonov.uz manzilidagi shaxsiy blogim uchun yangi WordPress andoza sotib olaman.
Uznet, ya’ni Internetning O‘zbekiston segmentida bir necha yildan beri faoliyat ko‘rsatib kelayotgan hamda muvaffaqiyatga erishgan qaysi kompaniyani bilasiz? Shaxsan men biladiganim — “Afisha Media”.
Bu kompaniya biz foydalanuvchilarga Gazeta.uz, Afisha.uz, Mover.uz kabi foydali, dolzarb va eng asosiysi, uzluksiz ishlab kelayotgan veb-saytlarni/loyihalarni taqdim etdi. Bu servislarning/kontent-loyihalarning har biri o‘z yo‘nalishida yetakchi, desam mubolag‘a bo‘lmaydi.
To‘g‘ri, “Afisha Media”ning Zor.uz, Staff.uz, mp3.uz kabi servislari Uznetda unchalik ham muvaffaqiyatga erisha olmayapti. Shunday bo‘lsa-da, kompaniya ularning kelajagiga ishongan shekilli bu servislar haliyam mavjud. Mayli, bunisi kompaniyaning o‘ziga havola.
O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2013-yil 1-oktabr holatiga respublikamizdagi dasturiy ta’minot ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik subyektlari soni 264 tani tashkil qilgan. 2014-yil boshiga kelib bu ko‘rsatkich 300 dan oshib ketganligiga shubham yo‘q.
Xo‘sh, menga aytingchi, Uznetda o‘z servislari, loyihalari bilan tanilgan “Afisha Media”dan tashqari yana qaysi kompaniyani bilasiz? Bir ochilib, bir yopiluvchi Olam.uz’mi? Eng qiziq tomoni, oramizda mashhur bo‘lgan ba’zi saytlarning egalari qaysi kompaniya ekanligini ko‘pchiligimiz bilmaymiz ham.
2011-yilning avgust oyida Muhrim A’zamxo‘jayev menga Muloqot.uz ijtimoiy tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘tish uchun taklif (invayt) yuborganida “Mana, Uznetda yana bitta yaxshi sayt paydo bo‘larkan, buning ustiga o‘zbekcha” deb rosa quvongandim. Hatto, uni ishlab chiqqan “Simple Networking Solutions” (nomi buncha uzun bo‘lmasa J) kompaniyasida 5 oy ishlashga ham ulgurdim. Kompaniyaning ikkinchi loyihasi — Daryo.uz internet-nashri ishga tushishida ishtirok etganman.
Tan olish kerakki, bu kompaniya ham o‘zining loyihalari bilan foydalanuvchilarning keng ommasini jalb qila olayotgani yo‘q. Lekin, yaqin kelajakda mashhur bo‘lib ketishiga umid bor.
Boshqalarchi? Ular nima qilishyapti? Javob oddiy — ular shunchaki mijoz uchun ishlashmoqda. Boshqa so‘zlar bilan aytganda, bir qancha pul sarflab, kelajagi qorong‘u bo‘lgan o‘z loyihasini ishlab chiqishdan ko‘ra, tayyor mijozlarning buyurtmasini bajarib, pulini olish kifoya qilmoqda. Shu bilan ular uchun hayot bir tekisda davom etaveradi — juda kuchayib ham ketmaydi, yo‘q bo‘lib ham ketmaydi.
“Afisha Media”ni boshqalardan ajratib turadigan jihati ham ana shunda — ular mijoz uchun ishlamaydi, ular yakuniy foydalanuvchi, ya’ni biz uchun ishlaydi, loyihalari aynan bizga qaratilgan.
Shunday qilib, men bilgan IT-kompaniyalarning ichida faqat ikkitasi — “Afisha Media” va “Simple Networking Solutions” mijozning buyurtmasiga qarab qolmay, o‘z servislarini rivojlantirishga qurbi yetadi va shunday qilishmoqda.
Ikkinchidan, AQSH va Yevropadagi ko‘plab startaplar paydo bo‘lganining ilk kunidanoq bitta loyiha ustida ish olib borishadi. Jamoasi unchalik katta emas, ofisi yo‘q bo‘lishi ham mumkin. O‘sha bitta servisni ma’lum darajaga olib chiqib, yo biror kattaroq kompaniyaga sotadi yoki uning yoniga ikkinchi servisni ham qo‘shib, kattalashishni boshlaydi.
Bizdachi, bizda ahvol umuman boshqacha:
Startap uchun hali g‘oya mavjud bo‘lmasidan yangi firma ochasiz, ijaraga ofis olasiz. Firmani 3-4 kishi birgalashib ochasiz, hammangiz qaysidir yo‘nalishda direktorsiz, oddiy ishchining o‘zi yo‘q. Ozroq muddat o‘tib, firma hisobraqamidagi pul tugaydi, ofis ijarasi, Internet va soliqlarni to‘lash uchun pul kerak. Keyin, ularni qoplash uchun buyurtmaga mijoz qidirasiz. To‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshiraylik deb mijozning kamroq taklif qilgan puliga ham rozi bo‘lishga majbur bo‘lasiz. Ish kutilganidan uzoqqa cho‘zilib ketadi. Ishga olingan xodimning oyligini to‘lashga majbursiz. Shunday qilib, birinchi buyurtmadan qarz bilan chiqasiz.
Qarzni yopish uchun ikkinchi buyurtmani ham olishga majbur bo‘lasiz. Buyurtma ham siz kutgan paytda tayyor turmaydi. Uni qidirasiz. Nihoyat, topdingiz. Muzokaralar paytida yana mijoz ustun keladi. Majburlikdan yana arzonroq narxga rozi bo‘lasiz. Xullas, bu zanjir sizning sabr kosangiz yoki otangizning puli tugaguncha davom etadi. Pirovardida esa firmani yopib, qarzlardan qutulishni o‘ylaysiz…
Yuqoridagi gaplarim judayam pessimistik ruhda yozilganiga e’tibor qaratmang. Hayotda yaxshi narsalar ham bor. Hammasi o‘zingizga bog‘liq. Biznes bilan shug‘ullanishda shoshish yaxshi emas.
P.S. Bu blog post judayam qisqa muddatda yozilgani uchun fikrlar ayqash-chuyqash bo‘lishi mumkin. Bu mavzudagi kengaytirilgan blog postni yozsam, albatta xabar qilaman.
Elektron hukumat deganda, fuqaro, korxona va tashkilotlarga, hukumat idoralarining turli pog‘onalariga va davlat amaldorlariga davlat xizmatlarini taqdim qilishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish tushuniladi.
Elektron hukumat davlat boshqaruvida elektron hujjat almashinuvini ta’minlaydi. O‘z navbatida, elektron hujjat aylanishi bu — hujjatni skanerlab, uni elektron pochta orqali yuborish, degani emasligini yodda tutish lozim.
Elektron hukumat aholiga va korxona-tashkilotlarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarini taqdim qilishni osonlashtiradi. Fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarishlari uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi, ularning texnologik yangiliklardan xabardorligini oshiradi, davlat boshqaruvidagi ishtirokini osonlashtiradi.
Elektron hukumat quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:
· G2C (government-to-citizen) — davlatdan-fuqaroga
· G2B (government-to-business) — davlatdan-biznesga
· G2G (government-to-government) — davlatdan-davlatga
· G2E (government-to-employee) — davlatdan-xodimga
· G2F (government-to-foreign) — davlatdan-chet el fuqarolariga
Dunyodagi ko‘pgina davlatlar elektron hukumatni rivojlantirish uchun bir qancha kuch, moliyaviy resurs sarflaganiga qaramasdan, u keltiradigan foyda — vaqt va mablag‘ning tejalishi kabi natijalarga erisha olmayapti. Shuning uchun ham, bu sohada muvaffaqiyatga erishgan davlatlarning tajribasini har tomonlama o‘rganish foydadan xoli emas.
Janubiy Koreyada elektron hukumatning rivojlanish bosqichlari
Janubiy Koreya elektron hukumatni rivojlantirishda ulkan muvaffaqiyatga erishgan davlat hisoblanadi. U Birlashgan Millatlar Tashkilotining elektron hukumat institutlarining hamda aholining davlat boshqaruvidagi elektron ishtirokining rivojlanganlik darajasi bo‘yicha reytingida birinchi o‘rinda turadi. Shuning uchun ham uning tajribasi so‘nggi yillarda ko‘plab tadqiqotchilarning diqqat markazida bo‘lib kelmoqda.
Janubiy Koreyada elektron hukumatni shakllantirish bo‘yicha tashabbus 2001-yilda yuridik kuchga ega bo‘ldi. Mamlakatda elektron hukumatni rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan dastur hukumat organlarining ishida samardorlikni oshirishga qaratilgan bo‘lib, u uch bosqichda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan.[1]
Birinchi bosqichda (2001-2003) kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilgan bo‘lib, ularning natijasida Koreyaning hukumat organlari tashqi dunyo bilan Internet orqali uchta asosiy yo‘nalishda — G2C (davlatdan-fuqaroga), G2B (davlatdan-biznesga) va G2G (davlatdan-davlatga) sxemalari bo‘yicha aloqa qila boshladi.
Bundan tashqari, davlat boshqaruvi tizimida idoralararo elektron aloqalarni ta’minlashga qaratilgan informatsion-texnologik arxitektura ham ishlab chiqilgan. Unda, xususan, elektron hujjat aylanishi, elektron raqamli imzo va boshqa texnologiyalar faol qo‘llanilgan. Umumiy hisobda, birinchi bosqich uchun jami 225 million AQSH dollari miqdorida mablag‘ sarflangan. Natijada, Koreya raqamli imkoniyatlar indeksi bo‘yicha jahonda 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Ikkinchi bosqichda (2003-2007) Koreya hukumati o‘z oldiga ancha katta maqsadni qo‘ygan — dunyo davlatlari ichida nisbatan ochiq va shaffof elektron hukumatni shakllantirish. Koreyaning “Elektron hukumat qurishning milliy asoslari va tamoyillari” nomli dasturiga muvofiq to‘rtta sohaga oid loyihalar ishga tushirilgan:
· davlat boshqaruvi organlarining faoliyat ko‘rsatishi
· davlat xizmatlarini ko‘rsatish
· axborot resurslarini boshqarish
· qonun ijodkorligi tizimi
Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun jami 981 million AQSH dollari miqdoridagi mablag‘ sarflangan. Natijalar kutilganidan ham a’lo darajada bo‘lgan.
2007-yilga kelib Koreyada markaziy boshqaruv organlarining 55 foizida davlat apparatining 96,6 foiz xodimlari axborotlarni qayta ishlashning milliy elektron tizimi — “On-Nara” (koreyscha, onlayn-mamlakat) tizimidan foydalanishga o‘tgan. Buning natijasi o‘laroq, fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish muddati 30-44 kundan 7-13 kungacha qisqargan.
Davlat tuzilmalarida ma’lumotlarni qayta ishlashning innovatsion tizimi — “On-Nara” 2007-yildan to‘liq ishga tushgan bo‘lib, uning oldiga quyidagi maqsadlar qo‘yilgan:
· ma’lumotlarni qayta ishlash va almashish doirasida barcha boshqaruv jarayonlarini standartlashtirish;
· davlat organlarining markazlashmagan operatsiyalarini boshqarishni yagona tizimga solish;
· tizim ishtirokchilari o‘rtasida axborotlarni almashish va tarqatishni ta’minlovchi turli jarayonlarni o‘zaro bog‘lash va bir-biriga integratsiya qilish.
Janubiy Koreyada hozirda deyarli barcha davlat xaridlari veb-texnologiyalar yordamida amalga oshiriladi — tenderlarning 93 foizi va onlayn-xaridlarning 99,6 foizi.
Davlat instansiyalariga tovar va xizmatlarni yetkazib berishda elektron shaklga o‘tish natijasida har yili 4,8 milliard dollar mablag‘ tejalmoqda.[2] Chunki, barcha tender takliflari veb-saytdagi maxsus kompyuter dasturi vositasida ko‘rib chiqiladi va baholanadi, bu tenderning qanchalik ochiq va shaffof ekanligini ko‘rsatib beradi.
Tashqi savdoda eksport bo‘yicha bojxona deklaratsiyalarini ko‘rib chiqish uchun ketadigan vaqt 1 kundan 2 daqiqagacha, import bo‘yicha esa — 2,5 kundan 1,5 soatgacha qisqartirilgan. Bu esa, yiliga 2,5 milliard dollar mablag‘ni tejash imkonini bermoqda.
Umumiy hisobda, Janubiy Koreyada elektron hukumatni joriy etish ortidan har yili 10 milliard dollardan ortiq mablag‘ tejab qolinmoqda.
2008-yildan uchinchi bosqich boshlangan. Bu bosqichda asosiy e’tibor barcha mavjud tizimlar va turli darajadagi elektron hukumatlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash va ularni bir-biriga integratsiyasini ta’minlashga qaratilgan. Bu fuqarolarga va kompaniyalarga kompleks davlat xizmatlarini taqdim qilish imkonini beradi.
Ushbu bosqichda Koreya Respublikasi boshqa davlatlarga (jumladan, Ekvador, Indoneziya, Bangladesh, Shri-Lanka, Mali) elektron hukumatni shakllantirish uchun texnologik yechimlarni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma ham tuzgan. Bungacha, 2004-yildan boshlab Janubiy Koreyada elektron hukumat uchun ishlab chiqilgan texnologiyalarni import qiluvchi asosiy davlat Yaponiya bo‘lgan.
Janubiy Koreya hukumati turli sohalarda axborot texnologiyalarni qo‘llash borasida ilg‘or davlatlar qatoriga kiradi. Mamlakatda, bir so‘z bilan aytganda, bojxona ishidan tortib to intellektual mulk masalalarigacha avtomatlashtirilgan tizimga o‘tgan. Shuning uchun ham u hozirda dunyoda elektron hukumatning rivojlanish darajasi bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti 2002-yildan beri dunyodagi 192 ta davlat uchun elektron hukumat rivojlanishi indeksi (inglizcha “e-Government Development Index”) va elektron ishtirok indeksini (inglizcha “e-Participation Index”) hisoblab, bu bo‘yicha yillik reytingni e’lon qiladi. Bunda birinchi indeks mamlakatdagi milliy onlayn-servislarning mavjudligini baholasa, ikkinchisi esa o‘sha servislardan foydalanish darajasini baholaydi. Janubiy Koreya 2008-yilda ushbu reytingda elektron hukumat rivojlanishi bo‘yicha jahonda oltinchi, aholi va biznes vakillarining onlayn-servislardagi elektron ishtiroki bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turgan bo‘lsa, u 2010-yildan beri har ikkala reytingda ham yetakchilikni o‘z qo‘lida saqlab kelmoqda.[3]
Koreyada elektron hukumatni rivojlantirishdagi eng yirik loyiha — www.korea.go.kr portali asosiga qurilgan G4C (government-for-citizen — davlatdan fuqaroga) loyihasidir. Ushbu elektron hukumat portali fuqarolarga kerakli ma’lumotlarni taqdim qilish hamda davlat servislaridan Internet orqali foydalanish uchun markaziy platforma vazifasini bajaradi. Mazkur G4C tizimi 2002-yilda ishga tushgan bo‘lib, 2011-yildan barcha turdagi davlat xizmatlari uchun “yagona oyna markazi” sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda. Hozirda ushbu “yagona oyna markazi”da 4 000 dan ortiq davlat va ma’muriy xizmatlar mavjud bo‘lib, ular yo‘nalishiga qarab 12 ta kategoriyaga bo‘lingan:
· san’at va madaniyat
· avtomobillar va transport
· korporatsiyalar va iqtisodiyot
· mudofaa va Shimoliy/Janubiy Koreya
· ta’lim va bandlik
· atrof-muhit
· ko‘ngilochar va sport
· shaxsiy va uy xo‘jaligi
· ko‘chmas mulk
· ijtimoiy himoya va salomatlik
· soliqlar
· sayohat va emigratsiya
Har bir kategoriyaning o‘zi ham yana bir nechta kichik bo‘limlarga ajratilgan. Har bir axborotdan unga oid agentlik, kerakli hujjatlar ro‘yxati, anketalari, unga oid qonunchilik haqida ma’lumot olish mumkin. Davlat xizmatlariga oid ko‘pgina ishlarni saytning o‘zida turib bitirish mumkin: kerakli hujjat shaklini onlayn to‘ldirib, xizmat haqqini elektron to‘lov bilan amalga oshirish mumkin. 2001-yilda “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi qonun ham qabul qilingan.
Koreya hukumatining G4B (government-for-business — davlatdan-biznesga) portali hukumat va kompaniyalar o‘rtasidagi onlayn-ko‘prik vazifasini o‘taydi. Xususan, 2009-yildan boshlab ushbu portalda biznesni ro‘yxatda o‘tkazish va litsenziya olish kabi xizmatlar ishlab kelmoqda.
Koreya Bojxona xizmati 1994-yildan bojxona ma’muriyatini kompyuterlashtirish ishlarini boshlagan bo‘lsa, 1999-yilga kelib bojxona jarayonlari uchun elektron axborot almashinuvi (electronic data interchange, EDI) tizimini ishga tushirgan. 2004-yildan boshlab bojxona ishi Internetga asoslangan servis asosida amalga oshiriladigan bo‘ldi.
Hozirda UNI-PASS deb nomlangan portalda bojxonaning barcha bosqichlarini — eksport/import tozalovi, bojxona to‘lovlarini yig‘ish, eksport/import yuklarini boshqarish va qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish kabi ishlarning barchasini qisqa vaqt ichida bajarish mumkin. UNI-PASS tizimi ishga tushganidan so‘ng Koreyada eksportni bojxona majburiyatlaridan tozalash ishlari 2 daqiqagacha, importni tozalash esa — 2,5 soatgacha, QQSni qaytarish — 5,2 soatgacha, soliqlarni to‘lash — 10 daqiqagacha qisqartirilgan. Bu ko‘rsatkichlar dunyodagi eng yaxshi natijalar sanaladi.[4]
O‘zbekistonda elektron hukumat rivojlanishining bugungi holati
2013-yil 1-iyul kuni O‘zbekistonda elektron hukumatni rivojlantirish uchun eng katta qadam qo‘yildi, desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki, shu kuni Internet tarmog‘ida my.gov.uz manzili bo‘yicha Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (Yagona portal) test rejimida ishga tushirildi.
Yagona portalning shiori — “Xizmatlar yangi qiyofada” deb nomlanadi va bu onlayn tarzda yagona nuqta orqali davlat interaktiv xizmatlarini taqdim etish ma’nosini bildiradi.
Hozirgi kunda Yagona portal orqali test rejimida 20 xil yo‘nalishda 100 dan ortiq interaktiv davlat xizmatlari taqdim etilgan. Aholi tomonidan yana 100 ga yaqin xizmat turlarini qo‘shish taklifi tushgan.
Foto: my.gov.uz portalidan olingan skrinshot, 05.12.2013
Asosiy e’tibor aholidan kelib tushgan murojatlarni ko‘rib chiqishga qaratilgan. Yagona portal orqali fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlariga o‘z murojaatlarni yuborishlari mumkin.
2013-yil 5-dekabr holatiga Yagona portalga jami 3 700 ga yaqin ariza kelib tushgan bo‘lib, ulardan 97 foizi jismoniy shaxslar tomonidan yuborilgan.
Manba: my.gov.uz portalidan olingan skrinshot, 05.12.2013
Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, Yagona portal orqali taqdim etilayotgan interaktiv davlat xizmatlari axborot xizmati, yarim avtomatlashtirilgan xizmat, avtomatlashtirilgan xizmat, offlayn xizmat, axborot-ma’lumot xizmati kabi turlarga bo‘linadi.
Shu yilning noyabr oyi oxirlarida Yagona portal orqali tadbirkorlik subyektlarini yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatiga olishga oid yarim avtomatlashtirilgan xizmat yo‘lga qo‘yildi. Natijada, yangi korxona ochish uchun zarur hujjatlarni elektron shaklda yuborish imkoniyati paydo bo‘ldi. Ammo, korxonanini to‘lig‘icha Internet orqali ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniyati hozircha mavjud emas. Taxminlarga ko‘ra, 2014-yilning 1-yanvaridan bunday xizmat ham yo‘lga qo‘yiladi.
Portal xizmatlaridan foydalanish uchun foydalanuvchi ID.uz identifikatsiyalash tizimida akkaunt ochgan hamda unda o‘ziga oid barcha shaxsiy ma’lumotlarini kiritgan bo‘lishi lozim. Ba’zi holatlarda esa akkaunt maxsus verifikatsiyadan o‘tgan bo‘lishi talab qilinadi.
Shaxsiy tajribamdan kelib chiqib aytadigan bo‘lsam, 2013-yil 19-noyabr kuni ID.uz tizimida verifikatsiya uchun ma’lumotlarimni to‘ldirdim va talab qilinganidek pasportimning elektron nusxasini (skan-nusxa) ham joyladim. Ammo, verifikatsiya jarayoni biroz cho‘zildi. ID.uz’ning qo‘llab-quvvatlash markaziga telefon qilib, bu haqda murojaat qilgan edim, “Tizim hozirda yangilanmoqda, shuning uchun foydalanuvchilarni vaqtinchalik verifikatsiya qila olmaymiz” degan javobni oldim. Ushbu maqolani yozish davomida Yagona portal qo‘llab-quvvatlash markaziga telefon qilib, bu haqda aytgan edim, ular mening akkauntimni verifikatsiya qilib berishlarini aytdi.
Shu o‘rinda, Yagona portal xususida o‘zimning quyidagi xulosa va takliflarimni bermoqchiman:
1) Birinchi navbatda, bunday portal orfografik va boshqa turdagi xatoliklardan xoli bo‘lishi lozim. Ayni paytda portalning o‘zbekcha versiyasida ba’zi orfografik xatoliklar mavjud bo‘lib, ularni to‘g‘rilash unchalik ham katta mehnat talab qilmaydi. Masalan, lotin yozuvidagi «O‘» va «G‘» harflari hamda «’» — tutuq belgisining yozilishi turli o‘rinlarda har xil qo‘llanilgan.
2) Portalda navigatsiya tizimi foydalanuvchiga biroz qiyinchilik tug‘diradi. Hozirda portalda atigi 100 dan ortiq xizmat mavjud bo‘lib, shuning o‘ziyoq foydalanuvchiga o‘ziga kerakli xizmatni topishi uchun biroz qiyinchilik tug‘dirmoqda. Ammo, yaqin kelajakda taklif qilinayotgan xizmatlarning turi 500 — 1 000 taga yetsa, bu narsa ancha-muncha mashaqqat talab qilishi mumkin.
Masalan, portaldagi “Bank va moliya xizmatlari” bo‘limiga kirsangiz, unda mavjud xizmatlar ro‘yxati ko‘rsatiladi. Bu xizmatlar aynan qaysi bank yoki moliya muassasi tomonidan ko‘rsatilayotgani esa o‘sha xizmat turi sahifasiga kirganingizdan keyin ma’lum bo‘ladi.
3) Statistika shuni ko‘rsatmoqdaki, portal ishga tushganiga 5 oydan ko‘proq vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, ammo undan foydalanayotgan aholi soni judayam ozchilikni tashkil qiladi. Bu esa, mening fikrimcha, Internet foydalanuvchilarining portal haqida xabardorlik darajasining past ekanligidan dalolat beradi. Vaziyatni o‘nglash uchun portal haqida turli elektron ommaviy axborot vositalarida yoritish, elektron hukumatga oid konferensiya va davra suhbatlarini tashkil qilib, unda Internetning o‘zbek segmentida faol bo‘lgan foydalanuvchilarning ishtirokini ham ta’minlash lozim.
4) Aholining Yagona portal haqida xabardorligini oshirish maqsadida turli ijtimoiy tarmoq, blog va veb-saytlarda portal xizmatlaridan foydalanish tajribasi haqida postlarning sonini oshirish. Bunda, Yagona portal Uznetning faol foydalanuvchilarini hamkorlikka chaqirishi lozim. Masalan, men Yagona portal yordamida qaysidir interaktiv xizmatdan foydalanganim haqida o‘z blogimda yoki ijtimoiy tarmoqlardagi profilimda yozsam, uni do‘stlarim va tanishlarim ko‘radi. Ularning qanchadir qismi bu postni o‘zlarining boshqa do‘stlariga ham ulashadi. Jarayon shu tarzda davom etib, tarmoq effekti yuz beradi. Birgina Internet foydalanuvchisi yozgan postni ma’lum muddat ichida minglab odamlarning ko‘rish ehtimoli katta.
5) Ba’zi davlat xizmatlarini to‘lig‘icha elektron shaklga o‘tkazish. Bunda, bu xizmat turidan foydalanishning an’anaviy usulidan butunlay voz kechish talab qilinadi. Davlat tashkilotiga bu xizmatdan an’anaviy usulda foydalanish istagida tashrif buyurgan odamlarga bu xizmat faqatgina Yagona portal orqali ko‘rsatilishini uqtirish lozim.
To‘g‘ri, bunday yondashuv ko‘pchilikning noroziligiga sabab bo‘lishi mumkin. Ammo, vaqt o‘tishi bilan aholi uning naqadar samarali ekanligini anglab yetishi aniq. Bunday usulni qo‘llash uchun shunday xizmat turlarini tanlash kerakki, ularning maqsadli foydalanuvchilari ham Internetdan faol yoki o‘rtacha foydalanuvchi kishilar bo‘lishi lozim.
6) O‘zbekistonda mobil internetdan foydalanish darajasining yuqori ekanligini hisobga olib, portalning mobil versiyasini, xususan Android va iOS mobil operatsion tizimlari uchun ilova-dasturlarini ishlab chiqish va rivojlantirish.
Koreya tajribasini O‘zbekistonda qo‘llash imkoniyatlari
Koreyaning elektron hukumatni rivojlantirishdagi tajribasini O‘zbekiston sharoitida qo‘llab bo‘ladimi? Bu savolga javob berish uchun ayrim ma’lumotlarni solishtirib ko‘raylik.
Koreya mamlakatda elektron hukumatni rivojlantirishni boshlagan 2001-yilda aholini Internet bilan qamrab olish darajasi 60 foiz bo‘lgan. boshqacha qilib aytganda, Koreya hukumati global tarmoqdan foydalanish uchun aholisining ortidan ergashgan. Bugungi kunda O‘zbekistondagi vaziyat esa umuman boshqacha.
O‘zbekistonda Internet qamrovi atigi 35 foiz atrofida. Bundan tashqari, bu boradagi yillik o‘sishning katta qismi Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri keladi.
O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2013-yil 1-aprel holatiga (afsuski, bundan yangiroq ma’lumotni topishning ilojisi bo‘lmadi) mamlakatimizdagi Internet foydalanuvchilari soni 10 million kishidan oshib ketdi. Bunda, ularning qariyb 60-65 foizi mobil internetdan, qolganlari esa statsionar internetdan foydalanadi.
Aholining katta qismi nafaqat Internet nimaligini bilmaydi, balki elektron hujjatlar bilan ishlash tajribasiga ham ega emas. Ko‘pchilik uchun Internet tushunchasi Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘i bilan boshlanib, u bilan tugaydi. Shunday sharoit ostida elektron hukumatni rivojlantirish maqsadga muvofiqmi?
Biroq, vaziyat juda tez o‘zgarib bormoqda. Yangi tendensiya — aholi o‘rtasida mobil internetdan foydalanishning keng tarqalishi hamda mobil qurilmalar narxining butun dunyo bo‘ylab pasayishi. Agarda bundan 5 yil avval smartfonlar qimmatbaho buyum sifatida qaralgan bo‘lsa, hozirda hatto 100-150 dollarga ham yaxshigina smartfon yoki planshet kompyuter sotib olish mumkin. Umid qilamanki, yaqin kelajakda O‘zbekistonda ham davlat tomonidan taqdim qilinayotgan elektron xizmatlardan foydalanishga tayyor Internet foydalanuvchilari soni oshib boradi.
Ammo, shu o‘rinda mavjud muammolarni aytib o‘tishim ham lozim. Birinchidan, hukumat idoralarning o‘z veb-saytlarini qo‘llab-quvvatlashga bo‘lgan munosabati haliyam “sovuqligicha” qolmoqda. Ikkinchidan, veb-saytlardagi ma’lumotlar tez-tez yangilanmaydi yoki yuzaki yangilanadi.
Hozirda elektron xizmatlar sonini oshirib borayotgan hukumat organlariga Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasidir, Davlat statistika qo‘mitasi kabilarni misol qilib keltirishimiz mumkin.
Elektron hukumat, bu — shunchaki har bir davlat idorasining veb-saytini yaratishdan iborat emas. Buning uchun davlatning barcha “mashinasi” elektron shaklda ishlashi lozim. Odatda, biznesda keng qo‘llaniladigan korxona resurslarini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi (enterprise resource planning, ERP) yoki mijozlar bilan o‘zaro aloqalarni boshqarish tizimi (customer relationship management, CRM) kabi texnologiyalardan davlat boshqaruvida ham foydalanishni joriy qilish talab etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-martda qabul qilingan “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada kengroq joriy qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda “2012-2014 yillarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada keng joriy etish va rivojlantirish dasturi”ni amalga oshirish bugungi kundagi eng dolzarb masalalardan biri sanaladi. Ushbu qarorda 2012-2014 yillar mobaynida O‘zbekistonda AKT sohasini rivojlantirishning asosiy vazifalari belgilab berilgan.
Qarorga muvofiq, bu yillar mobaynida davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslarning axborot tizimlarini bosqichma-bosqich ravishda yagona Milliy axbrot tizimiga integratsiya qilish masalasi ko‘zda tutilgan. Davlat organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlari va aholiga taqdim qilinadigan interaktiv xizmatlarning soni va sifatini oshirish hamda ularning mazkur axborot tizimlaridan foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash darajasini oshirish ham e’tiborga olingan.
Ushbu qaror asosida “2012-2014 yillarda O‘zbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada kengroq joriy etish va rivojlantirish” dasturi ham qabul qilindi. Bunda O‘zbekiston Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari qo‘mitasi qoshida tashkil etilgan UZINFOCOM Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi zimmasiga asosiy vazifalar yuklangan.
O‘zbekistоndа elektrоn hukumatni rivojlantirish bo‘yichа mаvjud muаmmоlаrni hаl qilishning to‘g‘ri yo‘li tаnlаngаnligi xаlq fаrоvоnligidа, jаmiyatimizning tаrаqqiy tоpishidа, iqtisоdiy rivоjlаnishidа o‘z аksini tоpаdi.
[1] Абдурасулова Д. Электронное правительство. Журнал «Экономическое Обозрение», №2 (147) 2012. Стр. 44-48
[2] Абдурасулова Д. Электронное правительство. Журнал «Экономическое Обозрение», №2 (147) 2012. Стр. 44-48
[3] Manba: http://www2.unpan.org/egovkb/global_reports/12report.htm
[4] Manba: Economist Intelligence Unit
facebook.com/uzeconomist
Ulardan ilk 4 tasi O‘zbekistonda joylashgan…
Ayni paytda Beeline Uzbekistan’ning Facebook-sahifasidagi layklar soni 125 mingdan, Ucell’niki esa 100 mingdan oshib ketgan. Biroq, Social Bakers statistikasiga ko‘ra, Beeline Uzbekistan Facebook-sahifasi muxlislarining (layk qilganlar) 39 foizi (=49 200 nafar), Ucell muxlislarining esa 43 foizigina (=43 120 nafar) O‘zbekiston hududida joylashgan ekan.
Shunday bo‘lsa-da, Beeline Uzbekistan va Ucell Markaziy Osiyodagi eng mashhur Facebook-sahifalar reytingida eng yuqori ikki o‘rinni egallab turishibdi.
Foto: facebook.com/MyCentralAsia
Facebook’dagi My Central Asia hamjamiyati ma’lumotlariga qaraganda kuchli beshlikdan U.S. Embassy Tashkent, Sevara Nazarkhan hamda Kcell sahifalari ham joy olgan.
Quvonarli jihati shundaki, yuqorida tilga olingan 5 ta eng mashhur sahifadan ilk 4 tasi O‘zbekiston hududida joylashgan yoki O‘zbekistonga oid.
Biroq, shu yerda Social Bakers statistikasi bilan biroz tafovut mavjud. Unga ko‘ra, O‘zbekistondagi eng mashhur 5 ta Facebook-sahifasi reytingida Beeline Uzbekistan va Ucell’dan keyingi o ‘rinlarni Topface (menga umuman yoqmaydi, layk ham qilmaganman), MTS Uzbekistan (rahmatlik :)) va April Verdant Restaurant egallab turibdi.
Chet el ommaviy axborot vositalarida ikki kompaniyaning patentlar, texnologiyalar, logotiplar va mualliflik huquqi bilan himoyalanadigan boshqa narsalar yuzasidan tortishuvlari haqida tez-tez o‘qib turamiz. Bunday holatlar ko‘z oldimizda yuz bersachi?
Geometria.ru — Rossiya va dunyoning boshqa turli shaharlari bo‘ylab, jumladan Toshkent ham, bo‘lib o‘tayotgan tadbirlar haqida fotohisobot berib boradigan sayt.
Glotr.uz — deyarli yarim yildan beri reklama qilinib kelinayotgan, yaqinda ishga tushgan hamda o‘zlarini “O‘zbekiston Internetidagi ilk savdo markazi” deb nomlagan internet-do‘kon sayti.
Bugun ertalab har doimgiday elektron pochtamni tekshirish uchun Internetga kirgan edim, e’tiborimni Geometria.ru saytidan kelgan xabar tortdi. E’tiborimni tortgan narsa xabar mazmuni emas, balki undagi sayt logotipidir:
Geometria.ru logotipi
Bundan bir haftacha avval Internetda Glotr.uz haqidagi banner reklamalari, PR-maqolalar paydo bo‘ldi. Aslida, bu servis deyarli olti oydan beri jamoat transportlarida va boshqa joylarda reklama qilinib kelinayotgan edi. O‘shanda uning qanaqa servis ekanligi haqida ko‘pchilik bilmasdi, jumladan o‘zim ham. Bitta bilganim, Glotr.uz “tarvuz emasdi”.
Ana endi eng qiziq joyi boshlandi. Endi, Glotr.uz internet-do‘konining logotipiga e’tibor qiling:
Glotr.uz logotipi
Qandaydir farqni sezdingizmi? Men qizil rang bilan bog‘liq farqni ko‘rdim xolos, qolgan joyi deyarli bir xil.
Geometria.ru va Glotr.uz logotiplari
Balkim, Geometria.ru va Glotr.uz servislarining egalari bitta kompaniyadir deb o‘ylashingiz mumkin. Katta ehtimollik bilan unday emasligiga ishonchim komil.
Yana bir narsa, Geometria.ru sayti 2002-yildan beri o‘z faoliyatini ko‘rsatib kelmoqda ekan. Hozirgi logotipi qachondan beri mavjudligi haqida esa menda biror ma’lumot yo‘q.
Glotr.uz va Geometria.ru favikonlari
Ha aytgancha, har ikkala saytning favikonlari ham bir xil, ranglarni hisobga olmaganda.
Foto: Vitaly Khaljunov
UPD: Bu haqda avvalroq, ya’ni 2013-yil 2-sentabr kuni Glotr.uz’ning Facebook’dagi sahifasida ham bahs ketgan ekan.
“Startap” yoki “startap kompaniya” tushunchasi (inglizcha, “start-up”) bu — yangi ishga tushirilgan, rivojlanishning dastlabki bosqichlarida yurgan hamda bozorga asta-sekinlik bilan kirib borayotgan biznesni anglatadi.
Oramizdan ko‘pchilik “Startap nima?” degan savolga o‘zida javob topa olsa kerak. Shunday bo‘lsa-da, avvalo, startap haqida ikki og‘iz so‘z aytib o‘tmoqchiman.
“Startap” yoki “startap kompaniya” tushunchasi (inglizcha, “start-up”) — bu, yangi ishga tushirilgan, rivojlanishning dastlabki bosqichlarida yurgan hamda bozorga asta-sekinlik bilan kirib borayotgan biznesni anglatadi.
Xuddi shunday, internet-startap deganda, odatda, faoliyati Internet bilan bog‘liq bo‘lgan barcha startap kompaniyalar nazarda tutiladi.
Bugungi kunda jahondagi eng yirik internet-kompaniyalar sanalgan Google, Amazon, Facebook kabilar ham o‘z vaqtida oddiygina startap bo‘lishgan. Hozirda esa, ularga o‘xshagan yirik “akulalar” kichkina hamda kelajakda istiqboli bor startaplarni tinmay sotib olishmoqda. Bu narsa startap egalariga ham yoqadi, chunki endi uning startap firmasi yirik va ishonchli qo‘llarda, bundan tashqari bir necha million dollar pul ham ishlab olishmoqda.
Bir paytlar Internetda startaplar haqida o‘qib qolganimda, shunday fikrga ko‘zim tushgandi: startap egalari o‘zlariga tez-tez “Google bizni qachon sotib olarkin?” degan savollarni berisharkan.
Ushbu blog postni yozishimga ikki narsa sabab bo‘ldi: birinchisi — Dropbox tomonidan Mailbox electron pochta servisining, ikkinchisi — LinkedIn tomonidan Pulse yangiliklar aggregatorining sotib olinayotgani haqidagi yangiliklar.
Shunday qilib, butun dunyoga mashhur bulutli servis egasi — Dropbox kompaniyasi iPhone uchun elektron pochta dasturini ishlab chiqqan Mailbox’ni sotib olganligini ma’lum qildi.
Dropbox blogida yozilishicha, Mailbox’ni sotib olishga sabab — har ikkala servis ham o‘z oldiga o‘xshash maqsadlarni qo‘yishgan. “Dropbox servisi sizning kompyuteringizdagi papkalarning o‘rnini bosmaydi — aksincha, ularni yanada yaxshiroq qiladi. Mailbox ham xuddi shunday, u elektron pochtaning o‘rnini bosmaydi — lekin, uni yaxshiroq qiladi”.
Xarid qiymati ommaga oshkor qilingani yo‘q, shunday bo‘lsa-da TechCrunch texnoblogi anonim manbalarga tayanib xabar qilishicha, ushbu xarid Dropbox’ga 100 million dollarga tushgan. Mazkur dastur ustida ish olib borayotgan 14 ta dasturchining hammasi endilikda ishni Dropbox jamoasi bilan davom ettiradi.
Endi quyidagi gaplarni diqqat bilan o‘qing. Mailbox dasturi 2013-yilning fevral oyida (!) chiqarilgan bo‘lib, u Gmail elektron pochta qutisidagi xatlar bilan ishlash uchun mo‘ljallangan.
Ana, ko‘ryapsizmi, dastur ishga tushganiga hali ikki oy bo‘lmasdan, u 100 million dollarga sotilmoqda.
Ikkinchi yangilik esa Pulse yangiliklar aggregatori haqida. Shaxsan o‘zim Pulse’dan bir-ikki marta foydalanib ko‘rganman, lekin internet-trafikni ko‘p yevorgani uchun foydalanmay qo‘yganman. Shunday bo‘lsa-da, menga ularning yangiliklarni bir joyga yig‘ish, ularni boshqarishga nisbatan ajoyib yondashuvi yoqqandi.
Mana, kuni-kecha LinkedIn ishbilarmonlar tarmog‘i Pulse’ni sotib olayotganligi haqida xabar chiqdi. Turli xabarlarga ko‘ra, xarid qiymati 50-100 million dollarga baholangan. Bundan tashqari, Pulse’ni qo‘lga kiritish uchun Microsoft va Yahoo ham kurashgan, ammo g‘alaba LinkedIn tomonidan bo‘lgan.
Eslatib o‘taman, LinkedIn so‘nggi yillarda startaplarni sotib olishga ancha-muncha mablag‘ sarflamoqda. Xususan, u taqdimot ishlari uchun mo‘ljallangan SlideShare servisini 119 million dollarga, aloqalar ro‘yxatini boshqaruvchi Rapportive servisini 15 million dollarga sotib olgandi.
Pulse ilk marta 2010-yilda iPad uchun chiqarilgandi. Keyinchalik uning barcha iOS-qurilmalar uchun hamda Android-versiyalari chiqarildi. 2013-yilning boshiga kelib uning foydalanuvchilari soni 20 milliondan oshib ketdi.
Yuqorida men hikoya qilgan startaplar dengizdan bir tomchi xolos. Dunyoda har kuni bunday xaridlardan bir nechtasi amalga oshiriladi. Shunday ekan, siz ham harakat qiling, kallangizni ishlating. Odamlar uchun kerakli, ular foydalanadigan, ular qiziqadigan servis yarating. Ajab emas, biror kun kelib sizning startapingizni ham yirik “akulalar” sotib olishi mumkin!