Uzbek Official - Medium
Samimiy odamlar, men sizlarni hurmat qilaman! Afsuski, sizlardek bo’lish men uchun (yana ko’pkina menga o’xshaganlar uchun ham) qiyin ish. Faqat o’zini o’ylovchi egoistlarni qiladigan har bir yahshiligi ortida qandaydir manfaat yotadi.
Menga o’xshaganlar birovlarga yoqish uchun tilyog’lamalik qilishi, nimanidir ilinjida kimgadir yahshilik qilishi yoki masalan, o’zini ko’proq xurmat qilishlari uchun ko’pchilik oldida o’z bilimini pesh qilib, aqilli gaplardan gapirishi mumkin. Ko’p xollarda uzoq o’tmishda o’qilgan kitoblar foyda berishi va ko’zlangan maqsadga ham erishish mumkin. Men ham egoistman, faqat o’zimni, o’z obro’yimni o’ylab xarakat qilaman. Birovlarni muvoffaqiyatidan sezilar-sezilmas jaxlim chiqadi, kimnidir omadsizligi ko’nglimni ozgin ko’taradi ham. Albatta, mahoratli o’yinchi sifatida kiyilgan maskam ba’zida o’zimga shunchalik yarashib tushadi-ki, xattoki o’zim-o’zimni boshqalarga qo’shilib farishta sifatida o’ylab qolaman.
source: http://www.goodtherapy.org/
Xammaga xar-hil maskada gapiraman: kimgadir “mehribon aka”, kimgadir “sodiq do’st”, “vafodor uka”, “aqilli talaba”, “oliyjanob qo’shni”…kolleksiyamda xattoki, “vafoli yor” va “ushalmas orzu” kabi maskalar ham mavjud. Bular meni yengilmas qiladi. Ular kiyilgach, xar qanday odamni o’ziga ishontira oladi. Ular meni qurollarim-ular orqali odamlarni boshqaraman.
Doim maskadan foydalanishni eng foydali tarafi- sen boshqa maskadagi odamni tezda aniqlab olasan. Bu juda katta qobiliyat: seni xech kim alday olmaydi.
Eng alam qiladigani esa, sen hayotingda birinchi martta kimgadir aslingcha ko’rinish berasan, barcha niqoblarni yechib tashlaysan, unga bor-yo’g’ingni namoyon qilasan. Balki, uni yo’qotishdan qo’rqasan. U uchun hamma narsaga tayyordek xis qilasan o’zingni. Uni boshqalarga o’xshamasligini, seni so’zsiz tushunishini va bunaqasi faqat kitoblarda yoki ashula va raqsi ko’p kinolarda bo’lishini ham sezasan. O’zingni baxtlidek xis qilasan.
source: robpavao.files.wordpress.com
Lekin…intuitsiya aldamaydi: sen ishongan odam-maskada! Faqatgina singan ko’ngilni bir amallab yerdan terib olish va tomdan uzoqlarga uloqtirish qoladi. Toki, boshqa xech qachon bunday bo’lmasin.
Egoistlar va niqobdagi odamlar, sizlarga lan’atlar bo’lsin!
Samimiy odamlar, men sizlarni sevaman… Lekin… maskalarimdan voz kecholmayman va endi xech qachon xar qanday holatda ham ularni yechmayman.
Samimiyat va Manfaat. was originally published in Uzbek Official on Medium, where people are continuing the conversation by highlighting and responding to this story.
Kecha Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Sam Allardyce [Sem Ellardays] korrupsion mojarolar ortidan iste’foga chiqarildi. Bu voqea ommaviy axborot vositalarining jamiyatda tutgan o‘rni va vatanparvarlik haqida ba’zi fikrlarni yodga soldi. To‘g‘risini aytsam, biroz havasim ham keldi.
Avvalo ommaviy axborot vositalari haqida. The Telegraph nashri o‘n oy mobaynida o‘tkazgan tekshiruvi natijasida Sam Allardyce “tuzoqqa tushdi”. Angliya futbol uyushmasi esa bu yangilik ortidan “Big Sam”ni ishdan bo‘shatdi. Bu voqea ba’zi davlatlarda, xususan Angliyada ommaviy axborot vositalari, darhaqiqat, to‘rtinchi hokimiyatga aylanib ulgurganini yana bir bor isbotladi. Shu o‘rinda Angliya futbol rahbariyatining yangilikka munosabati ham e’tiborga molik. Oldinda terma jamoani kutib turgan muhim o‘yinlarni o‘ylab murabbiyning qilmishlarini berkitishga yoki jurnalistning ovozini o‘chirishga uringani yo‘q. Chunki Angliyada millat jamoasiga poraxo‘r bosh murabbiylik qilishi termaning Jahon Chempionatiga chiqa olmasligidan kattaroq sharmandalik hisoblanadi.
AQShdagi Kolumbiya jurnalistika maktabida studentlar uchun shunday topshiriq beriladi: “Tasavvur qiling, siz AQSh mudofaa vazirining ish xonasida undan intervyu olyapsiz. Telefon jiringlaydi va vazir taxminan uch daqiqaga sizni xonasida yolg‘iz qoldiradi. Xonada yolg‘iz qolgach siz qog‘ozlaringizga termulib o‘tirmaysiz-ku, vazir xonasiga ko‘z yugurtirasiz (axir siz jurnalistsiz!). Va ish stoli ustida AQSh 10 kundan keyin boshqa bir davlatga urush ochishi haqidagi maxfiy hujjatga ko‘zingiz tushadi. Bu ma’lumotni bilgach, nima qilasiz?”. Amerikalik jurnalistlar bir daqiqa ham o‘ylanib o‘tirmay: “Biz bu ma’lumotni ommaga yetkazish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz. Bu o‘quvchilarimiz oldidagi burchimiz, axir urushga ularning otalari, aka-ukalari safarbar qilinadi” — deb javob berishadi.
Ayni shu savol rossiyalik jurnalistlarga berilganida, faqat bir jurnalist vazirga urush haqidagi mish-mishlar haqida savol berishini aytadi. Qolgan jurnalistlar esa, vatanparvarlik tuyg‘usi ularga ma’lumotni oshkor qilib, vatanini sharmanda qilishga yo‘l qo‘ymasligini aytishadi.
Bizdagi jurnalistlar bu savolga qanday javob berishgan bo‘lar edi, aytish qiyin. Shunisi aniqki, bizning jurnalistlarda ham vaziyat va zamonga yarasha vatanparvarlik va millatparvarlik hissi ancha kuchli va amerikalik jurnalistlarnikidan ko‘ra rus jurnalistlari vatanparvarligiga yaqinroq.
Sam Allardyce atrofidagi voqealar ham Angliya futbol uyushmasi obro‘siga katta putur yetkazishi aniq. Qolaversa, terma jamoa Jahon chempionati saralash turniri doirasidagi muhim o‘yinlar oldidan bosh murabbiysiz qoldi. Lekin ishonchim komilki, ertaga terma jamoa yutqazib qo‘ysa, hech kim The Telegraph jurnalistlarini vatanparvar emaslikda ayblamaydi. Birinchidan, Angliyada jurnalist uchun vatanparvarlik — muammolar haqida o‘z o‘quvchilariga xolis va ishonchli axborot berish ekanligini jurnalistlarning o‘zi ham, o‘quvchilar ham, rahbariyat ham juda yaxshi tushunadi. Ikkinchidan esa, yuqorida aytganimdek, Angliya uchun poraxo‘r odamning milliy terma jamoada bosh murabbiy bo‘lishi Jahon chempionatiga chiqa olmaslikdan ko‘ra sharmandaliroq narsa hisoblanadi.
Allardyce, jurnalistika va vatanparvarlik haqida was originally published in Uzbek Official on Medium, where people are continuing the conversation by highlighting and responding to this story.
Ohangaaron tomonlardagi somsarak / orient-tracking.com
G‘aroyib servisdagi sodda matn muharririning o‘zi yetarli?
Blog nimaligini tushunganimdan keyin ochilgan ilk blogim hozir yo‘q bo‘lib ketgan; u bepul hostingga joylashtirilgan, WordPress CMSida ishlaydigan blog edi. Uncha-muncha yozganim esimda, litseydagi kursdoshlarimdan “taqrizlar” olganman, blogimdagi yozuvlar bo‘yicha.
2007-yil noyabrida LiveJournal’da, aslida u yerdagi toshkentlik bloggerlarning yozuvlarini o‘qish va ularga izoh qoldirish uchun blog ochgandim. Keyin yozishni boshladim. Hozir o’sha arxivlarni topib o’qisam, kulgim keladi. Kulguli-da, haqiqatan ham. Umuman, hammada shunaqa bo’lsa kerak. Ba’zi postlarni o’qib, “Vay-vayey, buncha mahmadona bo’lgan ekanman?!”, degan xayolga ham borasan, kishi.
To’rt yilchamikin, shu LiveJournal’da yashadim. Keyin .blogi.uz degan narsa paydo bo’ldi, Farhodjon akaning taklifi, Ilya Birmanning Egeya degan CMSi yordamida, sodda matn muharririga ega bo’lgan blogda mazza qilib yozishlar boshlandi…
Yozishingga hech narsa xalal bermasa-da. Balki bu grafomanlik belgisidir, lekin yozayotganingda harflarning chiroyli terilishi, bir qatorda turishi, yozishingga atrofdagi hech qanday ortiqcha narsalarning xalal bermasligi… hammasi ilhomni jo’shtiradi, yozganing sari yozging keladi.
Medium menga aynan shunaqa maydon bo’lib ko’rindi. Bu yerda hech qanday ortiqcha narsa yo’q, hech qanday. Yozgan saring, haqiqatan ham, yozging keladi.
Bu — senzuragacha — ichingdagi va tashqaridagi senzuragacha bo’lgani. Senzuradan keyingisi haqida yozishga esa (ichki) senzura yo’l qo’ymaydi, hozircha.
Mazza qilib yozish uchun nima kerak? was originally published in Uzbek Official on Medium, where people are continuing the conversation by highlighting and responding to this story.
O‘zi yaxshi narsami bu Medium deganlari? Rosa maqtadingizlar…
Kecha “Zukerberg qo‘ng‘iroq qiladi” degan saytni varoqlab o‘tirsam, Medium haqida maqola chiqib qoldi. Maqolaning nomi — “Nega Medium yaxshimas”, ruschasiga “Почему Medium — отстой”. Maqolada Marko Arment ismli kishining Medium hech kimga kerak emas deb xulosa bergan tviti bilan boshlangan edi:
“Bloggerlar, sizga Medium kerak emas. Siz xostingizda o‘z domeniga ega va ko‘pgina uskunalarga ega bo‘lgan blogingizni yuritishingiz mumkin. O‘zingizning shaxsiy “platforma”ngizga ega bo‘ling”.
Unga javoban Glenn Fleyshman shunday deydi:
Men Mediumda nimalardir yozdim, chunki ularning konsepsiyasi, statistikasi va ko‘lami yoqqandi. O‘ylashimcha, yozgan uchta nashrimdan 2 tasi tavsiya qilingan edi, shundan keyin maqolalarimni minglab odamlar o‘qishdi. Bu juda ajoyib qulaylik va nashr uchun yaxshi joy.
Lekin bu meniki emas. U ularniki.
Yana ular o‘rtasida yozishmalar bo‘lgan. Bu haqda yuqoridagi linkdagi maqolada o‘qib olarsizlar. Aytmoqchi bo‘lganim Medium kimlarga emas ekanligini tushunganday bo‘ldingizlar. Bizning sharoitga Medium ham bo‘laveradi. Chunki domen ham olish shartmas, hosting masalasini ham o‘ylab o‘tirmaysiz. Yozasiz, yozasiz, o‘qishadi. Shu.
Medium’ni kimlar ishlatsa yaxshi? was originally published in Uzbek Official on Medium, where people are continuing the conversation by highlighting and responding to this story.