HTML muharrirlari
HTMLni o’rganish uchun oddiy matn muharriridan ham foydalansak bo’ladi.
Notepad(Блокнот) yoki TextEdit yordamida web sahifa yaratish
Professional HTML muharrirlari yordamida veb-sahifalarni yaratish va o’zgartirish mumkin.
Notepad (PC) yoki TextEdit (Mac) HTMLni o’rganish uchun foydalanadigan asosiy matn muharrirlari.
Notepad(Блокнот) yoki TextEdit yordamida birinchi veb-sahifangizni yaratish uchun quyidagi amallarni bajaring…
1-qadam: Notepad(Блокнот)ni ochish (Windows uchun)
Windows 8 yoki undan keyingi versiyalari uchun Notepad(Блокнот)ni ochishning quyidagi usullari bor:
- Qidirib toping. Qidiruv maydoniga “Notepad”(“Блокнот”) ni kiriting va qidiruv natijalaridan Notepad(Блокнот)ni tanlang va oching
- Windows ish stoli bo’sh joyiga sichqonchaning o’ng tarafini bosish orqali menyuni oching. Menyuda “Создать” ni tanlang va Notepad(Блокнот)oching
- “Start” > “Programs” > “Accessories” > “Notepad” oching
- ‘Windows (Windows yorlig’i)’ + ‘R’ tugmalarini bosib, “notepad” ni yozing, so’ngra “OK” ni bosing .
1-qadam: TextEdit oching (Mac uchun):
- “Finder” > “Applications” > “TextEdit”ni oching
- Ilova fayllarini to’g’ri saqlash uchun ba’zi o’zgartirishlar kiriting. “Preferences” > “Format” > “Plain Text” ni tanlang .
- Keyin “Open and Save” ostida “Display HTML files as HTML code instead of formatted text” degan katakchani belgilang.
- Keyin kodni joylashtirish uchun yangi hujjatni oching.
2-qadam: HTML kodini yozing
Quyidagi kodni “Notepad”(“Блокнот”) yoki “TextEdit”ga yozing yoki nusxa ko’chiring:
3-qadam: HTML sahifani saqlang
Faylni kompyuteringizga saqlang.
Get selfstudy uz’s stories in your inbox
Join Medium for free to get updates from this writer.
Windows uchun:
Notepad(Блокнот) menyusida “File”(“Файл”) > “Save as” (“Сохранить как…”) ni tanlang.
Faylni “index.htm” deb nomlang va “Encoding”(“Кодировка”) ni UTF-8 ga o’rnating (bu HTML fayllari uchun afzal ko’rilgan kodlash).
Mac uchun:
“TextEdit” > “Preferences” > “Open and Save” ni tanlang.
Faylni “myFirst.html” deb nomlang va “Encoding”(“Кодировка”)ni UTF-8 ga o’rnating (bu HTML fayllari uchun afzal ko’rilgan kodlash)
4-qadam: Brauzeringizda HTML sahifasini ko’ring
Saqlangan HTML faylni brauzeringizda oching (faylni ikki marta bosing yoki sichqonchaning o’ng tugmachasini bosing va “Open with” ni tanlang).
Natija quyidagicha ko’rinadi:
Dars videosi
Visual Studio Code kod muharriri
Visual Studio Code (VS Code) — Windows, Linux va macOS uchun Microsoft tomonidan ishlab chiqilgan kod muharriri. U veb va bulutli ilovalarni platformalararo ishlab chiqish uchun “yengil” kod muharriri sanaladi.
Visual Studio Code kod muharririni yuklab olish va o’rnatish videosi
Dasturni o’rnatish bu juda oson ish. Dasturni asosiy sahifasidan yuklab olishingiz mumkin.
Dasturning bosh sahifasi: https://code.visualstudio.com/
Visual Studio Code kod muharriri yordamida Html kodini yozamiz
Visual Studio Code dasturida ish faoliyatingizni yengillashtirish uchun bir qancha pluginlar(ya’ni kengaytmalar) mavjud. Ana shunday kengaytmalardan biri Live Server — Dasturchiga qulaylik tug’diradi. Ya’ni html da sahifa yaratayotganimizda kod ustiga borib context menyuni ochsak open with live server tugmasi mavjud bo’ladi. Shuni bossak brauzer ochilib kodni har safar o’zgartirganimizda sahifa yangilanadi. Agar o’zgarish mavjud bo’lmasa yangilanmaydi. Ya’ni F5 ni bosib yangilab o’tirish shart emas.
Original maqolani self-study.uz da o`qing.






